Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Umar ibn Xattob r.a. hikmatlaridan

(1/5) > >>

Mahdiyah:
Hazrati Umar roziallohu anhu deydilarki:
"œMen qancha do’stlarni ko’rdim, lekin tilni saqlashdan afzalroq do’st ko’rmadim
Qancha qancha liboslarni ko’rdim, lekin taqvodan afzal libosni ko’rmadim.
Ne-ne mollarni ko’rdim, lekin qanoatdan afzal molni ko’rmadim.
Qancha yaxshiliklarni ko’rdim, lekin nasihatdan yaxshiroq yaxshilikni ko’rmadim.
Qanchadan-qancha taomlarni ko’rdim, lekin sabrdan lazzatliroq taomni ko’rmadim".
"œXutobul-minbariya" (Minbar xutbalari) kitobidan

Mahdiyah:
Umar roziyallohu anhu aytdilar: "Alloh taolo albatta olti narsani olti narsaning ichiga berkitdi:
1-roziligini - ibodatga;
2-g'azabini - osiylikka;
3-ismu a'zamini - Qur'oni karimga;
4-Qadr kechasini - Ramazon oyiga;
5-o'rta (asr) namozini - besh vaqt namoz ichiga;
6-qiyomatni - kunlar ichiga ."

Mahdiyah:
Xatoni tark etish uni tavba bilan tuzatishdan ko’ra yaxshiroqdir

Mahdiyah:
Kunduzi uxlasam, raiyatimdan bexabar qolaman, kechasi uxlasam, Rabbim berajak nasibadan mahrum bo’laman.

Mahdiyah:
Ilm olinglar, ilm olish uchun sakinat va halimlikni o’rganinglar.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version