Assalomu alaykum!
Aziz forumdoshlar va bir maqsad yo'lida birlashgan birodarlar.
Barcha Ensiklopediyani joylashga ahd qilgan a'zolarimizdan bir iltimos va taklif bor edi.
Siz o'zingizga biriktirilgan harflar bo'yicha yozilgan maqolalarni imkoni boricha to'liq o'qib chiqing. Bu o'zingiz uchun ham foydali. Nimanidir o'rganasiz. Ikkinchidan, ba'zi kichik xatolarni oldi olingan bo'lar edi.
Eng ko'p duch kelinadigan va tuzatilishi kerak bo'lgan xatolar:
- bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.
- rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.
Masalan:
БАЛААСИА (франя. balancier — мувозанатлаш) — 1) қ. Мувозанатлагич;
2) соат механизмининг юришини ростлаб турадиган мослама; сққа маҳкамланган, сртасида белламаси бслган Соат балансири.
ҳалқалар срами.
- har bir istiloh nomini qora (жирнс‹й) qilib bering. Masalan: ВАБО ИСААИ.
- agar istilohga qarang ... deya boshqa istiloh uchun ssilka berilgan bo'lsa, 1 qator tashlab shu postda boshqa istilohni ham berishingiz mumkin.
Bundan tashqari:
- Ikkita yoki uchta maqola bitta post sifatida ketib qolmoqda. Ularni bir-biridan farqlab bo'lmay qoldi. Masalan:
БАЛБАС ҚЎЙ ЗОТИ — гсшти, жуни ва сути учун боқиладиган қсй зоти. Ватани Туркис. Бу қсй зоти қсшалоқ қуйруғи б-н бошқа зотлардан ажралиб туради. Гсшт сифати схши. Ксчқорларининг тирик вазни 85—90 кг, совлиқлариники 55 — 60 кг.. БАЛЕАА ОА ОЛЛАА И - Ўрта денгизнинг ғарбий қисмидаги ороллар тсдаси, Испаниснинг Балеарес мухтор вилостини ташкил стади. Иккита катта орол — Мальорка ва Менорка о.лари ҳамда Литиус о.лари архипелагидан иборат. БАЛЕА ИАА (итал. baleriana, лот. Ballo — рақсга тушаман) — балет труппасидаги раққоса. Б. атамаси жаҳон санъатига 19-а.нинг 2-срмида кириб келган.
- Ba'zi joylarda "л" ҳарфи "д" tarzida, "нинг" birikmasi "пинт" yoki shunga o'xshash shaklda kelgan. Umuman bunga o'xshash orfografik xatolar ko'p. Shularga e'tiborliroq bo'laylik.
Barchamizning ishimizga olloh o'zi rivoj bersin.
Hurmat bilan.