Latifalardan oling!  ( 313282 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:56:12

— Men zavodga ishga joylashgandim. Birinchi ish kunidayoq kasalxonaga tushib qoldim.
— Qanday qilib?
— Sexga kirdim-da: "œHoy, Boltavoy, menga bolg‘ani irg‘itib yubor!" — deb qichqirgandim.
— Xo‘sh, nima bo‘pti?
— Axir, tsexda qirq ikki nafar Boltavoy ismli kishilar ishlarkan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:59:12

— Ishonasanmi, lo‘lilar bilan umuman shaxmat o‘ynab bo‘lmasmish!
— Nega?
— Chunki, ko‘zingni shamg‘alat qilib otni o‘g‘irlab qo‘yarkan.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 16:59:46

Kadrlar bo‘limida.
— Oxirgi ish joyingizda qancha vaqt ishlagansiz?
— O‘n besh yil.
— Yaxshi. Xo‘sh, nima sababdan u yerdan ketdingiz?
— Muddat tugagandi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:01:06

Qabrtoshdagi yozuvdan:
— Bu yerda 450 nafar oddiy askarni, 200 nafar zobitni, 20 nafar polkovnikni, 2 nafar generalni hamda bitta minani tishlab olgan ayiq yotibdi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:02:22

Talaba qiz dugonasiga yozgi amaliyotni qanday o‘tagani haqida gapirib berayapti:
— Biz dengiz bo‘yidagi kichkinagina uychada tunadik. Bir kuni kutilmaganda chaqmoq chaqib, jala quya boshladi... Ishonasanmi, uychaning shifti ko‘chib tushdi.
— Voy, senga hech narsa qilmadimi?
— Yo‘q, shift Asadilla akamning beliga tushdi...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:04:25

Askar starshinaning oldiga chopib kelib dedi:
— O‘rtoq starshina, omborda bir quti patron yo‘qolib qoldi!
— Nega yo‘qoladi? Mensiz-a?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:06:18

Tovuq dugonasidan so‘radi:
— Mening xo‘rozimni ko‘rdingmi?
— Ha, katakda tuxum bosib yotibdi.
— Ie, aqldan ozganmi u?
— Yo‘q. Harbiy qismdan oziq-ovqat olib ketish uchun askarlar kelishgandi. Xo‘rozing armiyaga bormaslik maqsadida shu yo‘lni tutdi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:09:33

— Men uylanganimdan keyin ancha hushyor va e’tiborli bo‘lib qoldim. Har doim xotinimni faqat o‘z ismi bilan chaqirishga harakat qilaman

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:15:26

— Ishonasanmi, bir kuni men Afrikaga borib besh yuz metrdan turib filni otib qulatganman.
— E, shuyam ish bo‘ptimi? Men Shimoliy dengizda oq ayiqni mana shu qo‘llarim bilan bo‘g‘ib o‘ldirganman.
Uchinchi suhbatdosh gapga aralashdi.
— Sizlar O‘lik dengiz haqida eshitganmisizlar?
— Ha.
— Biz uni ukam ikkalamiz o‘ldirganmiz.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:16:28

— Shu desang, oshna, yo‘l patrul xizmati xodimlariyam ja haddilaridan oshib ketishdi. Yo‘q joydan ayb topaverishadi-ya!..
— Nima bo‘ldi?
— O‘tgan kuni meni to‘xtatib: "œNega mashinasiz yo‘lga chiqdingiz?" — deb boshimni qotirishdi.

Qayd etilgan