* * *
Bir shifokor qiziqchi do‘stining tarvuz bilan asal yeyayotganini ko‘rib:
— Yeyayotganlaring bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, senga zarar yetkazishi mumkin, — dedi.
Shifokor ertasiga o‘sha do‘stining kasal bo‘lib qolganini eshitib, uni ko‘rgani kelibdi.
— Men senga tarvuz bilan asal to‘g‘ri kelmaydi, deb ogohlantirgan edim-ku.
— Aksincha, ular bir-biri bilan inoq bo‘lib ketishdi. Til biriktirib, endi meni halok qilishmoqchi, — debdi bemor.