Bilim olish madaniyati  ( 26312 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mahdiyah  15 Oktyabr 2006, 20:04:36

Jaholat va g'azab odamga ashaddiy dushmandir, bu ikkala dushman dastidan jon hamisha azob tortadi.

G'azabli odam hamisha o'kinchli bo'ladi, g'azab bilan ish qilgan kishi shubhasiz adashadi.

Qancha yillar o'tmasin ezgulik qarimaydi, yomonlik qancha  zozlanmasin, baribir aziz bo'la olmaydi.

Yaramas fe'lli odamning sevinchi va ovunchi bo'lmaydi.
Yusuf Xos Hojibning  Qutadg'u bilig" idan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  24 Aprel 2007, 13:38:01

Salom !!! Hozirda bilim olish madaniyati haqida gapiradigan bo'lsak menimcha juda sustlashib ketdi. Buni bollar bilan gaplashganda bilib olish qiyin emas. Axr biz kelajak avlodlarimizku.
Shuning uchun biz har birimiz o'qimog'imiz va yurtimiz rivoji uchun nimadir qi;ishimiz kerak. Bu bizning shior bo'lishi kerak.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 May 2007, 19:58:23

Bilim olish har bir insonning burchidir. Bilim olmagan inson bu kelajagi yo'q insondir. Biz har birimiz kuchli bilim olishimiz va o'z vatanimiz uchun munosib farzand bo'lmog'imiz va uning rivoji uchun o'z hissamizni qo'shmog'imiz kerak.

Qayd etilgan


Robiya  24 Sentyabr 2007, 12:24:29

Bilim olish madaniyati muhit,sharoit bilan bo'gliq deb o'ylayman.Masalan,hozirgi yoshlarning bilim olishi biznesga aylanib ketyapti.Ya'ni,ba'zilar men bu yerda o'qisam kim bo'laman-u,kelajakda qancha oylik olaman,u menga yetadimi yo'qmi,shunga qarab bilim olish madaniyatlarini ham shunga yo'naltirishyapti(bu o'rinda qiziqish ikkinchi darajaga tushib qolyapti).Natijada olgan bilimlari sustlashib, jamiyatiga foydadan ko'ra zarari ko'p tegyapti.Shuningdek,yoshlarning bilim olishi o'zlarini xohishiga qarshi tashkil etilyapti( ba'zi ota-onalari tomonidan).Masalan,farzandi boshqa sohaga qiziqadi,ota-onasining orzusi esa uni boshqa bilimni o'rganishga majbur qiladi.Shu holatda ham bilim olishga nisbatan qiziqish so'nadi.
 

Qayd etilgan


Foniy  12 Dekabr 2007, 16:29:13

Assalomu alaykum!

***
Avval insof, keyin ilm,..
Hikmat

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo’linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo’lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo’lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo’lmasin.
Ali ibn Abu Tolib

Ilm boylikdan qiymatlidir. Chunki boylikni sen qo’riqlaysan, xolbuki ilm seni qo’riqlar.
Hikmat

Bilmaslik emas, o’zini bilimdon qilib ko’rsatish ayb!
Hikmat

Ilm so’rashlik bilan qozoniladi.
Imom Zuhriy

Shuncha o`rganib shuni bildimki, men hali hech narsani bilmas ekanman.
Suqrot

Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan yaxshiroq zebu ziynat yo’q, badfellikdan yomonroq dushman yo’q.
Hikmat

Sen ilmga hamma narsangni bermaginingcha u senga hech narsa bermaydi.
Hikmat

Xoh diniy, xoh islomiy ilm bolsin, uni insonlarni mot qilish uchun emas, insonlarga yordam berish uchun o’rganish lozim!
Hikmat

Nodon kishi o’zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o’zining ilm va adabiga tayanadi.
Hikmat

Ilm olish og’ir, lekin ilmsiz yashash undan ham og’ir.
Hikmat

Asl Ilmni yo’qotmoqlik, yo’qotaman degan tushuncha bilan uni o’rganmaslikdir.
Abu Hurayra r.a.

Bir kimsaning ilmi, uni Ollohning ma’n qilgan narsalaridan qaytara olmasa, u buyuk tahlikadadir.
Imom A’zam Abu Hanifa r.a.
***

Qayd etilgan


Navoiyning izdoshi  14 May 2009, 15:47:15

Bilim olish haqida fikrim shunday:
Kimki agar hayotdan olmasa ta'lim
Unga o`rgatolmas hech bir muallim.

Qayd etilgan


Abdullah_Hayrullah  21 Iyun 2009, 19:17:45

                               :as:
Haa, inson farzandi har doim ilm olishga muhtoj. Hayvonlarchi, nima qilish kerakligini darhol bilib qo'ya qolishadi.
   Nahl surasining 78- oyatida "Alloh sizni onalaringizning qornidan chiqargan payt hech narsa bilmas edingiz" deya marhamat qiladi. Demakki, insonning vazifasi  ilm bilan komil bo'lmoq, duo bilan Alloh  :jl: ga qullik qilishdir.
   Haqiqiy ilmlarning asosi, xazinasi, nuri va ruhi Alloh :jl: ni butun ism va sifatlariyla bilishdir. Buning tamali, asosi esa Alloh :jl: ga iymondir.
                                     :as:
p.s. ilm o'rganmoqchi ekanligingizga ishonchingiz komilmi?

Qayd etilgan