Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barokatuhu Janoblar. Ajoyib tortishuv. Oldinroq kirmagan ekanman bu yoqqa. O'z fikrimni bildirsam.Hurmatli, mavzu muallifi, avvalombor,hammasi Parvardigorimiz hohishi. Qolaversa,bir vaqtlar Islom o'choqlaridan bo'lgan yurtimizda,bundan 20 yillar muqaddam amalga oshirilgan isrofgarchiliklar,noshukurchiliklar uchun jazo,menimcha. Bu qiliqlarning kasri qachongacha davom etadi, Alloh biladi. Siz ma'naviy boylikni sotyaptilar debsiz. Menimcha siz,Olloh omad berib,Yurtdan rizq topayotgan insonsiz. Lekin unutmang,ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. To'g'ri,qaysidir ma'noda,o'z intelektual salohiyatlaridan foydalanib,xorijda pul topayotganlar ko'p. Axir O'zbekistonda bu bilimiga loyiq rag'bat topolmasa,nima qilsin. Qolaversa,Uzbga iqtisodiy nafi tegyaptiku. Achinarlisi,be hujjatlilik. Kelajakda penciya masalasi nima bo'ladi, Xudo biladi. Bir paytlar AQSh ga ,o'z yurtining jaholat zug'umiga duchor bo'lgan ziyolilar kelib,hukumatdan rag'bat olib, shu davlat uchun intelektlarini berar ekanlar. Natija esa, hozirgi rivojlangan AQSh. Bugungi kunda,bizdan kelib,maktablarda,kollejlarda, institutlarda dars beruvchilar borlar. Ular shunchalik tez obro'ga erishadilarki,faxrlanib ketasan. Chunki, O'rta Osiyoni ma'nan passiv hisoblovchilarga yaxshi namuna ular. Men bir opaxonni bilaman, Moskvada bir xususiy maktabda, ingliz,rus tillaridan dars beradilar. Ustiga ustak o'quvchilari fan olimpiyadalarida ko'pincha yuqori o'rinlarni olishadi,deb eshitaman. Ko'rinishidan,o'ta tartibli,aqlli ayol. 2 ta og'li ham bor. Turmush o'rtog'i haydovchi. Ular asli Toshkentdan. Qaysi oliygohligini aytmayman, u kishi oldin bir nufuzli oliygohda ishlaganlar. Bir necha sabablarga ko'ra,5 yil oldin ko'chib kelishgan. Xo'sh ,ularni qoralash kerakmi. Ilojsizlikdan,kelishganku bu yoqqa. Axir,bilimi bo'lsayu,ish chiqsa 25ming oylikka,ketmaydiyu qurilishga 15 ming oylik uchun. Buning ustiga, qurilishda ishlashdanda, azobli ish yo'q. Ishlayotganlarni ko'rib,rahmiz keladi. Hohlasak,hohlamasak,chetga ketayotgan ziyolilarimizning ishlari aybmas. Qolaversa, mahoratlari oshib,baribir yurtga qaytganlarida, foydalari tegadi yurtga,inshalloh.