"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134922 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 27 B


Shoxruh Mirzo  21 Oktyabr 2010, 14:55:37

Savollarga javob topaman, deb o'zimni bazan harb maydonida his qilyabman...

Mening tushlarimga ham kirardi :)
Ҳа, мени ҳам калламда шулар. Саҳобаларнинг исмлари, тассавуримдаги ксринишлари, чанг-тсзон, араб саҳроси...



Sizlarniki hech nima emaskanu:)
Men oxirgi paytlarda kitob o'quvurganimdan boshqacha gapiradigan bo'lib qoldim:
-Ummu Abdulaziz Ensar* bilan Habib* viktorina savollari bo'yicha tortishib qolib AbdulAziz*ni  oldiga kelg'ali erdi.
AbdulAziz ikkisiga savol berg'ali bir viktorinachini chaqirib erdi.
Viktorinachi bir zumda AbdulAzizning yonida paydo bo'ldi. AbdulAziz unga qarata:
-Vallohi, Ey viktorinachi bu da'fa seni savollaringni viktorinaga qo'ya olmayman dedi.
-Nega ey AbdulAziz deya hayron bo'ldi viktorinachi.
-Savolingni hamma foydalanadigan o'zbek tilidagi adabyotlardan yo'llagin dedi.
 
 Ha AbdulAzizni gapida jon bor edi! Axir u AbdulAziz edi-da. Har kim ham admin bo'la olmaydiku...
AbdulAzizning bunday deyishiga sabab ham bor edi:
5-turning 15-savoliga o'xshab tushunmovchilik chiqajak edi!

*Ummu Abdulaziz Ensar-Asl Anjanlik bir necha yillardan beri Turkyada. Ismi Zamira. Kuniyasi Kapalak Ummu Abdulaziz Ensar. Forumiyatda Tikuvchilik bo'limi moderatori.
*Habib-Forumiyatda birinchi bo'lib Kurtlar vadisi mavzusini ochgan, user.
*AbdulAziz-o'z ziyouz.com saytida ham, forumiyatda ham administrator. Asli Farg'ona vodiysini Bani Marg'ilon qabilasidan.

P/S Bu shunchaki to'g'ri hazil:)

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  21 Oktyabr 2010, 15:43:12

Savollarga javob topaman, deb o'zimni bazan harb maydonida his qilyabman...

Mening tushlarimga ham kirardi :)
Ҳа, мени ҳам калламда шулар. Саҳобаларнинг исмлари, тассавуримдаги ксринишлари, чанг-тсзон, араб саҳроси...



Sizlarniki hech nima emaskanu:)
Men oxirgi paytlarda kitob o'quvurganimdan boshqacha gapiradigan bo'lib qoldim:
-Ummu Abdulaziz Ensar* bilan Habib* viktorina savollari bo'yicha tortishib qolib AbdulAziz*ni  oldiga kelg'ali erdi.
AbdulAziz ikkisiga savol berg'ali bir viktorinachini chaqirib erdi.
Viktorinachi bir zumda AbdulAzizning yonida paydo bo'ldi. AbdulAziz unga qarata:
-Vallohi, Ey viktorinachi bu da'fa seni savollaringni viktorinaga qo'ya olmayman dedi.
-Nega ey AbdulAziz deya hayron bo'ldi viktorinachi.
-Savolingni hamma foydalanadigan o'zbek tilidagi adabyotlardan yo'llagin dedi.
 
 Ha AbdulAzizni gapida jon bor edi! Axir u AbdulAziz edi-da. Har kim ham admin bo'la olmaydiku...
AbdulAzizning bunday deyishiga sabab ham bor edi:
5-turning 15-savoliga o'xshab tushunmovchilik chiqajak edi!

*Ummu Abdulaziz Ensar-Asl Anjanlik bir necha yillardan beri Turkyada. Ismi Zamira. Kuniyasi Kapalak Ummu Abdulaziz Ensar. Forumiyatda Tikuvchilik bo'limi moderatori.
*Habib-Forumiyatda birinchi bo'lib Kurtlar vadisi mavzusini ochgan, user.
*AbdulAziz-o'z ziyouz.com saytida ham, forumiyatda ham administrator. Asli Farg'ona vodiysini Bani Marg'ilon qabilasidan.

P/S Bu shunchaki to'g'ri hazil:)

 :bsm:

 :as:

Shoxruh chiroyli o'xshatish bo'libdi. Qoyil qolish kerak. Shunaqa to'g'ri hazillardan ko'proq bo'lib tursin. Sababi viktorinachilar faqat kitob o'qib charchashganda bunday hazillarni o'qib dam olishadi nasib qilsa!

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Oktyabr 2010, 08:45:34

Assalamu alaykum!

5-turning eng chiroyli savoli Abdul'aziz Toshmatov yuborgan ushbu savol bo'ldi:

15. “Hunayn jangida dushmanning pistirmasiga tushib qolgan musulmonlar qattiq zarbaga uchradilar. Ular ichida qatl bo’lganlar ko’paya bordi. Dushman ichida Bani havozinlik bir kishi bo’lib, qizil tuya minib olgan edi. Qo’lidagi uzun nayzasi bilan ko’plab musulmonlarni narigi dunyoga jo’natardi…”. Shu paytda mazkur kishiga ro’baro kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim edi?
a) Usoma ibn Zayd (r.a.)
b) Abu Dujona (r.a.)
c) Zubayr ibn Avvom (r.a.)
d) Adiy ibn Hotim (r.a.)
To’g’ri javob: Abu Dujona (r.a.)
Izoh: Dushman ichida bani havozonlik bir kishi bor edi. U qizil tuya minib olgan bo’lib, qo’lida uzun nayzasi bor edi. Bu odam ko’plab musulmonlarni o’ldirar edi. Abu Dujona r.a. uning qarshisiga chiqdi. U dushman tuyasining payini qirqib tashladi. Shu payt Ali ibn Abu Tolib kelib, mushrikning qo’lini kesib tashladi. Abu Dujona uning ikkinchi qo’lini kesdi. So’ngra ikkovlari uni qatl qildilar. (“Hadis va Hayot” 26-juz, 230-bet)

Aynan shu savol yuzasidan ishtirokchilarimizdan juda ko'p mulohazalar oldim. Eng quvonarlisi viktorinachilar faqatgina o'zbekcha manbalar bilan cheklanmasdan arabcha, turkcha, ruscha kitoblardan ham ma'lumotlar qidirishgan.

Bir foydalanuvchining yozishicha, u siyrat haqidagi juda ko'p arabiy kitoblarni qarab chiqqan, faqatgina "Mag’oziyul voqidiy" kitobidan Abu Dujona javobini topa olgan. (Men bu kitobni birinchi marta eshitishim).
 
Yana bir foydalanuvchining ayna shu savol yuzasidan o'qib chiqqan manbalarida "Sayyidimiz Muhammad (sav)", "Zadul Ma'od", "Siyar a'lam an-nubalaa", "Ar-Rijal havlar-Rosul", Peshqadamlar roziyollohu anhum" kitoblari mavjudligi, meni shoyad quvontirdi.

Yana bir foydalanuvchi turkcha "Asri-Saadet" kitobidan bani havozinlik kishinining tuyasi payini qirqib tashlagan sahoba Abu Dujona ekanligi yozilganligini e'tirof etdi. Yana shu foydalanuvchining ta'kidlashicha, "Tarixi Muhammadiy" kitobida javobga yetaklovchi aniqlik ko'rsatilgan:
"Dushmanning hujumiga askarlari oldida qizil tuya mingan, qora bayroq ko'targan tug' begisi bo'lib, tug'lik nayzasini qo'lida to'g'ri kelgan kishiga sanchib, sog' qo'ymas edi. Bu holni ko'rgan hazrat Ali unining qasdiga tushib, orqasidan piyoda keldi va tuyaning keyingi oyog'iga qilich soldi. Tuya yiqilishi bilan ansor sahobalardan birovi tuya ustidagi tug'begini chopdi".

Variantlarni o'rganilib chiqilganda Usoma ibn Zayd (r.a.) va Zubayr ibn Avvom (r.a.)lar Makkalik sahobiylar, Adiy ibn Hotim (r.a.) esa 9-hijriy sanada islomni qabul qilgan bo'lib chiqmoqda. Yagona aniq va to'g'ri javob Abu Dujona (r.a.)dir.

Javobni Hazrati Ali deb izoh bilan yuborgan foydalanuvchilarning ham javoblari to'g'ri deb qabul qilindi.

Alloh barchamizdan rozi bo'lib, olinayotgan ilmlarni qiyomatga qadar foydalik qilishini O'zi nasib etsin!

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  22 Oktyabr 2010, 11:18:15

 :bsm:

 :as:

ТАКЛИФ
Ҳурматли форум аъзолари! Манда бир таклиф бор сди. Таклиф қуйидагича, гарчи сал кеч қолинган бслса ҳам стаман. Қолган турлар давомида савол юбораётган узерларни саволларини баҳолаб хар турнинг жавоби чиққанда. "Мазкур турнинг снг схши саволи мана бу савол" айтиб борилса, буни викторина ҳайъат аъзолари стадими ёки саволларга жавоб бераётган фойдаланувчилар стадими? Бу таклиф маъқул келгандан кейин ҳал қилинади. Шунда савол жснатаётган фойдаланувчиларимиз ҳам ҳурсанд бслишади. Ахир саволни маъноли ва оммага тушунтириб тузиш ҳам маҳорат манимча! Яна Аллоҳ билади. ТАКЛИФ ни сйлаб ксриб старсизлар. Бу фикр 5 турдан кейин Абдулазиз ока қолдирган постдан кейин уйғонди. Яъни улар постларида турнинг снг чиройли ёхуд снг схши саволи деганларида пайдо бслган сди. Фикриларни кутаман.


Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2010, 14:40:48

 :as:

Eng boshda 15 chi savolni javobini a deb belgilagandim, forumdagi postlardan keyin boshim qotib qoldi. Men ham Hazrati Ali, deb yozaman, deb turgandim lekin, kel yana bir bor qidiray dedim va javoblarni jo'natmasdan yarim soat oldin javobni topdim:)

Demak o'qish, izlanish kerak ekan, dedim o'zimga o'zim.

Qayd etilgan


Habib  22 Oktyabr 2010, 14:59:02

:as:

Eng boshda 15 chi savolni javobini a deb belgilagandim, forumdagi postlardan keyin boshim qotib qoldi. Men ham Hazrati Ali, deb yozaman, deb turgandim lekin, kel yana bir bor qidiray dedim va javoblarni jo'natmasdan yarim soat oldin javobni topdim:)

Demak o'qish, izlanish kerak ekan, dedim o'zimga o'zim.
Men ham Ali ibn Abi Tolib(r.a.) deb jo'natib bo'lgan edim. Lekin eng avval kallamga kelgani Abu Dujona edi. Lekin adabiyotlardan topa olmadim. Keyin fikrimni o'zgartirdim baribir. Abu Dujonani tavakkal qilib tanladim.
Boshqalar esa adabiyotdan topishibdi.

Qayd etilgan


Zaxabiy  28 Oktyabr 2010, 00:52:39

 :as:
Muhtaram forum mutasaddilari va izlanuvchan bilimdonlar! Mening ham Abdulaziz Toshmatovning savoli bo`yicha fikrim bor edi. Bu savol juda to`g`ri tuzilgan! Shoxruh Mirzo mutoyiba qilganlaridek "chet tilidagi" adabiyotdan emas, aynan hamma foydalanadigan o`zbek tilidagi adabiyotdan foydalanib tuzilgan. Mutoyiba qilishdan oldin bir oz mulohaza qilib ko'rish kerak. Menimcha Ali ibn Abi Tolib (r.a) javobi to`g`riligi haqida o`ylab ko`rish kerak. Chunki savolda aniq qilib mazkur kishiga ro'baro' kelgan va tuyasining payini qirqib tashlagan sahoba kim deb berilgan. Sizlar keltirgan manbada esa "Bu holni ko'rgan hazrat Ali uning qasdiga tushib, orqasidan piyoda keldi va tuyaning keyingi oyog'iga qilich soldi." deyilgan. Va yana KEYINGI OYOG`IGA deyilgan. Agar bu savolga berilgan Ali ibn Ab Tolib(r.a) javobini to`g`ri deb qabul qilgan bo`lsangiz, 2-tur 4-savolga  2 ta deb berilgan javobni ham to`g`ri deb qabul qilishingizga to`g`ri keladi. Chunki 3 ta degan javob "Rohiq al-Maxtum" da kelgan bo`lsa, 2 ta degan javob "Tarixiy Muhammadiy" kitobida keltirilgan. Chunki bu savol ham bilimdonlar orasida noroziliklar keltirib chiqardi. Har tomonlama adolatli qaror qabul qilishingizni iltimos qilib qolaman.
 Savol jo`natayotgan ishtirokchilarga ham bir iltimosim bor. Savolni aniq qilib qo`yinglar. Mening e`tirozim 6-turdagi 12-savolga. Unda Payg`ambarimiz (s.a.v) Toif ahli huzuriga kimni jo`natadilar? deb savol qo`yilgan. Lekin nima maqsadda jo`natganlari keltirilmagan. Men adabiyotlardan bu savolga javob qidirish davomida juda ko`p sahobalarning ismlariga duch keldim. Afsuski ularning birortalari to`g`ri javoblar qatorida yo`q. Oxiri bu savolning javobini "Maktaba al-Shomila" kitoblar majmuidagi "Siyratu al-Nabaviyya" degan kitobdan topdim. Unda aniq qilib sulh maqsadida jo`natdilar deb yozilgan. 
   Barcha forum ishtirokchilariga omad tilayman!!!
 :as:

Qayd etilgan


Habib  28 Oktyabr 2010, 09:32:28

Yuqoridagi do'stimiz to'g'ri mulohazalarni yuritibdilar. Ayniqsa Ali ibn Abi Tolib (r.a.) haqidagi savolda avvaliga hammamiz ikkilandik. Chunki biz qarayotgan manbalarda yo'q edi. AbdulAziz izlanishda davom etinglar deganini o'zi bu javob to'g'ri emas degani edi, nazarimda. Oradan vaqt o'tdi, javoblarni yuborish vaqti oxiriga yaqin bilimdonlar "isyon" ko'targandek bo'ldilar bu javob borasida va moderator yumshoq qilib aytganda "majbur" bo'ldi Ali ibn Abi Tolib(r.a.) variantini qo'shishga va uni ham to'g'ri javob deb qabul qilishga. Vaholanki Abu Dujona variantini izlab, qidirib, tongga qadar kitob mutolaa qilganlar ham bir bo'ldi, Ali ibn Abi Tolib (r.a.) ni tanlaganlar ham birdek bo'ldi. Shuning uchun 5 tur natijalariga razm solsangiz 80% ishtirokchi 100 ball olgan.
Meni mulohazam shu.
Savol tuzayotgan, netga kiritayotgan azizlarimizdan O'zi rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


lolo  28 Oktyabr 2010, 22:39:55

 :as:
Sizlardan bir iltimos bor edi. Savol tuzishda sahih va ishonchli manbalardan foydalansangizlar. To'qima va mashxur bo'lmagan ma'lumotlar shu qadar ko'pki, bu kimdadur bor bo'lsa, kimdadir yo'q. Undan tashqari ular biz uchun zarur bo'lmagan ma'lumotlardir.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Oktyabr 2010, 08:32:51

5-turning 15-savoli yuzasidan savol muallifidan e'tiroznoma oldik:

Iqtibos
Assalomu alykum va rahmatullohi va barokatuh! Alloh barchamizdan rozi bo’lsin!!!

Hurmatli "œBiz islomni bilamizmi?" internet viktorinasi rahbarlari!  Avvalo, men yuborgan Abu Dujona (r.a) haqidagi savolim 5-turning eng chiroyli savoli bo’lganidan boshim osmonga yetdi. Katta rahmat!!! Lekin, bir e’tirozim bor edi. Menga yuborgan maktublaringizda yozilishicha: "œ To’g’ri javob Hazrati Ali (r.a) deb izoh yuborgan qatnashchilarning javoblari ham to’g’ri deb inobatga olindi", degan jumlalar bor edi.

Men, Abdul’aziz Toshmatov savol tuzishdan avval Hunayn g’azoti bo’yicha yozilgan ko’p manbalarni ko’rib chiqdim. Dastlab, A variantdagi Usoma ibn Zayd (r.a) javobi o’rniga Ali ibn Abu Tolib (r.a) degan variantni qo’ygan edim. Lekin, ko’p manbalarda faqatgina Ali ibn Abu Tolib (r.a) berilganini ko’rib, bu sahobani variantlar safidan chiqarib tashlagan edim. Berilgan variantlarga kelsak, ular ichida to’g’ri javob berilgan. Bu ham bo’lsa Abu Dujona (r.a) dir.

Shuning uchun hakamlar hay’atidan Ali ibn Abu Tolib (r.a) deb javob yuborgan qatnashchilarning javoblarini noto’g’ri deb qabul qilishlaringizni so’rayman. Chunki, men ikkita  to’g’ri javob bo’lib qolmasligi uchun Ali (r.a) ni javoblar safidan chiqarib yuborgan edim. Hakamlar hay’atidan adolatli hukm chiqarishlaringni so’rayman deb hurmat va ehtirom ila viktorina ishtirokchisi Toshmatov Abdul’aziz.

Assalomu ‘alaykum va rahmatullohi va barokatuh!!!

Savolni arab tili mutaxassislari yordamida arabcha manbalardan ham tekshirib ko'rildi.

"Mag'oziul voqidiy" kitobida yozilishicha:
"Havozin qabilasini askarlarini oldida  qizil tuya mingan bir kishi qo'lida qora bayrogli uzun nayzasini duch kelgan odamga sanchar edi. Musulmonlardan ko'plarini o'ldirdi, shunda Abu  Dujona uni ketiga tushdi va tuyasining paylarini kesdi, tuyani hirillagan ovozi eshitildi va tuya yiqildi. Hazrati Ali va Abu Dujona unga tashlandilar. Hazrat Ali o'ng qo'lini va Abu Dujona chap qo'lini kesdilar".

Matnda "paylarini kesdi" deb tarjima qilingan jumla, arabchada عَرْقَبَ - عَرْقَبَةٌ bo'lib kelib, uning o'zbekchaga izohli tarjimasida "tizza osti paylarini kesish" deb kelgan ekan ("An-Na'im" lug'ati, 535-bet).

Muallifning talabidan kelib chiqib, 5-turning 15-savoliga hazrat Ali r.a. deb javob yo'llaganlarning javoblari qabul qilinmadi. Natijalar qayta hisoblab chiqildi.

Alloh barchalarimizga foydali ilm bersin!

Qayd etilgan