Latifalardan oling!  ( 312979 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:44:27

Bir yigit boshliqning kotibasiga dedi:
— Men boshlig‘ingiz bilan gaplashmoqchiydim. Uning oldiga kirsam bo‘ladimi?
— U hozir yo‘q. Bir joyga ish bilan ketgan.
— Ie, hozirgina uni oynadan ko‘rdim-ku!
— Uyam sizni ko‘rgan ekan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:44:54

Xizmatchi boshliqqa dedi:
— Men sizning tashkilotingizda yarim stavkada ishlayman. Shuning uchun siz ham menga yarim ovozda baqirishingizni talab qilaman!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:45:35

— Do‘xtir, yozib bergan dorilaringiz menga foyda bermadi.
— Siz qutichasida ko‘rsatilganidek undan foydalandingizmi?
— Ha, u yerda "œQuruq va qorong‘i xonada asrang!" deb yozib qo‘yilgan ekan

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:46:19

— Do‘xtir, nafas olishga qiynalayapman!
— Menga qarang, og‘ayni, nega o‘zingizni bunchalik qiynayverasiz? Nafas olmang!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:47:48

— Xush kelibsiz! Bizning sanatoriymizda siz o‘zingizni xuddi uyingizdagidek his etasiz!
— Qani, pullarimni qaytarib bering-chi! Menga bu yerda odamlarga o‘xshab dam olasan deyishgandi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:50:09

Siz vrach ekaningizning to‘rtta belgisi:

1. Bo‘yningizga ayollar emas, stetoskop osiladi.
2. Siz qachonlardir Gippokratga nimanidir va’da qilgansiz.
3. Siz doimo kimlarnidir yo‘qotib borasiz.
4. Agar biz kasal bo‘lib qolsak, hech qachon sizga murojaat etmaymiz

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:50:48

Shirakayf, kiyimlari kirlangan erkak do‘kondan bir shisha aroq sotib oldi-da, sotuvchiga dedi:
— Ha-a, birgina vrachning maoshiga maza qilib kayf qilib bo‘lmaydi.
— Voy, siz vrachmisiz?
— Yo‘-o‘q, xotinim vrach

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:51:49

Psixiatr hamkasbidan so‘radi:
— Anavi o‘zini podshoh deb hisoblayotgan bemoringiz tuzalay dedimi?
— Ha, ancha tuzalib qoldi. Endi u o‘zini bosh vazir deb hisoblayapti.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:54:31

Erkak xizmat safaridan keldi-yu, birinchi navbatda shkaf ichini tekshirib ko‘rdi. Qarasa, shkafda begona erkak o‘tiribdi. U og‘ir xo‘rsinib dedi:
— Senga necha marta aytish kerak? Biz xotinim bilan allaqachon ajrashib ketganmiz. U boshqa tumanga ko‘chib ketgan!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:55:08

— Do‘xtir, erim aqldan ozdi! Doim "œMen juda chiroyli qushman!" deb baqirgani-baqirgan.
— Qaysi paytlarda baqiradi?
— Donni cho‘qilay boshlaganda

Qayd etilgan