Kam gapirib ko'p eshiting. Qancha Ko'p gapirsangiz, shuncha "qovun tushurish" imkoni paydo bo'ladi. Sukut sizni aslingizdan ko'ra ham oqilroq ko'rsatadi.
Shaxsingiz sirlilik pardasi ortida tursin. O'z haqingizda kam so'zlang, hayotingizni ochiq kitobga aylantirmang. Til qalbni yalang'ochlashtirib qo'yadi, odamlar ko'ziga hunuk ko'rina boshlaysiz.
Xatolaringizni darxol muloyimlik bilan tan oling, o'zlarini har doim haq deb ko'rsatuvchi kishilar tez nazardan qolishadi.
"Et" desa "bet" deyishga oshiqmang, har qanday holatda ham o'zingizni oqlamang, yaxshisi sukut saqlang.
Deyl Kornegiyning "Hayotning oddiy asoslari" kitobidan olindi.