Tohir Malik. Iymonlashish umidi  ( 124653 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 20 B


shoir  26 Iyun 2006, 04:33:39

* * *

Butkul zaminu osmon uyquga cho‘mgan damda, bo‘ronlar tinib, to‘fonlar to‘xtagan paytda ham vaqt ziyrak turadi. U hamisha uyg‘oq.

* * *

Dunyoda uch jumboq bor emish: biri — o‘lim, ikkinchisi osmon sirlari Yechmoqqa odam zotining tishi o‘tmaydigan, tishni sindiradigan uchinchi jumboq esa, ayol muhabbati ekan.

* * *

Aql bilan yurak bir xil ish bilan mashg‘ul bo‘lsa, vaqt o‘tgani bilinmaydi, issiq, och-nahorlik, tashnalik ta’sir qilmaydi.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:33:50

* * *

Abadiylik nadir? Bir, o‘n, ming yilmi yoki ming karra ming yilmi? Yoki cheksizlikmi?
Donishmanddan «ayting, abadiyat nimadir?» deb so‘rashibdi. U zoti bobarakot shunday javob qilgan ekanlar: «Men mangulikni bilmayman, ammo bir onini tasavvur qila olaman. Agar siz ham tasavvur etmoqni istasangiz, ana, Oyni ko‘ryapsizmi, turgan yeringizdan to o‘sha Oyga qadar bir olmos ustun bunyod eting. So‘ng tasavvur etingkim, bir qush har kuni uchib kelib tumshug‘ini shu olmos ustunga artyapti. Shu artishi bilan ustunni u bilinar bilinmas bo‘lsa-da, yemiradi. Shunday tarzda qushning olmos ustunni yemirib bitirishiga ketgan vaqt abadiyatning bir lahzasi bo‘ladi».

* * *

Agar biz uchun ish birinchi darajali, ish haqi esa ikkinchi darajali bo‘lsa, u holda bizning janobimiz mehnat va bu mehnatni yaratuvchisi — Xudodir. Agarchi ish biz uchun ikkinchi darajali, ish haqi esa undan muhimroq bo‘lsa, u holda biz ish haqi qulidirmiz. Ish haqining yaratuvchisi esa Xudo emas, shayton alayhila’nadir. Shaytonlarning ham eng tubanidir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:34:20

* * *

Donishmand debdiki: har qanday yaxshi qonunning muqaddimasi, shuningdek, xotimasi ham shundan iboratkim, har bir inson bir burda nonini yaxshi mehnati bilan topa olsin va ayni choqda mehnatiga loyiq yaxshi non ola olsin.

* * *

Ko‘p bilmoqlik va bilimini ko‘z-ko‘z qilib kibrlanmaslik — ma’naviy yuksaklikdir. Kam bilmoqlik va o‘zni bilimdon qilib ko‘rsatmoqlik — xastalikdir. Bu xastalikni anglasakkina undan qutula olmog‘imiz mumkin.
* * *

Mas’udlikka ko‘nikmaylik va mahliyo bo‘lmaylik, chunki u o‘tkinchidir, boqiy emasdir. «Kim mas’uddir — undan ajralmoqlikni o‘rgansin, kim baxtlidir — qayg‘urmoqlikni o‘rgansin», degan ekanlar.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:36:12

* * *

Bir kishi ma’ruzasida donolik bilan debdi:
— Agar xastalansangiz albatta tabibga boring, chunki tabibning ham tirikchiligi bor. Tabib sizga dori buyuradi, siz bu dorini albatta sotib oling, chunki dorifurushning ham tirikchiligi bor. Ammo sotib olgan bu doringizni zinhor icha ko‘rmang, chunki o‘zingizning ham tirikchiligingiz bor.
Ittifoqo, shu majlisda go‘rkov ham o‘tirgan ekan, voizning keyingi gaplari unga yoqmay shart o‘rnidan turib debdi:
— O’sha tabib yozib bergan, dorifurushdan sotib olgan doringizni albatta iching, chunki mening ham tirikchiligim bor.
Alqissa, bu dunyoda hammaning tirikchiligi bor. Tirikchilik deb o‘zimizni har tomonga uramiz, tegirmon toshlari orasidan o‘tishdan ham toymaymiz. Ko‘p holatlarda unutamizkim, biz ta’bir qiluvchi tirikchilik rizq o‘lchovi bilan belgilab qo‘yilgan. Bu belgi chegarasidan o‘tish hali hech kimga nasib etmagan. g’udsiy hadisda marhamat qilinadikim: «Ey Odam farzandi, agar senga ajratib qo‘yilgan rizqqa qanoat qilsang, rizqing o‘zi keladi va mendan ham maqtov olasan. Bordiyu bu taqsimga qanoat qilmasang, dunyoni sening ustingga sulton va seni unga xizmatkor qilib qo‘yaman. Dunyo uchun cho‘ldagi vahshiy hayvonlar kabi yugurasan, ammo senga taqsimlab qo‘ygan rizqimdan ortig‘i kelmaydi va o‘zing ham mening oldimda xijolat bo‘lib qolasan».
Dunyoda xijolat bo‘lib qolayotganlarni ko‘rib turibmiz.
Aslida odamzotning yashamog‘i uchun juda oz narsa kerak.
Xorun ar-Rashiddan so‘rabdilarkim: «Ey podshohim, tasavvur qilg‘ilkim, sahroda yolg‘iz qolib tashnalikdan azob chekyapsan. Senga bir qultum suv in’om etdilar, evaziga nima berar eding?» Xorun ar-Rashil javob qildiki: «Xazinamning yarmisini berardim.» Yana so‘radilarkim: «Ey podshohim, ichga kirgan bu bir qultum suvning chiqib ketmog‘i ham bor. Chiqib ketmog‘i uchun nimani bag‘ishlar eding?» Xorun ar-Rashid javob qildikim: «Xazinamning qolgan yarmini baxsh etgum.» Shunda donolar dedilarkim: «U holda barcha boyligingning qimmati bir qultum suvcha ekan». O’ylab ko‘rilsa, bu oddiy rivoyat va falsafa emas. Menga aytib berishgan edi: bir kishi og‘ir xastalikka chalinibdi. Yaqinlarini chaqirib temir javonidagi pullarni, tillalarni olib o‘rtaga to‘kibdi-yu, «nima qilsalaring ham meni olib qollaring», debdi.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:36:21

Kishining rizqi ado bo‘lgach, tillalar yordam bera olar ekanmi?
Biz pul topib, boyiyotganimizdan quvonamiz. Bilmaymizki, bu boylik o‘zimizga nasib qilarmi ekan? Muborak g’udsiy hadisda zikr qilinurkim: «Ey Odam farzandi, bilgilki, bu dunyoda to‘plagan boyliging merosxo‘rlarga qoladi. Undan yemoq va huzurini ko‘rmoq ko‘pincha boshqalarga nasib boshqalarga nasib bo‘lur. Uning hisob-kitobi va nadomati esa sening bo‘yningga tushgay. g’abrda senga faqat hayotlik vaqtingda qilgan yaxshi amallaringgina yordam bergay.»
Shu o‘rinda ikki rivoyatni eslamoq hojati sezildi:
Rivoyatning birinchisi: Xasis boy kam yeb, kam ichib, hatto oilasi rizqini ham qirqib katta xazina to‘plabdi. O’zining mo‘ljalicha boyligi yetarli miqdorga yetgach «Ana endi kayfu safo qilib yashayman», deb xazinalaridan birining eshigini ochmoqchi bo‘libdi — ocholmabdi. Ikkinchisi, uchinchisining eshigi ham ochilmabdi. Shunda u g‘g‘azablanib, so‘kinayotganda birinchi xazinadan ovoz kelibdi.
— Sen nega eshikni ochmoqchi bo‘lyapsan, nega g‘azablanyapsan?
— Bu mening xazinam, ochib, ko‘nglim istagancha foydalanmoqchiman, — debdi boy.
— Agar bu boyliklar seniki bo‘lsa ne uchun shu paytga qadar foydalanmading? Oilangni ham muhtojlikda saqlading? Endi bu boyliklar senga tegishli emas, bular bag‘dodlik duradgor Nazarga atalgan. Istasang, sinab ko‘r, — degan ovoz bilan eshiklar ochilibdi.
Boy «Agar menga nasib qilmasa boshqa hech kimga buyurmaydi», degan qaror bilan yo‘g‘on-yo‘g‘on xodalar xarid qilib, ularning ichini g‘ovak tarzda teshdirib, boyliklarini joylabdi-da, daryoga tashlattiribdi. O’zi esa «nima bo‘larkin?» degan fikrda daryoda oqib borayotgan xodalarga ergashibdi. Bu daryo Bag‘dod shahridan oqib o‘tarkan. Bu shaharda chindan ham Nazar degan duradgor bor ekan. U har tong daryo labiga chiqib oqib kelayotgan yog‘ochlarni tutib, chetga chiqararkan. O’sha tong qarasa bir qancha xodalar oqib kelyapti-yu, ammo egasi yo‘q emish. U suzuvchilar ko‘magida xodalarni sohilga chiqarib olgach, boy kelib:
— Sen kimsan? — deb so‘rabdi.
— Men Nazar duradgorman.
— U holda, — debdi boy, — xodalarni uyingga olib bor-da, orasini yor.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:36:39

Duradgor uning aytganini qilib hangu-mang bo‘lib turganida boy unga debdikim:
— Ma’luming bo‘lsinkim, bu xodalarning barchasi shu holda javohiru oltinlar bilan to‘ldirilgan va bular bu onga qadar menga tegishli edi. Ammo Xudo bularni mendan olib senga berishni ixtiyor qildi.
Shunda duradgor:
— Gunohingiz bo‘lsa tavba qiling, Alloh rahm qilg‘uvchidir. Boyliklaringizni qaytarib oling, — debdi.
Boy esa «Men Allohning izmiga qarshi bormayman», deb ko‘nmabdi. Yarmini, hatto bir misqolini ham olishni istamabdi. Yalinishlari zoe ketgan duradgor: «Hech bo‘lmasa uchtagina non oling, yo‘lingizga hamroh bo‘lsin», degach, boy rozi bo‘libdi. Duradgorning xotini xamir qorib uchta katta-katta non yasabdi-da, orasiga javharlardan solibdi.
Boy javharli nonlarni olib yo‘lga tushibdi. Shahardan bir oz uzoqlashgach, cho‘l o‘rtasida xarobgina chaylani ko‘ribdi. Borib bilsaki, bir cho‘ponning ahli ayoli dunyoga kelgan bolasini bag‘riga bosib o‘tiribdi. Cho‘pon nochor. g’avmi-qarindoshlari cho‘lning boshqa yerlariga ko‘chib ketishgan. Uning yeyarga noni, chaqalog‘ini o‘rashga bir parcha matosi yo‘q. Buni ko‘rgan boy unga haligi uchta nonni beribdi:
— Sen shu nonlarni Nazar duradgorga olib borsang, mendan salom yetkazganingni biladi va senga kerakli narsalarni beradi, — debdi boy.
Shunday qilib non orasiga joylangan javohir ham boyga nasib etmabdi, yana duradgorning o‘ziga qaytib boribdi.
Mazkur rivoyatga biron gap qo‘shmak yoki tahlil etmak ortiqcha yumush bo‘lsa-da, bir kichik rivoyatni ilova qilishni istadik:
Daryo sohilida o‘tirgan bir odam qo‘lidagi g‘alvirni suvga botirar ekanda:
— Xudo bersa shunday beradi, — derkan. So‘ng g‘alvirni suvdan ko‘tarib aytarkankim: «Xudo olsa shunday oladi».

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:36:51

Birdaniga boyib o‘zini bilmay qolayotgan, so‘ng tijoratdami yoki boshqi ishdami «sinib» xonavayron bo‘lib, uyni, bor bisotini sotib mahzun yurganlar shu rivoyatni balki eshitmagandirlar?
Endi ikkinchi rivoyatni eslash fursati yetdi:
Basralik savdogar Chin mamlakati tomon safarga tayyorgarlik ko‘rayotganida bir mo‘ysafid uning kemasiga yaqinlashib iltimos qildi: «Ey, xoja, men huzuringga hojattalib bo‘lib keldim. Mana bu qopdagi qalayini dengiz o‘rtasiga yetganingda suvga tashlab yuborsang, zora nazirim qabul etilsa». Savdogar mo‘ysafidning kimligini surishtirib bilgach, molni olib qoldi. Ammo kemasi dengiz o‘rtasiga yetganida to‘fon ko‘tarilib, mo‘ysafidning iltimosini unutdi. Chinga borib savdo qilayotganda unga bir yigit yaqinlashib «Basrada sifatli qalayi bo‘lardi, olib kelmadingizmi?» deb so‘radi. Shunda savdogar mo‘ysafidni, uning omonatini eslab «Endi buni sotib puliga mol olib egasiga topshirganim ma’qul ko‘rinadir», degan qarorda qalayi to‘la qopni yigitga sotdi.
Basraga qaytgach, mo‘ysafid yashagan mahallaga borib bilsa-ki, u vafot etibdi. Unga yana bir narsa ma’lum bo‘libdiki: mo‘ysafidning jiyani bor ekan. Mo‘ysafid ukasidan yodgorlik bo‘lmish bu yigitni chiqishtirmas ekan. «Sen mening o‘limimni kutib yuribsan», deb ranjitavergani sababli yigit shahardan bosh olib ketgan ekan.
Savdogar biror voris chiqib qolar, degan niyatda Chindan olib kelgan molni yetti yuz dinorga sotib, pulini asrab qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Chin mamlakatida undan qalayi sotib olgan yigit kelib dediki: «Men qalayini uyga olib borib sindirib ko‘rsam, orasidan oltin chiqdi. Men sizdan oltin emas, qalayi sotib olgan edim, bu oltinlar men uchun haromdir, deb izma-iz yetib keldim, toki oltinlarni o‘zingizga topshirgayman».
Shunda savdogar qalayi voqeasini gapirib bergan ekan, yigit kulib debdiki: «U mo‘ysafid mening yagona amakim edilar. Boylikni suvga g‘arq qilishdan maqsad — meni merosdan mahrum qilish edi. Ammo Alloh, mazkur boylikni menga nasib qilgan ekan, turli vosita va vasilalar bilan menga yetkazdi».
Yigitning chindan ham mo‘ysafidga jiyan ekani tasdiqlangach, savdogar unga yetti yuz dinorni ham berib: «Sen haromdan parhez qilding, Alloh senga halol boylikni ato qildi», degan ekan.
Kishining rizqi, rizqning har bir kishining o‘ziga nasib etmog‘i xususida yana ikki balki ikki yuz, balki ikki ming rivoyat bordir vallohi a’lam. Fikr yuritib turmoq uchun hozircha shu ikkisi ham kifoyadir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:37:00

* * *

Tarixga doir darsliklarda, matbuotda tinmay maqtanar edilar: «O’zbekiston kapitalizmni chetlab o‘tib, feodalizmdan to‘g‘ridan to‘g‘ri sotsializmga o‘tdi». Sotsializm deb atalmish imorat tuz kabi erib ketdi, sarob kabi yo‘qoldi. Nima uchun? Sababi, biz kapitalizmni emas, iymonni, e’tiqod, vijdon, mehr-oqibatni chetlab o‘tib, muazzam saroy qurmoqchi bo‘lgan ekanmiz. Iymonsiz jamiyat — sarobdir. Balki kapitalizmni chetlab o‘tib, sotsializmga yetish mumkindir. Lekin iymon, e’tiqod... larni chetlab o‘tib faqat jarga qulash mumkin. Bizlarni Xudo asrabdi. O’ziga shukr.

* * *

Bir keksa kishi ikkinchisiga afsus bilan debdi:
— Biz-ku, qarib qoldik, kommunizmni ko‘rolmasligimiz aniq, ammo nabiralarimga achinaman, ular yetib borishsa-ya!

* * *

Shoirlar kommunizmga madhiya yozib, «ana, ufqda ko‘rinayotir», deb hayqirishardi. Umuman shoirlar to‘g‘ri yozishgan. Chunki... ufqda ko‘ringan narsaga yetib bo‘lmaydi. Siz ufqqa qarab boraverasiz, ufq esa sizdan qochib, chekinaveradi. Yer yuzini ellik ming marta aylanib chiqsangiz ham ufqqa yetolmaysiz. Kommunizm esa aynan o‘sha yerda ekan.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:37:12

* * *

Kolxozdagi umummajlisga ikkita masala qo‘yilgan ekan:
birinchisi: yangi molxona qurish,
ikkinchisi: kommunizm qurishni tezlashtirish.
Taxta topish mumkin bo‘lmayotgani sababli birinchi masalaning muhokamasi keyinga qoldirilib, ikkinchi masalaga o‘tildi.

* * *

Yig‘ilishdagi voiz:
— Hozir bir oyog‘imiz sotsializmda, ikkinchisi kommunizmda turibdi, — dedi. Shunda bir qariya so‘radi:
— Bo‘talog‘im, bu turishda choting yirilib ketmaydimi?

* * *

Saksoninchi yillarda bir kishi ikkinchisidan so‘radi:
— Ayting-chi, kommunizm deganlari shumi yoki bundan ham battar bo‘ladimi?   

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:37:20

* * *

Shoshqaloqlik — inson zotining yovuz dushmanlaridan biri. Ayniqsa, o‘tmish haqida fikr yuritib, o‘zicha hukm chiqarib, so‘ng elga ovoza qilg‘uvchi odam shoshqaloq bo‘lsa, undan odillik kutmak xo‘rozdan tuxum umid qilmak ila barobardir. Ba’zan yon-atrofimizda ana shu kabi shoshqaloqlarni uchratib qolamiz. Bundaylar o‘zlarini g‘oyat bilag‘on ko‘rsatib, ma’lum davrlarga, shaxslarga yoki ayrim voqealarga nisbatan tezdagina hukm chiqarib qo‘ya qolishadi. Ana endi bir mulohaza qilaylik: Iskandar Zulqarnayn, Amir Temur, Napoleon... shaxsi va davri haqida hali uzil-kesil xulosalar yo‘q. Bular va bu kabi shaxslar haqida dunyo olimlari orasida bir-biriga zid fikrlar oqimi hali ham mavjud. Zakiylar tarixda nom qoldirgan shaxslar haqida necha yuz yillardan beri o‘zaro bahs yuritadilar. Bu tabiiydir. Buyuklarning a’lo, savob ishlari ham, shu o‘rinda kamchiliklari ham o‘zlariga yarasha buyuk bo‘ladi. Tarozining qay pallasi bosishini biz — ojiz bandalar belgilab bera olarmikanmiz? Shunday ekan, sovet davri, xususan o‘ttizinchi yillar haqida uzil-kesil hukm chiqarishga vaqt bor. Biz bu bilan indamay, mum tishlab o‘tirish kerak, demoqchi emasmiz. Hozir o‘rganish, tahlil qilish davri. Odil xulosa uchun esa, «vaqt» degan hakam ham talab etiladi.
Misol uchun aytsak, «Hammasiga Stalin aybdor», deb hukm o‘qish oson. Lekin Stalin «O’tgan kunlar»ni o‘qiganmikin? O’ki «Buzilgan o‘lkaga»dan xabari bo‘lganmikin? Abdulla g’odiriy yoki Cho‘lponning otilishidan u manfaatdor edimi?
Yoki: «Falonchining aybnomasiga Pistonchi imzo chekkan, qotil shu!» deb xulosa chiqarib qo‘yish ham qiyin emas. Ba’zan shunday shoshqaloq fikrning guvohi ham bo‘lyapmiz. Shunga o‘xshash ayblovlar aytilganda men aysbergni — shimoliy ummonning gerdaygan muz hokimini ko‘z oldimga keltiraman. Aysbergning ozgina qismigina suv yuzasida ko‘rinadi. Kemalarni parchalovchi asosiy qismi ko‘zga ko‘rinmaydi — suv ostida bo‘ladi. O’ttizinchi yillarning qirg‘ini haqida fikr yuritganda ham shu narsa unutilmasa durust bo‘lardi. Falonchining aybnomasiga Pistonchi imzo chekmaganida o‘sha Falonchi omon qolarmidi? Yo‘q. Aybnomaga mamnuniyat bilan imzo chekib beruvchi ikkinchi Pistonchi topilardi, albatta. Ikkinchisi bo‘lmasa, uchinchisi yoki to‘rtinchisi topilardi. Dunyoda HASAD degan narsa bor ekan, bundayin pistonchilarga muhtoj bo‘linmaydi. Tarixdan ayonkim, hukmronlar aynan ana shunday hasadchilar xizmatidan beminnat foydalanganlar. Men savdo xodimlari yoki hunarmandlar orasida hasadchilar borligidan ajablanmayman. Lekin xalqqa adab berishga mas’ul ziyolilar orasida hasad mavjudligiga chidashim qiyin. Ziyoli hasadgo‘y bo‘lsa — dunyodagi eng esi past maxluqdan ham tubanroq bo‘ladi. Hasadgo‘y ziyoli (balki yozuvchidir?) o‘zidan iste’dodliroq hamkasbiga tosh otadi, uni yo‘qotishga tirishadi, bu bilan o‘ziga shon-shuhrat yo‘lini ochishga tirishadi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ladi? Shu bilan shuhrati ortadimi? Yo‘q; xalq uning o‘zini ertami-kechmi supurib tashlaydi. Buni tarixning keyingi yarim asri isbotlab berdi.

Qayd etilgan