Latifalardan oling!  ( 237748 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:17:38

Toshmatni sinfda hamma o‘quvchilar hurmat qilishardi. Butun sinf Toshmat karate bilan shug‘ullanishini bilardi. Ammo yaqinda u omadsizlikka uchradi. Toshmatni ko‘chada bezorilar rosa do‘pposlashdi. Chunki, ular Toshmat karate bilan shug‘ullanishini bilishmasdi-da!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:20:05

Bobo nevarasini tizzasiga o‘tqazib olgancha urush haqida ertak aytib berayapti.
— Xullas, bizni nemislar tutib olib: "œAgar partizanlar qaerdaligini aytsalaring qo‘yib yuboramiz, aytmasalaring, o‘ldirib yuboramiz", deyishdi.
— Keyin-chi?..
— Keyinmi?.. Meni o‘ldirishdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:20:57

— Bilasanmi, oshna, sen menga Pushkinni eslatayapsan!
— Nima, sochim jingalak bo‘lgani uchunmi?
— Yo‘q, senga qarab tursam, seni duelga chaqirgim va otib o‘ldirgim kelayapti.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:22:35

Er-xotin teatrga borish uchun hozirlanishayapti.
— Jonim, senga yigirma daqiqada tayyor bo‘lib chiqishing uchun qancha vaqt kerak bo‘ladi? — so‘radi er teatr boshlanishiga uch soat qolganda.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 17:23:12

Qattiqqo‘l ota qizidan so‘radi:
— Kecha begona mashinada o‘tirib bir yigit bilan gaplashib o‘tirganingni ko‘rdim. Kim edi u yigit?
— Mashinaning rangi qanaqa edi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:04:45

— Og‘ayni, har kuni yarim kechasi tashqarida — derazam ostida ikki sevishgan turvolib shivir-shivir qilgani-qilgan. Uxlashga qo‘ymaydi. Yaqinda jonga tegib, ustilaridan bir chelak suv sepib yubordim.
— O‘, zo‘r bo‘libdi-ku!
— Nimasi zo‘r bo‘ladi? Birpasdan keyin xotinim hammayog‘i ho‘l bo‘lib xonaga kirdi-da, men bilan rosa urishdi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:07:04

Sudya ajrashayotgan er-xotinlarni yarashtirishga urinmoqda.
Er:
— Bo‘ldi, bu xotin bilan yashamayman. Ishonasizmi, yotoqda echki boqadi. Butun xona sasib ketgan. Nafas olib bo‘lmaydi.
Sudya:
— Oynani ochib qo‘ysangiz bo‘ladi-ku!
— Ho, kaptarlarim uchib ketib qolishsinmi?!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:07:46

Qizaloq qabriston bo‘ylab ketib borardi. Qarshisidan keksa bir chol chiqib qoldi. Qizaloq so‘radi:
— Bobojon, o‘liklar juda qo‘rqinchlimi? Ulardan qo‘rqish kerakmi?
— E, qizalog‘im, bizning nimamizdan ham qo‘rqarding!.. Qo‘rqma!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:08:04

Amerikalik sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurib mehmonxonaga kirdi va so‘radi:
— Men o‘zbekchani yaxshi bilmayman. Iltimos, savolimga juda sekinlik bilan javob bersangiz!
— Xo‘p bo‘ladi.
— Ayting-chi, sizlarda bo‘sh xona bormi?
— Y-y-y-y-y-y-y-y-y-y-y-y-o‘q!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:08:32

— Dada, nega qorningiz katta? Pivo ichaverganingiz uchunmi?
— Bu nima deganing? Qorin, aksincha, ko‘proq pivo ichishim uchun katta.

Qayd etilgan