Tohir Malik. Iymonlashish umidi  ( 124871 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 20 B


shoir  26 Iyun 2006, 04:39:18

* * *

Donishmand o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l bo‘ladi-yu, boshqalardan hech nima talab qilmaydi. U o‘zining taqdiridan hamisha rozi. Hech mahal nolimaydi, o‘zining qismati uchun boshqalarni ayblamaydi. Shu bois taqdirga tan berib, xokisor bo‘lib yashaydi.
Nodon esa dunyo ne’matlariga berilib, jonini xatarga qo‘yadi. Agar o‘q nishonga tegmasa mergan boshqani emas, o‘zini ayblaydi. Donishmand ham aynan shunday.

* * *

Biron bir ayol erishgan javohiri tufayli yaxshiroq bo‘lib qolgan, deb o‘ylaysizmi? Holbuki, qanchadan-qancha ayol javharga yetmoq yo‘lida buzildi ekan, baxtsiz bo‘lib qoldi ekan? g’aysi bir erkak tillo to‘la sandiqqa ega chiqib, yaxshiroq bo‘libdi? Bu sandiqlarni to‘latish yo‘lida qilingan zulm miqdorini kim o‘lchabdi ekan?

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:39:30

* * *

Boylik egalarining Alloh saltanatiga kirmog‘i benihoya darajada mushkul deyishadi. Kambag‘al sabr va shukronasi bo‘yicha hisob bersa, boy to‘plagan xazinasiga harom aralashganmi yo yo‘qmi, uni nimaga sarf etgan, zakotni to‘g‘ri berganmi... xullas shunga o‘xshash ko‘p burchlari bo‘yicha hisob berar ekan qiyomatda. Nasroniylarning ilohiy kitobi «Injil»da aytilishicha, boyning Alloh saltanatiga, ya’ni jannatga kirmog‘idan ko‘ra tuyaning igna teshigidan o‘tmog‘i osonroq emish.
Roviylar derlarkim, bir podshoh «hayotni o‘rganib kel», deb o‘g‘lini dunyo safariga yuboribdi. Oradan oylar o‘tib, shahzoda saroyga qaytib, bir kaftida tuproq, yana birida tosh bilan otasiga ro‘para bo‘libdi.
— Dunyo kezib topganing shu bo‘ldimi? — deb ranjibdi podshoh. — Xo‘sh, bularingdan qanday ma’no uqmog‘im kerak?
— Podshoh qanchalar ulug‘, qanchalar qudratli bo‘lmasin, u tuproqdan yaralgan va oqibat yana tuproqqa aylangusi. Shunday ekan, to asliga qaytguniga qadar Allohga maqbul ishlarni qilishi, ya’ni raiyatga mehr-muhabbatda bo‘lmog‘i shart ekan. Toshning ma’nosi esa: xazinadan yaxshilik yo‘lida foydalanilmas ekan, undagi oltinu javohirning qadri bilan bu toshning qiymati bir xildir, — deb, shahzoda bir rivoyat aytibdi:
— Ziqna boy dalaga chiqib, xurjun to‘la oltinini ko‘mib qo‘yibdi-da, xazina ko‘milgan yerni har kuni ziyorat qilaveribdi. g’o‘shnisi bitta joyga uzoq tikilib turuvchi boyning bu qilig‘idan ajablanib, o‘sha yerni kavlabdi-da, oltinlarni olib, o‘rniga tosh to‘ldirib qo‘yibdi. Ziqna boy kunlarning birida oltinlarining yuzini silab, bag‘riga bosib rohatlanish maqsadida yerni kavlasaki, xazina yo‘q! Alamdan dod solib turganida qo‘shnisi yaqinlashib, ne hol yuz berganini so‘rabdi.
— Oltinlarimni sarf qilmay shu yerga ko‘mib qo‘ygan edim, kimdir o‘g‘irlab, o‘rniga tosh tashlab ketibdi, — deb javob beribdi boy.
— Bekorga yig‘layapsan, — debdi qo‘shnisi. — Sen kuyinmagin-da, toshni joyiga ko‘mib, har kuni ziyoratingni qilaver. Sarf qilmaganingdan keyin bu chuqurchaga tosh ko‘milganmi yo oltinmi, sen uchun nima farqi bor?
O’g‘lidan bu rivoyatni eshitgan podshoh achchiqlanibdi-da:
— Demak, seningcha boylik to‘plab, saqlash shart emas ekan-da? — debdi.
— Boylikka ega bo‘lmaslik yomon, boylikka ega bo‘la turib, undan oqillik bilan foydalana olmaslik undan-da yomonroq, — deb javob bergan ekan dono shahzoda.   

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:39:39

* * *

Sabr gadoni podshoh darajasiga ko‘tarishi mumkin. Sabrsizlik podshohni gadolik botqog‘iga botiradi. Yusuf alayhissalom sabr qilgan edilar, yuqori martabaga yetdilar. Zulayho nafsiga bandi bo‘lib sabrsizlik qilgan edi, unga xorlik va sharmandalik nasib etdi.

* * *

Bir mahallaga o‘t ketib, deyarli barcha uylar yonibdi. Bu xabarni eshitgan odam xavotirlanib, yugurib kelayotgan ekan, qo‘shnisi peshvoz chiqib:
— Tashvishlanmang, butun mahalla yondi, ammo sizning uyingizga ham, do‘koningizga ham o‘t yetmadi, — deb suyunchilabdi.
Bu xushxabarni eshitgan odam beixtiyor ravishda:
— Ya Allohim, mening mulkimni omon saqlabsan, o‘zingga shukr, — deb quvonibdi. Ammo uch-to‘rt qadam yurgach, qanday gunohga botganini anglab, yig‘lab yuboribdi-yu, sajdaga bosh qo‘yib istig‘for ayta boshlabdi.
Alloh uning mol-mulkini asragani uchun hamd aytgan edi. Endi nechun tavba qilyapti?
Gap shundaki, uning shukronasi zamirida xudbinlik mavjud. Ya’ni, mahallaning kuyib kul bo‘lgani uni tashvishga solmagan, birodarlariga achinmagan, u o‘zining uyi omon qolgani uchungina xursand edi. Avvaliga bilmadiki, Alloh uni sinash uchun mulkini omon saqladi. Ertami indin yanada azobliroq sinov yuborishi mumkin. Ya’ni, butun mahallani omon saqlab, uning mulkini kulga aylantirmog‘i ham ehtimol. U kishi shu haqiqatni anglagan, mulkini jabrdiydalarga ulashib, so‘nggi nafasiga qadar tavba qilgan ekan.
U kishi-ku gunohini anglabdi.
Anglamaganlar qancha? «Otilgan o‘q to‘nkaga sanchiladimi yoki qo‘shnimning ko‘ksigami — men uchun farqi yo‘q, menga tegmasa bas», deydiganlar ozmi?
Bundaylarga deymizki, «Nodonlik qilmang, birodar, qo‘shningizga o‘q uzgan to‘pponcha tepkisi yana bir marta bosilishi mumkin, balki ikkinchisi to‘nkaga ham emas, qo‘shningizga ham emas, aynan sizning ko‘ksingizga atalgandir? Siz Allohdan «g’o‘shnimni panohingda asra!» deb so‘rang. Yig‘lab-yig‘lab yurakdan so‘rang. Shunda Alloh sizni ham asraydi. «g’o‘shnimning rizqiga baraka ber», deb so‘rang. Alloh sizning rizqingizga ham baraka beradi.
Bir kishining uyida sichqonlar ko‘payib ketibdi. Do‘sti mushuk sotib oling, deb maslahat beribdi. «Yo‘q, birodar, mushuk olsam, sichqonlar qo‘shnimnikiga qochib chiqib, ularni bezovta qiladi», debdi u odam. Yana bir odam qo‘shnisining kamchiqim bo‘lib qolganini sezsa, uyida uch-to‘rt kun qozon osdirmas ekan. «Bizdagi taomning hidi ularning dimog‘iga urilib, qiynamasin», der ekan.
Siz balki «Undan ko‘ra qo‘shnisiga pul bersa yoki taom chiqarsa bo‘lmaydimi?» dersiz? Gap shundaki, johil qo‘shni hadya, ehsonni rad etib, «men sizga gadomanmi?» deb o‘jarlik qilar ekan. Bunaqa hollarda «Men berdimu sen noz qildingmi, battar bo‘l», deb maishatini qilaveradiganlar ham bor. Bular Allohning sinovini anglamagan gunohkor bandalardir. Ya Alloh, bundaylarga o‘zing hidoyat ber!

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:39:51

* * *

Bir odam ikkinchisiga hamdardlik bildiryapti. Zohiran shunday. Aslida esa bu darddan tezroq uzoqlashishga harakat qilyapti. Birovning dardiga kimning toqati bor? «Dardingizga sherikman», deyish faqat tilda. Agar odamlar o‘zganing dardiga chin dildan «sherik» bo‘lganlarida edi, bu olamdagi dardlar parcha-parcha bo‘lib ketarmidi?
Bir yapon yigit xo‘jayiniga ro‘baro‘ bo‘lib, jilmayibdi-da, uyga borib kelish uchun uch kunga ruxsat so‘rabdi.
— Uch kun uyingda nima qilasan? — deb so‘rabdi xo‘jayin.
— Otam o‘libdilar, ko‘mib kelaman, — debdi yigit.
— Otang o‘lgan bo‘lsalar nega jilmayib turib ruxsat so‘rayapsan? — deb ajablanibdi xo‘jayin.
— Otamning o‘limi — mening dardim. g‘amnok qiyofaga kirib sizni dardimga sherik qilishni istamadim, — debdi yigit.

* * *

Turnalar uchib kelsa, qalblar shodlanadi. Turnalar uchib ketar mahalda qalblar yetim kabi ma’yuslanadi. g’arg‘alar uchib kelganida birov quvonmaydi, uchib ketsa birov g‘ashlanmaydi. Ya, Robbim, kishining qarg‘amijoz bo‘lib qolishidan o‘zing asra!

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:53:38

* * *

Devorning tarixini, vazifasini bilasizmi? Devorni kim, qachon va nima uchun kashf qilgan? Dastlabki devor — to‘siqlar shox-shabbalardan iborat bo‘lib, ekinzor yoki bog‘ni jonivorlardan ihota qilgandir. Bunday to‘siqlar hozir ham qishloqlarda mavjud. Tosh, paxsa, g’isht devorning dastlabki vazifasi ehtimol xonadonni yovdan, o‘g‘ri, qaroqchilardan himoya qilish bo‘lgandir. Hozir esa bunday baland devorlarning yana bir ayanchli vazifasi bor — aka-ukalar bir-birlarining yuzlarini ko‘rmaslik, ovozlarini eshitmaslik uchun hovli o‘rtasidan to‘sadilar. Bir qoringa siqqan og‘a-inilar endi bir hovliga sig‘ishmaydi. «Kengga keng dunyo, torga tor dunyo», deganlar. Tor qalblar otadan meros hovli o‘rtasiga devor urmoqni ixtiyor etadi. Bu — iymon ojizligining zohirdagi ko‘rinishi. Bu — Allohning bir-birlaringizga mehr-muhabbatli bo‘linglar, degan amriga itoat etmaslik. Devor — Alloh amriga bo‘ysunmaganlik uchun oxiratda jazo olinajagiga bir belgi.
Roviylar derlarki, bir aka xudoyi qilmoq niyatida qo‘y yetaklab qassobga borayotgan ekan. Shu onda uning qulog‘iga ilohiy bir ovoz kelib debdi-ki: «Ey Odam farzandi, sen ukangni ranjitgansan, avval borib undan uzr so‘ra, roziligini ol. Oralaringizdagi xafalikni quv. Ana undan keyingina qo‘yingni so‘y. Shundagina sadaqang qabul bo‘lajak...»
Hozir esa... aka to‘y qilsa, uka chorlanmaydi, uka ehson qilsa, bir kosa taomni akaga ilinmaydi. Chunki o‘rtada devor bor. Bu g‘isht devorni yiqish chorasi mavjud. Ammo qalblardagi devorning qanday chorasi bor ekan? Qalblardagi devor mavjud ekan, bu xonadonlarda fayz-baraka bo‘lmaydi. Fayz-baraka mehr-muhabbatli xonadonlarga atalgan.
Bir mahallada aka-ukalarning uzoqqa cho‘zilgan mojarosi o‘rtaga devor olish bilan yakunlandi. Jonga tekkan mojaroning oxirlaganidan, ko‘ngli tinchiganidan xursand bo‘lgan aka qo‘y so‘yib, xudoyi qildi, mahalla ahlini siyladi. Bundan ajablanmay bo‘larkanmi? Allohning xohishiga zid borgan holda yana «xudoyi» qilishda qanday ma’no bor? Bu xudoyi oshini yeb, qorinni silab, tishni kavlab chiquvchilar gunohga sherik bo‘lmadilarmikin, vallohi a’lam?

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:53:54

Birovlar yaqinlarining mehr-muhabbatiga tashna. Bolalik choqlarida qandaydir sabab bilan yo‘qolib qolgan jigarlarini akalar yoki opalar, ukalar yoki singillar umid bilan izlaydilar. Ha, birovlar bir-birlariga intilib yashaydilar, birovlar esa... Aka-uka bitta masjidda namoz o‘qiydi. Masjid ostonasidan hatlagach esa yuzko‘rmas bo‘lib yuraveradi. Ularning bu holatlaridagi ibodatlari qanday ibodat bo‘ldi ekan? Ular silai rahm xususindagi oyatlar va hadislarni bilisharmikin? Albatta masjid imomlarining ma’ruzalarida eshitishgandir. Ammo Allohning buyrug‘iga itoat etishlari shart ekanligini o‘ylab ko‘rishmagandir. Shunday bemehrlarga eslatma sifatida bu rivoyat bayonini taqdim etishni lozim ko‘rdik.
Abu Lays Samarqandiy hazratlari Yahyo ibn Salimdan rivoyat qilgan ekanlar:
«Makkai mukarramada biz bilan birga Xuroson ahlidan bo‘lgan bir kishi bor edi. U solih kishi edi. Odamlar unga o‘z omonatlarini qo‘yar edilar. Bir kishi kelib, o‘n ming dirham qoldirdi-da, o‘zi uzoq safarga ketdi. g’aytganida xurosonlik kishi vafot etgan edi. U kishi o‘sha kuni Makkada yig‘ilgan olimlardan bu masalani so‘radi: «Falonchiga o‘n ming dirham tashlab ketgan edim. U kishi o‘libdi. Xotini va o‘g‘lidan so‘rasam, bilishmas ekan. Menga endi nimani buyurasizlar?»
Aytdilar: «Bizlar xurosonlikni jannat ahlidan, deb umid qilamiz. Kechaning uchdan biri yoki ikkinchisi o‘tsa, zamzam qudug‘i oldiga kelgin va mana bu so‘z bilan xabar bergin:«Ey Falonchining o‘g‘li Falonchi! Men omonat egasiman!»
Haligi odam kelib uch marta aytdi, biroq, hech kim javob bermadi. So‘ngra olimlarning oldiga kelib, ularga bu xabarni yetkazdi, aytdilar: «Albatta biz Allohnikimiz va Allohga qaytajakmiz! Bizlar sening do‘sting do‘zax ahlidan bo‘lmog‘idan qo‘rqayapmiz. Endi Yamanga borgin, u yerda bir vodiy borkim, uni Barxut derlar. U yerda bir quduqni ko‘rasan. Unga yaqinlashginda kechaning uchdan biri yoki uchdan ikkisi o‘tganda: «Ey Falonchining o‘g‘li Falonchi! Men omonat egasiman!»-deb baqirgin». U aytilgan yerga borib ovoz berdi. Birinchi chaqiruvdayoq javob eshitildi. Omonat egasi achinib dediki: «Sho‘ring qursin, seni bu yerga nima tushirdi? Sen yaxshiliklar egasi eding-ku?!» Javob keldiki: «Mening Xurosonda ahli baytim, qarindoshlarim bor edi. Ular bilan uzilib yashadim. Alloh taolo mening shu gunohim uchun bu azob bilan ushlab shu manzilga tashladi. Ammo, sen tashvishlanma, moling o‘z o‘rnida turibdi, men o‘g‘limga bildirib qo‘yishga ulgurolmay jon talsim qilgandim. Molingni uyimning falon yeriga ko‘mganman, borsang, topasan».

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:54:03

Shu rivoyatning o‘zi barchaga ibrat emasmi? Mana bunisi-chi:
Roviylar derlarkim, ota vafot etib, bir qopgina bug‘doy meros bo‘lib qolibdi. Aka-uka bug‘doyni teng ikkiga bo‘lib olishibdi. Tunda ukaning ko‘zidan uyqu qochib, o‘ziga o‘zi debdiki: «Ey nodon, nima qilib qo‘yding? Sen shu bug‘doyga muhtojmisan? So‘qqabosh bo‘lsang, bittagina qorningni to‘ydirolmaysanmi? Akangning bolalari bor, ularga non topish osonmi?» Shu xayol bilan uka o‘rnidan turib, omborxonaga chiqibdi-yu, o‘ziga tegishli bug‘doydan akasining xumiga solib qo‘yibdi. Ittifoqo shu damda akaning ko‘zidan ham uyqu qochibdi, u o‘ziga o‘zi debdiki: «Ey nodon, sen nima ish qilib qo‘yding? Otang seni uylantirib, ukangning to‘yini ko‘rmay o‘tdi. Ukang endi qorin tashvishidan tashqari uylanish tashvishini ham qilishi kerak. Unga insof qil». Aka o‘rnidan turib omborxonaga chiqibdi-yu, o‘ziga tegishli bug‘doydan ukasining xumiga solib qo‘yibdi.
Bu harakat har tun takrorlanaveribdi.
Oy o‘tibdi, yil o‘tibdi, akaning yarim xum bug‘doyi ham, ukaniki ham hech tugamasmish. Ular bu sirdan ajablanib, donishmandga borishibdi. Donishmandning talabi bilan tundagi qilmishlarini aytib berishibdi. «Insof sari baraka», degan hikmatni donishmand o‘shanda aytgan ekan.
Hovlilarni bo‘lib olayotgan, yuzko‘rmas bo‘lib yurgan aka-ukalar! O’zingiz tiklagan devor atrofida ota-onalaringizning ruhlari azob chekib, chirqirab yurgan bo‘lishi mumkinligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:54:13

* * *

Fikrning g‘oyat dono va qadrli ekanligi fikr egasining o‘limidan ancha keyin ma’lum bo‘lib qoladi.

* * *

Donishmandlar deydilarkim: Haqiqatga ko‘rsatiladigan eng katta lutfu karam — unga amal qilmoqlik ekan. Ammo dunyoda hech nimaga haqiqatchalik mashaqqat bilan erishilmaydi. Haqiqatni izlash, unga yetish uchun oylar, ba’zan yillar zarur bo‘lar. hayot shundayki, bunda haqiqatdan ko‘ra xatoni topish osonroq. Xato ko‘rinib turadi, uni darrov payqaymiz, haqiqat esa pinhona yashiringan bo‘ladi va uni har kim ham topavermaydi. Haqiqatga yetishmoqlikning eng asosiy sharti — haqiqatni sevmoqlikdir. Zotan, faqat haqiqatgina chinakam go‘zaldir, faqat ugina mehr-muhabbatga loyiqdir. Haqiqatni shunchaki sevish va gapirishning o‘zi kifoya emas, haqiqatni biron-bir ulug‘ maqsadni ko‘zlagan holda sevish va gapirish kerak bo‘ladi. Bir odam biror foydali haqiqatni ochgunicha, yuzlarcha odam omadsiz izlanishlar va ayanchli yanglishishlar bilan o‘z umrini xazon qilmog‘i ham mumkin. Haqiqat izlash vaqtichog‘lik bilan emas, hayajon va tashvishlar bilan o‘tadi. Ammo shunda ham baribir uni izlamoq lozim, aks holda, haqiqat topmasak, uni sevmasak, halok bo‘lmog‘imiz tayin. Haqiqatni o‘rgana turib, uch maqsadni ko‘zda tutish zarur: uni izlab topishimiz, topgandan so‘ng, albatta, isbotlashimiz, nihoyat, haqiqatni izohlab, isbotlayotganda uni soxtalikdan ajrata bilmog‘imiz shart.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:54:21

* * *

Kimki intilmasa, u hech narsaga erishmaydi, kimki shijoat ko‘rsatmasa, u hech narsalik bo‘lmaydi, kimki o‘zining ma’naviy quvvatidan foydalanmasa, bu quvvat uni tark etadi.

* * *

Bir odam mashinasida ketaturib, yo‘l o‘rtasida yotgan itning o‘ligini ko‘rdi. U o‘zining itini tanidi, mashinasini sekinlatdi, ammo to‘xtatmadi. Yonidagi hamrohiga qarab:
— g’arang, olaparning kuni ham bitibdi. Ertalab ko‘rinmagan edi-ya, — dedi.
It umri bo‘yi unga sadoqat bilan xizmat qilgan edi. O’limiga ham shu sadoqati sabab bo‘ldi — xojasining oshxonasidan go‘sht o‘g‘irlayotgan mushukni quvib borayotgan edi...
Itning sadoqatiga xojasi xiyonat bilan javob berdi. Agar dunyo aylanib, bu odamning boshiga shunday kun tushsa, it xojasining jasadini tashlab ketmagan bo‘lardi...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 04:54:33

* * *

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida uch ayol o‘tiribdi. Uchovining yoshi oltmishdan oshgan. Ulardan birining qaynonasi yaqinda olamdan o‘tgan. Ayollar o‘sha qaynonadan qolgan matoxlar, latta-luttalarning merosxo‘rlar orasida noto‘g‘ri taqsimlanganini muhokama qilib borishyapti. Ularning har birlari o‘zlaricha donodirlar, o‘zlaricha haloldirlar, o‘zlaricha adolat egasidirlar. Go‘yo yaratgan Haq barcha aqlni ulargagina bergan-u, boshqalar bu ne’matdan benasib qolganlar.
Aqlning o‘lchovi yo‘q. Har holda o‘zini dono sanovchi har bir insonda ozmi-ko‘pmi Xudo bergan aql mavjud. Lekin gap bu yerda aqldan qanday foydalanishda. Odam bolasi yonidagi yuz so‘m pulga bitta non olib yeb qornini to‘yg‘azishi yoki shu pulga saqich xarid qilib, chaynab-kavsh qaytarib, pufak chiqarib yurishi ham mumkin.
Mashinadagi uch ayolning zanglagan aqllari demaydiki: «Ey inson, sen nimalarni o‘ylab bosh qotiryapsan? Latta-luttaga kuyinib javrayotgan mahalingda yoningga yaqin kelib qolgan o‘lim sendan kulyapti. Axir oltmish yildan ziyod umr ko‘rding. Bu yog‘i qancha qoldi? O’sha latta-luttalar egasi bo‘lmish kampir salkam to‘qson yil yashadi. Oqibat, topganlarini, yiqqanlarini tashlab ketdi. Shu holning o‘zi senga ibrat bo‘lmaydimi? Sen shu matohlarsiz oltmish yil yashading. Shu latta-luttalarsiz yana 10—15 yil yashay olmaysanmi? Boyliksiz, latta-luttasiz yashash mumkin. U dunyoda «qaynonangning matoxlaridan nega ko‘proq ulush ololmading?» deb so‘ralmaydi. Imonsiz yashamoq mumkin emas. Shu bois u dunyoda «nima uchun imonsiz yashading?» deb so‘ralsa kerak...»
Avtomobilning g‘ildiraklari shitob bilan aylanadi. Umrimiz g‘ildiraklarining ham shu kabi, balki undanda tez aylanishini idrok qilmaymiz. Xotinlarning g‘iybati, ig‘vosi avjga chiqqan mahalda birgina turtki yoki yo‘ldagi mushtdekkina tosh sabab bo‘lib halokat yuz berishi, ularning jonlari shu onda, g‘iybatni oxiriga yetkaza olmaslaridan uzilishi mumkin. Til g‘iybat bilan band bo‘lganda shahodat kalimasiga o‘rin yo‘q. Robbim, bandalaringni shundan asragin!

Qayd etilgan