"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 88515 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 27 B


anisa  14 Oktyabr 2008, 06:04:50

Assalomu alaykum!
Ba’zi savol-javoblarga aniqlik kiritsangiz.
10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")
Ushbu javob izohida Zubayr ibn Avvomning otliq askarlarga bosh etib tayinlanganiga qanday ishora bor? Holbuki boshqa kitoblarda otliq askarga Abdulloh ibn Jubayr bosh edi eb ko’rsatilgan. Masalan: "œHadis va hayot" iqtibos: Шанба куни срталабдан Лайғамбар алайҳиссалом етти юз кишини урушга тайёрлай бошладилар. А­лликта отлиқ, слликта камончи бор сди. Уларга Абдуллоҳ ибн Жубайр розисллоҳу анҳуни бошлиқ стиб тайинладилар.
Yoki Tarixi Muhammadiyda shunday keltirilib izohda o’sha joyi kiritilmaganmi?

Qayd etilgan


anisa  14 Oktyabr 2008, 06:38:24

Assalomu alaykum!
14. Qaysi g'azotda ikki iyd namozini o'qish Alloh tomonidan buyurildi?
a) Banu Qaynuqo’ g’azoti
b) Saviq g’azoti
c) Banu Qurayza g’azoti
To’g’ri javob: Saviq g'azotida
Izoh: Ko'rdilarkim, olishga ham ulugurmay tashlab qochgan narsalarining ko'prog'i arpa-bug'doyning talqoni ekan, shuning uchun bu g'azotga "Saviq" nomi berildi va ham shu yili Alloh taolo musulmonlarga ikki "iyd" namozini o'qimoqqa buyurdi. Bu ikki "iyd" namozini butun shahar va qishloq xalqlari bir joyda yig'ilishib o'qimoq sunnat bo'ldi. ("œTarixi Muhammadiy")
Menimch/, ushbu javob izohida ham iyd namozi ushbu yili buyurulgani aytilyapti, saziq g’azotida buyurilgani emas.
Saodat asri qissalariga ko’ra birinchi ramazon iydi namozi o’qilgan.Ya’ni, Badr g’azotidan so’ng. Badr g’azoti  ramazonda  bo’lgan bo’lsa, saviq esa 2-3 oylarcha keyin sodir bo’lgan bo’lsa. Qanday qilib unda ikki iyd namozi saviq g’azotida buyurilgani to’g’ri keladi.

Savollarga mas’ul shaxslar aniqlik kiritishlarini kutib qolaman. 

Rahmat

Qayd etilgan


Musannif Adham  14 Oktyabr 2008, 08:45:24

Assalomu alaykum!
Ba’zi savol-javoblarga aniqlik kiritsangiz.
10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")
Ushbu javob izohida Zubayr ibn Avvomning otliq askarlarga bosh etib tayinlanganiga qanday ishora bor? Holbuki boshqa kitoblarda otliq askarga Abdulloh ibn Jubayr bosh edi eb ko’rsatilgan. Masalan: "œHadis va hayot" iqtibos: Шанба куни срталабдан Лайғамбар алайҳиссалом етти юз кишини урушга тайёрлай бошладилар. А­лликта отлиқ, слликта камончи бор сди. Уларга Абдуллоҳ ибн Жубайр розисллоҳу анҳуни бошлиқ стиб тайинладилар.
Yoki Tarixi Muhammadiyda shunday keltirilib izohda o’sha joyi kiritilmaganmi?


Men ham shu fikrga qo'shilaman.

Qayd etilgan


Musannif Adham  15 Oktyabr 2008, 05:27:25

Yana bir chalkashlik:

II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha

"Tafsiri Hilol"da Imom Buxoriydan sahih rivoyat asosida ushbu sahobaning Talha ibn Ubaydulloh ekanligi yozilgan (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol". 1-ju'z. Toshkent. "Movarounnahr". 2005 yil. 430-bet.)

Javoblarda esa bu sahoba nomi yo'q. Bir iltimosim: savollar iloji boricha mana shu kabi munozarali qilib tuzilmasa. Buning uchun menimcha bitta manbadan yoki ma'lumotlari o'zaro mos kelgan manbalardan foydalanish kerak.

 

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Oktyabr 2008, 12:21:28

Assalamu alaykum.
BU savollaringizga yaqin orada Abdulaziz oydinlik kiritadilar,InshaAlloh.
Sabr qilib turasizlar o'sha paytgacha.
Savollarni javoblari bilan tuzgan, izohlarni ham tayorlagan u kishi bo'ladilar.
Shunga u kishini kelishlarini kutsak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qayd etilgan


anisa  24 Oktyabr 2008, 12:27:49

Yana bir chalkashlik:

II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha

"Tafsiri Hilol"da Imom Buxoriydan sahih rivoyat asosida ushbu sahobaning Talha ibn Ubaydulloh ekanligi yozilgan (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. "Tafsiri Hilol". 1-ju'z. Toshkent. "Movarounnahr". 2005 yil. 430-bet.)

Javoblarda esa bu sahoba nomi yo'q. Bir iltimosim: savollar iloji boricha mana shu kabi munozarali qilib tuzilmasa. Buning uchun menimcha bitta manbadan yoki ma'lumotlari o'zaro mos kelgan manbalardan foydalanish kerak.

 
Musannif Adham. Bu siz aytgan savolda Talha ibn Ubaydulloh r.a ismi Abu Talhaga almashib qo'yilgan. Javobni Abu Talha deb bersez to'gri javob bergan bo'lasiz, vallohu a'lam. Men Abu Talha deb javob berdim

Men ko'rgan ko'p manbalarda Abu Talha deb berilgan. Masalan, Rahiq maxtumda uhud qissasida quyiagi keltirilgan:
Abu Talha dedi:"Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman".
Hadis asosdia olinganini e'tiborga olsak manimcha ismi o'xshash bo'lgani uchun anglashilmovchilik mavjud.


Qayd etilgan


anisa  24 Oktyabr 2008, 12:33:39

Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

Izoh ham e'lon qilinibdiku.
Demak, Keltirilgan ikki manba ham Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadis ekan. Demak, sahobaning ismida adashilgan bo'lsa kerak. Aslini topib ko'rish kerak

Qayd etilgan


anisa  24 Oktyabr 2008, 12:34:40

Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin  uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?

Qayd etilgan


Abdullоh  06 Noyabr 2008, 18:31:51

Assalamu alaykum! Bu tanloh haqiqatdan ham juda zo'r ketyapti. Men I bosqichda 9-o'rinni olgan edim. Ammo hozir II bosqichda 14-o'rinda ketyapman. Alloh xohlasa yanada yuqoriga chiqishga harakat qilaman. Nima bo'lganda ham(men g'olibmanmi yoki yo'q) bu biz musulmonlar uchun juda foydali ish bo'lmoqda. Alloh tanlov ishtirokchilariga ulkan ajrlar bersin. Omiyn!

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2008, 21:55:23

Assalomu alaykum!
Ba’zi savol-javoblarga aniqlik kiritsangiz.
10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")
Ushbu javob izohida Zubayr ibn Avvomning otliq askarlarga bosh etib tayinlanganiga qanday ishora bor? Holbuki boshqa kitoblarda otliq askarga Abdulloh ibn Jubayr bosh edi eb ko’rsatilgan. Masalan: "œHadis va hayot" iqtibos: Шанба куни срталабдан Лайғамбар алайҳиссалом етти юз кишини урушга тайёрлай бошладилар. А­лликта отлиқ, слликта камончи бор сди. Уларга Абдуллоҳ ибн Жубайр розисллоҳу анҳуни бошлиқ стиб тайинладилар.
Yoki Tarixi Muhammadiyda shunday keltirilib izohda o’sha joyi kiritilmaganmi?

Va alaykum assalom!
Avvalo aytib qo’yishimiz kerak, biz ham ilm toliblaridanmiz, o’qib-o’rganganlarimiz asosida savollarni tuzib, sizlarga taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Xatoliklar bo’lsa Allohning O’zidan avf so’raymiz. 

Endi savollarga kelsak, yuqoridagi savol bejizga berilmagan edi. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, 4-turning 14-savolida Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib qo’yganlar? deb ham so’ralgan edi. Endi otliq askarlarga kim boshliq bo’lganligi haqidagi savol ham alohida turibdi. Abdulloh ibn Jubayrning Uhud jangidagi 50 ta musulmon merganlarga boshliq bo’lganliklari haqida shubha yo’q:
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. ("œSahihi Buxoriy")

Islom askari ichida o‘q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vazifasini unga topshirdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

Ellik kamonchiga madinalik Abdulloh ibn Jubayirni bosh qilib, orqa tomonga joylashtirildi. ("œNurul-yaqin")

Yuqoridagi hadisda va boshqa kitoblardan keltirilgan iqtiboslarda ham Abdulloh ibn Jubayrning otliq askarlarga boshliq etilganlari aytilmagan, hadis matnida u zotning kamonchi merganlarga boshliq bo’lganlari aytilyapti.

Tarix kitoblarida yozilishicha, Rasululloh SAV mushriklar qo’shining o’ng tomonidagi Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo’shinlarga musulmonlardan Zubayr ibn Avvom boshliq otliq qo’shinlarni qo’yadilar.

Savolda esa aynan otliq qo’shinlar qo’mondoni so’ralgan edi.

Qayd etilgan