Latifalardan oling!  ( 313133 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:14

To‘xtash man qilingan joyga shallag‘i chiqib ketkan eski moshina kelib to‘xtabdi. Darhol moshinaning yonida melisa paydo bo‘bti.
— Bu sizi moshinezmi, aka?
— Ha, maniki.
— 10000...
— Bo`ldi gap yo`q! — deb xursand bo‘pti moshina egasi. — Yana ming qo‘shing-da, moshinani opketuring.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:21

Ikkita burga restoranga borshibpti. Ovqatlanib, ichib mast bo‘lgan burgalar uyiga ketish uchun astanovkaga kelishibdi. Burgalardan biri ikkinchisiga debdi.
-Piyada ketamizmi yoki taksi kutamizmi?-debdi.
-Yaxshisi, itni kutaylik-debdi ikkinchisi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:40

- Ko`chani qizil chiroqda kesib o`tsa bo`ladimi?
- Albatta, faqat qo`llaringni yuqoriga ko`tarib ol.
- Nima uchun?
- Chunki o`likxonada kiyimlaringni yechib olish oson bo`ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:48

-Qizlar yotoqxonasi bilan o`g`il bolalar yotoqxonasining bir-biridan qanday farqi bor?
-Qizlar yotoqxonasida idishlarni ovqatlanishdan keyin yuvib qo`yishadi. Bolalar yotoqxonasida esa idishlarni ovqatlanishdan oldin yuvishadi. ;D ;D ;D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:11:56

-Qiziq, sizning fotosloningizda mijozlarning hammasi kulib turgan holatda suratga tushisharkan.
-Agar siz ham bizning fotogarafimizning yuz ko‘rinishini bir bor ko‘rganingizda edi, bunga aslo ajablanmas edingiz.

:) :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:12:04

Bir odamning omadi kulib, 30 tiyinlik lotoreya chiptasiga "œMoskvich" yutipti. O‘rtoqlari yutuqni olish uchun uni Moskvaga jo‘natishar ekan, "œalbatta, moshinaning qora rangidan olgin, bo‘lmasa pulni ol!" deb tayinlashibdi. U odam uch-to‘rt kun moshinalar do‘koniga qatnabdi. Lekin qora moshina uchramabdi. Qatnayverish joniga tegib, birinchi duch kelgan omonat kassaga kirib, lotoreya chiptasini uzatgancha shunday debdi:
— Qora "œMoskvich" yo‘q ekan, mana, chiptangizni oling-da, o‘ttiz tiyinimni qaytaring.

:) :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:12:14

Sudya ayblanuvchidan so‘radi:
— Siz qo‘shningizni pomidor bilan urganingizni tan olasizmi?
— Tan olaman.
— Nega unda qo‘shningizni tanasi qon bilan bo‘yalgan?
— Sababi, pomidor shisha idishda edi.

:) :) :) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:12:22

Arman bilan gruzin restoranga kirib, bir-biriga maqtanib o`zini ko`rsatmoqchi bo`lishibdi. Arman 10 so`m chiqarib st6ol ostiga tashlabdi-da, debdi:
— Katso, stol tagiga puling tushib qolibdi.
Gruzin 25 so‘mlikni o‘rab yoqibdi-da, stol tagini qidiribdi.
— Katso bu yerda hech qanaqa pul yo`q, suprindi bor, xolos.
"Shoshmay tur, bir seni boplay" deb xayolidan o`tkazibdi arman va chiqib ketayotib, paltosini kiygazib qoygan gardirobchiga 50 so`m beribdi-da, debdi:
— Qaytimi kerak emas.
Gruzin esa garderobchiga 100 so`m tutqazib aytibdi:
— Palto kerak emas.

;D ;D ;D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:12:55



Bir erkak doktorni oldiga kelib:
- Men 1 oydan beri tushimda kalamushlar futbol o‘ynashini ko‘ryapman
- Mana bu dorini oling hammasi joyiga tushadi
- Kechirasiz doktor, indinga ichsam bo‘ladimi, chunki ertaga final.

;D ;D ;D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:13:13

REKLAMA-

Urik sharbati,urik sharbatiii,
urik sharbati bu yurak quvvati
urik sharbati bu soglik-
soglik bu sport-
sport bu biznes-
biznes bu pul-
pul bu ayollar-
ayollar bu spid
urik sharbatini ichmanglar... ;D

Qayd etilgan