"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134694 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 27 B


shoir  02 May 2008, 15:53:12

Va alaykum assalom!

Ushbu hayrli ish mutasaddilaridan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 May 2008, 16:09:06

Manda shu mavzu bo'yicha bir taklif bor edi.

10 tur tugaganidan so'ng, yuborilgan savollarni, ya'ni tanlovda ishtirok etmagan qolgan savollarni ham joylasangiz.
Va azolar bu savollarga ham javob berib, yanada ilmlarini oshirsalar.

Manimcha bu bilan ilm olmoqchi bo'lgan ilm toliblari yanada izlanishadi.

P.S. Bunga sovg'a shart emas, uzerlarga foydali bo'lgani uchun aytdim.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 May 2008, 09:26:50

Assalamu alaykum. Barcha ishtirokchilarimizga bir murojaatim va iltimosim bor edi. Sizlardan iltimos, bitta nom bilan javoblarni jo'natsangiz va faqat bir joyga. Ya'ni Pm orqali yoki pochtaga. Va albatta bitta nom bilan. Chunki ikki xil nom bilan javob yo'llab keyin ikkisini ham joylab bo'lganimizdan keyin bizga ma'lum qilgan ishtirokchilarimiz ham bo'ldi. Bu bizga ancha qiyinchiliklar tug'dirdi. Shuning uchun sizlardan iltimos. Bunday ishlarga yo'l qo'ymasangizlar. Bizni juda xursand qilgan bo'lardingiz. Alloh barchamizni haq yo'liga boshlasin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 May 2008, 09:20:04

Manda shu mavzu bo'yicha bir taklif bor edi.

10 tur tugaganidan so'ng, yuborilgan savollarni, ya'ni tanlovda ishtirok etmagan qolgan savollarni ham joylasangiz.
Va azolar bu savollarga ham javob berib, yanada ilmlarini oshirsalar.

Manimcha bu bilan ilm olmoqchi bo'lgan ilm toliblari yanada izlanishadi.

P.S. Bunga sovg'a shart emas, uzerlarga foydali bo'lgani uchun aytdim.


Savol mualliflari ko'pligi uchun ular tuzgan savollar ham ko'pincha bir xil bo'lib qolayapti.

Ba'zi savollar esa keyingi turlarga olib qo'yildi. Inshaalloh u savollardan ham foydalanamiz.

Ortib qolgan savollar ham bor. Ularni ham yig'ib qo'yyapmiz. Inshaalloh ularni ham e'lon qilamiz.


PS. Savol jo'natayotgan birodarlar, savolingizning manbasi va qisqacha izohini ham jo'natsangiz, o'zimiz uchun ham, boshqa ilm tolibida bo'lganlar uchun ham xayrli bo'lardi.

Qayd etilgan


Sakina  09 May 2008, 19:09:46

305 ball yig'olganimdan juda ham hursandman. Ayniqsa ohirgisida 75 ball yig'ishimga ko'zim yetmudi juda ham zo'r ketvotti rahmat kottakon Alloh rozi bo'lsin barcha ishtirok etvotganladan, o'yin tashkillashtirganladan, savollar yuborayotganlardan...

Qayd etilgan


Naimjon  10 May 2008, 01:51:28

Anchadan beri kirmagandim, bir pastda 5 turga ham yetib kelibsila
Lekin judayam zor ish qilgansila
Ishlarizga omad va rivoj
Alloh Taolo ilmlarizni ziyoda qilsin

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 May 2008, 13:38:32

Assalomu alaykum!
Viktorina qatnashchilari diqqatiga.

Viktorina shartiga ko'ra tuzailgan savol uchun 5 ball beriladi.
Bu degani savoldan foydalanilgani uchun to'g'ri javoblardan tashqari yana ballar qo'shiladi, degani emas.
Tuzgan savollaringiz sizga o'sha savolga aniq javob bereishingizga kafolat bo'ladi.
O'z savolingizga javobni bilgan holda javob berib, keyin yana savol uchun ball talab qilish insofdan emas.

Alloh barchamizdan rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


shoir  15 May 2008, 17:44:37

Assalomu alaykum!

Tahorat hukmlari haqidagi 5-tur ancha qiyin ekan.
savol tayyorlayotganlardan Alloh rozi bo'lsin!
Bizni yana-da kitob titkilashga undayaptilar.

Yana shunaqa fiqhiy savollar ko'p bo'lsa yaxshi bo'lardi. O'ylab ko'rsam ko'pchiligimiz har kunlik ibodatlarimiz hukmlarini to'lig'icha bilmas ekanmiz. Inshaalloh shu sabab ancha o'rganib olardik.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 May 2008, 01:14:46

Assalomu alaykum!
5-turdagi yanglishlik uchun viktorina ishtirokchilaridan uzr so'raymiz.

Tahorat hukmlari haqidagi turning 10-savolida xatolik ketibdi:

10. Quyidagilardan qaysi biri tahoratning makruh amallariga kirmaydi?
a) Suvni yuzga zarb bilan urish, suvni o‘ta kam ishlatishlik, suvni isrof qilish.
b) Najosatli o‘rinlarda tahorat olish, Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish, ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi.
c) Yomg'ir suvida tahorat olish, badanni 3 martadan ko'p yuvish, tahorat tartibini buzish, ya'ni avval yuzni, so'ng qo'lni yuvish.
 
c) javobdagi badanni 3 martadan ko'p yuvish ham tahoratning makruhlaridan sanaladi. Shu bandni olib tashladik.

Xatolik bizdan o'tganligi sabab bu savol uchun barcha ishtirokchilarga 5 balldan belgilaymiz.

Qayd etilgan


Musannif Adham  16 May 2008, 06:19:57

Rahmat AbdulAziz aka. Men ham shu savolga(10-savol edi) javob berishga shubhalanib qoldim. Yaxshiki xato vaqtida tuzatilibdi.

Qayd etilgan