So'rovnoma

Siz ham O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini Forumga kiritishdek xayrli ishga qo'shilasizmi?

Ha, bundan xursand bo'laman
  13 (92.9%)
Yo'q, bunga vaqtim bo'lmasa kerak
  1 (7.1%)
Yo'q, men netkafedan foydalanaman. Imkonim yo'q.
  0 (0%)
Bilmadim, buni o'ylab ko'rishim kerak ekan
  0 (0%)
Yaxshisi kuzatib boraman
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 13

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini joylash  ( 42747 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B

Y_U_R_I_S_T  27 Mart 2008, 12:47:11

Shoirbek zo'r ishni boshlabdilar. Ya'ni O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini kiritmoqdalar. Menda bir taklif bor. Shu ensiklopediyani Kutubxona bo'limiga emas, Intellekt bo'limiga kichik bo'lim sifatida kiritilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan

shoir  27 Mart 2008, 13:16:00

Tashakkur!
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasining ko'p qismlari skaner qilingan.
Shunga sizlardan yordam kerak. Ya'ni skaner qilingan sahifalarni o'qib, xatolarini to'g'rilab forumga joylashda yordam bersangizlar.
Bu narsa ko'pchilik birodarlarimizga ilm manbai bo'lardi.
Bu xayrli ishda faol ishtirok etuvchilardan Alloh rozi bo'lsin!

PS. Barcha savollar yuzasidan AbdulAziz va Shoirga murojaat etishingiz mumkin.

Qayd etilgan

AbdulAziz  29 Mart 2008, 06:51:47

Alloh rozi bo'lsin Shoir!
Yuristning ham bizga qo'shilganidan xursandman.
Inshaalloh, bu ilm majmuasidan ko'pchilik yurtdoshlarimiz bahramand bo'lishadi.

Ushbu xayrli ishga qo'shiluvchilar bo'lsa, xursand bo'lardik.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  30 Mart 2008, 10:25:32

Assalomu alaykum!

Men ham qo'limdan kelgan yordamni beraman. Nima yordam kerak bo'lsa tayyorman. Sgar qo'limdan kelsa Inshalloh qo'limdan kelganicha ado etaman!

Qayd etilgan

shoir  30 Mart 2008, 19:42:19

Assalomu alaykum!

Men ham qo'limdan kelgan yordamni beraman. Nima yordam kerak bo'lsa tayyorman. Sgar qo'limdan kelsa Inshalloh qo'limdan kelganicha ado etaman!

Va alaykum assalom!

Tashakkur!
Abdulaziz bilan bog'lansangiz, sizga qanday joylashni tushuntiradi.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  07 Aprel 2008, 16:18:50

Assalomu alaykum!

Men ham qo'limdan kelgan yordamni beraman. Nima yordam kerak bo'lsa tayyorman. Sgar qo'limdan kelsa Inshalloh qo'limdan kelganicha ado etaman!

Va alaykum assalom!

Tashakkur!
Abdulaziz bilan bog'lansangiz, sizga qanday joylashni tushuntiradi.

Assalomu alaykum.

Men ham Akbarning bizga qo'shilganidan xursandman. Safimiz xudo xoxlasa ko'payadi.

Qayd etilgan

Robiya  07 Aprel 2008, 16:21:55

Assalomu alaykum! Agar ruxsat bersangizlar men ham safingizga kirmoqchiman. O'zim ham bu ishdan rohat olaman. Mamlakatimiz milliy ensiklopediyasini forumga kiritishdek sharafga ega bo'lishimdan xursandman.

Qayd etilgan

Y_U_R_I_S_T  08 Aprel 2008, 10:44:09

Assalomu alaykum! Agar ruxsat bersangizlar men ham safingizga kirmoqchiman. O'zim ham bu ishdan rohat olaman. Mamlakatimiz milliy ensiklopediyasini forumga kiritishdek sharafga ega bo'lishimdan xursandman.

Assalomu alaykum.

O'zim ham bilgandim, bu ishga ko'pchilik bosh qo'shishini. Sizni ham bizning safimizga qo'shilganizdan xursandman. Kimga murojaat qilishizni bilsangiz kerak. Olloh sizga sabr va ishingiz barakotlar bersin.

Qayd etilgan

AbdulAziz  08 Aprel 2008, 20:32:27

Assalomu alaykum! Agar ruxsat bersangizlar men ham safingizga kirmoqchiman. O'zim ham bu ishdan rohat olaman. Mamlakatimiz milliy ensiklopediyasini forumga kiritishdek sharafga ega bo'lishimdan xursandman.

Va alaykum assalom!
Albatta, biz ham judayam xursand bo'ldik.
yaqin kunlarda, inshaalloh sizga "В ҳарфи"ni jo'nataman.

Qayd etilgan

AbdulAziz  10 Aprel 2008, 06:22:01

"O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"ni tayyorlab, forumga joylash uchun umumiy qoidalar

1. Skaner qilinib, matn holiga keltirilgan fayl sizga jo'natiladi. Har bir harfni bir kishi bo'lib olyapti. A ni Shoir, Б ni Yurist, В ni Robiya oldilar. Akbar va Abdurrohman ham talabgorlardan.

2. Fayli ochib, uni avval o'qib, tahrir qilasiz. Tahrirda quyidagilarga e'tibor bering:
  - avtozamena (Ctrl H) dan foydalaning, masalan ko'p joylarda ўзбек so'zi узбек tarzida ketib qolgan. Shunda siz avtozamena orqali bir necha joydagi xatolarni to'g'rilashingiz mumkin.
  - bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.
  - ensiklopdeya boshida keltirilgan shartli qisqartmalarni qoldiring. Masalan: б-н, ин-т, у-т, т-ра, мас.
  - har bir istiloh abzatsdan ketadi.
  - ensiklopediya kitobida sahifa tepasida shu sahifadagi so'z va sahifa raqami berilgan. Shuni o'chirib yuboriladi. Chunki bu yerdagi sahifa kitobnikiga to'g'ri kelmaydi.
  - rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.
  - jadvallarni ham kiritish shart emas. Ularni ham o'chirib, faqat matn bor joyni qoldiriladi.
  - ba'zi so'zlarning harflari orasida bittadan joy qolib ketgan. Ularni birlashtirish kerak. Masalan: Ф а й з и е в Т. - Файзиев Т.
  - rasm yoki jadval izohiga oid fikrni ham olib tashlanadi. Masalan: 6-жадвалга qarang.

3. Sizga yuborilgan faylni Wordda tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, tayyorlarini Intellekt bo'limi tarkibidagi O'zbekiston milliy Ensiklopediyasi bo'limchasida har bir harf uchun yangi mavzu qilib joylashingiz mumkin. Shularga e'tibor bering.
  - har bir istiloh alohida post qilinadi.
  - agar istilohga qarang ... deya boshqa istiloh uchun ssilka berilgan bo'lsa, 1 qator tashlab shu postda boshqa istilohni ham berishingiz mumkin.

Sizga yuborilgan harfning hamma istilohlari tahrir qilingandan so'ng, menga jo'nating.

Qilayotgan xayrli ishlaringizda Allohdan madad, kuch-quvvat tilayman.

Qayd etilgan