Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Umar ibn Xattob r.a. hikmatlaridan

<< < (2/5) > >>

Abdulhafiz:
 :as:
"Allohning molidan o'zim uchun halol deb bilganlarim shulardir: Yozlik va qishlik ikki kiyim-boshim, haj va umraga borishim uchun bir ustlik ko'ylagim, qurayshlik oddiy bir odamning yeydigan taomidan farqsiz taomim(va bu taomim ularnikidan ko'p ham emas, oz ham). Alloh nomiga qasam ichib aytamanki, bular ham men uchun qanchalik harom yo halolligini bilmayman".
Umar ibn Xattob r.a.

Abdulhafiz:
"Ochko'zlik-kambag'allik, qanoat-boylikdir. Kimning ko'zi odamlarning mol-mulkida bo'lmasa, ularga muhtoj bo'lmagay".
Umar ibn Xattob r.a.

Munira xonim:
"Amallarning afzali farzlarni ado etmoq,Alloh harom qilgan ishlardan taqvo qilmoq va Alloh taolo huzuridagi narsalar xususida niyatni xolis qilmoqdir".

Abdulhafiz:
Tavbangning to'g'ri bo'lishi gunohingni bilish bilan, amalingning to'g'ri bo'lishi mag'rurlikdan voz kechishing bilan, shukringning to'g'ri bo'lishi kamchiligingni bilishing bilandir.

Abdulhafiz:
Yolg'on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version