Muallif Mavzu: "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 82712 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #60 : 06 Noyabr 2008, 21:59:03 »
Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin  uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?

Hadis matniga ko’ra, ya’ni Ka’ba masjididan sayohat qildirilish kecha aynan isro kechasidir, buni hadis qavllarining qavs ichidagi izohida ham ta’kidlab o’tilgan.
Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar.
Hadis matnidan ma’lum bo’lyaptiki, Rasululloh SAV ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina, farishtalarni ko’radilar. Vallohi a’lam.

“Hadis va Hayot”da yuqoridagi hadis sharhida ham Rasulimiz SAVning isro kechasida Jabroil alayhissalomni ko’rganlari aytilgan: 

"Бундан Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам пайғамбар бўлишларидан аввал ухлаб ётганларида ҳузурларига фаришталар келганини билмаганлари чиқади.
Аммо у зотга ваҳий тушганидан кейин исро кечасида Жаброил алайҳиссалом келганларида билганлар."
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #61 : 06 Noyabr 2008, 22:00:05 »
Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

Izoh ham e'lon qilinibdiku.
Demak, Keltirilgan ikki manba ham Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadis ekan. Demak, sahobaning ismida adashilgan bo'lsa kerak. Aslini topib ko'rish kerak

Bu savolning javobi (Talha ibn Ubaydulloh va Abu Talha nomlari almashtirib qo’yilmagan. To’g’ri javob: Abu Talha) to’g’ri berilgan.
Hadisning asl matni shunday:

12-bob. Ollohning «amanatan nu’osan» («shirin mudroq») degan qavli xususida

Abu Talha: «Uhud kuni jang maydonida erkanligimizda bizlarni shunday bir uyqu elitdiki, qo‘limdan qilichim tushib ketdi. Men uni qo‘limga olsam, yana tushib ketar erdi»,— deydilar. (“Sahihi Buxoriy”)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

anisa

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 95
  • -oldi: 122
  • Xabarlar: 49
  • Jins: Ayol
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #62 : 07 Noyabr 2008, 19:56:30 »
Assalomu alaykum!
Ba’zi savol-javoblarga aniqlik kiritsangiz.
10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")
Ushbu javob izohida Zubayr ibn Avvomning otliq askarlarga bosh etib tayinlanganiga qanday ishora bor? Holbuki boshqa kitoblarda otliq askarga Abdulloh ibn Jubayr bosh edi eb ko’rsatilgan. Masalan: “Hadis va hayot” iqtibos: Шанба куни эрталабдан Пайғамбар алайҳиссалом етти юз кишини урушга тайёрлай бошладилар. Элликта отлиқ, элликта камончи бор эди. Уларга Абдуллоҳ ибн Жубайр розияллоҳу анҳуни бошлиқ этиб тайинладилар.
Yoki Tarixi Muhammadiyda shunday keltirilib izohda o’sha joyi kiritilmaganmi?

Va alaykum assalom!
Avvalo aytib qo’yishimiz kerak, biz ham ilm toliblaridanmiz, o’qib-o’rganganlarimiz asosida savollarni tuzib, sizlarga taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Xatoliklar bo’lsa Allohning O’zidan avf so’raymiz. 

Endi savollarga kelsak, yuqoridagi savol bejizga berilmagan edi. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, 4-turning 14-savolida Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib qo’yganlar? deb ham so’ralgan edi. Endi otliq askarlarga kim boshliq bo’lganligi haqidagi savol ham alohida turibdi. Abdulloh ibn Jubayrning Uhud jangidagi 50 ta musulmon merganlarga boshliq bo’lganliklari haqida shubha yo’q:
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. (“Sahihi Buxoriy”)

Islom askari ichida o‘q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vazifasini unga topshirdilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

Ellik kamonchiga madinalik Abdulloh ibn Jubayirni bosh qilib, orqa tomonga joylashtirildi. (“Nurul-yaqin”)

Yuqoridagi hadisda va boshqa kitoblardan keltirilgan iqtiboslarda ham Abdulloh ibn Jubayrning otliq askarlarga boshliq etilganlari aytilmagan, hadis matnida u zotning kamonchi merganlarga boshliq bo’lganlari aytilyapti.

Tarix kitoblarida yozilishicha, Rasululloh SAV mushriklar qo’shining o’ng tomonidagi Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo’shinlarga musulmonlardan Zubayr ibn Avvom boshliq otliq qo’shinlarni qo’yadilar.

Savolda esa aynan otliq qo’shinlar qo’mondoni so’ralgan edi.
Mulohazamiz sababi izoh Zubayr ibn Avvomning otliq qo'shinlar qo'mondoni ekanligini anglatmagani bois edi.
Sizdan qaysi tarix kitobida shunday keltirilganini so'raymiz. Iltimos izohdagi kabi asarning nomini keltiring 

anisa

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 95
  • -oldi: 122
  • Xabarlar: 49
  • Jins: Ayol
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #63 : 07 Noyabr 2008, 20:03:56 »
Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin  uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?

Hadis matniga ko’ra, ya’ni Ka’ba masjididan sayohat qildirilish kecha aynan isro kechasidir, buni hadis qavllarining qavs ichidagi izohida ham ta’kidlab o’tilgan.
Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar.
Hadis matnidan ma’lum bo’lyaptiki, Rasululloh SAV ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina, farishtalarni ko’radilar. Vallohi a’lam.

“Hadis va Hayot”da yuqoridagi hadis sharhida ham Rasulimiz SAVning isro kechasida Jabroil alayhissalomni ko’rganlari aytilgan: 

"Бундан Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам пайғамбар бўлишларидан аввал ухлаб ётганларида ҳузурларига фаришталар келганини билмаганлари чиқади.
Аммо у зотга ваҳий тушганидан кейин исро кечасида Жаброил алайҳиссалом келганларида билганлар."

Izohingizdan nima demoqchiligingizni tushunmadim.
Payg'ambar bo'lganlaridan keyinmi yoki Isro kechasidami?
Javobingizni aytib unga qoidamizga ko'ra izoh manbasi bilan keltiring.
« So'nggi tahrir: 08 Noyabr 2008, 09:22:19 muallifi Y_U_R_I_S_T »

Muallim

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 3460
  • -oldi: 420
  • Xabarlar: 90
  • Jins: Erkak
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #64 : 17 Dekabr 2008, 11:15:59 »
 :bs1:
Alhamdulillah, Alhamdulillahi Robbil a'lamin, Val aqibatulilmuttaqiyn, Vassolatu vassalamu ala Rosulihi Muhammadin va ala alihi va ashabihi ajmain.

Barcha sovrindorlarni, viktorinada qatnawgan barcha iwtirokchilarni, hususan uni tawkillawtirgan barcha admin, hamda mutasaddi hodimlarni viktorinaning muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ularga o`z minnatdorchiligimni bildiraman...
Yaratgan egam barcha iwtirokchilarni ajru mukofotlasin, hamda iymon yo`lida sobit qadam qilsin. Alloh bizlarni bu hayrli iwlarimizni bardavom qilsin!
Vassalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.

lolo

  • Mehmon
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #65 : 17 Noyabr 2009, 08:56:44 »
 :as:
Shu o'yin yana qachon davom etadi? Niyatlar bormi?
Shu o'yin sababli ko'pchilik kitob titkilab ancha-muncha bilimga ega bo'lib borayotgani kuzatilar edi.
Alloh rozi bo'sin.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #66 : 17 Noyabr 2009, 09:05:40 »
Va alaykum assalom!
Duo qilib tursangizlar, inshaalloh boshlaymiz.
Hozirdanoq, kitoblarni titkilab, savol tuzishga va berilajak savollarga munosib javob berishga tayyorgarlik ko'raveringlar!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #67 : 17 Noyabr 2009, 10:04:49 »
Assalamu alaykum.
Abdulaziz,loloni gaplari to'g'ri. Keling, shu tanlovni davom ettiramiz. Siz keyingi bosqichni mavzusini aniq qilib e'lon qilsangiz, biz tayorgarlik ko'rardik, InshaAlloh.
Shunda forumda ham bekorchi joylarda aylanib yurishimizga vaqt qolmasdi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #68 : 17 Noyabr 2009, 10:43:37 »
Va alaykum assalom!
Demak, 3-bosqich mavzulari, inshaalloh quyidagicha bo'ladi:

3-bosqichning 1-turi mavzusi: Bani Qurayza g'azoti
3-bosqichning 2-turi mavzusi: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
3-bosqichning 3-turi mavzusi: Hudaybiya g'azoti va sulhi
3-bosqichning 4-turi mavzusi: Haybar g'azoti
3-bosqichning 5-turi mavzusi: Ro'za hukmlari (Hanafiy mazhabida)
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #69 : 17 Noyabr 2009, 11:36:46 »
Assalamu alaykum.
Demak, 3-bosqichni 1-turi boshlandi.
Bu mavzu bo'yicha savollarni qabul qilamiz.
Bu tanlovning shartlari va tartibi yuqorida berilgan.
Barcha ishtirokchilarni bu tanlovda qatnashishlikka chaqiramiz.
Alloh barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

PS:G'olib va g'olibalarga har galgidek, Alloh rizosi uchun sovg'alar beradigan kishilar topiladi,InshaAlloh.
« So'nggi tahrir: 17 Noyabr 2009, 11:38:53 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Yangi tanlov: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #70 : 18 Noyabr 2009, 01:36:16 »
Alhamdulillah bir hayrli ishni davom ettiribsizlar.

InshaAlloh biz ham har doimgidek faol bo'lishga harakat qilamiz.  :D

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #73 : 28 Noyabr 2009, 08:00:24 »
III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti


6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?

Mana shu savolga javob hech bir kitobda aniq keltirilmagan

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.

Bu savolga ham aniqrog'i variantlarga tushunmadim...
Kitoblarda turlicha kelgan
2 ta variantdagi aniq kelgan?

Aniqlik kiritasiz digan umiddaman





AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Viktorina savollari bo'yicha mulohazalar
« Javob #74 : 28 Noyabr 2009, 21:16:06 »
III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti


6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?

Mana shu savolga javob hech bir kitobda aniq keltirilmagan

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.

Bu savolga ham aniqrog'i variantlarga tushunmadim...
Kitoblarda turlicha kelgan
2 ta variantdagi aniq kelgan?

Aniqlik kiritasiz digan umiddaman

6. Savol aniq, javobi ham aniq. Boshqa kitoblardan ham qidiring.

9. Savolda yahudiylar yengilganlarini tan olmaslaridan ilgari raislari tomonidan taklif etilgan fikrlar so'ralmoqda. Qamaldan so'nggi takliflar bilan adashtirilmasin.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

"Arab tili" mavzusi bo'yicha fikr-mulohazalar

Muallif Musannif AdhamBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 39
Ko'rilgan: 27398
So'nggi javob 21 Avgust 2011, 09:51:36
muallifi N.Nodirbek
"Islomiy media" bo'limi bo'yicha fikr-mulohazalar, takliflar, maslahatlar...

Muallif shoirBo'lim Islomiy media

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7471
So'nggi javob 27 Yanvar 2009, 22:12:59
muallifi ZUBAIR
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6390
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 97677
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu
Chingiz Aytmatovning "Jamila" qissasi haqida mulohazalar

Muallif forumnnbBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 10212
So'nggi javob 22 Iyun 2011, 18:13:57
muallifi Kinjo