Latifalardan oling!  ( 313549 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 ... 109 B


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:11:26

— Taqdiriyam qurib ketsin! Biz xotinim bilan yigirma yil baxtli hayot kechirgandik!
— Keyin-chi?
— Keyin tanishib qoldik

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:11:53

— Dunyoda eng muloyim va madaniyatli odamlar kimlar?
— Gadoylar. Sizni ko‘rdi deguncha darrov bosh kiyimlarini yechib ta’zim qilishadi

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:19:51

— Bu senmisan, suyukligim?
— Yo‘q, bu men! — javob qildi xotin.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:20:56

Geografiya muallimi vrach huzurida.
— Qaeringiz og‘riyapti?
— Oyog‘im.
— Aynan qaeri?
— Tovondan hisoblaganda, shimoli-sharqiy qismi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:21:52

Reklama:
— Bizning do‘kondan yangi konditsioner sotib oling!.. Sovg‘a sifatida bitta qalin ko‘rpa olasiz!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:25:06

Gazetadagi e’londan:
— Superfolbin, ajoyib bashoratchi qo‘lingizga qarab fol ochadi. Qo‘lingizni quyidagi manzilga pochta orqali yuboring

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:25:50

Xotin eriga dedi:
— Dadasi, men non olishni unutibman. Do‘konga chiqib kelmaysizmi?
Er chiqib ketib o‘n besh daqiqadan so‘ng bir qo‘lida non, ikkinchi qo‘lida bir shisha aroq bilan kirib keldi-da, xotiniga dedi:
— Ishon, bugun rostdan ham qaytimlari yo‘q ekan!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:26:26

Boyvachcha xizmatkorga dedi:
— Bor, zaldagi royalni olib kel!
— Siz... Xo‘jayin... Royal chalmoqchimidingiz?..
— Yo‘q, men royalning ustiga piyoladagi choyimni qo‘yib kelganman

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:27:15

Valuev ringda cho‘zilib yotarkan, o‘zicha fikrlayapti:
— Yo ko‘zlarim bir narsani ikkita ko‘rayapti, yo anavi Klichkolar baravariga menga tashlanishdi!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  27 Fevral 2008, 13:28:21

— Do‘xtir, xotinim duduqlanayapti!
— Doim-a?
— Yo‘q, faqat gapirgan paytlarda

Qayd etilgan