Assalomu alaykum!
"œBiz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 6-turi ko’pchilikni kitob titkilashga, izlanishga majbur qilgani bizga kelgan maktublardan bilindi.
Bu tur fiqhiy mavzuda bo’lganligi uchun unda ba’zi ixtiloflar ham bo’ldi. Bugun biz ushbu ixtiloflardagi holatlarni inobatga olib, 2 ta savoldagi savoblarda tog’ri javob varianti 2 taligini e’tiborga olib, natijalarni qayta hisoblab chiqdik va sizlarga ma’lum qilmoqdamiz.
Ushbu tur haqidagi ushbu mulohazalar bizni judayam xursand qildi:
Avvalo bu turdagi savollar ancha qiyin va biz uchun manzur bo`lganligini ta`kidlab o`tmoqchiman. Ushbu murakkablik bizlarni nafaqat bir-ikki balki, bir necha o`nga yaqin manbalarni olib izlanishimizga sabab bo`ldi. Umuman 6-tur savollari izlanishimda mendan 10`lab soatlar xattoki bir necha kunlar talab qildi. Albatta bu men uchun yutuq bo`ldi.
Birodar Alloh rozi bolsin savollarni juda qoyil qilib tuzilibdi, lekin qozonda bori cho'michga chiqar ekan topish qiyin boldi bahonada hali kop narsani bilmasligimni bilib oldim salomat boling.
Endi savollar va uning izohlariga kelsak,
5. Quyidagilarning qaysi biri vojib ro’za hisoblanadi?
a) Kafforat ro’zasi ("œKifoya"ga ko’ra, kafforat ro’zasi tayinli bo’lmagan farz rozadir.) .
b) Nazr ro’zasi ("œKifoya"ga ko’ra, nazr ro’zasi vojib, "œNurul Izoh"ga ko’ra, farzdir.) .
c) Nafl niyati bilan tutib, keyin buzilgan ro‘za qazosi ("œNurul Izoh"ga ko’ra, vojibdir.) .
d) Muharram oyining 9-10-kunlari ro’za tutish ("œNurul Izoh"ga ko’ra, nafldir.) .
e) a, b, c javoblar. (bu yerda a javobi noto’g’ri.) .
Ushbu savolning javoblariga asos bo’lgan manbalar:
Farz ro‘za ham ikkiga, ta’yinli va ta’yinli emasga bo‘linadi.
Ta’yinli farz ro‘za — Ramazon ro‘zasini ado etishdir.
Ta’yinli bo‘lmagan farz ro‘za — Ramazonning qazosi va kafforot ro‘zasidir.
Vojib ro‘za ham ikkiga, ta’yinli va ta’yinli emasga bo‘linadi.
Ta’yinli vojib ro‘za — muayyan nazr ro‘zadir.
Ta’yinli bo‘lmagan vojib ro‘za — mutlaq nazr ro‘za va nafl ro‘zani buzgan bo‘lsa qazosini tutishdir. ("œKifoya")
1. Farz bo’lgan ro’za. Ramazon ro’zasining adosi va qazosi, kafforat ro’zalari, nazr ro’zalari.
2. Vojib ro’za - nafl niyati bilan tutilgan va keyinroq buzilgan ro’zalarning qazosidir. ("œNurul Izoh")
Ko’pchilik bu savolga e javobini belgilab xato qilgan. Biz esa qayta hisoblashda b va c javobni belgilaganlarning javoblarini qabul qildik.
10. Quyidagilardan qaysi biri makruhi tahrimiy hisoblanmaydi?
a) Navro’z bayrami kuni ro’za tutish ("œKifoya"ga ko’ra makruhi tanzihiy, "œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
b) Ramazon va Qurbon hayiti kuni ro’za tutish ("œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
c) Tashriq kunlari ro’za tutish ("œNurul-Izoh"ga ko’ra makruhi tahrimiy)
d) Taqiqlangan kunlarigina tutmay, yilning qolgan kunlarining hammasida ro’za tutish («Olamgiriya», «Xulosa»ga ko’ra, makruh emas)
e) Yuqoridagi javoblarning barchasi.
Ushbu savolning javoblariga asos bo’lgan manbalar:
Bir yilning barcha kunlarida, hatto taqiqlangan kunlarida ham qoldirmay ro‘za tutish makruhdir. Ammo taqiqlangan kunlari tutmay, qolgan kunlari tutsa makruh emas. Shuningdek, iftorlik qilmasdan bir necha kun nafl ro‘za tutish ham makruhdir. Nafl ro‘zaning eng afzali bir kun tutib, bir kun tutmaslikdir. («Olamgiriya», «Xulosa»)
Navro’z bayrami kuni ro’za tutish makruhi tanzihiydir. ("œKifoya")
Tahrimiy makruh - Ramazon hayiti va Qurbon hayiti, tashriq kunlari, faqatgina juma yoki faqatgina shanba kunida, Navro‘z (21 mart) va Mehrjon (17 sentyabr) bayramlari kuni ro‘za tutishdir. Biroq Navro‘z va Mehrjon ro‘za tutishni odat qilgan kunlariga to‘g‘ri kelsa, u kunda ro‘za tutishning karohati yo‘qdir. ("œNurul-Izoh")
Biz qayta hisoblashda a va d variantlarni belgilaganlarnbing javoblarini qabul qildik.
Alloh ilmingizni ziyoda qilib, To’g’ri yo’lidan adashtirmasin!