Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Salmoni Forsiy roziyallohu anhu haqida hikoyalar

(1/2) > >>

Mahdiyah:
Payg’ambar alayhissalomning sahobalari o’z davrida nasl-nasab haqida suxbat uyushtirishardi. Kim qaysi qabilaga tegishli ekanini so’rab johiliyatni esga olishgan paytlari bo’lgan ekan. Ana shunday suxbatlarning birida sahobai kiromlar Hazrati Salmoni Forsiy roziyallohu anhuga savol berishdi: "œSizning ota-boboingiz kim bo’lgan? Siz qaysi qavmdansiz?"
Forsiy hazratlarining javobi to’planganlarni yig’latgan ekan.
"œMen ISLOMning o’g’liman!"

Mahdiyah:
Amir va dahqon

Salmon Forsiy roziyallohu anhu Payg’ambarimiz vafotlaridan so’ng xulofoi Rashidin davrlarida Iroqda yashadilar. Shu davrda u zot bir shaharga hokim qilib tayinlandilar. O’zlari soda, oddiy, Alloh taologa ibodatda yashashni yaxshi yaxshi ko’radigan, mansabni xush ko’rmaydigan kishi bo’lsalar-da, bir oz muddat shahar amiri lavozimida ishladilar.
Kunlardan bir kuni Allohning zikrini qilib hayolot og’ushida ko’chada ketar edilar. Ro’parada og’ir ikki savatni — birida xurmo, ikkinchisida anjir ko’targan dehqon ko’rindi. Г yuklardan ezilgan, biron yordamchi toppish umidida ko’zi olma-kesak terardi. Yoshi bir joyga borib qolgan bo’lsa ham, hali qaddi tik, baquvvat, chahrasidan sodda, muloyimligi balqib turgan Salmoni Forsiyni ko’rib, dehqon suyunib ketdi.
- Ho’v, bu yoqqa kel! — dedi u, - manavi savatlarni bozorgacha ko’tarishib yubor!..
Salmoni Forsiy avval salom berdi, so’ng uning qo’lidagi savatni oldi. Ular indamay keta boshladilar. Ancha yurganlaridan keyin shaharning katta amaldorlaridan keyin shaharning katta amaldorlaridan bir qanchalari qarshisidan kela boshladilar.
Dehqon ularni ko’rib, darhol ikki bukilib, salom berdi. Ular esa Salmoni Forsiyga qarab:
-Amirimizga ham salomlar bo’lsin! — deb tavoze’ bilan o’tib ketishdi.
Dehqon atrofga qaradi. Salmon Forsiydan o’zga hech yo’q. U ajablanib:
-Sen amirmisan? — deb so’radi.
-Ha, shu sharning amiri Salmoni Forsiyman, - dedi u.
Dehqon darhol uning qo’lidagi savatga yopishdi.
-Uzr, bilmabman, Sizni mashaqqatga qo’yibman!
-Hechqisi yo’q, bu yuklaringni bozorgacha olib borishga niyat qilgan edim, olib boraman, - dedi u.
Salmoni Forsiy to bozorgacha uning savatlarini ko’tarishib bordi, so’ng o’z yo’liga ketdi"¦
Dehqon esa amir Salmoni Forsiy ketidan taajjub bilan ang’rayib qotib qoldi"¦
Abdurahmon Ra’fat Poshsho, "œSuvaru min hayoti as- Sahoba"dan

Mahdiyah:
Salmon bizdan...

Taqdir suronlari olam sahrolarini ostin - ustun qildi. Vujudlar to'lg'onib qalblar o'zgardi. Bo'ron tindi. Abu Tolib halokat girdobida halok bo'ldi. Salmon Forsiy r.a. omonlik sohilida najot topdi. Abu Tolibdan ismi so'ralganda, ota-bobolari ila fahr etib,"Abdu Mannof"dedi. Mol-dunyo tilga olinganida tuyalar sanaldi. Salmondan ismi so'ralganida "Abdulloh"(Allohning quli) dedi. Nasabi so'ralganida,"Ibnul Islam" (Islom farzandi) dedi. Mol-dunyosi so'ralganida"Muhtojlik",do'koni so'ralganida"masjid", kasbi so'ralganida "Sabr", Libosini "Taqvo va tavoze'", bolishini "Bedorlik",-dedi. "Nimangdan fahrlanasan?"degan savolga esa:"Salmon bizdan, ahli Islomdan..."degan so'zlardan, deya javob berdi.

Abdurauf:
Bir kuni Salmon Forsiydan:"Senga amirlikni nima shu qadar yomon ko'rsatib qo'ygan?" deb so'radi.
"Yemishning shirinligi va ajralishning achchiqligi", dedi.
Uning huziriga bir kuni do'stin kirsa, u xamir qorayotgan ekan. Do'sti Salmondan:"Xodiming qayerda?" deb so'radi. Salmon:"Biz uni zarur bir ishga jo'natgan edik. Shuning uchun ikkita ishni buyurishni lozim topmadik", deb javob berdi.

Abdurauf:
Biz "uning uyi" deganimizda, nimani nazarda tutyapmiz? Quruvchilar Salmonga uy qurib berishayotgan paytda, ulardan:"Qanday qurasiz?" deb so'radi. U kishining zuhdi, taqvosini juda yaxshi bilgan quruvchilar:"Qo'rqmang, bu uyda issiq va sovuqdan saqlansiz. Tik tursangiz shiftga boshingiz yetadi, chalqancha yotganingizda esa, devorga oyog'ingiz tegadi", deb javob qilishdi. Salmon hursand bo'lib:"Unday bo'lsa, yaxshi, quraveringlar", dedi.
Bu uyda dunyo lazzatlaridan hech narsa yo'q edi. Faqatgina bir narsa bor ediki, Salmon uni nihoyatda avaylab, hatto ayoldan uni ishonchli joyga yashirib qo'yishni talab qilardi. O'lim kasalligi yetib kelgach, joni uzilgan kunning tongida ayoliga:"Yashirib qo'ygan narsangni menga keltir", dedi. Ayol o'sha narsani olib keldi. U Jalvalo shahri fath qilingan kuni qo'lga kiritgan mushki edi. Salmon o'sha atrni o'lim kuniga saqlab qo'ygandi. So'ngra bir idishda suv keltirishni buyirdi. Keyin suvga mushkni quyib, qo'li bilan aralashtirgach, ayoliga dedi:" Buni yon-atrofimga sep. Hozir mening huzurimga taom yemaydigan, hushbo'ylikni sevadigan Allohning bandalari keladi".
Ayoli shu ishni qilgach, Salmon dedi:"Endi eshikni yopib, bir oz tashqarida tur".
Ahli Salmon aytganidek qildi. Bir ozdan so'ng, kirsa, uning muborak ruhi jasadini va dunyoni tark qilgan ekan...
Uning ruhi "shavq" qanotlariga mingan holda ulug' zotlarga yetishdi. Zero, u yerda Salmon Muxammad alayxissalom, u zotning ikki birodari-Abu Bakr bilan Umar hamda shahidlar va solih bandalardan iborat buyuk jamoat bilan uchrashishga ahdlashgan edi.
Mana shu sog'inch Salmonni orsiqtirib yuborgan edi.
Bugun diydorlashish vaqti yetib keldi.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version