5-turning 3 ta savolining javoblarida o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi:
5. Oisha (r.a) ning kunyalari nima edi?
a) Aish
b) Humayro
c) Ummu Abdulloh
d) Ummu Ibrohim
e) farzandlari yo'q bo'lgani sababli kunyalari bo'lmagan
To'g'ri javob 1: Ummu Abdulloh
Izoh: "Kunyalari Ummu Abdulloh bo'lib, opalari Asmoning o'g'li Abdullohning ismi bilan kunyalangan edilar". (Ahmad Farid, "Oisha ummul mo'minin (r.a)". 9-b)
To'g'ri javob 2: Humayro
Izoh: Oisha onamizning o’zidan shunday hadis rivoyat qilinadi: "œRasul alayhissalom menga: "œEy Oisha, Jabroil senga salom keltirdi" dedilar" (Buxoriy rivoyati). Jabroil alayhissalomdek ulug’ farishtaning salomiga munosib bo’lish saodati har kimga ham nasib etavermaydi. Termiziyning "œShamoyil"ida Nabiy alayhissalom uni "œEy muvaffaqa" (qammatbaho tosh nomi) deb chaqirganlari keltirilgan. Ko’p hollarda "œEy Siddiqning qizi, Ey Abu Bakrning qizi" deya murojat qilganlar. Oisha roziyallohu anho Nabiy alayhissalomdan o’ziga kuniya berishni so’raganda "œSeni o’g’ling nomi bilan "œUmmu Abdulloh" deb chaqiramiz", deganlar. U opasining o’g’li Abdulloh ibn Zubayrni tarbiyasiga olgan edi. Nasoiyning "œSunan"ida Nabiy alayhissalomning bu suyukli ayolini "œEy Humayro" deb chaqirganlarini tasdiqlaydigan ikki hadis ham mavjud. (Abdulhamid Tahmoz, Oyisha r.a.)
Ilm ahllaridan aniqlashtirdim: yaxshi xulq, go'zal axloqni ifodalaydigan, yaxshi ma'no beradiga ism ham kunya hisoblanarkan. Agar yomon ma'noni ifodalasa, u laqab hisoblanarkan. Shunday ekan, Humayro ham kunya bo'la olarkan.
Ushbu savolda B va C javoblar to'g'ri javob sifatida qabul qilindi.
8. Ma'lumki, Rasululloh (s.a.v.) safarga o'zlari bilan olib chiqadigan ayollarini qur'a tashlab tanlaganlar. "Muraysi" jangida Rasululloh (s.a.v.) ayollari o'rtasida tashlangan qur'a qaysi zavjai mutohharalariga chiqqanini toping.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Ummu Salama
c) Hafsa binti Umar
d) A va B
e) A, B va C
To'g'ri javob: A va B.
Izoh: Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Ayollaridan Oisha bilan Ummu Salama ularga hamroh bo‘ldilar. (Nurul yaqin).
Ushbu savolda D variant eng to'g'ri javob ekanligi ma'lum bo'ldi.
9. Rasululloh (sav) qaysi qizlari haqida uni samodan kelgan vahiy bilan turmushga berganlarini aytganlar?
a) Zaynab (r.a)
b) Ruqiya (r.a)
c) Ummu Kulsum (r.a)
d) Fotima (r.a)
e) Barcha javoblar to'g'ri
To'g'ri javob: Barcha javoblar to'g'ri
Izoh: "Ibn Asokir Ummu Ayyashdan rivoyat qiladi. U Rasululloh (sav) ning qizlarining cho'risi edi. "Nabiy (sav) ning: "Men Ummu Kulsumni Usmonga osmondan kelgan vahiy ila nikohlab berdim", deganlarini eshitdim". (Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, "Nubuvvat xonadoni xonimlari". Hadis va hayot, 25-juz, 386-b).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rivoyat qilurlar: «Payg‘ambarlik davrida qaysi xotinni olgan bo‘lsam, yo qizlarimni kimga bergan bo‘lsam, barisi vahiy orqalik bo‘ldi». ("œTarixi Muhammadiy")
«Payg‘ambarlik davrida qaysi xotinni olgan bo‘lsam, yo qizlarimni kimga bergan bo‘lsam, barisi vahiy orqalik bo‘ldi».("œTarixi Muhammadiy")
Ushbu savolning E varianti "Barcha javoblar to'g'ri" deya o'zgartirildi. Ushbu savolga berilgan barcha javoblarni to'g'ri deya e'lon qilamiz.