«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).
BIZ ISLOMNI BILAMIZMI? - 4 BOSQICH "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Ramazon hayiti munosabati bilan viktorinaning 4-bosqichini e'lon qildik.
"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh
2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi.
Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.
Tartib:Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3-4 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni
[email protected] elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.
Hisob:Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
- To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
- Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.
Mulohazalar:Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni
[email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
To'rtinchi bosqichning 1-tur mavzusi -
Mu'ta g'azotiUshbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.
Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!