Ilm va ziyo > Intellekt
Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
AbdulAziz:
7-online tur natijalari
1 Anisa 100
2 Rabella 100
3 Zinnurayn 100
4 Abdumuhaymin 90
5 Nigora G'afurova 90
6 Muallim 85
7 Aziza Mannopova 80
8 Musannif Adham 80
9 Abdulhafiz 75
10 Muhammad Amin 75
11 Iroda Turdimatova 70
12 Murod 70
13 Ummatiy Muhammadiy 70
14 Lolo 65
15 Dilmurod Sulaymonov 60
16 Sora Hasan 60
17 Sevara 55
18 G_u_l_i 50
19 Habib 50
20 Mirolim 50
21 Sa'dulla 50
22 Begzod Bakirov 45
23 Murtazo 30
Ushbu tur o'tgan yilgi online turdan ko'ra qiziqroq va samarali o'tdi.
Ayniqsa, Rabella, Zinnurayn, Abdumuhaymin va Nigora G'afurovaning muvaffaqiyatli ishtiroki bizni xursand qildi.
Ishtirokchilar ushbu turga ham puxta tayyorgarlik ko'rganlari ularning javoblaridan bilindi.
Afsuski, bu turda yetakchilardan Murod karimov ishtirok etmadi. Agar ishtirok etganlarida kuchli 5-likdan o'rin egallashlariga umid bor edi.
Ushbu turda va 5-bosqichda ishtirok etgan barchaga tashakkur. Alloh ilingizni ikki dunyoda xayrli qilsin!
PS. Ushbu turda barcha ishtirokchilar uchun yarim javoblar ham qabul qilindi. Ba'zi savollarda rivoyatlar har xil kelganligi bois, ishtirokchi manbaga asoslanib aytgan variant to'g'ri javob sifatida qabul qilindi.
AbdulAziz:
V bosqichning yakuniy natijalari:
1 Anisa 700
2 Muallim 685
3 Aziza Mannopova 665
4 Zinnurayn 660
5 Iroda Turdimatova 650
6 Rabella 640
7 Muhammad Amin 635
8 Habib 630
9 Mirolim 620
10 Ummatiy Muhammadiy 620
11 Murod 615
12 Dilmurod Sulaymonov 610
13 Nigora G'afurova 610
14 Murtazo 605
15 Sevara 595
16 Murod Karimov 575
17 Abdumuhaymin 535
18 Lolo 535
19 Musannif Adham 535
20 Abdulhafiz 515
21 Sora Hasan 505
22 Begzod Bakirov 490
23 Sa'dulla 470
24 G_u_l_i 445
25 Hoji Mahmudov 420
26 Nodirshoh 395
27 As-Samarqandiy 330
28 Abdul_Malik 310
29 N.Nodirbek 265
30 Fatima Sultanova 260
31 Muhammad Yusuf 215
32 Abdulaziz Toshmatov 185
33 Bahodir Ashurov 185
34 Farhodjon Isroilov 180
35 Ahmad 175
36 Gulhayo 125
37 Islombek 120
38 Bahrom Raupov 115
39 Dilmurod Majidov 85
40 Jamol og'a 75
41 Humayro 40
42 Abduqahhor 30
Bu yil ham o'tgan yilgidek Anisa 7 ta turda bironta ham xato qilmay, 1-o'rinni egalladilar.
Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.
Aziza Mannopova har yili bir o'rindan pastga tushmoqdalar, 3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan bu ishtirokchimiz 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.
Zinnurayn viktorinani o'rta holatda boshlab, so'nggi turlarda, ayniqsa, online turda 100 foiz javob berganlaridan so'ng, 10-o'rindan 4-o'ringa sakrab, o'tgan yilgidan bir pog'ona bo'lsa-da pastlab, sovrindorlar safidan joy oldilar.
Iroda Turdimatova esa o'tgan yilgi o'rinlaridan bir pog'ona yuqorilab, faxrli 5-o'rinni band etdilar.
Rabellaga qoil qolmasdan ilojimiz yo'q. So'nggi bosqichga juda a'lo darajada tayyorlanibdilar. Online turdagi 100 foizlik natija u kishiga 6-o'rinni naqd etdi.
O'tgan yili shirin tashvishlar ila viktorinada qatnasha olmagan, 1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.
Habib, so'nggi bosqichga yana ozgina tayyorlanganingizda kuchli 7-likdan joy olishingiz mumkin edi. Lekin 8-o'rin ham yomon natija emas.
9-o'rin sohibi Mirolim ham bu yil astoydil qatnashdilar. 9-o'ringa u kishiga Ummatiy Muhammadiy sheriklik qildilar.
Qolgan qatnashchilarga ham ishtiroklari uchun tashakkur bildiramiz.
Ilmlarini Alloh ikki dunyoda foydali qilsin!
Inshaalloh, yanagi haftaga g'oliblarni taqdirlaymiz.
Xomiylik qilmoqchi bo'lganlar bog'lanishlari mumkin.
Allohning Salomi, Rahmati va Mag'firati barchamizga bo'lsin!
AbdulAziz:
V BOSQICH
7-tur: Nubuvvat xonadoni xonimlari
1. Qaysi ummul mo’miniynning laqablari "œUmmul masokin" edi?
Javob: Ummul mo’miniyn Zaynab binti Xuzayma r.a.ning laqablari "œUmmul masokin" edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
2. Rasululloh s.a.v. "œEy Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan mal’un kim edi?
Javob: Rasululloh SAVning qizlari Ummu Kulsumni taloq qilib, u zotni haqorat qilgani sababli, Muhammad SAV Utayba haqida "œEy Allohim, bunga O’z itlaringdan bir itni musallat qilgin" deb duoibad qilgan va u Shomda sherga yem bo’lgan edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
3. Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi kim edi?
Javob: Oyisha r.a.ning onalari, Abu Bakr Siddiq r.a.ning xotinlari ismi Ummu Rummon edi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
4. Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa ikki insonga salom aytganlar. Ular kimlar?
Javob: Jabroil a.s. payg’ambarlardan boshqa faqat Oyisha onamizga salom aytganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Jabroil alayhissalom Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, Xadicha sizga bir idishda nonxurush (yoki taom yoki sharbat) olib kelibdi, agar (yana) kelsa, unga parvardigoridan va mendan salom aytingiz hamda unga bashorat qilingizki, uning uchun jannatda shakar qamishdan bir uy hozirlab qo‘yilgan bo‘lib, unda na tashvish va na mashaqqat bor», — dedilar». («Sahihi Buxoriy»)
5. Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol kim?
Javob: Hazrati Savda onamiz va Oyisha onamizga Rasululloh SAVning nomlaridan sovchilik qilgan ayol Usmon ibn Maz’unning zavjalari — Havla binti Hakim r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
6. Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: "œAyol kishi ersiz qancha sabr qiladi?" deb so’raganlarida, u kishi nima deb javob berganlar?
Javob: Hazrati Umar r.a. Hafsa onamizdan: "œAyol kishi ersiz qancha sabr qiladi?" deb so’raganlarida, u kishi: "œ4 oy" dedilar. Shundan so’ng hazrati Umar askarlarni 4 oydan ortiq ushlab turmaslikka farmon berganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
7. Oyisha onamiz: "œMen undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman" — deb kimni aytganlar?
Javob: Oyisha onamiz Juvayriya binti Horis r.a. haqida: "œMen undan ko’ra o’z qavmiga barakasi ko’proq ayolni bilmayman" — deganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
8. Hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lgan 2 mo’minlar onasi kimlar?
Javob: Oyisha va Ummu Salama onamiz hujralarida vahiy nozil bo’lish sharafiga noil bo’lganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
9. Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVdan tabarruk nimani olib yurardilar?
Javob: Ummu Salama onamiz doimo o’zlari bilan Rasululloh SAVning hinolangan bir necha dona soch tolalarini olib yurganlar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
10. Qaysi onamiz Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "œSizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", der edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh r.a. Rasululloh SAVning boshqa ayollariga faxrlanib: "œSizlarni ahllaringiz nikohlab bergan, meni Alloh taolo yetti osmonning ustidan nikohlab bergan", der edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
11. Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a. onamizga mahrlari nima bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Sofiya binti Xuyay r.a.ni ozod qilib, ozodlikni mahr qildilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
12. Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz kim?
Javob: Rasululloh SAVning zavjai mutahharalari ichida eng ko’p mahr olgan onamiz - Ramla binti Abu Sufyon r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
13. Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol kim?
Javob: Rasululloh SAV oxirgi uylangan ayol — Maymuna binti Horis r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
14. Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning nechta xotinlari bor edi?
Javob: Payg’ambar SAV vafot etganlarida u zotning 9 ta xotinlari bor edi. (Imom Nasaiy rivoyati)
15. Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini kim o’qigan?
Javob: Hazrati Oyisha r.a.ning janozalarini Abu Hurayra r.a. o’qidilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
16. Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etgani kim?
Javob: Mo’minlar onalari ichida eng so’ng vafot etganlari — Ummu Salama r.a.dir. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
17. Qaysi onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar?
Javob: Zaynab binti Jahsh onamiz teri oshlar, tikar va Allohning yo’lida sadaqa qilar edilar. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
18. Oyisha r.a.dan "œOdamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so’ralganida, u kishi kim deb javob berganlar?
Javob: Oyisha r.a.dan "œOdamlarning ichida Rasululloh s.a.v.ga eng mahbubi kim edi?" deb so’ralganida, "œFotima edi" — dedilar. (Termiziy rivoyati)
Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. O’shanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,—dedilar. «Undan keyin kim’»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim». ("œSahihul Buxoriy")
19. Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini kim o’qigan?
Javob: Ramla binti Abu Sufyon r.a. va Rasululloh SAVning nikohlarini Najoshiy o’qidi. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
20. Rasululloh SAV qaysi onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan?
Javob: Rasululloh SAV Zaynab binti Jahsh onamizga uylanganlaridan keyin Alloh taoloning hijob oyati nozil bo’lgan. ("œHadis va hayot"-25. "œNubuvvat xonadoni xonimlari")
AbdulAziz:
"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi bosqichlar bo'yicha umumiy natijalar
1 Anisa 4428
2 Lolo 4030
3 Dilmurod Majidov 3700
4 Aziza Mannopova 3528
5 Muhammad Amin 3415
6 Musannif Adham 3105
7 Muallim 2970
8 Mahdiyah 2850
9 Ummatiy Muhammadiy 2615
10 Bahriddin Botirov 2590
11 Habib 2335
12 Farhodjon Isroilov 2260
13 Robiya 2075
14 Muslima 1885
15 Abdulloh90 1820
16 Abduvohid Ahmadaliyev 1765
17 Shoir 1705
18 Dilnoza Mirsaidova 1630
19 Iroda Turdimatova 1588
20 Sa'dulla 1570
21 Murod Karimov 1515
22 Mutaallimah 1515
23 Abdumuhaymin 1410
24 Nodir Shoh 1235
25 Abdulhafiz 1190
26 Mirolim Qodiraliyev 1145
27 Guli Omonova 1140
28 Abdulaziz Toshmatov 1130
29 Bahodir Ashurov 1125
30 Otabek To'rayev 1055
31 Fatima Sultanova 1025
32 Zulayho Xon 973
33 Murod Mamasoliyev 895
34 Sardorbek Turdiyev 895
35 Xayrulla Ibragimov 860
36 Mubashsher Muhammad 850
37 Rayyona Usmonova 850
38 Muhammad Ibrohim 830
39 Jamoliddin Hasanov 805
40 Bahrom Raupov 800
41 Shoxruh Mirzo 785
42 Zamira Hamidova 765
43 Dilnura Hakimova 760
44 Fatima Aliyeva 745
45 Rabella 640
46 Dilmurod Sulaymonov 610
47 Nigora G'afurova 610
48 Murtazo 605
49 Sevara 595
50 Nurulla Mukhamedov 586
51 Muslima Mamajonova 585
52 Bekzod Bakirov 575
53 Huzayfa_89 570
54 Nodir Shomirzayev 550
55 Aziz Uralov 545
56 Muxsina 530
57 Sora Hasan 505
58 Sunnatilla Ochilov 500
59 Javlonbek Ikromov 490
60 Sita 485
61 Muhammad Sohib 480
62 Sarah Mann 480
63 Olmos Isakov 445
64 KWL 435
65 Erkin Vahidov 420
66 Hoji Mahmudov 420
67 Yoqutxon Rasulova 415
68 Abdulatif 410
69 Shoira Shodmonova 405
70 ZUBAIR 400
71 Abdul_Malik 395
72 Mo'min Mirzo 390
73 Olimxon 375
74 A'zam Rahimov 370
75 Guli Iskandarova 360
76 Alisher Abdullayev 350
77 Nodir Mamatqulov 340
78 Dilshod ibn Hamid 335
79 Nodirbek Nishonov 335
80 Samia 335
81 As-Samarqandiy 330
82 Sakina 305
83 Muzayyana 300
84 Abdurrahmon 290
85 Yurist 275
86 Burhon To'raqulov 270
87 Hadija 265
88 Ilhom Ahmadjonov 260
89 Kamronbek 260
90 Asadulloh 250
91 Mars 245
92 Muhammad Sobirov 245
93 Fazilat 220
94 Maryam Isaboyeva 215
95 Muhammad Yusuf 215
96 ЖАМШИДЖОН 180
97 Ahmad 175
98 Sarvar Tojiyev 175
99 Abduxoliq 165
100 Oysha 160
101 Nozima G'aniyeva 135
102 Gulhayo 125
103 Islombek 120
104 Muhammad Murod 120
105 Habibullayev Ulug'bek 105
106 Naimjon 105
107 Nuriddin Sirojiddinov 100
108 Ulugbek-Uz 100
109 Abdullatif Boltaboyev 95
110 Muhammad Saidxon 90
111 Baxtiyor Xonkeldiyev 85
112 Muslima20 85
113 Xolms 80
114 Umid Xalilov 75
115 Ibrohim Adham Yo'ldoshev 70
116 Farrux Boltaboyev 65
117 Muhammadaziz Mamitov 65
118 Iqbol G'afforov 55
119 Maqsud Asqarov 55
120 Salmoni Forsiy 55
121 Halim 50
122 Jamol og'a 50
123 Munira Rozikova 50
124 Azimjon Madrahimov 45
125 Humayro 40
126 Mis_Shoira 35
127 Sherzodjon 35
128 Abduqahhor 30
129 Anvar Abbosov 25
130 Gulmira25 25
AbdulAziz:
:bsm:
Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!
Alhamdulillah, bu yilgi "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 5-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi. Unda Rasululloh s.a.v. hayotlarining so'nggi damlari qamrab olindi. Ushbu bosqichda 42 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.
"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.
So'nggi 7-tur online savol-javoblardan so'ng, faxrli birinchi o'rin bu yil ham Anisa (Gulnoza Saidova)ga nasib etdi. U kishi 7 turda berilgan 140 ta savolning hammasiga aniq javob berdilar.
Har yilgidan-da samarali ishtirok etgan va so'nggi turdagina 3 ta xato javob bergan Muallim 2-o'rinni egalladilar.
3-bosqich g'olibi, 4-bosqich kumush medali sohibi bo'lgan Aziza Mannopova 5-bosqichda 3-o'rinni band etdilar.
Qo'qonlik ishtirokchi Zinnurayn 4-o'rinni egallagan bo'lsa, o'tgan yili 6-o'rinni egallagan Iroda Turdimatova 5-bosqichda 5-o'ringa ko'tarildlar.
Online turdagi 100 foizlik natija Rabellaga 6-o'rinni naqd etdi.
1- va 2-bosqichlarda 4-o'rin, 3-bosqichda 8-o'rin sohibi bo'lgan Muhammad Aminga bu yil 7-o'rin nasib etdi.
Viktorina g'oliblariga ushbu kitob va disklar taqdim etildi:
Qur'oni karim tilovati audio diski - 6 ta disk (Hasan va Husan qorilar)
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam (Tarjimon: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Hadis va hayot silsilasi (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ixtiloflar, sabablar, yechimlar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Zikr ahlidan so'rang. 1-jild (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Mustalahul hadis (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Fiqhiy yo'nalishlar va kitoblar (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ruhiy tarbiya audiodiski - 6 ta disk (Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)
Ishtirokchilar va natijalarning to’liq varianti shu yerda.
Barcha savollarga javoblar shu yerda.
Biz Islomni bilamizmi tanlovi arxivi shu yerda.
G’oliblarni va barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz. Ularga, oila a’zolariga sihat-salomatlik, Allohning salomi, rahmati va mag’firatini tilaymiz.
Viktorinada qatnashgan, bir sahifa bo'lsa ham kitob o'qib o'zining bilimini oshirgan, to oxiriga qadar hayajon bilan har bir savolga javob berib, natijalarni kutgan barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin! Ikki dunyoda foydali ilm bersin!
www.ziyouz.com tahririyati
Navigation
[0] Message Index
[*] Previous page
Go to full version