So'rovnoma

Siz ham O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini Forumga kiritishdek xayrli ishga qo'shilasizmi?


Ha, bundan xursand bo'laman
  13 (92.9%)
Yo'q, bunga vaqtim bo'lmasa kerak
  1 (7.1%)
Yo'q, men netkafedan foydalanaman. Imkonim yo'q.
  0 (0%)
Bilmadim, buni o'ylab ko'rishim kerak ekan
  0 (0%)
Yaxshisi kuzatib boraman
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 13



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini joylash  ( 42751 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Robiya  14 Aprel 2008, 15:33:29



Iloji bo'lsa biron davlat haqidagi katta maqolalarni ham bitta mulohaza qilib joylayveraylik. Ularning tabiati, xo'jaligi kabi kichik bo'limlarini alohida qilib joylashning keragi yo'q.


Keyin O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasidagi barcha mavzularni yopishqoq mavzuga aylantirsak. O'shanda yangi post qoldirilganda ham mavzular alfavit bo'yicha taxlanib turadi.
Xozir ba'zida "Б ҳарфи" yuqorida "A ҳарфи" pastda bo'lib turib qolmoqda.

Assalomu alaykum! Menimcha yaxshi taklif.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Aprel 2008, 08:09:39

Iloji bo'lsa biron davlat haqidagi katta maqolalarni ham bitta mulohaza qilib joylayveraylik. Ularning tabiati, xo'jaligi kabi kichik bo'limlarini alohida qilib joylashning keragi yo'q.

To'g'ri. AbdurRahmon, e'tibor qarating, bu narsa muhim. Chunki, javoblar soni shu harfda nechta istiloh borligini bildiradi.

Iqtibos
<<<БАКТЕА ИОЗЛАА  — қ. Бактериал касалликлар>>> kabi maqolalarda imkoni bo'lsa agar qarash tavsiya qilingan maqola kiritilgan bo'lsa, unda o'sha maqolaga link bersak. Misol uchun quyidagicha:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2417.msg114946#msg114946

Yaxshi taklif, erinmaganlar amalga oshirishsa, yaxshi bo'lardi.

Iqtibos
Keyin O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasidagi barcha mavzularni yopishqoq mavzuga aylantirsak. O'shanda yangi post qoldirilganda ham mavzular alfavit bo'yicha taxlanib turadi.
Xozir ba'zida "Б ҳарфи" yuqorida "A ҳарфи" pastda bo'lib turib qolmoqda.

Buning hozircha iloji yo'q. Agar ikkita yoki uchta yopishqoq mavzu bo'lsa, qaysi biriga so'nggi post kiritilsa, o'sha mavzu oldinga chiqadi. Inshaalloh, hammasini kiritib bo'lganimizdan so';ng, tartiblab qo'yamiz.

Qayd etilgan


AbdurRohman  15 Aprel 2008, 16:12:34

Iloji bo'lsa biron davlat haqidagi katta maqolalarni ham bitta mulohaza qilib joylayveraylik. Ularning tabiati, xo'jaligi kabi kichik bo'limlarini alohida qilib joylashning keragi yo'q.

To'g'ri. AbdurRahmon, e'tibor qarating, bu narsa muhim. Chunki, javoblar soni shu harfda nechta istiloh borligini bildiradi.
xop bo'ladi, bundan keyingilarini shunaqa qilib joylashtiraman

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  19 Aprel 2008, 10:17:37

Assalomu alaykum!

Aziz forumdoshlar va bir maqsad yo'lida birlashgan birodarlar.

Barcha Ensiklopediyani joylashga ahd qilgan a'zolarimizdan bir iltimos va taklif bor edi.

Siz o'zingizga biriktirilgan harflar bo'yicha yozilgan maqolalarni imkoni boricha to'liq o'qib chiqing. Bu o'zingiz uchun ham foydali. Nimanidir o'rganasiz. Ikkinchidan, ba'zi kichik xatolarni oldi olingan bo'lar edi.

Eng ko'p duch kelinadigan va tuzatilishi kerak bo'lgan xatolar:


- bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.

 - rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.

Masalan:
Iqtibos
БАЛААСИА  (франя. balancier — мувозанатлаш) — 1) қ. Мувозанатлагич;
2) соат механизмининг юришини ростлаб турадиган мослама; сққа маҳкамланган, сртасида белламаси бслган Соат балансири.
ҳалқалар срами.

 - har bir istiloh nomini qora (жирнс‹й) qilib bering. Masalan: ВАБО ИСААИ.

  - agar istilohga qarang ... deya boshqa istiloh uchun ssilka berilgan bo'lsa, 1 qator tashlab shu postda boshqa istilohni ham berishingiz mumkin.

Bundan tashqari:

 - Ikkita yoki uchta maqola bitta post sifatida ketib qolmoqda. Ularni bir-biridan farqlab bo'lmay qoldi. Masalan:

Iqtibos
БАЛБАС ҚЎЙ ЗОТИ — гсшти, жуни ва сути учун боқиладиган қсй зоти. Ватани Туркис. Бу қсй зоти қсшалоқ қуйруғи б-н бошқа зотлардан ажралиб туради. Гсшт сифати схши. Ксчқорларининг тирик вазни 85—90 кг, совлиқлариники 55 — 60 кг.. БАЛЕАА  ОА ОЛЛАА И - Ўрта денгизнинг ғарбий қисмидаги ороллар тсдаси, Испаниснинг Балеарес мухтор вилостини ташкил стади. Иккита катта орол — Мальорка ва Менорка о.лари ҳамда Литиус о.лари архипелагидан иборат.  БАЛЕА ИАА (итал. baleriana, лот. Ballo — рақсга тушаман) — балет труппасидаги раққоса. Б. атамаси жаҳон санъатига 19-а.нинг 2-срмида кириб келган.

 - Ba'zi joylarda "л" ҳарфи "д" tarzida, "нинг" birikmasi "пинт" yoki shunga o'xshash shaklda kelgan. Umuman bunga o'xshash orfografik xatolar ko'p. Shularga e'tiborliroq bo'laylik.

Barchamizning ishimizga olloh o'zi rivoj bersin.

Hurmat bilan.

Qayd etilgan


shoir  28 Aprel 2008, 14:49:07

Assalomu alaykum!
Hurmatli Yurist! Ensiklopediyani joylashda nega kamnamo bo'lib qoldingiz?
Tezroiq harakat qilaylik. Ensiklopediyaning boshqa qismlari ham qolib ketmasin...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  28 Aprel 2008, 16:19:15

Assalomu alaykum!
Hurmatli Yurist! Ensiklopediyani joylashda nega kamnamo bo'lib qoldingiz?
Tezroiq harakat qilaylik. Ensiklopediyaning boshqa qismlari ham qolib ketmasin...


Assalomu alaykum!

Gapingizda jon bor. Xozir bu masala bo'yicha ba'zi texnik muammolar paydo bo'lib qoldi. O'zi netga ham kamroq kirayapman. Xudo xoxlasa 2-3 kun ichida yana boshlashga harakat qilaman. Buning uchun uzr.

Qayd etilgan


MUTLU  08 May 2008, 15:13:41

Assalomu Alaykum hurmatli forumdoshlar. Hormanglar.
Agar iloji bo'lsa mani ham shi ishlarizga qo'shsanglar. Hudo hohlasa harakat qilaman qo'limdan keladi. Umumn olganda net kafeda ishlayman har holda bo'sh vqtim ko'p bo'lyabti ohirgi paytlarda.
Agar hop desanglar nima ish qilishligimni ayting.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 May 2008, 08:56:59

Assalomu Alaykum hurmatli forumdoshlar. Hormanglar.
Agar iloji bo'lsa mani ham shi ishlarizga qo'shsanglar. Hudo hohlasa harakat qilaman qo'limdan keladi. Umumn olganda net kafeda ishlayman har holda bo'sh vqtim ko'p bo'lyabti ohirgi paytlarda.
Agar hop desanglar nima ish qilishligimni ayting.

Va alaykum assalom!
Mutlu, sizga, Milliy Ensiklopediyaning З ҳарфиni yubordim.
Xatda ensiklopediyani qanday joylash qoidalari tushuntirilgan.
Sizga yuborilgan faylning dastlabki ikki sahifasini tahrir qilib qo'ydim. Shunga muvofiq boshqa sahifalarini ham yahrir qilib, forumga joylayverasiz.
Alloh qilayotgan hayrli ammalringizda baraka, kuch-quvvat ato etsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  19 May 2008, 07:46:35

Hurmatli MUTLU!

Ensiklopediyani joylashda qiuyidagilarga e'tibor qarating.

- imloviy xatolarni to'grilab keting.
- bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.
- har bir istiloh nomini qora (жирный) qilib bering. Masalan: ВАБО ИСЁНИ.
- har bir alohida istiloh abzatsdan ketadi.
- rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.
- ba'zi so'zlarning harflari orasida bittadan joy qolib ketgan. Ularni birlashtirish kerak. Masalan: Ф а й з и е в Т. - Файзиев Т.
- rasm yoki jadval izohiga oid fikrni ham olib tashlanadi. Masalan: 6-жадвалга qarang.

Qayd etilgan


shoir  21 May 2008, 09:29:41

Hurmatli Asr!
Har xil ma'lumotlar kiritishga qiziqarkansiz.
Lekin avvalo o'zbekcha ma'lumotlarni kiritsak yaxshi bo'lardi.
Ruscha ensiklopedik slovarlarni internetdan topsa bo'ladi. Lekin o'zbekcha ensiklopediyani topib bo'lmaydi.

Shuning uchun bizga qo'shiling. Sizga ham ham O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasidan boblar jo'natamiz. Shuni joylasangiz yaxshi bo'lar edi.

Qayd etilgan