Latifalardan oling!  ( 226762 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 109 B


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:26:13

Shapaloqda "Sh" vitamini bor
Bir kuni o'g'li televizor ko'rib o'tirgan dadasi yoniga borib debdi:
-Dada, dada bilasizmi olmada qanaqa vitamin bor?
-Yo'q o'g'lim qanaqa ekan?
-Iyeee, shuni ham bilmaysizmi "O" vitamini bor
-Dada, dada uzumda qanaqa vitamin borligini bilasizmi?
-Uuuf o'g'lim ko'rmayapsanmi tv ko'rayabman.
-Haha uzumda "U" vitamini borde dada.
Shunda dadasi o'rnidan turib o'g'lini yuziga bir shapaloq tushiribdi. Bundan hayratlangan bola dadasiga ranjigan ohangda debdi:
-Nega urdingiz, ahir men sizga maktabda o'rganganlarimni gapirib berayotgandim-ku.
-Haha o'g'lim shuni ham bilmaysanmi, shapaloqda "Sh" vitamini bor.

*************************

Imtihonda
Student imtihonga kirib domlani oldiga borib, domlani savol berishini kutib turibdi
-Domla: Ismi, familyangiz?
-Student: Eshmat Mamatqulov [deb kularmish]
-Domla: Ha.. og'ziz qulog'ingizda tinchlikmi?
-Student: Birinchi savolingizga javob berganimdan hursandman..

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:26:28

Sabzi quloqni o'stiradi

Bir kuni ikkita sobiq sinfdoshlar uchrashib qolishibdi.
Doston-"Javohir hali ham pakana bo'lib yuribsanmi? Sabzi yesang bo'lmaydimi, bo'ying ham o'sib qolarmidi..."
Javohir-"Iye, nimalar deyabsan, sabzi bo'yni emas, quloqni o'stiradi-ku. Bechora quyon har kuni bo'yi o'ssin deb sabzi yegani-yegan, lekin bo'y o'sish qayoqda...Buni ustiga sinfdoshimiz Sarvarni unutdingmi, bechorani qulog'i eshshaknikidan ham o'sib ketgan..."

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:26:42

Jinnixonaning devoriga motosiklni rasmini chizishibdi

Hamma jinnilar o'tiraman deb, devorga o'zini urar emish. Ammo bir chekada bir jinni jim devorga qarab turarmish.
- Doktorlar: iya.. bu jinni sog'ayibdi. qarang jim o'tiribdi deb so'rashibi jinnidan
Nega jim o'tiribsan, o'tirmaysanmi motosiklga?
- Jinni: Motosiklning kalita mendayu...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:26:59

Jinnixonada

Jinnixonaning darvozasini qizil ranga bo'yashibdi.
Hamma jinnilar darvozaga yopishib, kraskani yeyishibdi.
Ertasi kuni yashil ranga bo'yashibdi.
Jinnilarning hammasi darvozaga tikilib o'tirarmish.
Doktor kelib:
- Nimaga yemayapsilar oldingisini yegan edilarku..
Bir jinni:
- Oldin pishsin keyin yeymiz, - debdi.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:06

Jinni daraxt ustida

Bir kuni jinni daraxtning uchiga chiqib olibdi.
Doktor kelib aytibdi:
- Tush deyapman!
- Tushmayman.
- Tushmasang shu qo'limdagi avtomat bilan seni otib tashlayman, tush.
- Yo'q..
- 3 gacha sanayman tush: 1, 2, 3...
- Baribir tushmayman.
Uzoqdan bir jinni kuzatib turgan ekan, borib doktorni qo'lidan avtomatni olib, debdi:
- Ey.. jinni tush, 3 gacha sanayman,
Daraxtdagi jinni hozir tushaman, deb tez tushibdi
Doktor jinnidan so'rabdi:
- Nega men shuncha so'radim tushmading. Jinni bitta gapirgan edi tushding?
- Axir u jinni-da, bilib bo'ladimi otvorsa...

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:15

Bekorchilar

Bir guruh bekorchilar o'tirib, ish kunlarini muhokama qilishibdi.
Shanba, yakshanba kunlari: Butun jahon dam oladi, biz ham dam olamiz.
Dushanba kuni: Og'ir kun ish unmaydi, shuning uchun dam olamiz.
Seshanba kuni: Dushanbada dam oldik shuning uchun. Seshanba kuni dushanbani charchog'ini chiqaramiz.
Chorshanba kuni: Shu kun juda ish bob kun-da, kelila shu kunni ish kuniga qo'shamiz.
Payshanba kuni: Endi payshanbada dam olamsak bo'lmaydi, uyda osh deganlaridek. Mayli dam olamiz.
Juma kuni: Musilmonlarning kuni, biz ham musulmonmiz dam olamiz.
Hech kimning qarshiligi yo'qmi, chorshanba kuni ish kuni.
Bir bekorchi: Nima endi har chorshanba ishlimizami?

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:28

Kampirning qilgan javoblari...

Bir kuni jurnalistlar sal miyyasi chatoqroq bo'lgan kampirdan interviyu olishga kelishlari kerak ekan, shuning uchun kampirning nabirasi kelib, buvisini interviyuga tayyorlantirmoqda.
Nabira qiz -" Buvijon agar jurnalistlar sizdan cholingiz qayoqda deb so'rashsa, oromgohga dam olgani ketgan, nabiralaringiz qayoqda deb so'rashsa maktabda ta'lim olmoqda, sigiringiz qayoqda desa molhonada yem yeb yotibdi, va nihoyat, tovuqlaringiz qayoqda deb so'rashsa, tovuqhonada tuxum qo'yib yotibdi deb javob bering", u shunday deya uydan chiqib kelibdi. Ko'p vaqt o'tmay, jurnalistlar kamera, va mikrafonlarini qo'lga olib yetib kelishibdi.
Jurnalist-"Hola cholingiz ko'rinmaydi-ku, qayerda edi?
Kampir-"A u molhonada yem yeb yotibdi".
Jurnalist-" Nabiralaringiz-chi?"
Kampir-" Tovuqhonada tuxum qo'yib yotibdi".
Jurnalist-"Sigirlaringiz qayoqda?"
Kampir-"Oromgohga dam olgani ketgan".
Jurnalist-"Ohoo zo'r-ku, unda tovuqlaringiz qayoqda?"
Kampir-"Maktabda ta'lim olmoqda".

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:37

Ma'naviyat darsida

O'qituvchi:
- Valijon, darsga nimaga kech qolding?
- Kech qolganim yo'q. O'zingiz aytgansiz-ku: o'qish hech qachon kech emas deb"¦

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:47

Sizlar odatda qachon ovqatlanasizlar?

Qorni juda ochgan mehmon uy egasining o’g’lidan sekingina so’radi :
- Sizlar odatda qachon ovqatlanasizlar?
Bola javob berdi :
- O’zimiz soat birda, ammo uyda mehmon bo’lsa, u ketguncha sabr qilamiz.

:) :) :)

Qayd etilgan


Ziyo  06 Iyul 2006, 06:27:55

Uy vazifasi

O’qituvchi:
- Begzod, uy vazifangni yana dadang ishlab berdimi ?
Begzod:
- Oyim band bo’lganlaridan keyin nima qilay, axir?

:) :) :)

Qayd etilgan