Latifalardan oling!  ( 313692 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 109 B


shoir  27 Iyun 2006, 05:43:27

Bonu:

Kelinglar dostlar shu bir yengi mavzu ochaylik!
Qayerga qaramasam, faqat muammolar, jamiyatdagi illatlar, sal bolsa ham kayfiyatni kotaraylik! Shu bolimda latifalar yozaylik, har kun har xil latifalar eshitamiza, yoshlikdagi afandilar bolsa ham mayli! Juda ham qiziq bolardi! Rahmat oldindan, buni qollab- quvvatlaganlar uchun. Man boshlab beraqoli:

Ko`chada bir chiroyli ayol bir erkakni oldiga kelib:
- Kechirasiz, nazarimda siz bolalarimdan birining otasi bo`lsangiz kerak.
Daxshatdan qotib qolgan erkak:
- Yo`g`e, bo`lishi mumkinmas. Nahotki?!
- O`zizdi bosing. Nega xovliqasiz. Men o`qituvchiman.


 ;D ;D ;D

Qayd etilgan


shoir  27 Iyun 2006, 05:44:04

Otabek:

Bir odam kurortda boshqa odamni uchratib qoldi.
-Iye, janob Gonsales, buni qarang-a. Bir yilda juda ham o'zgaribsiz. Ancha semiribsiz, mo'ylov qo'yibsiz, qorayibsiz. Eeee, lekin qoyilman, odam ham bir yilda shunchalik o'zgarar ekanda-a.
-Kechirasiz, men janob Gonsales emas, janob Tompsonman.
-Eee, gapingizni qarang, janob Gonsales, familiyangizni ham o'zgartiribsizda...
   
Mavzu arxivi

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:09:35

Noza:

Manda ham latifa bor edi.
Doktor bemoor ayolga:
- Siz mutlaqo sog’siz. Faqat men sizga ko’proq toza havoda sayr qilishni, va qishda issiqroq kiyinishni tavsiya qilaman.
Uyda ayolning turmush o’rtog’i doctor nima deganini so’radi.
Ayol:
- Menga yozda dengiz bo’yida dam olishni va qishda norka terisidan shuba kiyishni aytdi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:09:51

Professor:
— Birinchi bo`lib javob bergan talabaga bir ball qo`shib beraman. Qani, kim birinchi javob beradi?
— Men, janob professor, menga 3 qo`yavering.

***

Direktor lavozimiga nomzod bo`lgan odamga deyishdi:
— Hozir biz sizga 80 ming to`laymiz, keyinroq esa oshiramiz.
— Unda men keyinroq kelaman.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:10:04

Bir injiq kishi emigratsiya xizmati xodimiga uchrab, Amerikaga ketmoqchi ekanligini aytdi.
— Yaxshi, ikki haftadan keyin hujjatlaringizni tayyorlab qo`yamiz, - dedi xodim.
Injiq ikki haftadan keyin kelib,
— Amerikaga borgim kelmay qoldi. Germaniyaga ketmoqchiman, - deya fikri o`zgarganini bayon qildi. Xodim unga bir haftadan keyin kelishi mumkinligini aytdi.
Injiq aytilgan vaqtda keldi.
— Kechirasiz, men Germaniyaga ham bormayman. Angliyaga borsammikan, deb turibman.
Xizmatchi unga piching bilan shunday taklif qildi:
— Mana, sizga globus, uyingizga boring-da, qayerga borishni yaxshilab o`ylab keling.
Injiq bir haftadan keyin globusni ko`targancha qaytib keldi.
— Kechirasiz ... sizda boshqa golus yo`qmi?

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:10:10

— O-o-o, salom, do`stim! Ahvoling qalay?
— Nimasini aytasan, yaqinda uylandim, turishga boshpanam yo`q.
— Iye, buning nimasiga o‘ylanasan, qaynotangning uyiga borib tur.
— Bo‘lmaydi, qaynotam ham qaynotasinikida turadi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:10:22

Jinnixonada yog`ochtan devor qilib, sariqqa bo`yab qo`yishkanakan, jinnilar devordi yeppo`yishipti.
Yana yangisini o`nnatib, endi qizilga bo`yab qo`yishkanakan, uniyam yebqo`yishibdi.
O`xiri bo`mabdi, yashil rangga bo`yab qo`yishkanakan, bu safar jinnilar haligi devordi tayida tizilib o`tirishvopti.
- Ha nimaga bunisiniyam yeppo`ymadilaring, deyishsa, ular aytishipti:
-G`o`r ekan, pishishini kutyappiz...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:10:29

kkita o`rtaq yo`lda ko`rishib qolishipti. Bittasi qolida butilka ko`tarvoganakan. O`rtag`i sorapti:
- Ha, oshna, magazinga butilka topshirgani ketyapsanmi?
- Yo`gey, xotinim bilan uruship qoldim, bor-yo`g`ini olgin-u, sur battan! - deb haydab chiqardi...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:10:36

Jismoniy tarbiya darsida domla aytipti:
- Bollar, kim chekadi? Faqat to`grisini aytilar. O`g`il bolacha gap... Demak, san, san chekasan-a?
... Ho`p, mayli, bollar, silar bilan biz perekur qilamiz, boshqalar 5 krug stadionda yugurishsin!

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:06

Yana jinnilar haqida:

Vrach jinnilarni tekshirish uchun chaqiribdi.
Stullar bo‘yalgan joyga o‘tirgan jinnilarning bittasi stul ustiga gazeta qo‘yib o‘tiribdi
Vrach xayron bo‘lib uni uyiga javob bermoqchi bo‘libdi, va undan so‘rabdi:
— Nima uchun stul ustiga gazeta qo‘yib o‘tirayapsiz?
— Bo‘yim hammanikidan uzunroq bo‘lsin deb.

Qayd etilgan