Umar ibn Xattob r.a. hikmatlaridan  ( 20943 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Hadija  26 Iyul 2009, 22:23:10

Hazrati Umarning o‘gitlari

Soib ibn al-Musayyabdan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan
qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:10:17

E’tiqodingizga ko’ra yashamayotgan bo’lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz.

Hazrati Umar roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:12:18

Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham yoki oxiratni tark etib, faqat dunyosi uchun amal qilgan odam ham sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan odam yaxshilaringizdir.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:13:23

Ubay ibn Ka’b Umar roziyallohu anhudan:

- Taqvo nima? — deb so’radi.
- Tikanli yo’lda hech yurganmisan? — dedi Umar.
- Ha, yurganman.
- Qanday qilib yurgansan?
- Diqqat qilib, ehtiyot bo’lib, jiddu jahd bilan yurganman.
- Xuddi ana o’sha taqvodir.


Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:14:57

Allohga taqvo qilish dushmanga qarshi eng afzal qurol va urushda eng yaxshi hiyladir.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:15:59

Pushaymon bo’lmaganning gunohi avf etilmas

Hazrati Umar roziyallohu anhu

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:17:34

Hazrati Umardan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œDunyoning izzati men bilan, oxirat izzati solih amallar bilan"

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:18:24

Hazrati Umardan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œDunyoga ahamiyat qalbdagi zulmat, oxiratga ahamiyat qalbdagi nurdir"

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:19:50

Hazrati Umardan  :ra: rivoyat qilinadi:

"œOdamlarga chiroyli javob qaytarish aqlning yarmisi, chiroyli savol berish ilmning yarmisi, chiroyli tadbir maishatning yarmisi"

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Fevral 2010, 23:20:55

Umar ibn Xattob  :ra: Ahnaf ibn Qaysga nasihat qilib aytdiki:

"œEy Ahnaf, kim ko’p gapirsa, nodonligi ko’payadi, kimning nodonligi ko’paysa, hayosi kamayadi, kimning hayosi kamaysa, e’tiqodi susayadi. Kimning e’tiqodi susaysa, qalbi o’ladi"

Qayd etilgan