Latifalardan oling!  ( 313761 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:18:57

— Qarang, biz 20 yildan beri shu zalda uchrashamiz-a,
— Dedi sudya jinoyatchiga. — Shuncha vaqt ichida butkul to‘g‘ri yo‘lga tushib ketishingizga imkon bor edi.
— Kechirasiz-u, o‘rtoq sudya, sizniyam shu muddat orasida vazir darajasiga ko‘tarilishingizga imkon yo‘q emasdi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:05

Rost bo'lsa

Ma'ruzachi shunday dedi:
- Azizlarim, hayajonlanmaslikka, asabiylashmaslik-ka, o'z kayfiyatingizni buzmaslikka harakat qiling. Er-xotin o'rtasidagi besh daqiqalik janjal umrni bir haftaga qisqartiradi... .
- Agar bu gap chindanam rost bo'lsa, dedi Nasriddin yonida o'tirgan kishining qulog'iga shivirlab, men bu yerga to'ppa-to'g'ri narigi dunyodan kelib qolgan ekanman-da.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:15

Eng muhimi tekinga...

Pulga o'chligi bilan mashhur bo'lgan taniqli vrachni uchratib qolgan Nasriddin qiziqsinib undan so'radi:
- Do'xtir, masalan, aytaylik, sizning o'zingiz shamollab qoldingiz deyaylik, xo'sh, unda qanday davolanasiz?
Vrach qanday davolanishini ipidan-ignasigacha gapirib berdi.
- Yaxshi maslahatingiz uchun sizga katta rahmat, minnatdorchilik bildirdi Nasriddin. Eng muximi, yana tekinga-ya...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:25

Tushunarsiz hol

- Mening xotinimni yaxshilab bir ko'rib quysangiz, deya iltimos qildi Nasriddin shifokordan, - Unda qandaydir g'alati odatlar paydo bo'lib qoldi.
- Xo'sh... Masalan, qanday odatlar?
- Bilasizmi, tushuntira boshladi xotiniga mehribon bo'lgan Nasriddin, ilgari u chakagi chakagiga tegmay javragani-javragan edi, men ham bunga ko'nikib qolgan edim. Endi esa gapiradi, gapiradi-da, birdan jim bo'lib qoladi. Buning sababi nimada?

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:32

Menga qolgani shu ekan...

Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib, istehzo bilan dedi:
- Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz?
- E-e, so'ramang, qo'shnijon, dedi unga javoban Nasriddin, Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:39

Zaruriy shart...

- Doktor, dedi kulimsiragancha Nasriddin, -nimaga menga tilingni chiqargin, dedingiz-u, o'zingiz unga qiyo ham qarab qo'ymadingiz?
- Resept yozib bergunimcha bir past jim turishingizni xohlagandim, dedi vrach ham kulimsiragancha.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:46

Davosi oson...

Nasriddinning xotini to'lg'oq tutardi-yu, lekin u hech tug'a olmasdi.
- Buning davosi oson, dedi Nasriddin. Bir lahzada topib kelaman buni.
Shunday deb, u uydan yugurib chiqib ketdi-da, bir hovuch yong'oq sotib olib kelib, xotinining yonida g'amga botib o'tirgan qarindoshlariga tutqazib, dedi:
- Buni xotinimning oyoq tomoniga qo'yib qo'yinglar. Bola yong'oqni ko'rishi bilan o'zi yugurgilab chiqadi.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:19:53

Topishmoq...

Bir kishi Nasriddinga dedi:
- Eshitishimga qaraganda, xotiningiz aqldan ajrabdi.
Nasriddin unga javob qaytarmay, chuqur o'yga cho'mdi.
- Nimani o'ylab qoldingiz? sabri chidamay so'radi boyagi kishi.
- O'ylaymay bo'ladimi, dedi Nasriddin. Xotinim tug'ilganda o'zi aqlsiz bo'lib tug'ilgan, shunday bo'lgach, qanday qilib aqldan ajrashi mumkin. Mana shuni o'ylayapman.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:20:09

Endi hojati yo'q.

Nasriddinning xotinini yuragi birdan xuruj qilib qoldi. Nasriddin tashvishlanib tabibni chaqirib kelgani yo'l oldi. U eshikdan chiqqan ham ediki, xuruj o'tib ketdi. Zaifa darrov deraza yoniga yugurib keldi-da, zing'illagancha ketayotgan Nasriddinning orqasidan baqirdi:
- Yaxshi bo'lib qoldim. Tabibni chaqirmay qo'ya qoling.
Nasriddin uning gapini eshitdi-yu, bari bir tabibning uyiga borib, uni chaqirdi. Tabib uning oldiga chiqqach esa, shunday dedi:
- Xotimning yuragi xuruj qilib qolgandi. Sizni chaqirgani kelayotgandim, birdan u derazadan: "Yaxshi bo'lib qoldim, tabibni chaqirmay qo'ya qoling", deb baqirib qoldi. Endi sizning borishingizning hojati yo'q, shuni aytgani kelgandim.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:20:18

Muddat tugadi...

- A-ha, qo'lga tushdingmi? - dedi Nasriddinning do'stlaridan biri. - Pivo ichayapsan! O'zing aytganding, pivo ichishni doktor taqiqladi, deb. Demak, sen byulletenni bir necha kunga cho'zmoqchisan!
- Taqiqlagani to'g'ri. Lekin byulletenni cho'zish to'g'risidagi gaping noto'g'ri. Bundan tashqari, doktor menga ichishni taqiqgandan keyin ko'p o'tmay qazo qildi. Xo'sh, u o'lgandan keyin ham buyrug'iga bo'ysunishim kerakmi?...

Qayd etilgan