AbdulAziz, viktorina savollari bo'yicha natijalarni ko'rdim. Eng ko'p shubhalangan savollarimda xato qilibman. Men asosan Turkcha ma'lumotlardan foydalanganim uchun hatto Turkcha asarlarda ham mavzuga oid javoblarda har xillik ko'zga tashlanadi. Masalan, Xolid ibn Valid qo’shini bilan urushgan qurayshliklardan nechtasi halok bo’ldi? savoliga 70, 20, 12 degan javoblarda ishonarli kitoblarda o'qidim. İlgari ham e'tibor berganimday, asosan sonlarda har xilliklar anchagina ekan.
Shuning uchun javobi har xil bo'lishi mumkin bo'lgan, yani sonlar qatnashmagan savollar bersangiz bo'ladimi?
Keyin Hotib ibn Abu Balta’a Rasululloh (s.a.v.)ning Makkaga maxfiy yurishlarini Qurayshga bildirish maqsadida bir ayolni Makkaga jo’natdi. Rasululloh s.a.v. uning ortidan yuborgan sahobalar orasida javobdagi qaysi birlari yo’q edi?
savoliga ham ishonarli manbalarda javoblar har xil, hatto forumdagi 2 kitobda ham 2 xil javob berilgan.
Lekin hammasiga qaramay, Payg'ambarimizni hayotlarini o'rganishimiz uchun vaqt ajratishimizga sabab bo'lganingiz uchun sizlardan Alloh rozi bo'lsin.
Men ham fikringizga qo'shilaman. Saodat asri qissalari kitobida:
Аҳвол нозик сди. Абу Суфён А асули акрам жанобимизнинг ҳузурларига ҳаллослаб келди.
— Ҳолид бизларни қириб битирди, — деди.
Жаноби Лайғамбар бир кишини чорлаб, дарҳол Ҳолиднинг ёнига боришга ва савашни
тсхтатишга буюрдилар. У киши сша заҳоти чопқиллаб кетди. Ҳолидни топди.
Лекин:
— А асулуллоҳ қслингга тушганларни слдиришингни амр қилсптилар, — деди.
Жанг давом стди. Ўлим фармони имзоланганларнинг ҳаёт дафтарлари бирин-кетин
ёпилаверди. Жами слдирилганларнинг сони етмишга борди.
deyilgan.
Lekin Tarixi Muhammadiyda esa:
Bu yoqdan Hazrati Xolid hamla qilib, dushmandin yigirma
to‘rt kishini o‘ldirib, o‘z askaridan ikki kishi shahid bo‘ldi.
deyilgan.
Nur ul-Yaqinda ham 24 kishi deyilgan ekan.
Keyingi savolga kelsak.
Haligi xatni olib borishi kerak bo'lgan ayol haqida.
— Хсп, майли, — деди, — орқага сгирилиб турингларчи.
Учала биродар орқа сгирилишди. Хотин бошини очиб, соч сримларининг остига сширган
хатни чиқарди ва уларга узатди. Шу тариқа масала ҳал стилди. Уч биродар вазифаларини адо
стишганидан шод, севинчли нигоҳлар ила бир-бирларини қутлашди. Сснгра хотинга:
— Ҳсп, майли, жонингни қутқардинг, уловингга минда, йслингга кетавер, — деб изн
беришди.
Али, Зубайр ва Мивдоддан (Аллоҳ улардан рози бслсин) иборат уч кишилик бу гуруҳ сса
Мадина йслини тутди.
Bu Saodat asri qissalarida.
Mana bu ma'lumot esa:
Badr g‘azotida qatnashgan sahoba Hotab ibn Abi Bultaa payg‘ambar alayhis-salomning Makkani fath etish uchun katta qo‘shin to‘plab yo‘lga chiqayotganlari haqida xat yozib bir ayoldan yashirincha jo‘natib yubordi. Bu hodisa rasulullohga vahiy orqali ma’lum bo‘ldi. Josus ayolni qaytarib kelish uchun darrov Ali, Zubayr, Miqdodlar yuborildi.
Nul ul-Yaqin kitobida bor.
Bu ma'lumot "Tarixi Muhammadiyda".
Hazrati Ali bilan Hazrati Zubayrni chaqirib, ularga buyurdilarki:
— Shu hozirda Makka yo‘lidagi Xoh bo‘stoniga borgaysizlar. O‘sha joyda Makkaga
ketayotgan bir xotun kishiga yo‘liqarsiz. Shu xotunda Qurayshga yozilmish xat bor, uni
keltiringlar.
Bu ikkovlari chopganlaricha borib, Rasululloh aytgan joylaridan u xotunni topdilar. Xatni
so‘rab edilar, ul xatni ko‘rganim yo‘q, deb tongali turdi.
Rahiq al-Mahtumda esa 4 kishini nomi kelgan.
Maylida, nima bo'lganda ham bilmaganimizni bilib olyapmiz, yahshi bo'lyapti.
Viktorinani boshlaganlardan va davom ettirayotganlardan, savol tuzganlardan, forumga savollarni ko'chirayotganlardan, barcha qatnashayotganlardan Alloh rozi bo'lsin.