Urushda qatnashgan bir keksa otaxondan intervyu olish uchun bir necha jurnalistlar kelishibdi. Va otaxonga bir nechta savol berishibdi:
Jurnalistlar: Otaxon, siz urushda kim bo'lib qatnashgansiz?
Otaxon: Uchuvchi bo'lganman.
Jurnalistlar: Birorta qiziqroq voqeani eslay olasizmi?
Otaxon: Ha, albatta. Bir kuni samalyotda ketayotgan edim. Birdan samalyot buzilib qoldi.
Jurnalistlar: EEE, yomon...yomon....
Otaxon: Nimasi yomon, meni parashyutim bor edi.
Jurnalistlar: Ha-a, yaxshi...yaxshi...
Otaxon: Nimasi yaxshi, parashyutim ochilmay qoldi.
Jurnalistlar: Eee, yomon...yomon...
Otaxon: Nimasi yomon, pastda somon to'plami bor ekan.
Jurnalistlar: Ha-a, yaxshi...yaxshi...
Otaxon: Nimasi yaxshi, somon uyumi oldida panshaxa bor ekan.
Jurnalistlar:Eee, yomon...yomon...
Otaxon: Nimasi yomon, men to'g'ri somon uyumi ustiga tushdim.
Jurnalistlar: Ha-a, yaxshi...yaxshi..
Otaxon: Nimasi yaxshi, mani 50 ta soldat o'rab oldi.
Jurnalistlar: Eee, yomon... yomon...
Otaxon: Nimasi yomon, men ularning hammasini otib tashladim.
Jurnalistlar: Ha-a, yaxshi...yaxshi...
Otaxon: Nimasi yaxshi, ularning hammasi o'zimiznikilar ekan.