Nonushta uchun tez pishar taomlar.  ( 134225 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


ЖАМШИДЖОН  04 Iyul 2009, 15:59:46

kartoshkadan boshqa ovqatdi bilmisilarmi tez pishar faqat kartoshka erkaklar bop

Qayd etilgan


zuhrahon  05 Oktyabr 2009, 21:02:57

                quymoqli ruletlar
                                     

Masalliqlar(10-12ta uchun):

-3ta tuxum

-1stakan qatiq

-1chimdim tuz

-1chimdim shakar(yoki 0.5stakan)

-1stakan un
-1 osh-q o’simlik yog’i
-50gr saryog'
Tayyorlash:
Avval tuxumni yaxshilab arlashtirib, so'ng qatiq+tuz+shakar+yog'ni solib aralashtirib, so'ngra unni solib to bir xil massa bo'lguncha aralashtiramiz. Bir cho'michdan olib, qizigan va biroz yog'langan tovaga quyamiz va tezda tovani har tomonga egib quymoqni butun tova bo'ylab yoyamiz.Bu ishni tez qilmasangiz quymoq bir joyga yig'ilib qolishi mumkin.
                                                                                   
Keyin ikkinchi tomonini qizartirib olamiz.(past olovda)
                                                                                               
Quymoqlar issiqligida saryog' suramiz va rulet qilib o'raymiz.
                                                                           
O'rtasidan kesib likopchalarga tortamiz.


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


shirin_turk  04 Yanvar 2010, 09:54:49

 :bsm: salom hammasi un raxmad ularni o`qib ishtaxala ochilib ketti. :7

Qayd etilgan


Muslima.bgm  16 Fevral 2010, 15:28:49

"Keranmari"
Buni asosan koreys halqi tayyorlaydi. Tayyorlash juda osonligi va mazali bo'lgani uchun uyda tez-tez tayyorlab turaman.
(Rasm Netdan olingan)


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Muslima.bgm  16 Fevral 2010, 15:37:31

"Keranmari"resepti:
3ta tuhum
ozgina(1ta) ko'k piyoz,
0,5 ta ko'k chesnok (dona donaligimas, ko'k piyozga o'xshagani)
pishloq
1ta qizil bulg'or qalampirining yarmi
pishirish uchun 2osh qoshiq yog'
Tayyorlanishi:
3ta tuhum idishda yaxshilab aralashtirilgach, 4sm qilib kelisgan ko'k piyoz va chesnok+ozgina tuz solinadi. Keyin ingichka somoncha qilib to'g'ralgan bolgarskiy(qizil rangidan solsangiz chiroyli chiqadi) hammsini aralashtiramiz.Yog'ni tovaga solib masalliqni solamiz. Tegi salgina pishib ustki qismi xali pishmasidan sirni solamiz va rulet qilib o'raymiz.
Yoqimli ishtaha~


[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Muxsinahon  21 Aprel 2010, 16:43:52

ertalabki nonushtaga juda oson tayyorlanadi

2 ta yoki 3ta holen 4 ta tuhumni tovada chala qovurib kn 1 ta yoki 2 ta pomidorri to'rg'ab solasiz tovaga birga qo'shib qovurasiz tuz solisham esiladan chiqmasin : ) ko'p qovurmisila pomidor ezilishi bn olurasila bo'ldi tayyor .



yana 2 ta tuhumni chaqib chayib unga 1 bog' zelinni to'rg'ab aralashtirib uniyam tovada qovurib olib yesa uyam tez pishadi ham foydali

Qayd etilgan


Hanifaxon  26 Sentyabr 2010, 08:36:04

Grechkali kotlet
Tez pishar taomlarimiz sirasiga kiruvchi bugungi taomimiz sizga albatta yoqishi aniq.
Masalliqlari:
2 st grechka
3-4 ta kartoshka
100 gr sir
1 ta tuhum
qovurish uchun yog`
ta`bga ko`ra tuz, muruch, suharik

Grechkani qaynatib pishirib olamiz.
Kartoshkani ham qaynatib puyrak qilamiz (sut va saryog` solib)
grechka bilan tayyor bo`lgan puyrakni aralashtirib ta`bga ko`ra tuz muruch solamiz va tayyor bo`lgan qorishmadan zuvalachalar qilib olib o`rtasiga sirni qo`yib kotletalar yasaymiz va suharikka botirib qovurib olamiz.


Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Fevral 2011, 05:25:21

Мани битта коооооотта камчилигим бор.Компютеримга фотоаппаратдан расм кучиромийман.
Тел.да олган расмларимни кизимга жунатаман(у хозир бошка штатда укивотти), кизим узини нет.идан сайтга жойлаштириб беради.Шунга баъзи пиширган таомларим расмсиз булганига узримми кабул килинглар

АОАУШТАГА ДААГАСА КОТЛЕТ  :7

Бу ерда-Амрикода схудийлар балик консерваларидан котлет тайёрлашади, лекин шошиб колганда схши скан. Биз узбеклар учун онда снда булса хам кул келиб колар...Хуллас,

1та балик консерваси
1стакан димланган гурунч
1та коттарок картошка
1 бош пиёз
ковуришга усимлик ёги ва майдаланган сухари
таъбга караб зираворлар

Лиёзни бир оз ёгда ковуриб оласиз, орасида картошкани хам сувда пишириб,киргични катта кисмидан утказасиз.
Балик вилкада (узбекчаси паншахачамиди )схшилаб сзилади + димланган гурунч+киргичдан утган картошка_ёгда димланган пиёз ва зиравору кукатларни аралаштириб, босги майдаланган(панировочнс‹е)сухарига аралаштириб,уртача шаклдаги котлетларни ёгда ковуриб оласиз.
Акимли иштаха... 

Qayd etilgan


Feruzochka  09 Mart 2011, 14:11:35

Tomatli aralashma !

Masalliqlar:
Tomat (yoki achchig`-chuchuk)
1 ta piyoz,
1 ta sabzi,
Ko`katlar, yog`,
Ta'bga ko`ra tuz ... !

Tayyorlanishi:
piyozni o`rtacha parrak holatida to`g`rimiz. Sabzini somoncha shaklida to`g`rimiz va ko`katlarni mayda qilib to`g`rimiz. Tovani olib yog` solib qizdiramiz,  qizigandan so`ng sabzini solamiz, keyin piyozni solib qovuramiz. So`ng tomatni 5-6 qoshiq solib qovuramiz, hammasini aralashtirib ko`katlarni solamiz. Bir oz dimlab qo`yamiz.
Mana qarabsizki, taom tayyor. Yoqimli ishtaha ... !  :13

Qayd etilgan


Secret  31 Avgust 2011, 01:32:59


Qayd etilgan