Kinofilmlar xususida  ( 155129 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:34:19

Charos:

asalomu aleykum, man xam uzbek kinolari hususida: Manga uzbek kinolari ichida (hozirgacha) " sevinch" bir oz ta'sir qildi, tugri u erda ham bor oz bulsada kamchiliklar, lekin man saviyasi (eng) past deb yangi filmlardan"kuzlaring mayus" filmini etgan bulardim. tugri yangi uzbek kinolarini kurmaganimga 1 yil buvotti, balki uzoq yurtlarda turib yangi kinolardan behardirman.........
Lekin " kuzlaing mayus" ta'silanarli daajada emas >:( >:(

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:34:48

AbdulAziz:

Fikrlaringiz uchun tashakkur. man ham "Ko`zlaring ma'yus" haqida gapirmoqchiydim. Shuyam saviyami? Shuyam kinomi? Tasvirlangan voqealar aslo haqiqiy hayotga to`gri kelmaydi. Qo`qonlik eng katta boyning qizi Toshkent afisiantka bo`lib ishlashi bu umuman haqiqatga to`gri kelmaydi. Umuman boshqa voqealarda ham reallik yetishmaydi.
Ha, bir yil ichida juda ko`p kinolar chiqdiki, ularni biz ham ko`rganimiz yo`q. Ko`rmasligimiz boisi ularning haddan ziyod ko`pligi (qaysi birini ko`rishni ham bilmaysan) va reallikdan yiroqligi, faqatgina reklama va o`zini ko`z-ko`z qilishdan iboratligi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:35:21

Charos:

man asli Tojikistonlik, lekin hozirda Moskvada uqiyapman. shunday bulishiga qaramay uzbek san'atiga juda qiziqaman, jumladan uzbek filmlariga xam...
Manda hozirgacha uzbek kinolaridan "Chimildiq" filmi uzgacha taasurot qoldirgan, balki milliylikka yaqinligi uchunmi bu film boshqa kinolardan ajralib turadi!

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:35:55

Internetdan, qaysi linkdan o'zbekcha kino ko'rsa bo'ladi?

www.savdo.com

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:37:16

AbdulAziz:

Assalomu alaykum Mohinur!
uzr, bu mavzuga oradan 2 oy o`tib javob beryapman.
Bog'bon - Judayam zo`r, tarbiytaviy kino ekan. Boshqalargayam tavsiya qilardim.
Yana ko`rganlar bormi shu kinoni?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:38:01

Bonu:

Ha, albatta man ham shu fevral oylarida endi chiqqanda shu filmni korganman, korsez bittasi Londonga olib kelgan ekan bu diskdagi kinoni kormagan Angliyadagi ozbek qolmadi, zor ekan, man yeglab yeglab korgandim :'(
Tarbiyaviy jihatdan Hind kinolari juda zor, silar "Verzaara degan kinoni kordilami? Shohruxhon ijrosida, juda ham zor ekan, yaqinda bitta akam shu Chopra deganimiye bilan hamkorlikda shuni sotib qolib Uzb, kinoteatrlarida qoyishmoqchi edi, uje tarjima ham qilingan, Juda dahshat tarjima qilinibdi, man internet orqali eshitgandim. Korganlar bormi ozi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:38:40

AbdulAziz:

"Bog`bon" haqiqatda yig`lab ko`radigan film ekan. Man ham ayam bilan dadam birga o`tirib ko`rdik, juda ta'sirli ishlangan kino! Ayniqsa, otaning oxirgi so`zlari ma'noli.
"Verzaara"ni biz ko`rmadik, qanaqa film ekan?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:39:15

Mohinur:

Assalomu alaykum AbdulAziz!
Ha, men bu savolni berganimga ancha bo`lgan edi. Nimagadir javob berilmagn yoki e'tibor berilmagan shekilli.
Judayam ta'sirlangandim, men ham bu filmdan. Bolalarning ota-onaga bo`lgan "mehr"lari haqida edi bu film.
To`gri aytasiz, AbdulAziz, otaning film oxiridagi monologi (konferensiyadagi so`zlari) judayam ta'sirli edi. Shuni yozsihni iloji bormi?
Bonu, men ham siz aytgan filmni ko`rmagan edim. Nima haqda u?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:40:00

Margilanets:

Rossa zor kinoakan.
Mangayam yoqti.
Ayniqsa, otani o`ynagan Bachchanni roli zo`r chiqqan.
Ota o`z ogillarini mehr bilan boqadi-yu, lekin uni bollari tashab ketadi.
Ko'chadan asravogan ogli eng vofodor chiqadi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 05:40:34

Dilshod:

Hind kinosiga bo'lgan qiziqishlaringni ko'rib man yanada ta'sirlanib ketdim.
To'g'ri hind kinosi garchi sujet va epizodlarini takrorlab kelsada, tarbiyaviy ahamiyata ham yoq emas.
Shunday ekan aynan shu mavzudagi fikr almashuvlarimizni susaytirmasak.
Kim o'zining idealidagi hind kinosini bizga tavsiya eta oladi. Biz ham baho berardik.

Qayd etilgan