"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar  ( 134749 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 27 B


Habib  12 Noyabr 2010, 11:50:55

1-misol.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan kelib, sakkiz oylik tinchlik bilan Madinada
turdilar. So‘ngra Rum podshosi Qaysar Hiraql sonsiz ko‘p askar yig‘ib Madina ustiga
yurish qilmoqchi bo‘libdur, yana nasoro arablaridan Lahm, Juzom, G‘asson qabilalari
ham ularga qo‘shilib, bularning oldingi askari Balqo’ shahriga kelib qolmish, degan
xabarlar Rasulullohga yetdi. Va bu xabarlar xalq o‘rtasida ham keng tarqaldi.

Manba: Tarixi Muhammadiy.
2-misol
Ғазотнинг сабаби
Лекин, шу билан бирга, асоссиз равишда мусулмонларга қарши душманлик мавқифини
тутган ташқи бир куч ҳам сртага чиқдики, у сша даврда ер юзидаги снг кучли ҳарбий қудратга
сга бслган румликлар сди. Аввал айтиб стилгани каби, бу адоват А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи
ва салламнинг слчилари бслмиш Ҳорис ибн Умайр ал-Аздийни Шураҳбил ибн Амр ал-Ғассоний
тарафидан слдирилиши билан бошланган сди. Ўшанда Ҳорис А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва
салламнинг Бусро ҳокимига йсллаган мактубларини олиб кетаётган сди. Шу воқеадан сснг
А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Зайд ибн Ҳориса бошчилигидаги сарийсни юборган,
бу сарийс аъзолари Муътада румликлар билан қаттиқ тсқнаш келишган, золимлардан сч олишга
муваффақ бслинмаган сса-да, ушбу тсқнашув чор-атрофдаги араблар дилида сзининг жуда
кучли таъсирини қолдирган сди.

Манба: А оҳийқ Ал-Маҳтум.
 
Хулоса сиздан!

Qayd etilgan


Ansora  12 Noyabr 2010, 14:01:14

Assalomu Alaykum.
8 turning natijalarini ko'rib, taajublandim.
1 savol haqida fikr yuritmoqchiman.
Meni fikrimcha, to'g'ri javob e) Barcha javoblar to'g'ri.
Izoh: Ko'p izlandim ushbu savol ustida. Boshida to'g'risi aytaman, A variantini tanlagan edim Hadis va Hayotni o'qib turib. Lekin boshqa kitoblarni o'qib fikrimdan qaytdim. Keyin fikr yuritdim ozgina, boshqa variantlardagi insonlar, ya'ni  Zayd ibn Horisa, Ja’far ibn Abu Tolib, Abdulloh ibn Ravohalar ham Rumliklar tomonidan o'ldirilgan. Mantiqan olib qaralsa, barcha javoblar to'g'ri ekan degan fikr tug'ilishi tabiiy. Savol tuzuvchi birodarimiz nimani nazarda tutib Ja'far ibn Abu Tolib deganlar, bilmadim. Vaholanki Abdulloh ibn Ravoha ham, Zayd ibn Horisa ham Nabiy (SAV) ga yaqin insonlar edi.
Meni fikrim shu. Yana tug'ilib qolsa, yozaman.

Muallim ikki marta rahmat aytib yuboribsizmi:)

Men ham bu savolni juda ko'p o'yladim, eng ohirida ishoratlagan savollarimdan biri bo'ldi, desam adashmayman.

Viktorina shu darajada ta'sir qilibdiki tushimda "Abdurrahmon bin Avf", deyayotgandim. Kun bo'yi esa nimagadir: "Evs va Hazraj" deyaverdim:)

Demak, online ham belgilandi, Rabbim hayirlarga vasila etsin inshalloh. 

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  12 Noyabr 2010, 15:11:33

1-misol.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan kelib, sakkiz oylik tinchlik bilan Madinada
turdilar. So‘ngra Rum podshosi Qaysar Hiraql sonsiz ko‘p askar yig‘ib Madina ustiga
yurish qilmoqchi bo‘libdur, yana nasoro arablaridan Lahm, Juzom, G‘asson qabilalari
ham ularga qo‘shilib, bularning oldingi askari Balqo’ shahriga kelib qolmish, degan
xabarlar Rasulullohga yetdi. Va bu xabarlar xalq o‘rtasida ham keng tarqaldi.

Manba: Tarixi Muhammadiy.
2-misol
Ғазотнинг сабаби
Лекин, шу билан бирга, асоссиз равишда мусулмонларга қарши душманлик мавқифини
тутган ташқи бир куч ҳам сртага чиқдики, у сша даврда ер юзидаги снг кучли ҳарбий қудратга
сга бслган румликлар сди. Аввал айтиб стилгани каби, бу адоват А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи
ва салламнинг слчилари бслмиш Ҳорис ибн Умайр ал-Аздийни Шураҳбил ибн Амр ал-Ғассоний
тарафидан слдирилиши билан бошланган сди. Ўшанда Ҳорис А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва
салламнинг Бусро ҳокимига йсллаган мактубларини олиб кетаётган сди. Шу воқеадан сснг
А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам Зайд ибн Ҳориса бошчилигидаги сарийсни юборган,
бу сарийс аъзолари Муътада румликлар билан қаттиқ тсқнаш келишган, золимлардан сч олишга
муваффақ бслинмаган сса-да, ушбу тсқнашув чор-атрофдаги араблар дилида сзининг жуда
кучли таъсирини қолдирган сди.

Манба: А оҳийқ Ал-Маҳтум.
 
Хулоса сиздан!


Habib birodarni fikriga qo'shilaman!

10- tur mavzusi nima haqida bo'ladi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Noyabr 2010, 15:24:42

Habib, savolni men tuzmaganman. Lekin javob izohida Ja'far ibn Abu Tolib nomlari aniq-tiniq berib qo'yilgan:

Rasululloh (sav) Hiraql rumliklar va o’ziga qarashli arab qabilalaridan qo’shin to’playotganini eshitib, ularga qarshi g’azotga otlandilar. Yana Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish uchun ham deyiladi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, “Al-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor”. 53-bet)

Bu yerda hech kim olim emas. Kitobda nima deb yozilsa, o'shani to'g'ri deb qabul qilaveramiz. Agar bironta manbada Ja’far ibn Abu Tolib r.a., Abdulloh ibn Ravoha r.a., Zayd Horisa r.a.larning qasoslari uchun deb aniq yozilganida albatta buni qabul qilardik.

Shoxruh Mirzo, savollar viktorinaning 1-bosqichidan to shu paytgacha kelgan mavzular yuzasidan bo'ladi.

Qayd etilgan


Habib  12 Noyabr 2010, 16:05:58

Habib, savolni men tuzmaganman. Lekin javob izohida Ja'far ibn Abu Tolib nomlari aniq-tiniq berib qo'yilgan:
Savolni tuzayotgan muhtaram yoki muhatarama insondan iltimos qilardikku, viktorina ham tamom bo'lib qoldida. ;)
Mayli, shunchaki bunday savollar ihtilofli, ko'p variantli savollarda.
Shuning uchun aytib edim.


Qayd etilgan


lolo  15 Noyabr 2010, 14:07:51

 :as:

10-tur mavzusini etishilani iltimos qilardim. Hech bo'lmasa Tabuk g'azotidan ilgarigi voqealar bo'yichami yoki keyingi voqealarmi? shuni etinglar. Alloh rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


Shoxruh Mirzo  15 Noyabr 2010, 15:54:21

:as:

10-tur mavzusini etishilani iltimos qilardim. Hech bo'lmasa Tabuk g'azotidan ilgarigi voqealar bo'yichami yoki keyingi voqealarmi? shuni etinglar. Alloh rozi bo'lsin.



10- tur mavzusi nima haqida bo'ladi?


Shoxruh Mirzo, savollar viktorinaning 1-bosqichidan to shu paytgacha kelgan mavzular yuzasidan bo'ladi.

Qayd etilgan


anisa  18 Noyabr 2010, 19:03:46

Assalomu alaykum!
Rasululloh (sav) Hiraql rumliklardan katta qo’shin to’playotgani haqidagi xabarni eshitib, sahobalarga Rumga qarshi g’azotga tayyorlanishni buyurdilar. Manbalarda kelishicha ushbu g’azotga chiqishlarining yana bir sababi nima edi?
a) Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
b) Zayd ibn Horisaning o’chini olish;
c) Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish;
d) Abdulloh ibn Ravohaning o’chini olish;
e) Barcha javoblar to’g’ri
To’g’ri javob 1: Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish.
Izoh: Rasululloh (sav) Hiraql rumliklar va o’ziga qarashli arab qabilalaridan qo’shin to’playotganini eshitib, ularga qarshi g’azotga otlandilar. Yana Ja’far ibn Abu Tolibning o’chini olish uchun ham deyiladi. (Sulaymon ibn Muhammad al-Luhaymid, "œAl-Anvar fi siyrat an-nabiy al-muxtor". 53-bet)
To’g’ri javob 2: Ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi;
Izoh: Mana shularni nazarda tutgan Qaysar Mu’ta jangidan bir yil ham o‘tmay, rumliklar va ularga tobe’ bo‘lgan G’asson va boshqa arab qabilalari ishtirokida juda katta qo‘shin hozirlay boshladi va hal qiluvchi qonli urushga tayyorlana boshladi. ("œRohiyq al-maxtum")
Ushbu savol javobining ikkinchi izohi bo’yicha e’tirozim bor. Izohda kelltirilgan manbada xossatan arablarning qo’shilishi ushbu g’azotga sabab bo’lgan degan hech bir ma’no anglashilmaydi. Balki ommatan rum va qo’l ostidagi qabilalarning urushga hozirlanishi urushning bosh sababi deyilgan.  Bu yerda ba’zi arablarning ularning safiga qo’shilishi deb olish ayni xato bo’ladi, zero Rumga tobe’ qabilalarning  askarlarning qo’shilishi bu tabiiy holku. Savol muallifi ham savolda buni aniq ko’rsatib yana bir boshqa sabab nima edi deb savolni aniq qo’ygan.  Izohda keltirilgan manbada ham aniq qilib amakilarining o’g’li Ja’far ibn Abi Tolibni o’chini olish maqsadida deb aniq yozib qo’yibdiku. Bundan tashqari bu g’azotga boshqa bir ncha sabablar ham ko’rsatilgan. Masalan, 1.Nasroniy arablar Hiraqlga payg’ambar vafot etibdi, diningni Arabiston yarim orolida yoygin. Buning uchun u yerga hujum uyushtirgin deganlari, 2.  Yahudiylar Rasululloh s.a.v.ga Shomga g’azot qilsangiz edi, zero u yerlar anbiyolar yurti deganlari, Rasululloh s.a.v. shunga javoban ushbu q’azotni boshlaganlari, bu haqida Alloh Taoloning Isro surasi 76 oyatni nozil qilgani 3.Rumni qo’shin to’plagani; 4. Amakilarining o’gli Ja’farning o’chini olish. Rumni qo’shin to’plagani savolni o’zida ta’kidlangani, Ja’farning o’chini olishdan boshqa sabablar variantda keltirilmagani bois ushbu javob to’g’ri bo’ladi vallohu a’lam bissavab.
Shuning uchun ba’zi arab qabilalarining rum askarlari safiga qo’shilishi degan variantni yana bir bor o’ylab ko’rishingizni so’rayman. Zero, ushbu q’azot sabalarida ba’zi arab qabilalarining qo’shilishi umuman sabab qilib ko’rsatilmagan.
Savol muallifidan ham fikr-mulohazalarini kutib qolaman. 

 Yuqoridagi ikkinchi izoh xuddi 1-turdagi ushbu savol-javob-izohiga o’xshab qolgan. Bu yerda izohda ham islomni qabul qilgani aytilmagandek:
13. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kurash tushgan va shu bilan islomni qabul qilgan Qurayshlik pahlavon kim edi?
a) Tufayl ibn Abu Amr
b) Rakona ibn Abdu Yazid
c) Xolid ibn Valid.
To’g’ri javob: Rakona ibn Abdu Yazid
Izoh: Quraysh qabilasi ichida Rakona ibn Abdu Yazid nomlik bir pahlavon yigit bor edi. Kurash maydonida otog‘i chiqqan, yonboshi yerga tegmagan edi. Bir kun xoli bir ko‘chadan o‘tib borayotganida, Payg‘ambarimiz aning oldidan chiqib:
— Ey Rakona, Xudodin qo‘rqgil, mening nasihatimni qabul qilib, Islom diniga kirgil, — dedilar. Anda Rakona:
— Ey Muhammad, sening kelturgan bu dining haqligini qaydin bilurman? Uning haqligiga biror belgi ko‘rsatsang, qabul qilayin, — dedi. Anda Rasululloh:
— Sening pahlavonligingga so‘z yo‘qdur. Kuch-quvvatda barchadin o‘zingni ustun chog‘larsan. Qo‘pgil (tur), ikkovimiz bu yerda kurashaylik. Agar seni yiqar bo‘lsam, mening haq payg‘ambarligimga ishonib, iymon keltururmisan? — dedilar. Ul ham roziligini bildirib, tura kelib kurashga tutindi. Muborak qo‘llari tekkan hamon butun kuchidin ajradi, ikki bukib, ani yerga urdilar. Bu ishga Rakona hayron qolib, qaytadin kurashmoqni talab qildi. Bu qatimda esa, burungidin og‘irroq holga qoldi. (Tarixi Muhammadiy)


Qayd etilgan


Zaxabiy  18 Noyabr 2010, 19:05:47

 :as:
Men ham yuqoridagi mulohazaga qo'shilaman!

Qayd etilgan


UmmatiY_MuhammadiY  19 Noyabr 2010, 10:25:53

:bsm:

:as:

9-турнинг жавоблари ва изоҳларини кутвоммиз.

Qayd etilgan