Latifalardan oling!  ( 313726 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:29:43

Geroin

Og'ayni, qayerda bunchalik kayf bo'lib qolding?
- E, to'ygunimcha geroin hidladim.
- Geroinni qayerdan olding?
- Militsionerlar cho'ntagimga solib qo'yishgan ekan.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:29:50

DAN xodimi va haydovchi

DAN xodimi tezlikni oshirgan haydovchidan so'radi:
- Qayerga shoshilaygandingiz?
- Bilasizmi... sizga manavi ming so'mni berishga.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:30:31

Yo'l to'sar bezori

Ko'chada ketayotgan erkak yo'lini bezori to'sdi.
- Qani, puldan chiqar!
- Pulim yo'q.
- Bo'lmasa, kiyilaringni yechib ber!
- Shundan boshqa kiyimim yo'q.
- Ha, mayli, hozir yelkanga minaman, hov anavi bekatgacha olib borib qo'yasan.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:30:39

Menga-chi!

O‘lim to‘shagida yotgan mo‘ysafid o‘z mol-mulkini uch o‘g‘li o‘rtasida taqsimlamoqchi bo‘ldi.
- Ie, bu qanaqasi?, - dedi to‘rtinchi o‘g‘il.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:02

Muzlatgichga sol

O‘g‘il maktabdan keldi va xursand ovozda dedi:
- Dada, to‘rt olib keldim!
- Yasha, ota o‘g‘il! Muzlatgichga solib qo‘y...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:15

Qovoq kallalar

Maktabda o‘qituvchilar yig‘ilishi bo‘layapti. Direktor:
- Biz nutq madaniyatini oshirishimiz kerak. Xo‘sh,qovoq kallalaringizda achimagan biron fikr bormi?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:22

YOSHIM NECHADA?

Safar oldidan "œGo‘zallik saloni"da "œyosharib" chiqqan tannoz ayol kupedagi hamrohidan so‘radi:
— Ayting-chi, mening yoshim nechada?
U kishi o‘ylanib qoldi, yoshi o‘tganligi shundoq ko‘rinib turibdi. Lekin ayol kishi... ko‘ngli nozik...
— Bilmadim, — dedi noqulay ahvolda. — Bir qarashda aytishim qiyinga o‘xshaydi...
— Unda, keling, men sizga o‘zim haqimda ayrim ma’lumotlarni aytay. Shunga qarab, balki yoshimni aniqlab olarsiz.
— Qani, ayting-chi...
— Mana, masalan, qizim bog‘chaga boradi...
— Yo‘g‘-e, nahotki!.. Nima, qizingiz bog‘cha mudirasimi?!

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:33

Boshqasini

Bir kishi magazinga kirib, xotinining tug‘ilgan kuniga sovg‘a tanlolmay ovora bo‘ldi. Oxiri sotuvchiga murojaat qildi:
— Kechirasiz, agar siz mening xotinimning o‘rnida bo‘lsangiz, nimani tanlar edingiz?
— Boshqa erkakni...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:46

Shaxmat

Juda kech qaytgan eriga xotini baqirib berdi:
— Qayerda edingiz?
— Do‘stim bilan shaxmat o‘ynadim.
— Nima uchundir sendan aroqning hidi kelayapti.
— Axir shaxmatda hid nima qilsin?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:31:54

Ahmad: — Aka, kechasi quyosh nega chiqmaydi?
Rahmat: — Chiqadi-ku.
Ahmad: — Unda nega ko‘rinmaydi?
Rahmat: — Ey! Qorong‘ida qanday ko‘rinsin?

:) :) :)

Qayd etilgan