Tarixdagi mashhur ayollar  ( 47199 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:42:25

    Mumtoz Mahalbegim (Arjumandbonu)

       Arjumandbonu taxminan 1594-yilda Mashhadda tug’ilgan. U asli eronlik bo’lib, bobosi va ota-onasi kambag’allik yuzasidan Hindistonga ko’chib kelib, Akbarshoh mulozamatiga xizmatga kiradi. 1611-yilda Arjumandbonuning ammasi Nurjahon (Mehriniso) Jahongirshohga turmushga chiqqach, Arjumandbonuning bobosi E’timod-ud Davla bosh vazirlik mansabiga, otasi E’tiqodxon (Osafxon) esa saroy boshqaruvchisi lavozimiga ko’tariladi. 1613-yili 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurram (Shoh Jahon) ga turmushga chiqadi. O’tkir aql-idrok va did-farosat sohibasi bo’lgan Arjumandbonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati va tengsiz husn-latofati bilan saroy a’yonlari o’rtasida katta e’tibor qozonadi. Xususan, Jahongirshoh Arjumandbonuni nihoyatda e’zozlardi. Chunki jahongirshoh bilan shazoda Xurram oralarida vujudga kelgan ayrim kelishmovchiliklarni Arjumandbonu hal qilishga kirishar va bu ishning uddasidan chiqardi. Tabiiyki, bunday ezgu xizmatlari evaziga har ikki tomonning iltifotiga sazovor bo’ladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ko’p o’tmay saroyda Arjumandbonu — Mumtoz Mahalbegim (saroyning ko’rki) deya atala boshlandi. Arjumandbonuga berilgan ushbu nom unga shon-shuhrat keltirib jahonga mashhur qildi va nomi tarix sahifalariga ko’chdi.
1628-yil fevralida eri Shoh Jahon taxtga o’tirgach, yosh malika Mumtoz Mahalbegim saltanat ishlarida unga yordamlashib, rejalik maslahatlari bilan hukmdorni to’g’ri yo’lga boshladi. Saroyda u maslahatchi va muhrdorlik lavozimida edi.
Mumtoz Mahalbegim yaxshi kunlarda ham, og’ir damlarda ham eriga vafodor yor, sodiq hamroh va jafokash hamdard bo’ldi. U qisqa umri davomida 14 farzand ko’rdi. "œTazkirat ul- xavotin" asarida yozolishicha, Mumtozmahalbegimning dunyoda qoldirgan farzandlari sakkiz nafar- to’rt qiz, to’rt o’g’il bo’lib, qolgan olti nafari yoshligida nobud bo’lgan. Uning o’g’illari Doro Shukuh(1616-1659), Shoh Shujo’ (1617-1661), Avrangzeb (1618-1707), Murodbaxsh (1621-1658), qizlari Jahonorobegim, Anjumanorobegim, Dahroro begim va Kitioro begimdir.
Malika Mumtoz Mahalbegim Shoh Jahon hukmronligining tortinchi yili, ya’ni 1631-yil 17-iyun chorshanba kuni navbatdagi safar chog’ida, Burhonpurda o’n to’rtinchi farzandini dunyoga keltirish paytida 38 yoshida vafot etdi. Hayot bilan vidolasharkan u, Shoh Jahondan farzandlariga mehribon bo’lishni, bundan buyon boshqa uylanmaslikni va nihoyat, unga atab, dunyoda tengi yo’q ulug’vor, hashamatli maqbara bunyod ettirishni iltimos qildi.
Mumtoz Mahalbegim o’limi oldidan o’z bolalari bilan vidolasharkan, Shoh Jahonning ahvolidan xabardor bo’lib, unga g’amxo’rlik qilib turishni o’zining katta qizi — Jahonorobegim zimmasiga yuklaydi.
Shoh Jahon sevikli rafiqasi Mumtoz Mahalbegimning vasiyatlariga to’la amal qiladi. Zotan, u keyingi 36 yillik umri davomida uylanmay o’tadi. Munis va vafodor rafiqasining nomini abadiylashtirish maqsadida unga atab yaltiroq oq marmardan hashamatli maqbara qurdiradi. Agra shahridagi ulkan maqbaraning qurilishiga yigirma ming mutaxassis usta va ishchilar jalb qilinib, 18 yilda qurib bitkazildi. Bu ulug’vor obida- "œsevgi va vafo" qasrining qurilishiga 40 million rupiya mablag’ sarflangan.
Maqbara qurib bitkizilgach, marhuma Mumtoz Mahalbegimning hokini ko’chirib keltirib dafn etishdi. Ushbu ulug’vor hashamatli maqbarani Mumtoz Mahalbegimning boshiga kiydirilgan toj ramzida "œToj Mahal" deb atadilar.
 

                         

                         

                         


Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:42:45

  Jahonorobegim

    Jahonorobegim Shoh Jahonning katta qizi. U 1614-yilda tavallud topgan. Shoh Jahonning taxtga o’tirish marosimida Jahonorobegim 14 yoshda edi. Otasi unga 40 ming dona yoqut javohir in’om etib, yana yiliga 600 ming rupiya miqdorida nafaqa belgilagan edi.
    Onasi Mumtoz Mahalbegim vafot etgan chog’da Jahonorobegim o’n yeti yoshda edi. Binobarin, onasining vasiyatiga ko’ra, shoh oilasini boshqarish uning zimmasiga tushdi. Jahonorobegimning jismi ismiga monand bo’lib, husn-latofatda, aql-idrokda va ilmu odobda tabiat unga saxiylik qilgan edi. Boz ustiga u yaxshigina g’azallar bitardi. Shoh Jahon bu qiziga alohida mehr bilan qarardi. U Mumtozbegimdan qolgan barcha boylik va mulklarni shu qiziga topshiradi.
    Oqila Jahonorobegim oilada aka-ukalar o’rtasidagi kelishmovchilik, hatto otasi bilan ukasi Avrangzeb oralarida kelib chiqqadigan mojarolarni ustalik bilan bartaraf etishga mohir edi. Uning saroyda obro-e’tibori orta borib, asta-sekin onasi Mumtoz Mahalbegimning mavqeyini egallay boshladi. Zotan, Jahonorobegim saltanat ishlarini boshqarish, ichki va tashqi siyosat, diplomatiya masalalarida otasiga foydali maslahatlari bilan yordamlashar edi. Unda bobokaloni Boburshohga o’xshash me’morchilik va obodonchilik ishlariga qiziqish va havas katta edi. Binobarin, Agrada qurilgan jome’ masjidning tarhi (loyihasi) Jahonorobegimning qalamiga mansubdir. U Dehli, Surat, Ambola, Behal va Panipat shaharlarida karvonsaroylar qurdirdi. Lohurda esa orombaxsh katta bog’ barpo ettirdi. Jahonoro begim mamlakatdagi g’arib-g’urabbo va faqirlarga moddiy yordam uyushtirib, kambag’allar uchun uy-joylar qurdirdi. Shuningdek, Kashmirda "œPari Mahal" (Parilar saroyi) nomli ajoyib bog’ barpo qildi, Shahdxonobodda Alimardonxon arig’ini qazdirib, naqshkor hovuz qurdirdi. Jahonorobegimning ilm- fan bobida ham qalam tebratgani tarixdan ma’lum. Chunonchi "œRisolayi sohibiya" ("œDo’stlik haqida risola") asari mavjud.
    1658-yili taxt talashgan Avrangzeb Olamgir o’z akasi Doro Shukuhni mag’lubiyatga uchratib, ukasi Murodbaxshni zindonga tashlaydi. Bemor, xasta otasi Shoh Jahonni hibsga olib, Agradagi "œQizil qal’a nomli" saroyda nazoratda saqlaydi. Ukasi Avrangzebning hatti-harakatlaridan norozi bo’lgan Jahonorobegim mamlakatni aka-ukalar o’rtasida taqsimlashni, jumladan Doro Shukuhga- Panjobni, Murod Baxshga- Gujarotni, Shoh Shujo’ga — Bangolni, Avrangzebning katta o’g’li (zindonda edi) Muhammad Sultonga- Dekanni bo’lib berishni maslahat beradi. Ammo, Avrangzeb bu taklifni qabul qilmaydi.
    Ota-bola, aka-ukalar va do’stlar orasiga tushgan nizo va ularning fojiali qismati Jahonorobegimni qattiq iztirobga soladi. Dilxasta malika dunyo ishlaridan qo’l yuvib, mahbuslikda kun kechirayotgan xasta otasiga xizmat qilish bilan o’ziga taskin beradi. U 1658-yildan to 1666-yilgacha Qizil qal’a qasrida mahbuslikda yotgan otasi Shoh Jahonning xizmatida bo’ladi. 1666-yilda Shoh Jahon mahbuslikda, g’aribona ayanchli ahvolda, o’z sevikli yori Mumtoz Mahal uchun qurdirgan Toj Mahal maqbarasidan ko’z uzolmay, qizi Jahonorobegim qo’lida hayotdan ko’z yumdi.
    Jahonorobegim garchi shoh qizi bo’lsada, tabiatan kamtar va oliy himmatliligi tufayli boylik hamda shon-shuhratlarga qiziqmagan. U 1681-yilda oltmish yetti yoshida vafot etgan. Jahonorobegimni Dehlidagi Zarzari Baxsh qabristoniga dafn etadilar. Har holda o’zining vasiyatiga binoan bo’lsa kerak, qabridagi toshga shunday bayt yozilgan:


                            Ba g’ayri sabza napo’shad mazori maro,
                            Ki qabrpo’shi g’aribon hamin giyoh bas ast.

    Mazmuni: "œYashil maysadan o’zga hech kim qabrimni yopmasin, toki g’ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o’zi kifoyadir".

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:43:16

                                            Zebunisobegim
Bu qo’hna dunyoda muazzam Sharqdan chiqqan ne-ne mashhura-yu manzura ayollar bo’lgan. Ularning ruhiyatini xayolan birma-bir o’z ta’rif-u tavsiflarga ko’ra marjonday tizib qo’yish mumkin bo’lsa edi, gavharday yonib turgan Zebuniso begimga tegishli bo’lur edi.
Zebuniso begim! Bu nom zikr etilganda ko’z oldimizga ma’naviyati boy, hay ova ibo ila jahonni lol etgan go’zallar go’zali namoyon bo’ladi. Uning boshqalarga o’xshamaydigan otashnafas she’riyatini mutolaa qilar ekanmiz, qarshimizda nuktadon shoirayu, donishmand olima qad rostlaydi. Asarlari mazmunini chaqib ko’rishga urinsak, uning Haq taologa va albatta oddiy xalqqa yaqinligini his qilamiz"¦ Bu tarixiy siymo qaysi gulshanning bulbuli, qaysi chamanning atirguli? So’zsiz bu savol bizni ham tarix zarvaraqlarini moziy tilsimotlarini o’rganmoqqa da’vat etadi.
Zebuniso begim shoh Zahiriddin Muhammad Boburning pan nevarasi Abu Zafar Muhiyiddin Muhammad Avrangzeb (taxt bezagi) Olmagirning farzandi kamolasidir. Uning onasi Dilrasbonu Shohnavozxonning qizi bo’lib, Boburning Gulbadanbegim nomli mashhura qiziga borib tutashadi.
Ana shunday oilada Dehlida Zebunisobegim 1048- hijriy yil javvol oyi — 1639-yil melodiy fevral oyida tavallud topadi. Otasi Avrangzeb Olamgir (1618-1707) yoshligidanoq dindorligi bilan mashhur bo’lmoqqa harakat qilgan. Lekin bu yaxshi nom qozonish uchun qilingan urinishlar edi. Tarixda u o’ta zolim, taxt uchun kurashda otasi, og’a-inisiga beshafqatligi bilan nom qozongan xudbinlar xudbini edi"¦ U otasi Shoh Jahon (Shahzoda Hurram) tasarrufidagi Dekon viloyatining hokimi edi. Biroq u otasi Shoh Jahonga qarshi bir necha bor isyon ko’targan. 1657-yili Shoh Jahonning salomatligi zaiflashadi. U avvalo valiahd — katta akasi Doro Shukuhga qarshi borib, kichik akasi Shujo’ va ukasi Murod baxshlar bilan til biriktiradi. 1658-yili valiahdni asir olgan Avrangzeb Shoh jahonni taxtdan tushirib mahbus sifatida qasrda asraydi. Ko’p o’tmay Murod baxshni zindonga tashlaydi va o’sha yerda bo’g’ib o’ldirtiradi. Kichik aka Shoh Shujo’’ Birma tuprog’iga oila a’zolari bilan o’tib ketadi, o’sha yerda qaroqchilar qurboniga aylanishadi. Kichik akasi Doro Shukuhni dinsizliokda ayblab, shahar markazida tanasini boshidan judo qiladi, kesilgan boshni mahbuslikda azob chekayotgan bemor otasi oldiga kiritadi. Bu ko’rgulik, nadomatlar, 8 yillik uqubatlar oqibatida Shoh Jahon ko’r bo’lib, zulmatda bu dunyoni tark etadi. Avrangzeb Qur’onni yod bilar, bir qator she’rlarni yoddan ayta olar va o’zi ham uncha-muncha she’rlar bitgan edi. Ammo u qonxo’r, toshbag’ir hukmron bo’lib taxtni 49 yil boshqarib 89 yoshida Ahmadobod shahrida olamdan o’tadi. Ota-bobolaridan o’tib kelayotgan me’morlik, adabiyot, san’atga ixlosmandlik bu "œtaxt bezagi" ga yuqmagan edi. "œTazkiratul xavotun"da Avrangzebning 10 nafar farzandi bo’lganligi yoziladi. Ularning 5 nafari o’g’il, 5 nafari qiz bo’lgan. O’g’illari — Muhammad Sulton, Muazzam Shoh (keyinchalik Bahodir Shoh), A’zam Shoh, Muhammad, Amin Kom Baxt, qizlari- Badrinisobegim, Zebunisobegim, Ziynatnisobegim, Zubdatnisobegim va Mehrinisobegimlardir.
Zebunisobegim o’z zamonasining oqila, fozila ayollaridan Hafiza Maryambonu qo’lida tahsil olib, savodini chiqaradi. She’riyatga iste’dodini sezgan otasi unga yetuk olimlar Mullo Muhammad Ashraf Isfaxoniy va Mullo Javonni muallim qilib tayinlaydi.
Zebuniso yillar o’tib, zabardast shoira, yetuk olima, tanburni mohirona chertuvchi sozanda va xattot bo’lib yetishadi. U arab, fors tillarini puxta o’zlashtirib, mazkur tillarda she’rlar bitadi. Mantiq, tarix ilmini teran o’rganadi. Zebunisobegim Qur’onni bir necha marta husnixatda ko’chirgan va qiroatda o’qigan.
Zebunisobegim olimlarga, shoirlarga, san’at ahliga maosh to’lab turgan va hamma vaqt homiylik qilgan. "œOlimi Islom" tazkirasida Zebunisobegim otasi podshohlik qilib qozonolmagan shuhratni ilm va odob bilan qozonganligi alohida qayd etilgan. U bir qator shogirdlarga ma’rifat, odob, g’azaliyotdan dars bergan. Ularning orasida sharqning mashhur faylasuf shoir Mirzo Abdulqodir Bedilning qizi ham bo’lgan ekan.
1922-yilda chop etilgan "œKobul" jurnalining 10-sonida Zebunisobegimga oid ma’lumotlar yoritilgan ekan. Uning nafis bir devoni bo’lgan tasavvuf falsafasiga oid "œMunisul arvoh", "œZebot tasvir" ustozi xotirasiga bag’ishlangan "œZeb-an-nashoat" asarlari ham mashhur bo’lgan. "œFatvoyi olamgariy" ("œShariat qonunlari" majmuasi)ni fors tiliga o’girishga ham homiylik qilgan. Bu kabi sa’y-harakat, aqli donishlik uni zamonasining eng barkamol ziyolisi bo’lganligidan dalolatdir. Zebunisobegim otasi Avrangzebning maslahatchisi bo’lgan. Biroq qizining bir qator maslahatlariga, ayniqsa adabiyot va san’atga homiylik, adolatga va ma’rifatga qaratilgan undovlariga quloq solishni Avrangzeb istamas edi.
Hassos shoira, donishmand olima Zebunisobegimga umr yo’ldoshi bo’lmoqni istaganlar qancha edi?! Ha, oshiqlarning sanog’iga yetib bo’lmasdi. Bu ham tabiiy hol. Lekin Zebunisobegim ularning birontasini ham o’ziga munosib ko’ra olmagan. Nega? Nahotki, shu qadar mag’rur bo’lgan bo’lsa?! U holda she’riyatidagi o’ta kamtarona o’y-xayollar joizmidi?
"œYashil maysadan o’zga hech nima qabrimni yopmasin, toki g’ariblar qabrini yopmoq uchun shu giyohning o’zi kifoyadir". Bu nima? Zebunisobegim o’zini g’aribu notavon his etishi tagida qanday mazmunlar bor?.. nega uning qalb manzilida baxtning chirog’I yonmagan. Shoiraga sevish va sevilish nasib etmaganmi?!
Juda ko’p manbalarda Zebunisobegimga tegishli bo’lgan pokiza ishq va uning zavoli haqida mulohaza-yu taxminlar bitilgan. Yoshligida shoira ham ajoyib bir yigitga ko’ngil qo’ygan. U Avrangzeb vazirlaridan yosh, xushxulq, shoirtabiat Oqilxon Roziy bo’lgan. Biroq podshoh o’z qizini shohlargagina munosib deb bilganidan bu muhabbatga qarshibo’lgan"¦
Kunlardan bir kun Avrangzeb har ikki yoshning uchrashuvidan xabar topadi. Zebunisobegim va Oqilxon Roziy bog’da mushoira qilishayotganda Avrangzeb paydo bo’ladi. Oqilxon podshohga ro’baro’ kelishdan qo’rqib, bog’ning narigi chetiga, Zebunisobegim ham o’zga bir joyga yashirinadilar. Oqilxon Roziy bog’ning eng so’nggi sarhadiga yetib kelganida kattagina qozonni ko’rib, shu qozon ichiga tushadi va qopqog’ini yopib ladi. Podshoh jaholat ichra qozon tagiga o’t yoqishni buyuradi, bir muddatdan keyin qopqoqni ochishganda Oqilxon Roziyning qoraygan jasadini ko’rishadi.
Bengal tili asoschisi Bonkimdor Chottopadxay (1838-1894)ning "œRodj Singx" asarida Oqilxon Roziy boshqa boshqa bir nom — Muborak Ali sifatida talqin etiladi. Otashin oshiq Zebunisobegimsiz yashay olmasligini e’tirof etadi. Buni nogahon eshitib qolgan shoh Avrangzeb unga bitta jazo — ilonlar chaquvini ravo ko’radi. Taomilga ko’ra ko’zoynakli ilon(kobra) turgan qafasning eshigi ochilib unga o’sha "œgunohkor" ro’baro’ keltiriladi. Muborak Ali mardona turib ilonga oyog’ini tutadi. Ilon chaqadi, ikkinchi qafasdagi ilonni ham keltirishadi. Har ikkala ilon zahridan Muborak Ali ko’karib, hushidan ketadi va olamdan o’tadi"¦
"œHunar va mardum" deb nomlangan Eron jurnalida yana bir rivoyatnamo hikoya keltiriladi. Unda Avrangzebning yeti vazirlaridan biri Oqilxon Roziy yosh, sho’x, suxandon, shoirtabiat bo’lgan. Taqdir taqazosi bilan Zebunisoga ko’ngil qo’yadi. Ammo mustabid ota bunday oshiqlikka tish-tirnog’i bilan qarshi bo’ladi. Mish-mishlar ko’payadi, biroq dalilsiz jazo bo’lmas.
Kunlardan bir kun saroyga, devonga navbatchilik odatiga ko’ra Oqilxon Roziy ham yetib keladi. Biroq xuddi shu kuni uni ta’qib etishlarini bilgan oqilxon betobligini ro’kach qilib saroyga chiqa olmasligini aytadi. Zebunisobegim esa bu kunni intiqlik bilan kutgan edi.
Yuqoridagi rivoyatlar bejiz dunyoga kelmagan. Zebunisobegimning qalbini zabt etgan kishisi bo’lgan. Biroq uni kuyovlikka loyiq topmagan ota oshig’ini qatl ettirgan.
Oqilxonning o’limidan so’ng Zebunisobegim qalbida o’zga bir rafiq, o’zga muhabbatga joy qolmaydi"¦
U g’azallarining birida kamtarona ushbu misralarni tuzadi:
Har matog’a bor xaridor bu jahon bozorida,
Ne uchun Zebuniso qarib xaridor o’lmasa.
"œOlami islom" jurnalida Zebunisobegimga aloqador she’rning mazmuni quyidagicha talqin etiladi. Eron shahzodalaridan biri husnu latofatli Zebunisobegim ta’rifini eshitib g’oyibona oshiq bo’lib o’z she’riy maktubini yuboradi.
Zebunisobegim unga shunday javob qilgan. Mazmuni: "œagar bulbul meni chamanda ko’rsa, gul bahridan kechardi; agar barahman meni ko’rsa edi, butga sajda qilmas edi. Gul o’z husnini yaproqlariga yashirganday, men ham so’zda yashiringanman, kimning xohishi meni ko’rmoq bo’lsa, meni so’zda ko’rsin". Bu chindan ham shahzodani mot eta olgan javob edi.
Zebunisobegim shu tariqa 63 yil umr ko’rib, bu foniy dunyoda hamdard yor topa olmadi. Jismu tani Dehlidagi "œZarziriy" qabristonidan mangu panoh topdi. Uning g’azallari adabiyot ixlosmandlariga albatta tanish, allaqachon hofizu hofizalar tiliga ko’chgan"¦
Layli zotidan esamda, dilda Majnuncha havo,
Tog’u tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo.
deb boshlanadigan g’azal nihoyasida shunday misra qizil ipday yonib turadi:
Shoh qizi bo’lsam-da qildim faqr yo’lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu-ziynat kim otim Zebuniso.
Naqadar buyuklik va naqadar kamtarlik. She’r qalb manzilida

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:43:39

  Forsiyda

Biyoki zulfi kachu chashmi surmaso inchost,
Nigohi garmu adohon dilrabo inchost.

Karashma- teg’u, mija — xancharu, nigah — almos,
Shahodat ar talabi, Dashti Karbalo inchost.

Agar bihisht dihandat, firebi kas naxo’ri;
Qadam zi maykada berun maneh, ki cho inchost.

Ba tavfi Ka’ba kucho meravi, dili daryob,
Ki xalq behuda chon mekanad, cho inchost.

Zi poy to sari o’ har kucho ki menigaram,
Karashma domain dil mekashad, ki: cho inchost.

Kitobxonan olam varaq-varaq chustam,
Xati tu didamu guftam, ki muddao inchost.

Zakoti husn agar medihi baron xudo,
Biyoki Zebunniso hamchu man gado inchost.

     

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:43:56

O'zbek tildagi tarjimasi

Zulfi halqa-halqau ko’zi qaro bu yerdadir,
Boqishi shafqatli-yu, nozik ado bu yerdadir.

Kiprigi xanjar, karashma tig’u ko’z tashlash yashin,
Gar shahid bo’lmoqchi ersang, Karbalo bu yerdadir.

Bersa ham jannatni, aldanma kishilar so’ziga,
Bir qadam mayxonadan jilmaki, jo bu yerdadir.

Ka’baga bormoq na hojatdur, agar dil ovlasang,
Behuda yo’llar kezar bu halqu, job u yerdadir.

Husniga boshdin-oyoq boqqanda har bir nuktadan,
Dilni tortib har karashma, derki: jo bu yerdadir.

Izladim bir-bir jahonda har necha bo’lsa kitob,
Ko’rdimu xattingni dedim: muddao bu yerdadir.

Istasang husning zakotini berarga mustaqiq
Keldi, bu Zebuniso yanglig’ bu yerdadur.

                           (M.Muinzoda tarjimasi)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:44:10

Garchi man Layli asosam dil chu Machnun dar havost,
Sar ba sahro mezanam, lekin hayo zanchiri post.

Bulbul az shogirdiyam shud hamnishini gul ba bog’,
Dar muhabbat komilam, parvona ham shogirdi most.

Dar nihon xunam, ba zohir garchi rangi g’ozaam,
Rangi man dar man chun rangi surx andat hinost.

Baski bori g’am burun andohtam bar ro’zgor,
Choma nili kard, inak bin, ki pushti o’ dutost.

Duxtari shoham valekin ro’ ba faqr ovardaam,
Zebu zinat bas haminam: nomi man Zebunnisost.

     

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:44:28

Layli zotidan esam-da, dilda Majnuncha havo,
Tog’u tosh kezgum kelur, lekin yo’lim to’sgay hayo.

Mendan o’rgandi-yu bo’ldi gulg’a bulbul hamnishin,
Mengadur parvona ham shogirdu, ishqimdur raso.

Zohirimdur g’ozarang, ammo nihonim qon erur,
O’z ichida saqlagandek qip-qizil rangin hino.

Baski qo’ydim men falakning yelkasiga g’am yukin,
Kiydi motam to’nini-yu, bo’ldi qaddi ham duto.

Shoh qizi bo’lsam-da, qildim faqr yo’lin ixtiyor,
Bas menga bu zebu ziynatkim, otim Zebuniso.

                                       (M.Muinzoda tarjimasi)

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:44:48

Dur bod az tan sare k- oroishi dore nashud,
Bishkanad daste, ki ham bar gardani yore nashud.

Dar qiyomat sar chi son berun kunad az chaybi xok?
Sinan on kas, ki dog’I lola ruxsore nashud.

Dar nazar shohid nadori dida az olam bipo’sh,
Ko’r beh chashme, ki lazzatgiri didore nashud.

Sad bahor oxir shudu har gul ba farqe cho girift,
G’unchai dog’i dili mo zebi dastore nashud.

Hayf bar ammomai zohid ba chandin nechutob,
Rishtai tasbeh gashtu tori zunnore nashud.

Har matoero xaridorest dar bozorho,
Pir shud Zebunniso, o’ro xaridare nashud.

         
             

             

   Tandan ajralsin u bosh, gar loyiqi dor o’lmasa,
Sinsin ul qo’l, yor bo’yniga agar bor o’lmasa.

Ul kishi qanday ko’targay tongla mashhar boshini,
Gar uning ko’ksida dog’i lolaruxsor o’lmasa?

Bu jahondin ko’zni yum, ko’z oldida yor o’lmagach,
Ko’r bo’lmoq yaxshidur, ul ko’zi xummor o’lmasa.

Yuz bahor oxir bo’lib, har chakkadan joy oldi gul,
Hayfdir bizning gulimiz zebi dastor o’lmasa.

Hayf zohid sallasigakim, bu pechu tob ila
Tasbehiga ip bo’lib, zunnor uchun tor o’lmasa.

Har matog’a bor xaridor husnning bozorida,
Ne uchun Zebuniso qarib, xaridor o’lmasa?
                                 (D. Muhammadqulov tarjimasi)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:45:02

                 Ruboiylar

Man az dahani mor shakkar metalabam,
Az xonai ankabut par metalabam.
Az Sinai narrai sher shir metalabam,
Az mardi barahnapoy zar metalabam.


     

     

   Men ilon og’zidan shakkar talabman;
O’rgumchak og’zidan men par talabman.
Erkak sher ko’ksidan sut talab qilsam,
Oyoq yalanglardan siym-zzar talabman.

    (Sh. Shomuhammedov tarjimasi)


Qayd etilgan


Muhammad Amin  18 Mart 2008, 18:45:16

bul az gul bigzarad gar dar chaman binad maro,
Butparasti kay kunad gar barahman binad maro?
Dar suxan pinhon shudam monandi bo’ dar bargi gul,
Mayl didan har ki dorad dar suxan binad maro.
 

     
Ne uchun faryod chekursan, so’zlagil, ey sharshara?
Anduhi birla yuzingga kim ajin solmish, qara?
Ne edi dardingki dard chekding tunu kunlar aro,
Bosh urib toshlarga yig’larsan, nechun bu manzara?
 

Qayd etilgan