Latifalardan oling!  ( 313281 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 101 102 103 104 105 106 107 108 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:27:48

Erkak hassa tayanib ketib borardi. Do‘sti ko‘rib qolib so‘radi:
— Nima bo‘ldi?
— Avtohalokatga uchradim.
— Obbo, endi bir umr hassada yurasanmi nima balo?
— Bilmadim. Do‘xtir, hassasiz yura olasiz deydi, advokatim bo‘lsa, aksini gapirayapti.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 18:40:10

— Dugonajon, men qulog‘imdagi teshikni yana bittaga ko‘paytirdim.
— Xo‘sh, endi qulog‘ing yaxshi eshitayaptimi?

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:24:33

— Xo‘jayin! Bugun ishdan vaqtliroq ketishga ruxsat bering.Xotinim men bilan do‘konga bormoqchi edi.
— Ruxsat yo‘q, o‘tirib ishlang!
— Sizdan behad minnatdorman! Katta rahmat!

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:26:11

— Menga sizning go‘zalligingiz, zeboligingiz, donoyu aqlliligingiz yoqadi. Mening nimam yoqadi? — deb so‘rabdi yigit qizdan.
— Sizning menga mana shunday to‘g‘ri baho bera olishingiz yoqadi.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:28:31

Boks sudyasi sanay boshladi:
— Bir, ikki, uch...
Sekundant yerda yotgan bokschining qulog‘iga shivirladi:
— Sakkizgacha o‘rningdan turmay yotaver.
— Xo‘p, — debdi bokschi yotgan joyida. — Hozir soat necha bo‘ldi?

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:29:09

Bir odam ishxonasidagi do‘stiga telefon qilib, hazillashibdi:
— Tirikmisan, ho‘kiz?
— Nima-nima? Kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi?
— Yo‘q.
— Men shu korxonaning direktoriman!
— Siz-chi? Kim bilan gaplashayotganingizni bilasizmi?
— Yo‘q!
— Xudoga shukur! — hazilkash darrov go‘shakni joyiga qo‘yibdi.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:30:30

— Hozirgi qizlarga hayronsan, hammasi o‘g‘il bolaga o‘xshaydi. Xo‘, anavi qizga qarang!
— E nimalar deyapsiz? U mening o‘g‘lim-ku!
— E-e, kechirasiz, siz uning onasi ekanligingizni bilmabman.
— Yana yanglishdingiz, men uning otasiman!

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:31:39

Er ishdan kela solib  futbolni tomosha qilish uchun televizorni qo‘ydi.Shu mahal xotini kelib xarxasha qiladi:
— Men kino ko‘rmoqchiman.
— Esingni yedingmi? Axir bugun jonajon «Paxtakor»imiz «Zarafshon»ga qarshi o‘ynaydi-ku!
— Demak, siz «Paxtakor»ni mendan ham ortiq yaxshi ko‘rarkansiz-da?!
— E, men hatto «Zarafshon»ni ham sendan ortiq yaxshi ko‘raman.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:31:58

— Dadasi, mana, o‘g‘limizga puldan ko‘proq bera boshlagandik, qarang, nuqul a’lo baho olib kelyapti.
— Menimcha, o‘g‘limiz pulni domlasi bilan "œarra" qilyapti.

Qayd etilgan


Abdusalom  02 Mart 2008, 13:32:24

— Kecha o‘g‘lim cho‘ntagimdan  ming so‘m pulimni olib qo‘yibdi. Bugun yaxshilib bir tazirini beraman.
— Nega endi o‘g‘lingdan shubhalanasan? Balki xotining olgandir?
— Bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki u yerda yana ikki yuz so‘m qolgan.

Qayd etilgan