"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134750 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 B


AbdulAziz  19 Avgust 2011, 13:24:08

Tafsiri Hilol da ham xuddi shunaqa keltirilgan

Tafsiri Hiloldagi matnni keltiring.
Muvofiq kelsa, ushbu javobni ham qabul qilamiz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Avgust 2011, 14:01:52

Assalomu alaykum ahli forum,

Alloh sizlardan rozi bo'lsin, amallaringiz ajrini bersin!

Viktorina tashkilotchilariga iltimosim bor. Men ilk bor qatnashayotganim uchun, shu kungacha bu viktorinani qonun qoidalari bilan tanish emas edim. Bugun tog'ri javoblarni ko'rib chiqdim, biroz e'tirozim bor. To'g'ri javoblarning aniq manbasi berilmagan, manba chala, manbani bir shaklga solib olish kerak. Misol uchun, Kitob nomi, qachon va qayerda nashr qilingan, muallifi kim, to'g'ri javob olingan aniq sahifasi ko'rsatilishi shart. O'shandagina xato qilganlar tez va qiyinchiliksiz manbani ko'rishi mumkin. Bir javobda sahifasi berilgan birida esa yo'q. Iltimosimni inobatga olasizlar degan umiddaman.

Keyin yana bitta gap, bu yerga yuklangan aksaryat elektron kitoblarning mundarijasi yo'q, bu kishiga biron bir ma'lumotni izlashda qiyinchilik va ko'p vaqt talab qiladi. Har bir kitobni mundarija bilan berishni iloji yo'qmi, navigatsiya kishi ishini ancha yengilllashtiradi. Misol uchun 2-tur 16-savoliga to'gri javobning manbasini, ya'ni aniq sahifasini topish uchun butun kitobni izlab chiqishim kerak. Bu o'quvchiga noqulaylik to'gdiradi. O'z shaxshiy fikr va muolahazalarimni bildirib o'tdim.

Omon bo'lingizlar!

PS: Bizda natijalar yomon emas.

Qayd etilgan


Rabella  19 Avgust 2011, 14:53:25

 :bsm3:
 :asl3:
20-savol bo`yicha mandayam fikr mulohazalar bor edi.

20. Rasululloh (s.a.v.)ning Hajjatul vada’da vafot etgan ulovlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qasvo
b) Duldul
c) Murtajiz
d) Ya’fur

- Qasvo :  
  Saodat asri qissalari: Buyuk Fath. 4-kitob  216-bet
Janobimizning hijratdan beri davomli ravishda mingan qadrli tuyalari Qasva endi bo‘sh qo‘yib yuborildi. Baqi’ qabristonida o‘tlab yurgan Qasva keyin ham ko‘rganlarga doimo Rasuli akramni eslatib yurdi va Abu Bakr davrida shu yerda o‘ldi.

- Duldul :
  AR-RAHIQ AL-MAXTUM. Safiyyurrahmon Muborakpuriy  268-bet
Унинг қилган иши мана шунга чекланди, сзи исломни қабул қилмади. Икки жориснинг исмлари Морис ва Сийрин сди. Хачирнинг лақаби Дулдул бслиб, у то Муовиснинг давригача сшади.[79 ]  79  - Зодул маод: 3/61.

- Ya`fur :
  TARIXI MUHAMMADIYA. Alixonto'ra Sog'uniy 325-bet
Rasululloh vafotlaridan Ya’fur qattiq qayg‘urdi. Judolikka chidayolmay, o‘zini bir quduqqa
tashlab halok bo‘ldi.

Bu so‘zni ulug‘ muarrihlardan Ibn Asokir degan kishi Ibn Munzir degan sahobadan
rivoyat qilmishdur.

Rosululloh s.a.v ning otlari bo`lmish Murtajiz ning o`limi haqida hech qayerdan ma`lumot topa olmagach, C variantni belgilashim uchun yuqoridagi ma`lumotlar yetarli deb topdim.


Ps: Iltimos manbalarda xar xil kelgan ixtilofli masalalarda savol berilmasa. Masalan shu turdagi 14-savolda ham Abu Bakr va Umar r.a lar javob variantida alohida alohida keltirilgan.  Javob berishda ikkilanib qolyapmiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Avgust 2011, 15:12:55

281. Allohga qaytariladigan kuningizdan qo'rqing. So'ngra har bir jon qilganiga yarasha to'liq oladur. Ularga zulm qilinmas.
 
Tafsir :

Qiyomat kunida har bir jonga qilganiga yarasha to'liq jazo yoki mukofot
beriladi. Hech kimga zulm qilinmaydi. Hech kimning qilgan amali kamaytirib
yoki ko'paytirilib qo'yilmaydi.
 Qur'on ilmlari bilan shug'ullangan ulamolar ushbu oyati karima Alloh
tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat ekanligini bayon qilganlar. Ibn
Jurayjning aytishlaricha, Payg'ambar alayhissalom ushbu oyati karima
nozil bo'lgandan so'ng 9 kun yashaganlar, xolos.
 Ammo, "Qur'on ilmlari" nomli nozik ilmdan yetarli xabarlari bo'lmagan
ko'pgina kishilar Qur'oni Karimning oxirgi nozil bo'lgan oyati haqida gap
ketganda noaniqlikka yo'l qo'yadilar. Ular vidolashuv haji paytida nozil
bo'lgan "Bugungi kunda sizlarning diningizni mukammal qildim", deb
boshlanuvchi oyati karimani Qur'oni Karimning oxirgi nozil bo'lgan oyati,
deydilar.
Bu oyatdan keyin Payg'ambarimiz s.a.v 81 kun yashaganlari aniq.

Tafsiri Hilol. Baqara surasi 281 oyatiga tafsir!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  19 Avgust 2011, 15:51:52

Bu savolda umuman Rasulullohni (s.a.v) eng oxirgi ko'rgan odam haqida gap ketayapdi. O'lik yoki tirikligini emas. Tirikmligidami, o'likligidami umuman kim oxirgi bo'lib ko'rganligi nazarda tutilgan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 Avgust 2011, 20:38:04

Assalamu alaykum!
2-tur javob variatlari qayta tekshirilib, d variant ham to'g'ri deya baholandi va natijalar qayta hisoblab chiqildi.

19. Quyida keltirilgan oyatlarning qaysi biri Hajjatul vado’da nozil bo’lgan?
a) Baqara surasining 281-oyati
b) Moida surasining 3-oyati
c) Nasr surari
d) b va c javoblar to’g’ri
e) a, b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1:   a, b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Baqara surasining 281-oyati Hajjatul vado’da Minoda nozil bo’ldi. Moida surasining 3-oyati juma kuni Arafotda nozil bo’ldi. Nasr surasi Minoda nozil bo’ldi, u oxirigi nozil bo’lgan sura hisoblanadi. (Tafsiri Qurtubiy, Tafsiri Jalolayn)
Abu Dovud hasan sanad bilan Sarro’ bint Nahbondan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ru’us kuni (tashriq kunlarining ikkinchisi) bizlarga xutba qilib: «Bu tashriq kunlarining o‘rtasi emasmi?!», dedilar. Bu kundagi xutbalari ham xuddi qurbonlik kunidagi xutbalaridek bo‘ldi. Bu xutbalarini «Nasr» surasi nozil bo‘lishi ortidan qildilar. (Rohiyq al-maxtum)
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vidolashuv hajini ado etaroq Arafot turarkanlar Alloh taolo U zotga Moida surasidagi: «Bugungi kunda Men sizning diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni batamom qildim. Va sizga Islomni din deb rozi bo‘ldim», oyatini nozil qildi. ("œHadis va hayot: Nubuvvat va risolat")
To’g’ri javob 2:   b va c javoblar to’g’ri
Izoh: Allohga qaytariladigan kuningizdan qo'rqing. So'ngra har bir jon qilganiga yarasha to'liq oladur. Ularga zulm qilinmas. (Baqara, 281)
Qur'on ilmlari bilan shug'ullangan ulamolar ushbu oyati karima Alloh tushirgan oyatlar ichida eng oxirgi oyat ekanligini bayon qilganlar. Ibn Jurayjning aytishlaricha, Payg'ambar alayhissalom ushbu oyati karima nozil bo'lgandan so'ng 9 kun yashaganlar, xolos. ("œTafsiri Hilol")

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Avgust 2011, 17:38:17

Diqqat!

Ushbu savoldagi javoblar variantiga o'zgartirish kiritildi. Ibn Abbos varianti Abbos tarzida o'qilsin:

6. Rasululloh (s.a.v.) betob yotganlarida u zotning qarshiliklariga qaramay og'izlarining bir chetidan dori tomizishdi. U zot (s.a.v.): "Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko'rib turibmanki, ... bunday qilmagan!", dedilar. Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
a) Usoma
b) Ibn Mas'ud
c) Abbos
d) Oisha
e) Fotima

Qayd etilgan


Rabella  24 Avgust 2011, 21:29:08

 :asl3:
Ushbu 3-tur 6-savolni tuzilishida ham ozgina xatolik ketmaganmi?
Dori ichirish ludud haqida topgan matnimda sal boshqacharoq berilgan ekan..
Balki tarjimada biroz chalkashlik bo`lgandir?

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Avgust 2011, 21:55:07

:asl3:
Ushbu 3-tur 6-savolni tuzilishida ham ozgina xatolik ketmaganmi?
Dori ichirish ludud haqida topgan matnimda sal boshqacharoq berilgan ekan..
Balki tarjimada biroz chalkashlik bo`lgandir?

Hadis roviylari har xil bo'lgani uchun matn ham har xil bo'lishi tabiiy hol.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2011, 20:39:14

Aziza Mannopovadan:

Iqtibos
Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ!
Ийди Рамазон ҳамда жума муборак!

V БОСҚИЧ, 5-турдаги 20-савол ҳамда 7-тур бўйича мулоҳаза ...
   Мазкур саволга жавоб топишда ўзим доим фойдаланадиган китоблардан Расулуллоҳ (сав) нинг нечта аёллари қурайшлик бўлгани ҳақида аниқ маълумот топа олмадим. Шундан сўнг Расулуллоҳ (сав) нинг ҳар бир аёлларининг таржимаи ҳолида берилган исмларини ўрганиб чиқдим. Маълумки, араб исмлари анча мураккаб бўлиб, бир нечта авлодни қамраб олади. Уларни яхши тушуниш учун арабларнинг насабланиш тартиби, хусусан Қурайш қабиласи ҳақидаги баъзи маълумотларни кўриб чиқиб, сўнгра уларни Расулуллоҳ (сав) нинг аёлларининг исмлари билан солиштриб чиқдим ва 20-саволдаги “С” (9 та) вариантни танладим. Бу жавобга асос сифатида қуйидаги изоҳларни келтираман.
   1. Араб қабилалари ва улардан бири бўлган Қурайш ҳақида:
   “Арабларнинг насаб тартиби қуйидагича:
•   шаъб (халқ, миллат яъни бош) 
•   қабила (бош суягининг бир-бирига киришган бўлаклари)
•   амора (кўкракдаги аъзолар улардан бири юрак)
•   батн (қорин)
•   фахиз (сон)
•   фасийла (тизза) 
•   ашийра (тиззадан қуйиси).
   Улар насабларини худди инсон танаси каби тақсимлаганлар. Шундай бўлсада, қабила катталашиб уруғларга бўлиниб кетгани сайин ҳар бир уруғ ўзидан кейингиларга нисбатан қабила ва ундан таралганлар уруғлар деб аталаверади. Яъни ҳар бир уруғ ўз ҳолида қабила, ўзидан аввалгиси билан зикр қилинганда уруғ деб аталади. Китобларда буни фарқламасдан ҳаммасини қабила ҳам дейилади. Масалан, Қурайш қабила унинг уруғларидан бўлган Бану Тайм, Бану Ҳошим, Бану Умайялар буларнинг ҳар бири қабила деб аталади”. (Соффий ар-Роҳман ал-Муборакфурий, “Ар-раҳиқ ал-махтум”. 6-бет)
   “Қурайш ҳам бир қанча қабилаларга бўлинади. Уларнинг машҳурлари қуйидагилар: Жумаҳ, Саҳм, Адий, Махзум, Тайм, Зуҳра ва Қусой ибн Килобнинг уруғлари. Қусой ибн Килоб уруғлари: Абдуд Дор ибн Қусой, Асад ибн Абдул Уззо ибн Қусой ва Абду Маноф ибн Қусойдан иборат.
   Абду Манофдан тўрт қабила вужудга келди: Абду Шамс, Навфал, Муттолиб ва Ҳошим. Саййидимиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи ва саллам Ҳошим оиласига мансублар: Муҳаммад (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) ибн Абдуллоҳ ибн Абдулмуттолиб ибн Ҳошим”. (Соффий ар-Роҳман ал-Муборакфурий, “Ар-раҳиқ ал-махтум”. 10-бет).
   “Макка ва унинг атрофини Қурайш уруғлари ватан тутишди. Қурайш уруғлари бирлашмасдан, алоҳида-алоҳида яшашарди. Сўнг Қусой ибн Килоб чиқиб уларни бирлаштирди. Қурайш уруғлари бирлашганларидан кейин уларнинг обрўси ва қадр-қиймати ошди”. (Соффий ар-Роҳман ал-Муборакфурий, “Ар-раҳиқ ал-махтум”. 11-бет).
   “Бу ишларни амалга ошириш учун Қусай биринчи навбатда Қурайш қабиласининг ўзини бирлаштириши лозим эди. Ўрта аср араб уламолари бу қабила таркибига кирган 25 уруғ (батн) ни санаб ўтадилар. Аммо Қусай Маккага келганда улардан фақат 16 таси мавжуд эди. Олти уруғ Қусай билан бирга Макка водийсига кўчиб ўтди (“Қурайш ал-Битаҳ” – “Водий қурайшлари”), бошқалари Макка ташқарисида қолдилар (“Қурайш аз-Завоҳир” – “Чеккадаги қурайшлар”). Қурайш қабиласини “жамоат-жам қилганлиги учун Қусай  “мужаммиъ” лақабини олган эди.
   Қабила бошлиғи сифатида Қусай ўз қабиладошларига Каъба атрофидаги ерларни бўлиб берди. Унинг ўзи уруғи билан Каъбадан шимолроқда жойлашди, Бану Адий ва Махзумлар – шарқроқдаги, Тайм, Жумаҳ, Саҳм ва Зуҳра – жануб ва жануби ғарброқдаги ерларга ўрнашдилар. Каъбадан 100 метрча Ғарбда Қусай учун махсус қурилган уй қабила оқсоқоллари тўпланадиган жойга айланди ва “Дор ан-Надва” (Мажлислар уйи) номини олди”. (А.Ҳасанов, “Макка ва Мадина тарихи”. 14,15-б).
   
2. Расулуллоҳ (сав) нинг аёллари:
   1. Хадича бинти Хувайлид ибн Абдулуззо ибн Қусай Қарашийя, Асадийя. У киши Қурайшнинг олди қизларидан бўлган. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф, “Нубувват хонадони хонимлар”).
   2. Савда бинти Замъа ибн Қайс Абдуш Шамс қабиласидан. (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 29-б). Савда бинти Замъа ибн Қайс ибн Абдуш Шамс ибн Абду Вадд ибн Назр ибн Молик ибн Ҳасал ибн Омир ибн Луай. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф, “Нубувват хонадони хонимлари”).
   3. Оиша бинти Абу Бакр Абдуллоҳ ибн Абу Қуҳофа Усмон ибн Омир ибн Амр ибн Каъб ибн Саъд ибн Тайм ибн Мурра ибн Каъб ибн Луай. Қурайшийя, Тамимийя, Маккийя, Маданийя. (Аҳмад Фарид, “Оиша уммул муъминин (р.а)).
   4. Ҳафса бинти Умар ибн Хаттоб ибн Нуфайл ал-Адавийя ал-Қурайшийя. (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 60-б).
   5. Зайнаб бинти Хузайма ибн Абдуллоҳ ибн Умар ибн Абд Маноф ибн Ҳилол ибн Омир ибн Саъсаъа ал-Ҳилолийя. Қурайшийя, Ҳилолийя, Маккийя. (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 72-б).
   6. Ҳинд бинти Суҳайл ибн Муғийра ибн Абдуллоҳ ибн Умар ибн Махзум ибн  Яқаза ибн Мурра. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф, “Нубувват хонадони хонимлари”).  Унинг отаси: Суҳайл ибн ал-Муғийра ал-Махзумий, куняси Абу Умайя, қавми Бани Махзумнинг саййиди … (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 88-б).
   7. Зайнаб Қурайш қизи (Сарлавҳаси шунақа берилган: “زينب فتاة قريش” – “Зайнаб фататун қурайш”). Зайнаб бинти Жаҳш ибн Риоб – ал-Махзумийя. Оналари Умайя бинти Абдул Муттолиб ал-Ҳошимийя – Расулуллоҳ (сав) нинг аммалари. (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 117-б). Бану Асад ибн Хузайма қабиласидан Зайнаб бинт Жаҳш ибн Рабоб. (Соффий ар-Роҳман ал-Муборакфурий, “Ар-раҳиқ ал-махтум”. 365-бет).
   8. Рамла бинти Абу Суфён. Қурайшнинг номдор оилаларидан бирининг қизи. (Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф, “Нубувват хонадони хонимлар”).
   9. Маймуна Қурайш бошлиқлари ва шарафли кишиларидан бири Ҳорис ибн Ҳизн ибн Ҳилолнинг қизи. (Муҳаммад Али Қутб, “Завжаат ан-Набий”. 170-б).
   Манбадан аниқ жавоб топа олмагач, эринмасдан юқоридаги маълумотларни бирма-бир ўрганиб чиқдим. Бу саволнинг изоҳида Расулуллоҳ (сав) нинг 6 та аёллари – Хадича, Савда, Оиша, Ҳафса, Умму Салама, Умму Ҳабиба (р.а) лар қурайшлик эканлари айтилган. Юқоридаги маълумотларда яна 3 та аёллари – Зайнаб бинти Ҳузайма, Зайнаб бинти Жаҳш ва Маймуна бинти Ҳорис (р.а) лар ҳам Қурайш қабиласига мансуб уруғлардан экани, шунингдек, Қурайшнинг шарафли кишиларининг фарзандалари экани ҳақида аниқ айтиб ўтилган. Тушунарли бўлиши учун изоҳларни турли рангларда ва тагида чизиқ билан ажратиб кщрсатганман. Бу маълумотларни кўриб чиқиб, 20-саволдаги “С” (9 та) вариантни ҳам тўғри жавоб сифатида қабул қилишингизни сўрайман.

Ушбу эътироз ва изоҳлар инобатга олиниб, 20-саволдаги “С” (9 та) вариантни ҳам тўғри жавоб сифатида қабул қилинди.
Жавоблар қайта ҳисоблаб чиқилди.

Qayd etilgan