Muqaddassan, Ayol!  ( 33058 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  27 Iyun 2006, 05:39:39

YOLG‘IZ AYOL

Ko‘zlaringda nega nam demang,
Yuragingda buncha g‘am demang.
Davlating ko‘p nima kam demang,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Kulsang nega kulding deydilar,
Yig‘lasang ne bo‘lding deydilar.
Ochilmasdan so‘lding deydilar,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Yog‘ilganda malomat toshi,
G‘am-g‘ussadan egilar boshi.
Yostiqni ho‘l qilar ko‘z yoshi,
Yolgiz ayol dardin kim bilar.

Yomonlarning so‘zidan ming dod,
Yomonlarning ko‘zidan ming dod.
Yolg‘izlikning o‘zidan ming dod,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Meni havas qilma, jon qizim,
O‘zing baxtim o‘zing yulduzim.
Yolg‘izlarga tilaylik to‘zim,
Yolg‘iz ayol dardin kim bilar.

Abdukarim Jumaboyev

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:39:54

farzonochka:

Ayol ko`zlarida mehr, so`zlarida mehr, qalbida mehr vaholanki ayolning butun vujudi mehrdan yaralgan. Shuning uchun ham bizning onalarimiz, opayu, singillarimiz biz uchun mehribon, biz ham ularga mehr ulashaylik!!

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:40:08

Kumushbibi:

Xazonlar sochilsa oyoq ostingga,
Dunyo ayamayin olsa qasdiga.
Najotsiz yonsangda tashvish dastidan
Shunga ham shukr deb yashaysan ayol.
O'zing muqaddassim,muqaddas ayol!

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:40:29

Farzonochka:

Nelardandir ko`ngil bo`lib g`ash,
Ham egilib bu egilmas bosh,
Ko`zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...

Birda haqdin birda nohaqdin,
Jabir ko`rsam bir betavfiqdin.
Qadrim xarob bo`lsa tuproqdin
Taskin berib onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...

Og`a-ini o`rtasida gap,
Alxol kelib chiqsa ixtilof.
Bu oq sutim mehrimga xilof,
Deya sho`rlik onam yig`laydir,
Qolganlari yolg`on yig`laydir...


Vujudimga solmasdna vahim,
Qabul ayla tavallo ohim.
Darig` tutmay mehring iloxim,
Yigl`tmagin mushfiq onamni,
Volidayi muxtaramamni

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:40:51

Kumushbibi:

- Sendan yuksak nima bor, yulduz?
- Ona mehri.

- Sendan keskin nima bor, olmos?
- Onalar qahri.

- Qayerdan olding otashni, quyosh?
- Ona qalbidan.

- Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh?
- Ona zarbidan.

- Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?
- Yo`q, ona izi.

- Senmi, totli, shifibaxsh asal?
- Yo`q, ona so`zi.

- Dengiz, nedir kenglika tanho?
- Ona og`usi.

- Sendan shaffof ne, tongi ziyo?
- Ona boqishi.

- Yaratgusi senmi, tabiat?
- Yo`q, yo`q, onalar.

- Baxt bitguvchi senmisan, hayot?
- Yo`q, yo`q, onalar...

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:41:06

Usun-usun karvonlarning uzoq yo'li,
Ketib borar karvonlarim asta-asta.
Lahzalarning allasida tug'ilganim -
Yetim sevgim qalbi majruh, dili xasta.

Uchuq toshgan lablariga firog'imning,
Bevaqt kelgan qish dardimdan sochlari oq.
G'azal aytib yig'lar yurak ho'ngrab-ho'ngrab,
G'azal aytib yig'lar yurak uzoq-uzoq.

Beshigining ko'zmunchog'i yo'q ko'nglimning,
Umrim so'ngsiz bahorlari olov rangli.
Yelvizaklar qoqar g'amgin darvozamni,
Lola sevgim yonoqlari zangli-zangli.

Karvonlarim to'htamaydi, ketib borar,
Uzun-uzun izlarimni ko'mar shamol.
Nursiz ko'zi to'lib hijron qumlariga,
Mung'aygancha qarab qolar yolg'iz ayol.

Avtori noma'lum...

Qayd etilgan


Furdavs  10 Mart 2007, 20:08:31

Ayol Muqaddas lekin hozirgi Ayollarning 95%muqaddas deb bolmaydi kiyinishlarini gapirmang yalangoch yurganlari undan afzal buzgunchilik fohishalik va yana allambalolar bilan shugulanib Muqaddas Ayol shanini bulgayotganlar qancha.Bu narsa Ozbekistonda-Qirgizistonda ham bor buni tan olmasdan ilojimiz yoq

Qayd etilgan


islimakhanim  11 Mart 2007, 14:57:24

Ayol Muqaddas lekin hozirgi Ayollarning 95%muqaddas deb bolmaydi kiyinishlarini gapirmang yalangoch yurganlari undan afzal buzgunchilik fohishalik va yana allambalolar bilan shugulanib Muqaddas Ayol shanini bulgayotganlar qancha.Bu narsa Ozbekistonda-Qirgizistonda ham bor buni tan olmasdan ilojimiz yoq
   Assalamu alaykum!
Firdavs bey! Manimcha, sizdan keyin qoldirilgan post siz uchun yaxshi javob bo'la oladi! Ayollani muqaddaslashtirishni hech kim sizdan so'ramayapti. Lekin ulaga loy chaplashdan oldin atrofizdagi  DAYYUSLAR ga bir nazar tashlang...

Qayd etilgan


Samo  18 Mart 2007, 03:24:59

shu mavzu posti nomaqbul shaklda berilgan
"muqaddassan Ona" ni qudsiy bayonlar yordamida qollab quvvatlash mumkin. ammo muqaddassan ayol sozini koproq yunon falsafasida korish mumkin. 

Qayd etilgan


Usmon  25 Dekabr 2007, 11:50:21

Слабс‹й пол сильнее сильного, в силу слабости сильного пола к слабому...
/Аезнакомс‹ мудрея/

Qayd etilgan