Latifalardan oling!  ( 313670 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:39

* * *
- Nima uchun jarrohlar operatsiya vaqtida yuzlar¬ga niqob tutib olishadi?
- Operatsiya muvaffaqiyatsiz chiqsa, ularni tanib qolmasliklari uchun...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:47

* * *
Qarta o‘ynaydigan bir qimorboz operatsiya qili¬nadigan bo‘lib qolipti.
- Men hozir sizga xloroform beraman. Uni hid¬lagach, siz sanay boshlang.
Qimorboz sanay boshlapti:
- Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, valet, dama, qirol...

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:24:58

Yosh, chiroyli qiz ish bo'yicha bir muassasa rahbariga murojaat qilayapti. Rahbar:
- Qo'lingizdan nima ish keladi?
Qiz:
- Hech narsa.
Rahbar:
- Afsuski undaylar uchun mo'ljallangan barcha o'rinlarimiz band.

:D :D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:06

Pochtalyon:
- Onajon, har gal pensiya olayotib, imzo o'rniga ayiruv belgisini qo'yar edingiz. Bu safar qo'shuv belgisini qo'yibsiz, tinchlikmi?
Kampir:
- Turmushga chiqdim, bolam. Familiyam o'zgardi.

:D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:14

O'qituvchi:
- O'glingiz menga halal bergani-bergan. Dars payti nuqul boshqalarga latifa aytadi.
Ota:
- To'g'ri qiladi. Nima, jinnilarga o'xshab o'ziga o'zi aytsinmi?

:D :D

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:25

- Doktor, erim o’zini ot deb tasavvur qilyapti. Suli yeyapti, oyog’iga taqa qoqib oldi, gapirsam- kishnaydi. Uni davolay olmaysizmi?
- Albatta davolay olaman. Lekin bu juda qimmatga tushadi.
- Pul masalasi bizga cho’t emas. O’tgan haftaning o’zida poygada erim ikki marta birinchi bo’lib marraga keldi.

___________________________________________

Ikki erkak gaplashayapti.
- Bilasanmi, men qimorda mutassil yutish yo’lini topdim.
- Bu mumkin emas. Qimor bo’lgandan keyin bugun yutasan, ertaga yutqizasan.
- Ha, barakalla, men yutqizadigan kunlari o’ynamayman.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:33

Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan jinoyatchining olti xil tarzda olingan sur’atini hamma uchastkalarga tarqatdi. Oradan ko’p o’tmay, uchastkalardan biridan shunday axborot keldi: "œBeshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatayabmiz".
____________________________________________

-Fedya topshirsin uchun ichaylik!
-Fedya hammasini topshirishi uchun olaylik.
Eshikda Fedya paydo bo’ldi.
-Topshirdingmi?
-Topshirdim.
-Qanchasini?
-To’rttasini.
-Nega?
-Bitta shishaning og’zi siniq ekan.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:41

Restoranda
Xo'randa ofisiantdan so'rayapti:
- Bufet yonida nega xizmatchilaringiz to'planib olib xursandchilik qilishyapti?
- Bizda shunday an'ana mavjud: restoranni yopishdan oldin "Shikoyatlar kitobi"ni ovoz chiqarib o'qib, bir xursandchilik qilamiz.

****************************

"Saboq"
Valijon maktabdan uyga keldi. Otasi:
- Bugun necha baho olding!
- Chekishdan ikki.
- Yana ikkimi?
- Lekin o'qituvchimiz bu fandan hali hech kimga ikki qo'ymagan...
- Lekin-pekinining ketmaydi. Yondirgichni ol, mashq qilamiz.

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:25:53

Parishonxotir
- Do'xtir, xotiram chatoq bo'lib qoldi.
- Qachondan beri?
- Nima qachondan beri?
- Xotirangiz?
- Qanaqa xotira?

****************************

Orzu
Ikki dugona suhbatlashmoqda:
- Mashhur kino yulduzi bo'lsam, butun dunyo men haqimda gapirsa, deyman.
- Sen haqingda butun mahalla gapirayotgani kamlik qilyaptimi?

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:26:04

Bolalar suhbatidan
- Meni karamzordan topishgan.
- Meni laylaklar olib kelishgan.
- Meni esa internetdan topib olishgan

*************************

Menga qolgani shu ekan...
Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib, istehzo bilan dedi:
- Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz?
- E-e, so'ramang, qo'shnijon, dedi unga javoban Nasriddin, Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...

Qayd etilgan