"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134709 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 27 B


AbdulAziz  06 Noyabr 2008, 21:59:03

Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin  uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?

Hadis matniga ko’ra, ya’ni Ka’ba masjididan sayohat qildirilish kecha aynan isro kechasidir, buni hadis qavllarining qavs ichidagi izohida ham ta’kidlab o’tilgan.
Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar.
Hadis matnidan ma’lum bo’lyaptiki, Rasululloh SAV ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina, farishtalarni ko’radilar. Vallohi a’lam.

"œHadis va Hayot"da yuqoridagi hadis sharhida ham Rasulimiz SAVning isro kechasida Jabroil alayhissalomni ko’rganlari aytilgan: 

"Бундан Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам пайғамбар бслишларидан аввал ухлаб ётганларида ҳузурларига фаришталар келганини билмаганлари чиқади.
Аммо у зотга ваҳий тушганидан кейин исро кечасида Жаброил алайҳиссалом келганларида билганлар."

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2008, 22:00:05

Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

Izoh ham e'lon qilinibdiku.
Demak, Keltirilgan ikki manba ham Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadis ekan. Demak, sahobaning ismida adashilgan bo'lsa kerak. Aslini topib ko'rish kerak

Bu savolning javobi (Talha ibn Ubaydulloh va Abu Talha nomlari almashtirib qo’yilmagan. To’g’ri javob: Abu Talha) to’g’ri berilgan.
Hadisning asl matni shunday:

12-bob. Ollohning «amanatan nu’osan» («shirin mudroq») degan qavli xususida

Abu Talha: «Uhud kuni jang maydonida erkanligimizda bizlarni shunday bir uyqu elitdiki, qo‘limdan qilichim tushib ketdi. Men uni qo‘limga olsam, yana tushib ketar erdi»,— deydilar. ("œSahihi Buxoriy")

Qayd etilgan


anisa  07 Noyabr 2008, 19:56:30

Assalomu alaykum!
Ba’zi savol-javoblarga aniqlik kiritsangiz.
10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")
Ushbu javob izohida Zubayr ibn Avvomning otliq askarlarga bosh etib tayinlanganiga qanday ishora bor? Holbuki boshqa kitoblarda otliq askarga Abdulloh ibn Jubayr bosh edi eb ko’rsatilgan. Masalan: "œHadis va hayot" iqtibos: Шанба куни срталабдан Лайғамбар алайҳиссалом етти юз кишини урушга тайёрлай бошладилар. А­лликта отлиқ, слликта камончи бор сди. Уларга Абдуллоҳ ибн Жубайр розисллоҳу анҳуни бошлиқ стиб тайинладилар.
Yoki Tarixi Muhammadiyda shunday keltirilib izohda o’sha joyi kiritilmaganmi?

Va alaykum assalom!
Avvalo aytib qo’yishimiz kerak, biz ham ilm toliblaridanmiz, o’qib-o’rganganlarimiz asosida savollarni tuzib, sizlarga taqdim etishga harakat qilmoqdamiz. Xatoliklar bo’lsa Allohning O’zidan avf so’raymiz. 

Endi savollarga kelsak, yuqoridagi savol bejizga berilmagan edi. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, 4-turning 14-savolida Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib qo’yganlar? deb ham so’ralgan edi. Endi otliq askarlarga kim boshliq bo’lganligi haqidagi savol ham alohida turibdi. Abdulloh ibn Jubayrning Uhud jangidagi 50 ta musulmon merganlarga boshliq bo’lganliklari haqida shubha yo’q:
Barro ibn Ozib rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Uhud kuni kamonchi merganlarga Abdulloh ibn Jubayrni boshliq qilib qo‘ydilar. ("œSahihi Buxoriy")

Islom askari ichida o‘q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vazifasini unga topshirdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

Ellik kamonchiga madinalik Abdulloh ibn Jubayirni bosh qilib, orqa tomonga joylashtirildi. ("œNurul-yaqin")

Yuqoridagi hadisda va boshqa kitoblardan keltirilgan iqtiboslarda ham Abdulloh ibn Jubayrning otliq askarlarga boshliq etilganlari aytilmagan, hadis matnida u zotning kamonchi merganlarga boshliq bo’lganlari aytilyapti.

Tarix kitoblarida yozilishicha, Rasululloh SAV mushriklar qo’shining o’ng tomonidagi Xolid ibn Valid boshchiligidagi otliq qo’shinlarga musulmonlardan Zubayr ibn Avvom boshliq otliq qo’shinlarni qo’yadilar.

Savolda esa aynan otliq qo’shinlar qo’mondoni so’ralgan edi.
Mulohazamiz sababi izoh Zubayr ibn Avvomning otliq qo'shinlar qo'mondoni ekanligini anglatmagani bois edi.
Sizdan qaysi tarix kitobida shunday keltirilganini so'raymiz. Iltimos izohdagi kabi asarning nomini keltiring 

Qayd etilgan


anisa  07 Noyabr 2008, 20:03:56

Assalomu alaykum!
6 tur 19 savol bo'yicha
. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Ushbu savol javobida ham tushunarsizlik mavjud. Menimcha, izohda qalblari isro kechasidan keyingina ko’radigan bo’lganiga aniq ishora yo’q. Yoki hadis sharhida shunday deyilganmikan? Agar shunday bo’lsa iltimos izohga uni ham kiriting.
Chunki boshqa ma’lumotga ko’ra Rasululloh SAV vahiy tushishi boshlanganan keyin  uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi deyilgan (Hadis va hayot shu hadisning o’zining sharhida).
Shu mavzuda bir savol tug’ildi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi, deyilgan hadis matnida. Hamma payg’ambarlarda Payg’ambarimizdek isro-me’roj sodir bo’lmaganku. Ularda bu holat qachondan boshlangan?

Hadis matniga ko’ra, ya’ni Ka’ba masjididan sayohat qildirilish kecha aynan isro kechasidir, buni hadis qavllarining qavs ichidagi izohida ham ta’kidlab o’tilgan.
Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar.
Hadis matnidan ma’lum bo’lyaptiki, Rasululloh SAV ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina, farishtalarni ko’radilar. Vallohi a’lam.

"œHadis va Hayot"da yuqoridagi hadis sharhida ham Rasulimiz SAVning isro kechasida Jabroil alayhissalomni ko’rganlari aytilgan: 

"Бундан Муҳаммад мустафо соллаллоҳу алайҳи васаллам пайғамбар бслишларидан аввал ухлаб ётганларида ҳузурларига фаришталар келганини билмаганлари чиқади.
Аммо у зотга ваҳий тушганидан кейин исро кечасида Жаброил алайҳиссалом келганларида билганлар."

Izohingizdan nima demoqchiligingizni tushunmadim.
Payg'ambar bo'lganlaridan keyinmi yoki Isro kechasidami?
Javobingizni aytib unga qoidamizga ko'ra izoh manbasi bilan keltiring.

Qayd etilgan


Muallim  17 Dekabr 2008, 11:15:59

 :bs1:
Alhamdulillah, Alhamdulillahi Robbil a'lamin, Val aqibatulilmuttaqiyn, Vassolatu vassalamu ala Rosulihi Muhammadin va ala alihi va ashabihi ajmain.

Barcha sovrindorlarni, viktorinada qatnawgan barcha iwtirokchilarni, hususan uni tawkillawtirgan barcha admin, hamda mutasaddi hodimlarni viktorinaning muvaffaqiyatli yakunlanganligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ularga o`z minnatdorchiligimni bildiraman...
Yaratgan egam barcha iwtirokchilarni ajru mukofotlasin, hamda iymon yo`lida sobit qadam qilsin. Alloh bizlarni bu hayrli iwlarimizni bardavom qilsin!
Vassalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu.

Qayd etilgan


lolo  17 Noyabr 2009, 08:56:44

 :as:
Shu o'yin yana qachon davom etadi? Niyatlar bormi?
Shu o'yin sababli ko'pchilik kitob titkilab ancha-muncha bilimga ega bo'lib borayotgani kuzatilar edi.
Alloh rozi bo'sin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 09:05:40

Va alaykum assalom!
Duo qilib tursangizlar, inshaalloh boshlaymiz.
Hozirdanoq, kitoblarni titkilab, savol tuzishga va berilajak savollarga munosib javob berishga tayyorgarlik ko'raveringlar!

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 10:04:49

Assalamu alaykum.
Abdulaziz,loloni gaplari to'g'ri. Keling, shu tanlovni davom ettiramiz. Siz keyingi bosqichni mavzusini aniq qilib e'lon qilsangiz, biz tayorgarlik ko'rardik, InshaAlloh.
Shunda forumda ham bekorchi joylarda aylanib yurishimizga vaqt qolmasdi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Noyabr 2009, 10:43:37

Va alaykum assalom!
Demak, 3-bosqich mavzulari, inshaalloh quyidagicha bo'ladi:

3-bosqichning 1-turi mavzusi: Bani Qurayza g'azoti
3-bosqichning 2-turi mavzusi: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
3-bosqichning 3-turi mavzusi: Hudaybiya g'azoti va sulhi
3-bosqichning 4-turi mavzusi: Haybar g'azoti
3-bosqichning 5-turi mavzusi: Ro'za hukmlari (Hanafiy mazhabida)

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 11:36:46

Assalamu alaykum.
Demak, 3-bosqichni 1-turi boshlandi.
Bu mavzu bo'yicha savollarni qabul qilamiz.
Bu tanlovning shartlari va tartibi yuqorida berilgan.
Barcha ishtirokchilarni bu tanlovda qatnashishlikka chaqiramiz.
Alloh barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin.
Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz.

PS:G'olib va g'olibalarga har galgidek, Alloh rizosi uchun sovg'alar beradigan kishilar topiladi,InshaAlloh.

Qayd etilgan