Temur tuzuklari  ( 46474 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 19:20:23

"Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan bo'lsa, unga ekin-tikin uchun zarur urug' va asbob berishsin. Agar fuqarodan birining o'z imorati buzilib tuzatishga qudrati yetmas ekan, unga yordam bersin".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 19:24:47

"Hech kimdan o'ch olish maqomida bo'lmadim. Tuzimni totib menga yomonlik qilganlarni Parvardigori olamga topshirdim. Ish ko'rgan, shijoatli er-yigitlarni qoshimda tutdim. Sofdil kishilar sayyidlar, olimlar va fozillarga  dargohim doim ochiq edi. nafsi yomon himmatsizlarni, ko'ngli buzuq qo'rqoqlarni majlisimdan quvib yubordim".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 19:34:13

"Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o'zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo'lishga intildim".

Qayd etilgan


AbdurRohman  05 Sentyabr 2007, 13:37:09

"Raiyat ahvoldan ogoh bo'ldim, ulug'larni og'a qatorida, kichiklarni farzand o'rnida ko'rdim. Har yerning tabiatini, har elning rasmi-odat, yo'l-yo'sinlaridan voqif bo'lib turdim, har bir o'lka va shahar aholisining ulug'lari va buzurglari bilan oshno bo'ldim va ularning mijozlariga, tabiatiga to'g'ri kelgan, o'zlari tilagan odamlarni ularga hokim qilib tayinladim. Har bir diyor aholisining ahvolidan ogoh bo'lib turdim. har bir mamlakatning ahvolini, sipohu raiyat kayfiyatini, turmushlarini, xulq atvorlarini, qilish-qilmishlarini, bular o'rtasidagi aloqalarni yozib menga bildirib turish uchun diyonatli, to'g'ri qalamli kishilardan voqeanavislar belgiladim. Bordiyu noto'g'ri narsa yozgan bo'lsa, bunday voqeanavislarni jazoladim. Hokimlar, sipoh va raiyat qaysi biri xalqqa jabr-zulm qilganini eshitsam, insof-adolat bilan darhol uning chorasini ko'rdim".

Qayd etilgan


AbdurRohman  05 Sentyabr 2007, 13:42:12

"Dilimning mashriqdan ko'tarilgan birinchi tuzuk shundan iborat bo'ldiki, islom dinin yoyib, Muhammad, unga Tangrining marhamatlari va salomlari bo'lsin, shariatni quvvatladim. Jahonni turli mamlakatlari, katta va kichik shaharlarida islom dinini va yaxshi odamlar orasida shariatni yoydim va o'z saltanatimni shariat bilan bezadim".

Qayd etilgan


AbdurRohman  05 Sentyabr 2007, 13:46:04

"Qaysi bir sipohiy tuz haqi va vafodorlikni unutib, xizmat vaqtida o'z sohibidan yuz o'girib, mening oldimga kelgan bo'lsa, unday odamni o'zimga eng yomon dushman deb bildim".

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Oktyabr 2007, 06:40:32

Assalomu alaykum!
Negadir bu mavzu to'xtab qolibdi...

Qayd etilgan


AbdurRohman  10 Oktyabr 2007, 11:06:55

Assalomu alaykum!
Negadir bu mavzu to'xtab qolibdi...
Va aleykum assalom.
Ayrim sabablaga ko'ra shunaqa bop qoldi. InshaAlloh, davom ettiraman. agar davom ettirishni xoxlovchila bo'lsa marhamat!

Qayd etilgan