Kinofilmlar xususida  ( 156860 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 19 B


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:03:00

AbdulAziz:

IKKINCHI QISM

Qamoqxona noziri advokatga vaqti tugaganligini, 786-mahbus xonasini tezlikda tark etishi kerakligini aytdi. Samia chorasiz u yerni tark etarkan, ko'zlarida yosh edi. Qamoqxona noziriga esa ushbu so'zlarni aytdi:
— Bu ham Allohning bir bandasi. Nega uning raqami 786chi ekanligini bilasizmi? 786 - bismillohning belgisi! (PS. Kinodan keyin bismilloh kalimasini abjad hisobida hisoblab chiqdim, darhaqiqat - 786 ekan). Shu raqam mana shu mahbusga nisbatan ham Allohning mehr-muhabbati borligini ifodalayapti. Siz ham unga rag'bat ko'rsating!

Yomg'ir. U bilan qo'shilib barcha armonlar yuvilib ketsaydi, qani, lekin... Advokat Samia bu kun ham qalbida armon to'la yana mahbusxonaga keldi. Qo'lida pishiriq. Pishiriqlarni mahbus oldiga qo'yarkan, uni ko'rib, Vir qalbi yayrardi. Undan bittasini totib ko'rdi: "Oh, bu mening momom pishirgan pishiriqqa o'xsharkan, yana olsam bo'ladimi?..."

Samia: Nega sevgingiz afsonasi o'sha vokzaldayoq nihoyasiga yetmadi?
Vir: Ehhh, qalbimning yarmi boshqa davlatda qolib ketgandi-da...

Pokiston. Bir oydan beri dadasi qizi Zaara bilan gaplashmaydi. Bir yonda to'yga tayyorgarlik ketardi. Hayotxona Lahorning ko'zga ko'ringan siyosatchilaridan edi. Razoning dadasi bilan hamkorlik qilishi uning kelajakdagi ishlariga katta natijalar olib kelardi. Ularning to'ylari ham bejizga bo'layotgan emasdi. Bu siyosat va hayot olamida yangi natijalarga erishish uchun qilinayotgan harakat edi.

Sochini o'rab qo'yayotgan onasidan Zaara so'radi:
— Onajon, siz uchun otam jonlarini fido qilishga tayyormilar?
— Qayoqdagi gaplarni gapirmagin qizim.
— Nima, sizningcha muhabbatlari jon fido qilishga tayyor emasmi?
— Qizginam, muhabbat bu kitoblarda bo'ladi, kinolarda bo'ladi, hayotda esa muhabbat yo'q! U oila barpo bo'lishi bilan tugaydi!
— Onajon, Razo men uchun jonini fido qilishga tayyormi?
— Nimalarni gapiryapsan, esing og'ib qoldimi?
— Lekin men bir insonni bilaman. U chegara ortida bo'lsa-da, men uchun jonini ham berishga tayyor!
— Nima deding, nimalarni gapiryapsan. Qani, nimalar qilib kelding, Hindistonda? E, hudo! O'zing insof bergin bu qizga!

Tez orada fotiha marosimi bo'ladi. Zaara o'zligidan ayrilgan edi. U uchun hamma narza Vir edi. Ko'ziga faqat Vir ko'rinardi. Oyanaga qarasa ham, fotiha uchun chiqsa ham Vir ko'z oldidan ketmas edi. Uni harchand quchmoqchi bo'lganda esa Vir yo'qolib qolardi. Dardini singlisiga to'kib soldi. Singlisi Hindistonga telefon qilib vaziyatni Virga tushuntirdi va opam Zaara aytiki, siz u uchun joningizni fido qilishga ham tayyor ekansiz.

Samia: Siz nima qildingiz. Ishingizni tashlab bo'lsa-da, 22 yillik umringizni hazon qilgan Pokistonga yo'l olaverdingizmi?
Vir: Qalbim meni sevgim oldiga borishga chorlar edi. Garchi ishdan kechib bo'lsa-da Lahorga yo'l oldim. Meni Zaaraning singlisi kutib oldi. Ertaga nikoh marosimi ekanligini, uni bir yo'lini topib, bu yerdan olib ketishini so'radi. Ertasi kuni pokistonlik kiyimida nikoh marosimiga bordim.

Yomg'ir yog'ardi. Osmon ham bizning dardimizdan to'yib-to'yib yig'lardi. Zaarani nikoh uchun domla qoshiga olib borishardi. Shu payt men keldim. Zaara ham meni ko'rdi... U o'zini unutdi. Ota-onasi, qaylig'iga qaramay, men tomon keldi-da, quchib oldi... Buni ko'pchilik ko'rdi. Otasi bunga chiday olmay kasal bo'lib qoldi. Razo esa hali ham maqsadidan qaytmagan edi.

Kechqurun, Zaaraning onasini meni yo'qlab keldi va: "Sizga Zaaraning baxti kerak bo'lsa, uni tinch qo'ying, otasi og'ir ahvolda yotibdilar.", - dedi. Men esa: "Men sizlarning fotihangizni olmasdan Zaarani o'z yurtimga olib ketolmayman", dedim. Onasi:
— Yurtingizdagi hamma yigitlar sizdekmi?
— Yigitlarni bilmadim-u, lekin hamma onalar sizdek, onajon!
Kechroq Zaara keldi. Men u bilan hayrlashdim. Bir kun kelib, albatta uchrashishimizni, u paytda u 9-10 bolaning onasi bo'lishligini, men uni velosipedimda sayr qildirishimni aytdim. U esa: - u paytda velosipedingga sig'mayman dedi....U qishlog'imizga yana bir marta borishga va'da berdi.  Biz og'ir hayrlashdik.....

Lahordagi stansiyada meni Zaaraning onasi va singlisi kuzatib qolishdi. Onasi menga bir tumor berib, seni asraydi dedi. Avtobusga chiqdim. Ular ketishdi. Shu payt ikkita politsiyachi keldi-da, meni idoralariga eltishdi. Ular menga mana buni o'qib chiqb qo'l qo'y, bo'lmasa yomon bo'ladi, deyishdi.

Samia: Siz nima qildingiz? Unda nimalar yozilgan edi?
Vir: Unda mening ismim umuman boshqa, meni Hindiston josusi deya yozilgan edi. Nega endi deb turib oldim. Ular guvohimiz bor deyishdi. Ne ko' bilan ko'rayki, guvoh Razo bo'lib chiqdi. U menga qarata shunday dedi. - Sen mening baxtimni tortib olmoqchi bo'lding-a, sen Zaarani sevarding-a? Uning baxtli bo'lishini hohlarding-a? Agar hali ham shuni hohlasang, shu qog'ozga imzo chek va Zaara va uning oilasi haqida umuman so'z ochmayman deb va'da ber. Agar shunday qilsang, Zaara baxtli bo'ladi. Aks holda uning hayotini do'zaxga almashtiraman.
Men rozi bo'ldim. Aksiga olib men o'tirgan avtobus yo'da portlatildi. Portlatilgan avtobus yo'lovchisi sifatida mening nomim ham bor edi. Hindiston uchun endi men yo'q edim, meni o'lgan hisoblashardi. Pokiston uchun esa - men hamon yetti yuz sakson oltinchiman.  Shu paytgacha hali hech kimga bu haqda og'iz ochmagandim.

Samia: Nega bo'lmasa menga gapirdingiz?
Vir: Siz meni inson sifatida o'z nomim bilan chaqirdingiz. Shu paytgacha meni bir mahbus sifatida qarashardi. Siz esa menga mehribonlik ko'rsatdingiz.

Sud kuni belgilandi. Qoralovchi tayinlandi. U Lahorning eng katta qoralovchisi, hali sudlarda biron marta yengilmagan Zohir Ahmad edi. 3 kundan keyinga sud belgilandi. Advokat Virni sud zaliga havo kuchlari mayori Vir Pratap Singh sifatida chiqishga ko'ndirdi. Vir esa sudda biron marta ham Zaara va Hayotxon nomlarini ta'kidlamaslikni advokatdan iltimos qildi.

Sud boshlandi. Avvaliga qoralovchi Zohir Ahmad o'z mulohazalarini bildirdi va guvohlarini keltirdi. Guvohlar esa Zohir Ahmad foydasiga gapirishar edi. Bundan Samia rosa cho'chidi. So'z Samiaga berildi:
— Avvalo Zoyirxonga bergan mulohazalari uchun tashakkur! Zohir Ahmad:
— Mening ismimni to'g'ri atalishini talab qilaman!
— 22 yil o'z ismidan mosuvo bo'lgan bir hindistonlik mahbusni yana shuncha azob-uqubatga duchor qilishni uyat deb bilmaysiz-da, o'z ismingizning noto'g'ri aytilishini uyat bilasiz...
Samia o'z mulohazalarini bildira boshladi, lekin soxta guvohlarning ko'rsatmalari advokat gaplariga to'g'ri kelmasdi.
Sud 1 haftaga qoldrildi.

Samia: Vir Pratapsingh! Keling bir marta Zaara xonadonidan biron guvoh keltiraylik, sud bizning foydamizga hal bo'ladi. Tushuning axir, bu mening birinchi ishim, bunda albatta g'alaba qozonish kerak. Nega tushunmaysiz? Odam ham shunaqa qaysar bo'ladimi? Yoki shu qorong'i xonalarda chirib ketishni hohlaysizmi?
Vir: Meni kechirasiz, singlim Samia! Bu bilan men nimaga erishaman. Agar meni ular bilib qolishsa nima bo'ladi? Zaaraning hayoti yana zulmatga aylanadi, tushunyapsizmi? Agar men Zaaraning baxtli bo'lishini hohlamaganimda 22 yil avval ham shunga rozi bo'lardim. Lekin bir mahbusni deb oilaning parokanda bo'lishi shartmi?
— Uzr, gaplarimdan hafa bo'lmang, ozgina mening insonligim advokatligimdan oshib ketdi. Agar sudda yutqazsak, mendan hafa bo'lmang.
— Yo'q aslo, lekin bir narsani sizdan so'rayman, bajara olasizmi?
— Nima ekan?
— Menga har kuni pishiriq olib kelasiz.
— Va'da beraman. Vir, men endi Hindistonga borib biror guvoh topib kelmasam bo'lmaydi.
— Mayli boring, mana bu tumor meni shuncha vaqt asradi. Endi sizni asrasin...

Samia Hindistonga Virning xonadoniga boradi. Uyoqda kop narsa o'zgarib ketgan edi. Virning bobosi va momosi allaqachon dunyodan o'tib ketgan edilar. Qo'shnilar hamma voqeani aytib berishdi. Devorda Virning xotira surati iliniq turar, tashqarida kimdir, nimadir tikish bilan band edi. Qo'shni ayol: "Zaara to'yi o'tgandan keyin Virning fojeasini eshitdi. Oilasidan kechib, bobo va mom huzuriga ko'chib keldi. Otasi esa siyosatdan yuz o'girdi va u ham vafot etdi. Onasi ham Pokistonda vafot topdi. Razo esa horijga chiqib ketdi. Uning oilasidan hech kim qolmadi. U momo va boboning ishlarini davom etiiryapti.
Samia tashqariga chiqadi va Vir bergan tumorni Zaaraga ko'rsatib haqiqatni bayon qiladi...

Sud majlisi kechikmoqda edi. Advokat hali kelmagan, katta sudya ham uni kutardi. Birdan Virning ko'ngli allaqanday hayajon bilan sud darvozasi tomon intildi. Darvoza ochildi: advokat Samia va Zaara! PS. Filmning kulminatsion joyi shu yer bo'lsa kerak. Shu yerda filmning asosiga aylangan soudtrack yayraydi: Tere Liye

...Sud Virning foydasiga hal qilinadi va u ozodlikka chiqariladi. (PS. Kinoteatrga kirgan hamma birdaniga qarsak chalib yuborishdi. Ba'zilar ko'zlariga yosh ham olishdi) Oxirgi so'z Virga beriladi. U esa cho'ntagidan bir qog'oz chiqarib quyidagilarni o'qiydi:

Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi
Qamoq darchasidan ma'yus boqaman,
U yoqda bobom va ham momom
Vatanim tuprog'in sog'indim
.......................................
Satrlar qalbimdan quyilar,
Balki menga shunday tuyular...

...Men mahbus yetti yuz sakson oltinchi
Qamoq darchasidan ma'yus boqaman...
[/b]

Advokat Samia ikki sevgili yorni chegara tomon kuzatib qo'yadi.

Virning birinchi qilgan ishi Vatani tuprogini o'pish va unga sajda qilish bo'ldi...

FILM TUGADI

Neki ko'rgan, eshitgan bo'lsa, ushbularni qog'ozga tushiruvchi
Davronbek Tojialiyev, 7.07.2005.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:03:30

Margilanets:

Yana hindlarni kinosi haqida.
"O'tkinch dunyo" filmi chikkaniga ancha boldi. Lekin juda zor kino ekan. manga yoqti.
Shohruhhon va Saif alihonlar oynagan ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:03:41

Noza:

Assalomu alaykum barchaga!
Bu mavzuga anchadan beri kirmi qo'ygan edim.
Kecha o'zbekfilmda olingan "Fotima va Zuxra" filmini ko'rdim. Umuman olganda kinoga GAP yoq. Juda yahshi olingan. Aktyorlar ham o'zlarini rollarini yahshi ijro etishgan. Kinoga etilgan soundtrack larham juda yahshi etilgan. Kinoni ko'rishni maslahat beraman.

Lekin bitta narsa juda achinarli. Man kinoteatrga borib afsus qildim. Alisher Navoiy nomidagi bu kinoteatrda kinoga tushganlarni 90% kino ko'rish uchun emas, balki "sotkasini" maqtanisga, o'zini "reklama" qilishga kelgan. Kimdur huddi kinoteatrni sotib olgande osmonda..............................
Yigitlar kotta bor kichik bor dimi og'zilariga keldan gaplar bilan bir birlarini so'kmoqdalar.
Qizlar ham qolishmidi.
Umuman olganda Ollohim insof bersin ularga!!!

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:03:55

Maknuna:

Va alaykum assalom!
Man bu kinoni hali ko'rmadim.. Lekin O'lmas Umarbekovning shu nomli romanini o'qigan edim.
Film shgu roman asosida ishlanganmi yoki o'zgartirioshlari ham bor ekanmi?

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:04:10

Muxbir:

Shu yilning sentyabr` oyida Rossiyaning Anapa shahrida o`tgan "Kinoshok-2005" xalqaro kinoanjumanida o`zbek ijodkorlari yaratgan "Erkak" badiiy fil`mi "Eng yaxshi stsenariy uchun" nominatsiyasi bo`yicha g`olib deb topildi. 16-25 sentyabr` kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida o`tgan Osiyo mamlakatlarining xalqaro festivalida esa "Dilxiroj" badiiy fil`mi tomoshabinlar va kinoshunoslar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Jahon kino muxlislari va mutaxassislar e`tiborini jalb etayotgan jihatlari xususida zikr etilgan fil`mlarning stsenariy mualliflaridan biri, taniqli yozuvchi Erkin A`ZAM zA muxbiriga quyidagilarni so`zlab berdi:

- "Dilxiroj" va "Erkak" fil`mlari mohir rejissyor Yusuf Roziqov bilan hamkorlikda yaratildi. Meni kino olamiga qiziqtirgan ham aynan shu talabchan, mehnatkash inson bo`ldi.

Bevosita fil`mlar xususida to`xtalsak, "Dilxiroj" ham, "Erkak" ham Surxondaryoning Boysun tumanida suratga olingan. Sababi, u joyning tabiati, odamlari, urf-odatlarini boshqa erda kam uchratasiz.

"Dilxiroj" - g`olib muhabbat haqida. Agar sevgi chinakam, astoydil bo`lsa, barcha qiyinchiliklarni engadi, degan g`oya fil`mda ustuvor. Kartina o`zimizda ham namoyish etildi, turlicha fikrlar bildirildi. Xorijda esa juda yaxshi kutib olindi. Buni Germaniya va Frantsiya televidenielari uni sotib olganidan ham bilsa bo`ladi.

16-25 sentyabr` kunlari Kunchiqar yurtning Fukuoka shahrida o`tgan Osiyo fil`mlari xalqaro festivaliga aynan "Dilxiroj"ning taklif etilgani ham bu fikrning isbotidir.
Kinofestivalda yigirma besh mamlakat fil`mlari qatnashdi. Eng ahamiyatlisi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligidan birgina O`zbekiston ushbu kinoanjuman ishtirokchisi bo`ldi. Fil`m festival` qatnashchilari, kinoshunoslar, ijodkorlar tomonidan juda iliq kutib olindi.

Quvonchimizning yana bir boisi - festival` hay`ati tavsiyasi bilan "Dilxiroj"ni Yaponiyaning turli davlatlarda ishlangan eng sara fil`mlarni to`plovchi kino muzeyi sotib olgan ekan. Muzeyda bo`lganimizda, ekran asarlari maxsus texnologiya asosida to`rt yuz yil mobaynida sifati buzilmay, beshikast saqlanishini aytishdi.

Mezbonlarga hazillashdik: bu juda uzoq muddat-ku, biz yaqin ikki yuz yil ichida yana muzeyga kelib, "Dilxiroj"dan xabar olamiz. Topqir yaponlardan esa, ikki yuz yildan keyin fil`mlarni mangu saqlash texnologiyasini yaratamiz, degan javobni oldik.

Ikkinchi fil`mimiz "Erkak" deb atalsa-da, aslida u anchayin erkaklar haqida emas. Asar insonning o`z or-nomusi, sha`ni, qadr-qimmatini mardona himoya qilishiga bag`ishlangan. Kishi davr evrilishlariyu turfa hayotiy o`zgarishlarga qaramay, insoniy or-nomusi, sha`nini saqlab qolishi shart, degan g`oya kartina mazmuniga singdirilgan. Rossiyaning Anapa shahrida o`tkazilgan "Kinoshok-2005" festivalida "stsenariysi eng yaxshi fil`m" sifatida tan olingani ham balki shundandir.

"Erkak" shu yil iyul` oyida Moskva shahrida o`tgan 27-xalqaro kinofestivalda ham maxsus mukofot - Rossiya kinoklublar konfederatsiyasining "Milliy mavzuning poetik aks ettirilgani uchun" sovrini hamda maxsus diplom bilan taqdirlangan edi. Aslini olganda, biron bir fil`mning festival` tanlovi doirasida namoyish etilishining o`zi katta gap. Chunki hay`at a`zolari yuzdan ziyod kartinadan o`n ettitasinigina ushbu tanlov uchun saralab olgan edi. Ayni paytda unga Italiya va boshqa davlatlardagi xalqaro kinofestivallar tashkilotchilari ham qiziqish bildirmoqda.

UzA

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:04:35

Noza:

Salom Maknunahon.
Film shu roman asosida ishlangan lekin ko'pgina o'zgrtirishlar kiritilgan. Bu romanning spektakli ham bor edi. Lekin kinoda o'zgartirishlar juda ko'p.
Kimdur bu kinoni yahshi olingan didi. Kimdur bemani didi. lekin har bir filmni o'zini muhlisi bo'ladi.
Manga bu kino yoqdi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:05:23

AbdulAziz:

Tohir va Zuhra filmi Sharq-Sinema mahsuloti bo'lib, 2005-yilda prokatga chiqqan.

Rollarda:
Zuhra - Zilola Musayeva (Shahzoda)
Fotima - Gulchehra Eshonqulova
Shohruh - Ulug'bek Qodirov
Sanjar - Ulug'bek Yunusov
Abdulla aka - Ubaydulla Omon
Hamid aka - Lutfulla Sa'dullayev

Ssenariy mualliflari - Ulug'bek Zufarov, Bahrom Yoqubov

Syujet
Abdulla akaning o'gli Sanjar shaharning bezori bolalariga qo'shilib qoladi va har kuni kayfu-safo bilan kun o'tkazadi. Bundan Abdulla aka ranjisa-da, u o'z ishini davom ettiradi. Bir kuni kechasi u uyiga qaytmaydi. Uni qidirish uchun singlisi Fotima yo'lga tushadi. Ittifoqo ayni shu payt akasining bezori o'rtoqlari "ov"ga chiqishadi. Fotima esa o'ljaga aylanadi. Uni yuzini berkitib shahr chetidagi hovliga olib ketishadi. Shu payt Sanjar ham o'sha yerda bo'lib, ketishga chog'lanayotgandi. Fotimaning ovozi eshitilganday bo'ladi, lekin mast aka bunga e'tibor bermaydi.
Shu kuni kechasi Fotimani zo'rlab, Shar chetidagi dalaga tashlab ketishadi. Fotima o'ziga kelgach nima bo'lganligini anglaydi va uyiga borib, bo'lgan voqeani yozib, nomusdan o'z joniga qasd qiladi. Ertalab xatni o'qigan Zuhra o'zidan ketib qoladi. Abdulla aka ham bu holatdan karaxt bo'lib qoladi. Sanjar esa o'ch olish uchun yana o'sha bezori o'rtoqlarining oldiga ketadi. Abdulla aka, Sanjardan ularning kimligini bilgan Shohruhning otasinikiga boradi. Hamid aka xatni o'qib, Abdulla akaga dalda bermoqchi bo'ladi. Lekin maqsadi ushbu ishni tezroq yopish bo'ladi.
Sanjar Shohruhni yo'lda mashina minib ketayotganida pastga tushiradi va bo'g'a boshlaydi. Buni ko'rib turgan boshqa bir o'rtog' pichoqni oladi-da, Sanjarni narigi dunyoga ravona qiladi. Ishni yopti-yopti qilish uchun Abdulla akani ham gumdon qilishadi. Militsiyaga esa bedarak yo'qoldi degan xabar keladi.
Endi Zuhra oilada bir o'zi qoladi va opasining qotillarini qidirishga tushadi. Shunday kunlarning birida Shohruh o'zini Tohir deya tanishtirib, unga yordam bermoqchi ekanligini aytadi va go'yoki Shohruhni qidirishga tushadi. Aslida Fotimaning qotili ayni shu Shohruh edi. Keyinchalik bu haqiqatdan xabar topgan Zuhra, undan o'ch olish maqsadida uyiga yashirincha boradi va yoqib yubormoqchi bo'ladi. Ammo bu maqsadi amalga oshmaydi.
Zuhraning tushiga doimo opasi Fotima kirar va uni bu yo'ldan qaytarardi. Ularning jazosini Alloh berishini aytardi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani zo'rlagan uchchovlon avtomobil halokatidan vafot etadi...

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:05:59

AbdulAziz:

O'lmas Umarbekov romani bilan mutanosibligi
Film ijodkorlari yozishicha bu filmda O'lmas Umarbekovning ayni shu nomli romani motivlaridan foydalanilgan. Bu degani film aynan shu roman asosida yaratilgan degani emas. Ba'zi bir motivlar romandan olingan. Film hozirgi zamon muhiti bilan ishlangan va shu davrga moslangan.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:06:21

AbdulAziz:

G'oyasi va tarbiyaviy jihati
Filmni ko'rish jarayonida uning yaxsgi g'oya asosida suratga olinganini his qilasiz. Film avvalida faxsh ko'chasiga kirib qolgan yoshlarning ayanchli holatlari ochib tashlanadi. Qizlarni xo'rlagan Sanjarning ha, Shohruhning ham singillari bor edi. Bir kun taqdir aylanib, gunohlari o'zlariga hanjar bo'lib suqilishi ayon edi. Shunday ham bo'ladi. Fotimani aynan akasining bezori o'rtoqlari badnom qilishadi. Ichkilik, faxsh, giyohvandlik, qimorbozlik illatlarining oxir-oqibati zimiston bilan tugashi filmda ham o'z tasdig'ini topgan.
Ikkinchi jihat qasos va kechirimlilik haqida. Zuhra tushida Fotimani ko'radi va opasi Zuhradan qasos olmaslikni, o'zi, akasi va otasi bu ko'rguliklarni unutishganini aytadi. Fotima o'zining qilmishidan noliydi va taqdiri azalga qarshi borganinning xunuk oqibati haqida singlisiga uqtiradi. Hamma narsani Alloh ko'rib-bilib turguvchidir. Ularning ham jazolarini albatta beradi, deb singlisiga tushuntiradi.

Qayd etilgan


Ziyo  04 Iyul 2006, 06:07:18

Maknuna:

:Nahotki sen.. degan filmni ko'rdinglami?
Qandoq fikrdasizlar?

Qayd etilgan