Muallif Mavzu: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 147939 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #90 : 24 Oktyabr 2008, 09:32:49 »
II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azotida “Muhammadni (sav) o’ldirdim” deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a
To’g’ri javob: Ibn Qam’a
Izoh: — Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur, uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.
Hazrati Umar:
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar — dedi.
Anda Abu Sufyon:
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur — dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan edi. (“Tarixi Muhammadiy”)

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Abu Azza
Izoh: Rasululloh asirlar ichidagi kambag'allardan fidya mol olmayin, alarni ozod qildilar. Shular ichida Quraysh shoirlaridan Abu Izza degan bir kishi bor edi. Bu bo'lsa, hijratdin ilgari Makkada Rasulullohga ko'p ozorlar yetkuzgan edi. Badr urushida bandi bo'lib, bu ham qo'lga tushdi. Rasulullohni oldilariga kelib: «Ey Muhammad, yaxshi bilursan, bola-chaqalarim ko'p, faqir kishidurman, mendin mol olmay, ozod qilishingni so'rayman», dedi. Anda Rasulullohning unga rahmlari keldi, qilgan gunohlaridan o'tib, uni bir pul chiqimsiz ozod qildilarda: «Lekin shu shart bilankim, bizni yomonlab xalq ichida she'rlar aytmagaysan, bizlarga qarshi so'kish uchun chiqqan qo'shinga qo'shilib kelmagaysan», dedilar. Ul ham bu shartlarni til uchida qabul qilgan bo'lib, boshini qutqazib ketdi. Makkaga borganida «Muhammaddin qandoq qutilib kelding?» deb so'raguvchi kishilarga, u: «Uni tilim bilan sehrlab, aldab keldim», deb maqtanur edi. Hatto qilgan ahdini buzib, musulmonlar haqida burungidan ham buzuqroq she'rlar aytgani turdi. Shu bilan ham to'xtamay, Uhud urushida qatnashgan Quraysh askarlariga qo'shilib, yana keldi. Lekin bu kelishida uni ajal haydab kelgan edi. Qo'lga tushgandin so'ngra o'ziga loyiq jazosini berdilar. (“Tarixi Muhammadiy”)

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.
To’g’ri javob: Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
Izoh: Quraysh mushriklari jangga otlangani haqida payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos maktub yo'llab xabar yetkazdi. (“Nurul yaqiyn”)

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
To’g’ri javob: Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
Izoh: Hanzala shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid edi. Quraysh xotinlari unga rahm qilgani uchun emas, balki mushrik va kofir otasi Abu Amir Rohib uning yoniga hech kimni yo‘latmagani uchun shunday bo‘lgan edi. (“Saodat asri qissalari”)

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr
To’g’ri javob: Amr ibn Jamuh
Izoh: Bu orada Amr ibn Jamuhning o‘g‘illari ham otalarini tuyaga ortishdi. Lekin tuya tuyoqlari yerga mixlangandek turib olib, bir qadam ham oldinga jilmadi. O’ngga yoki chapga boshlaganlarida bemalol yurar, boshini Madina tomonga burishgan zahoti esa, taqqa to‘xtab qolar edi. Bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, deb Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh (s.a.v.) 6u holni ilohiy ishoradan deb qabul qildilar va olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib, Uhudda ko‘mishga buyurdilar. Amrlari ijro etildi. Shu tariqa Amr ibn Jamuhning: "Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma", deb qilgan duosi tamomila ijobat bo‘lgan edi. (“Saodat asri qissalari”)

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik
To’g’ri javob: Amr ibn Uqaysh
Izoh: Erta tongda Madinaga kirib kelgan asli madinalik Amr ibn Uqaysh shaharda g‘arib bir holatni sezdi. Hamma tomonda xotinxalaj, erkaklardan esa asar ham yo‘q. Hayron bo‘lib, bir ayoldan so‘radi:
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?
Ayol unga qurayshliklar bostirib kelishganini, hamma ularning hujumini qaytarish uchun Uhudga ketganini aytdi. Amr darxol qurolini qo‘lga olib, yo‘lga tushdi. Jang boshlanmay turib Uhudga yetdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
— Bu yerga Qurayshga qarshi jang qilish uchun keldim.  Istasangiz, avval musulmon bo‘lib, keyin jangga kiray.  Istasangiz,  avval jang qilib,  keyin Islomni qabul qilay, — dedi.
— Avval musulmon bo‘l, keyin jang qil!
Amr Rasuli akram (s.a.v.) xuzurlarida kalimai shahodat keltirib, Islom dinini qabul etdi, keyin jangchilar safiga qo‘shildi. Oradan bir necha soat o‘taro‘tmas, Amr xali bir vaqt namozini o‘qishga ham ulgurmay, Islom dini buyurgan ibodatlarning hech birini bajarishga fursat topmay, ammo eng martabalisini ado etib, shahidlik sharbatini ichajak va o‘zini jannatning eshigi oldida ko‘rajak. (“Saodat asri qissalari”)

7. Uhud jangi qizib turgan  bir paytda Alloh yaratgan eng muborak  qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: “Allohim, ularni jannatda menga hamroh qil!” deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
Izoh: O’shanda ummu Ummora janob payg’ambarimizga o’z orzuyini bunday bayon etgan edi: - ey Allohning Rosuli,jannatda sizga qo’shni bo’lishimni so’rab Allohga iltijo qiling. Jang qizib turgan bir paytda Alloh yaratgan eng muborak qo’llar samoga ochilib,Anbiyolar sultonining tilidan: “Allohim,ularning jannatda menga hamroh qil!” degan niyozi robbul olaminga izhor etildi. (“Saodat asri qissalari”)

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Hazrati Hamza
Izoh: Ittifoqo Hamza Vahshiyning ro’parasiga kelib qoldi. Abdulazzo o’g’li Sabahni bir qilich zarbasi bilan yerga qulatdi, Vaxshiy bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermadi. Nayzasini otdi qahramonlarning qahramoni Hamzani shahid etdi. "Allohning yo’lbarsi" Hamzaning shahid bo’lishi islom qo’shinini sarosimaga soldi. (Hazrati Payg'ambarimiz va Islom dini)

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr
Izoh: U mashhur sahoba Jobir ibn Abdullohning otasi. Uhud kuni shahid bo’lgach farishtalar qanotlari bilan soya qilib turdilar. (“al-Anvar fiy siyratin-nabiy al-muxtor”)

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz
To'g'ri javob: Anas ibn Nazr.
Izoh: Rasululloh (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqalgach, ba'zi musulmonlar "Abdulloh ibn Ubayga elchi yuborganimizda edi, u bizlarga Abu Sufyondan omonlik olib berardi. Ey qavm Muhammad o'ldirildi, endi dushman kelib sizlarni o'ldirmasidan orqaga qaytinglar, deb jang maydonidan qocha boshlaydilar. Shunda Anas ibn Nazr ularga qarata yuqoridagi gaplarni aytib, jangga kiradi va shahid bo'ladi. ("Jami'ul bayan fi ta'vilil-Qur'an", Tabariy).

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr
To'g'ri javob: Mus'ab ibn Umayr
Izoh: Muhojirlar bayrog'ini ko'targan Mus'ab ibn Umayrning 2 qo'lini kesib tashladilar, lekin faqatgina o'lim uni bayroqni tashlashga majbur qildi. O'ldirgan Abdulloh ibn Qim'a Rasulullohni (sav) o'ldirdim deb o'yladi, chunki u payg'ambar (sav) ga o'xshardi. ("Siyratu-n-Nabaviy",  Al-Muborakfuriy).

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini
To’g’ri javob: 6 kishini
Izoh: Uhud urushidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Uzal va al-Qora urug‘laridan ba’zi kishilar kelib: «Ey, Allohning Rasuli, bizning ichimizga o‘z sahobalaringizdan ba’zi kishilarni yuboring, bizga dinni o‘rgatishsin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan o‘z sahobalaridan olti kishini yubordilar. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr
To’g’ri javob: Osim ibn Sobit
Izoh: Ushbu uch shahidning biri Osim ibn Sobit roziyallohu anhu Uhud urushida qurayshlik bir ayolning ikki o‘g‘lini qatl qilgan edi. O’sha ayol agar imkonini topsa Osim ibn Sobitning bosh chag‘anog‘ida xamr ichishni nazr qilgan edi. Osim roziyallohu anhu qatl qilinganda o‘sha ayol uning boshini berishlarini so‘rab keldi. Odamlar Abu Sufyonga, o‘z amakivachchangning boshini bundoq qilinishiga yo‘l qo‘yma, deb iltimos qildilar. Ammo Abu Sufyon haligi xotinga Osimning boshini kesib berishga amr qildi. Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.
To’g’ri javob: arilar o’rab oladi.
Izoh: Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq
To’g’ri javob: Xubayb ibn Adiy
Izoh: Shunda Xubayb roziyallohu anhu ularga: «Agar ma’qul ko‘rsangiz, menga ikki rak’at namoz o‘qib olishga ijozat beringlar», dedi. Ular: «Mayli, o‘qib ol», deyishdi.
U kishi yaxshilab ikki raka’t namoz o‘qidilar va jallodlarga qarab kulimsirab turib:
«Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», dedilar. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Zayd ibn ad-Dasana
Izoh: Xuddi o‘sha kuni Xubayb roziyallohu anhuning sheriklari Zayd ibn ad-Dasana roziyallohu anhuni ham boshqa bir mushriklar guruhi Umayyaya ibni Xalafning o‘chini olish uchun osib o‘ldirdilar. Dor tagiga mushriklar tomonidan tamosha uchun bir qancha odam to‘plangan edi. Zayd roziyallohu anhu sabrli, xotirjam va xushvaqt edi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon u kishiga qarab:
«Ey, Zayd, Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» dedi.
Zayd roziyallohu anhu bunga javoban: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», dedilar.
Shunda Abu Sufyon: «Men birovning ashoblari Muhammadning ashoblari Muhammadni sevganlaricha sevganini ko‘rmaganman», dedi. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib
To’g’ri javob: Toshbo’ron qilib
Izoh: Makka yaqinidagi Zahron degan joyga yetganlarida Abdulloh ibn Toriq roziyallohu anhu qo‘lini bo‘shatib qilichini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mushriklar bilib qolib u kishini toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. (“Hadis va hayot”: Nubuvvat va risolat)

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «â€¦», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga
To’g’ri javob: Dinga
Izoh: Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga», — dedilar». (Ya’ni, bu yerda ko‘ylak dinga tashbih qilingan bo‘lib, u odam avratini yopib, sharmandaliqdan asragani kabi, din ham odamni parvardigor oldida sharmisor bo‘lmoqdan hamda jahannam o‘tidan saqlagaydur). ("Al-jome' as--sahih", Imom al-Buxoriy)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #91 : 24 Oktyabr 2008, 09:38:57 »
II-bosqich 7- turning dastlabki natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Murod Karimov  - 95 ball.
4.Akbar  - 95 ball.
5.Musannif Adham  - 90 ball.
6.Lolo  - 85 ball.
7.Zubair  - 55 ball.
8.Farhod Isroilov  - 45 ball.
9.Abdulloh90 - 40 ball.
« So'nggi tahrir: 24 Oktyabr 2008, 09:44:33 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #92 : 24 Oktyabr 2008, 09:50:29 »
II-bosqich:
8-tur: Hamroul - Asad,Bani Nazir,Zotir Riqo' g'azotlari.

1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.

2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.

3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.

4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.

5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV  buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar.  Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.

6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.

7.Yana shu yili  arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)

8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida  Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

9.Bani  Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.

10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.

11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.

12.Bani Nazir qavmiga:”HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz” degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)”Moida” 90-91.
b)”Baqara”, 129.
c)”Hashr”,11-12.

13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.

14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.

15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)”Hashr”,7.
b)”Niso”,32.
c)”Moida”,100.

16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.

17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.

18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.

19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida “salotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o'qqiladigan namoz.

Ushbu turda Munira xonim  savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
« So'nggi tahrir: 24 Oktyabr 2008, 09:55:47 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #93 : 31 Oktyabr 2008, 08:29:25 »
II-bosqich 7-turning so'nggi natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Noza  - 100 ball.
4.Rohatoy  - 100 ball.
5.Murod Karimov  - 95 ball.
6.Akbar  - 95 ball.
7.Aziza Mannopova  - 95 ball.
8.Anisa  - 95 ball.
9.Musannif Adham  - 90 ball.
10.Lolo  - 85 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova  - 75 ball.
12.Rayyona  - 75 ball.
13.Zubair  - 55 ball.
14.Farhod Isroilov  - 45 ball.
15.Abdulloh90 - 40 ball.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #94 : 31 Oktyabr 2008, 08:30:50 »
II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u … bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u Umar bo‘lur», — dedilar». (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar).  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.
To’g’ri javob: Usmon r.a.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga
To’g’ri javob: Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: “Ushbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: “... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir”. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
Izoh: So’ngra o’zining musaffo, g’amgin, mehribon qarindoshlari bilan qabrini o’rab aytdi: Ushbu ikki qulog’im Rosululloh (sav) aytyotganlarini eshitgan: Tolha va Zubayr jannatdagi ikki qo’shnidir. (Rijalun havlar rosul).

6. Rasululloh SAV “Kimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin” deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh.
Izoh: “Mo’minlardan Allohga qilgan ahdlariga sodiq bo’lgan kishilar bor. Ulardan ba’zisi o’z ulushini oldi. Va ulardan ba’zisi kutib turmoqda. Va ular(ahdlarini) buzmadilar”. Payg’ambar s.a.v. bu oyati karimani tilovat qilib so’ngra ashoblarining yuzlariga boqdilar. Va Tolhaga ishora qilib dedilar: “Kimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan(vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Tolhaga qarasin!” (Rijalun havlar rosul).

7. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa …» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa …» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar?
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhumo)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar (Imom Ahmad «Musnad» 3/ 18182).

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura
To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od» 1/ 124).

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad
To’g’ri javob: Qusam, Fazl
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvganlarida kiyimlari yechilmagan edi (Ibn Hishom, «as-Siyra», 4/ 287)

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Sahl ibn Sa’dning qoshiga kelib: «Falonchi minbar oldida turib Alini «Ey Abu Turob!» deb chaqirdi» — deya kuldi. Sahl: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgina Alini shunday deb ataganlar. Ali uchun bundan mahbubroq ism bo‘lmagan», — dedilar. Keyin, men shul xususdagi hadisni aytib bermoqni Sahldan iltimos qildim. Sahl: «(Bir kuni) Ali Fotimaning huzurlariga kirdilar. (Ikkalalari aytishib qolgach), Ali masjidga chiqib, ul yerda cho‘zilib yetib oldilar. Janob Rasululloh (Fotimadan): «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — deb so‘radilar. Fotima: «Masjiddalar», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh Alining oldilariga borib qarasalar, ul kishining choponlari yelkalaridan tushib, orqalari tufroq bo‘lib yetibdi. Shunda Janob Rasululloh Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqa turib: «O’ltiraver, ey Abu Turob!» (ya’ni, «Hamma yog‘i tufroq, tufroqli»)— deb ikki bor aytdilar», — dedi».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy
To’g’ri javob: Muayqib Davsiy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uzugini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar («Zodul-ma’od» 1/ 128)

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’
To’g’ri javob: Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘riqchilari Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama, Zubayr ibn Avvom, Ubbod ibn Bishr va boshqalar (raziyallohu anhum) edilar. Alloh taoloning: «Alloh Sizni odamlardan himoya qiladi» (Moida: 67) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘riqchilariga buning xabarini berib, ularni tarqatdilar (Zodul-ma’od» 1/ 127)

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, …ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq
Izoh: Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni ko‘rdim. Qarasam, qarshimda Abu Talhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» o‘shal xotinning laqabi bo‘lib, uning mijjalarida doimo yiringga o‘xshash modda to‘planib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog‘imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balki, Hazrat Bilolning o‘zlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni ko‘rdim, uning hovlisida bir yosh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi bo‘ldim-u, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar» ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

19. “Ikki qanotli” nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolib
Izoh: Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’farning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a.
To’g’ri javob: Fotima r.a.
Izoh: Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #95 : 31 Oktyabr 2008, 08:35:57 »
II-bosqich 8-turning dastlabki natijalari.

1.Murod Karimov  - 100 ball.
2.Akbar  - 100 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 95 ball.
4.Aziza Mannopova  - 95 ball.
5.NOZA  - 95 ball.
6.Rohatoy  - 95 ball.
7.Lolo  - 95 ball.
8.Muslima Mamajonova  - 95 ball.
9.Dilnoza Mirsaidova  - 95 ball.
10.Rayyona  - 95 ball.
11.Abdulloh90  - 95 ball.
12.Musannif Adham  - 90 ball.
13.Dilmurod Majidov  - 90 ball.
14.Robiya  - 85 ball.
15.Zubair  - 80 ball.
16.Farhod Isroilov  - 70 ball.
 

Assalamu alaykum. Meni uquvsizligim sabab Dilmurod MAjidov ismli ishtirokchimizning 8-turga bergan javoblari qolib ketgan ekan. Shuni tahrir qilib joylab qo'ydim.Va buing uchun bu ishtirokchiumizdan uzr so'rayman. Biz ham ojiz bandamzi xato qilishimiz aniq. Bunday xatoga boshqa yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman. 
« So'nggi tahrir: 05 Noyabr 2008, 09:16:46 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #96 : 31 Oktyabr 2008, 08:45:42 »
II-bosqich 8 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  - 760 ball.
2.NOZA  - 755 ball.
3.Rohatoy  - 755 ball.
4.Akbar  - 755 ball.
5.Dilmurod Majidov  - 745 ball.
6.Aziza Mannopova  - 715 ball.
7.Musannif Adham  - 710 ball.
8.Dilnoza Mirsaidova  - 695 ball.
9.Rayyona  - 690 ball.
10.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 670 ball.
11.Lolo  - 665 ball.
12.Anisa  - 645 ball.
13.Muslima Mamajonova  - 585 ball.
14.Abdulloh90  - 585 ball.
15.Farhod Isroilov  - 565 ball.
16.Jahongir Qurbonov  - 430 ball.
17.Shoira Shodmonova  - 405 ball.
18.Robiya  - 385 ball.
19.A'zam Rahimov  - 370 ball.
20.Zubair  - 320 ball.
21.Muhammad Sobirov  - 245 ball.
22.Mars  - 160 ball.
23.Guli Iskandarova  - 100 ball.
« So'nggi tahrir: 05 Noyabr 2008, 09:25:18 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #97 : 31 Oktyabr 2008, 09:38:07 »
II-bosqich.
9-tur:Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.

5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)”Na’ba”
b)”Al-Haaaqqo.”
c)”Munafiquun”.

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa  r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha  r.anho va  Muhammad ibn Maslama r.anhu.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)”Ahzob”,10-20.
b)”Niso”,15-20.
c)”Nur”,11-21.

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.

11.”Handaq” ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)”Ahzob”9-13.
b)”Baqara”55-57.
c)”Moida” 75-77.

Usgbu turda Munira xonim savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.


Keyingi tur "Namoz hukmlari-2"(Hanafiy mazhabida).Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, izohi va manbaasi bilan qabul qilinadi.

« So'nggi tahrir: 31 Oktyabr 2008, 09:40:21 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #98 : 07 Noyabr 2008, 01:20:01 »
II BOSQICH
10-tur: Namoz hukmlari-2-qism. (Hanafiy mazhabida)

1. Namozning birinchi rukni “Harom qiluvchi takbir”( “Takbiri tahrima”) hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar 

2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi

3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo'lsa to’liq o'qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa

4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi

5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham

6. Shariatda “Ahli tartiblar” deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar

7. “Ahli tartib” bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi…
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda  tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa

9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish...
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak

12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish...
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib

13. Bir salom bilan namozni tugatish...
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom

14. Janoza namozida...
a) oyoq kiyim bilan namozni o'qisa bo'laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o'qish lozim. 

15. Masjidda jamoat namozi o'qib bo'lindi. Ba'zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o'girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkin.
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o'girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo'ladi.

16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo'ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.   

17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo'ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo'ladi.
b) Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.

18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo'ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
b) 1) kirib bo'lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.

19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.

20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi...
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o'qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.


Ushbu turda Aziza Mannopova va AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Mana, Allohga shukrlar bo’lsin, II-bosqichning so’nggi savollari e’lon qilinmoqda. Inshaalloh, yaqin kunlarda g’oliblar nomini ham e’lon qilamiz.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #99 : 09 Noyabr 2008, 23:11:59 »
8-turning so'nggi natijasi

1.   Akbar   100 ball
2.   Anisa   100 ball
3.   Murod Karimov   100 ball
4.   Abdulloh90   95 ball
5.   Abduvohid Ahmadaliyev   95 ball
6.   Aziza Mannopova   95 ball
7.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
8.   Lolo   95 ball
9.   Muslima Mamajonova   95 ball
10.   Noza   95 ball
11.   Rayyona Usmonova   95 ball
12.   Rohatoy   95 ball
13.   Dilmurod Majidov   90 ball
14.   Musannif Adham   90 ball
15.   Robiya   85 ball
16.   Zubayr   80 ball
17.   Farhod Isroilov   70 ball
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #100 : 09 Noyabr 2008, 23:12:48 »
9-tur natijalari

1.   Abdulloh90   100 ball
2.   Akbar   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Lolo   100 ball
5.   Murod Karimov   100 ball
6.   Noza   100 ball
7.   Rohatoy   100 ball
8.   Anisa   95 ball
9.   Farhod Isroilov   90 ball
10.   Musannif Adham      85 ball
11.    Zubayr   80 ball
12.   Robiya   70 ball
« So'nggi tahrir: 11 Noyabr 2008, 09:47:04 muallifi Munira xonim »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #101 : 09 Noyabr 2008, 23:13:20 »
9-turdan keyingi umumiy holat

1.   Murod Karimov   860 ball
2.   Akbar   855 ball
3.   Noza   855 ball
4.   Rohatoy   855 ball
5.   Dilmurod Majidov   845 ball
6.   Anisa   840 ball
7.   Musannif Adham     795 ball
8.   Lolo     765 ball
9.   Aziza Mannopova   715 ball
10.   Dilnoza Mirsaidova   695 ball
11.   Rayyona Usmonova   690 ball
12.   Abdulloh90   685 ball
13.   Abduvohid Ahmadaliyev   670 ball
14.   Farhod Isroilov   655 ball
15.   Muslima Mamajonova   585 ball
16.   Robiya   455 ball
17.   Jahongir Qurbonov   430 ball
18.   Shoira Shodmonova   405 ball
19.   Zubayr   400 ball
20.   A'zam Rahimov   370 ball
21.   Muhammad Sobirov   245 ball
22.   Mars   160 ball
23.   Guli Iskandarova   100 ball
24.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
25.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.   Iqbol G'afforov   55 ball
27.   Nurilla Muhammedov   45 ball
28.   Huzayfa_89uz   35 ball
29.   Gulmira   25 ball
« So'nggi tahrir: 11 Noyabr 2008, 09:53:36 muallifi Munira xonim »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #102 : 15 Noyabr 2008, 08:41:59 »
9-turning so'nggi natijalari

1.   Abdulloh90   100 ball
2.    Abduvohid Ahmadaliyev   100 ball
3.   Akbar   100 ball
4.   Aziza Mannopova   100 ball
5.   Dilmurod Majidov   100 ball
6.   Lolo   100 ball
7.   Murod Karimov   100 ball
8.   Noza   100 ball
9.   Rohatoy   100 ball
10.   Anisa   95 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
12.   Rayyona Usmonova   95 ball
13.   Musannif Adham   95 ball
14.       Farhod Isroilov   90 ball
15.   Zubayr   80 ball
16.   Robiya   70 ball

PS. Abduvohid Ahmadaliyev javoblarni 4 noyabr kuni jo'natgan ekanlar. Texnik sabablarga ko'ra qolib ketgan ekan. Shuni ham kiritib qo'ydik.
« So'nggi tahrir: 23 Noyabr 2008, 08:23:56 muallifi Munira xonim »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #103 : 21 Noyabr 2008, 08:35:10 »
II-bosqichning 8-tur javob va izohlari. Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari


1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.
To’g’ri javob: b) Uchinchi.
Izoh: Hamroul Asad g’azoti hijratning uchinchi yili bo’lib o’tgan Islom olamidagi eng katta g’azotlaridan biri bo’lgan Uhud g’azotidan keyin bo’lib o’tdi.

2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Musulmonlar Uhud jangidan mag’lub bo’lib qaytishganidan so’ng, Rasululloh SAV
mushriklar uzil-kesil g‘alaba qozonish niyatida orqaga qaytib, shaharni talon-taroj qilish ehtimolining oldini olish niyatida sahobalarni dushmanni ta’qib etishga chaqirdilar  va safarga faqat Uhud jangida qatnashganlar borishi mumkinligini uqtirdilar.

3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob: b)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Sahobalar jarohatlariga malham qo‘yib, Uhud g‘azoti uchun bog‘langan a’lamni yechmasdanoq jangga otlanishdi. Bu safar bayroq Ali ibn Abu Tolibga tutqazildi.

4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.
To’g’ri javob: c)Jobir ibn Abdulloh.
Izoh: Bu g’azotga Uhudda qatnashmagan ko’pchilik sahobiylar chiqishni xohlashdi,lekin Rasululloh SAV ularga ruxsat bermadilar. Faqat Uhudda mergan boshlig’I bo’lib shu yerdan jilmay shahid bo’lgan Abdullohning o’g’li Jobirga ruhsat berdilar. Jobir aytdi:”Uhudga siz bilan chiqmoqchi edim, lekin otamdan tug’ilgan to’qqiz qizni ichida men yolg’iz o’g’il eidm,otam g’azotga chiqishida menga shunday dedi:”Men bu jangda shahodat topgayman, InshaAlloh, bu qizlarg sen qarab turmasang bo’lmas” degani uchun ham men chiqolmadim.Buni bilgan Rasululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga chiqishiga ruhsat berdilar.

5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV  buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar.  Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.
To’g’ri javob: a)Abu Azza.
Izoh: Rasululloh qo‘lga tushgan shoir Abu Azzani o‘limga buyurdilar. U Badrda asirga tushganda musulmonlarga qarshi tashviqot yurgizmaslik sharti bilan qo‘yib yuborilgan edi. "Ey Muhammad, qizlarim uchun qo‘yib yubor, bolalarimni yetim qilma. Bundan keyin senga qarshi bir og‘iz ham gapirmaslikka va’da beraman", deya yolbordi. "Yo‘q, sening Makkaga sog‘-salomat borib, Muhammadni ikki marta boplab laqillatdim, deyishinga yo‘l qo‘yilmaydi. Mo‘min odam chayon chaqqan to‘shakka ikkinchi marta qo‘lini tiqmaydi, — dedilar rasululloh qat’iyat bilan va Zayidga yuzlanib buyurdilar. — Uning kallasini tanidan judo qil!" Buyruq shu zahoti ijro etildi.
Rasulullohning yuqoridagi gaplaridan aldam-qaldamdan saqlan-magan odam aqlli hisoblanmasligi, hokimiyatning asosini mustahqamlash uchun, qat’iyatli bo‘lish zarurligi anglashiladi.

6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.
To’g’ri javob: b) Imom Husayn.
Izoh: HAmroul Asad g’azoti bo’lgan yili juda ko’p muhim hodisalar ro’y berdi. SHulardan biri RAsululloh SAVning nabiralari, Hazrati Ali r.a. va Fotima r.a. larning farzndlari Hazrati Imom Husayn tug’ildi.

7.Yana shu yili  arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)
To’g’ri javob: b) Aroq ichish.
Izoh: Shu yili aroq harom qilindi. Arablar ichkilikni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar, agar birdaniga taqiqlansa juda ko‘p ko‘ngilsizlik yuz berishi ko‘zda tutilib, tadrijiy cheklana bordi. Aroq odamlarning dilini xufton qiladigan voqealarga sabab bo‘lishi, ham moddiy, ham ma’naviy, ham tibbiy zarari tufayli harom deb topildi.

8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida  Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob: b) Abdulloh Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh o‘z o‘rinlariga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktumni qoldirdilar. Lashkar jadal yo‘lga chiqib, Madinadan sakkiz mil olisdagi Hamroul Asad degan joyga yetib keldi.

9.Bani  Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.
To’g’ri javob:
Izoh: Hijratning to’rtinchi tili Bani Nazir g’azoti bo’lib o’tdi. Yengiltaklik bilan o‘ylamasdan ish qilish xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Tinchgina yashayogan biron qavmning boshliqlari o‘z manfaatlarini ko‘zlab qilgan xiyonatlari shu qavmga baloyu-qazo, vayrongarchilik olib kelishi muqarrar. Madina yaqinida yashovchi Xazraj qabilasining ittifoqdoshi bani Nazir yahudiylarining boyniga shunday kun tushdi.

10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.
To’g’ri javob: c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishdi.
Izoh: Musulmonlar bilan bani Nazir qabilasi o‘rtasida tinch-totuv yashash bitimi imzolangan edi. Biroq ular hasadgo‘yligi va niyati buzuqligi tufayli xiyonat ko‘chasiga kirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalar bilan bani Nazirlarning mahallasiga kelganlarida yahudiylar u kishiga suiqasd uyushtirishdi. Rasululloh ko‘chadan o‘tayotganlarida ustilariga xarsangtosh tashlab yuborishni rejalashtirishdi.

11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.
To’g’ri javob: a)Madinadan chiqib ketishlarini.
Izoh: Ularning shum niyatini sezib qolgan payg‘ambar alayhis-salom darrov orqaga qaytib ketdilar va Muhammad ibn Maslamani yuborib, xoinlik qilganlari uchun yahudiylarga Madinadan chiqib ketishni buyurdilar. (Zero haqiqiy ehtiyotkorlik insonning xiyonat bilan muomalada beparvo bo‘lmasligidir.)

12.Bani Nazir qavmiga:”HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz” degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)”Moida” 90-91.
b)”Baqara”, 129.
c)”Hashr”,11-12.
To’g’ri javob: c)Hashr,11-12.
Izoh: Yahudiylarning shahardan ko‘chib ketish tadorikini ko‘rayotganidan xabar topgan munofiqlar o‘z vakillarini yuborib: "Hech qayoqqa ketmanglar. Har qanaqa sharoitda biz yordam beramiz", dedilar. Olloh taolo Hashir surasining 11-12-oyatlarida munofiqlar haqida bunday deydi: "Munofiqlar ahli kitob orasidagi (Qur’onni) inkor etgan birodarlariga (yurtinglardan) chiqarib yuborilsanglar, biz ham albatta sizlar bilan birga ketamiz, sizlarning zararingaz hisobiga hech qachon birovga itoat etmaymiz, sizlarga (qarshi) urush ochilsa, yordam berishimiz aniq, deyishganini bilmaysanmi? Olloh guvohlik beradiki, ular mutlaqo yolg‘onchilardir. Agar ular haydab chiqarilsa, munofiqlar sira birga ketishmaydi. Agar ularga (qarshi) urush ochilsa, munofiqlar yordam qo‘lini cho‘zishmaydi, yordam berishsa-da ters burilib qochishadi, ahli kitob yordamga erisholmaydi".

13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.
To’g’ri javob; a)Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Yahudiylar munofiqlarning yordamiga umid bog‘lab, ko‘chish muddatini paysalga solishdi. Payg‘ambar alayhis-salom o‘rinlariga ibn Ummu Maktumni qo‘yib, Aliga tug‘ ushlatib, yahudiylarga qarshi yasov tortib chiqdilar.

14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.
To’g’ri javob” a) Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
Izoh: Bani Nazirdan g‘animat olingan mol-mulkni rasululloh g‘oziylarga bo‘lib bermadilar, sababi, bu chinakam jang qilib, qon to‘kib, qo‘lga kiritilgan o‘lja emas edi.
15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)”Hashr”,7.
b)”Niso”,32.
c)”Moida”,100.
To’g’ri javob: a)”Hashr”,7.
Izoh: Bu xildagi g‘animat urush tayyorgarligini ko‘rgani uchun Payg‘ambar alayhis-salomning o‘zlariga, oilasi va yaqinlariga, yetim-esir, g‘ariblarga tegishli edi. Hashir surasining 7-oyatida bu narsa alohida ta’kidlab o‘tilgan: "Olloh payg‘ambariga g‘animat qilib bergan ahli quroning,* mollari orangizdagi boylar o‘rtasida qo‘ldan-qo‘lga o‘tib yurmasligi uchun yaratganga, payg‘ambarga, uning hesh-aqrabolariga, yetimlarga, miskinlarga ibn sabillarga xos qildi"

16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.
To’g’ri javob: a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.

17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.
To’g’ri javob: b)Rabbiul oxir.
Izoh: Shu yilning rabbiul oxir oyida Najd tomonda yashovchi arablardan bani Muhorib, bani Sa’la qabilalari musulmonlarga qarshi urushga taryorgarlik ko‘rishayotgani ma’lum bo‘ldi.

18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.
To’g’ri javob: c)700.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom yetti yuz sahobani ularga qarshi otlantirdilar.

19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.
To’g’ri javob; a)Usmon ibn Affon.
Izoh: Rasulullohning o‘rnilarida Usmon ibn Affon qoldi

20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida “salotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o’qiladigan namoz.
To’g’ri javob: b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
Izoh: Musulmonlarning unchalik ko‘p emasligini ko‘rgach, mushriklarning bir qismi yurak yutib pastga tushdi, lekin baribir jang qilishga botinisholmadi. Bu orada namozdigar (asr namozi) vaqti bo‘lib qoldi. Rasulluloh dushman qo‘qqisidan hujum qilib qolishdan xavfsirab salotuxavf* dedilar.

Izohlar “Tarixi Muhammadiy” va “Nurul – yaqiyn” kitoblaridan olindi.



« So'nggi tahrir: 21 Noyabr 2008, 08:36:53 muallifi Munira xonim »
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #104 : 21 Noyabr 2008, 08:42:43 »
9-tur.
Bani Mustalaq va Handaq g’azotlari.
Javoblar va izohlar.
[/b]

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.
To’g’ri javob: b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili  sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.
To’g’ri javob: a)Uhud.
Izoh: Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Uhud urushida qurayshga yordam bergan Mustalaq qabilasining boshlig‘i Horiz ibn Ziror musulmonlarga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganidan xabar topdilar. Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.
To’g’ri javob: b)Oysha va Ummu Salama r.a.
Izoh: Bu g’azotda Rasulullohga SAV Ayollaridan Oisha bilan Ummu Salama ularga hamroh bo‘ldilar. Ilgari biron jangovor yurishda qatnashmagan munofiqlar o‘lja olish umidida safga qo‘shilishdi.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.
To’g’ri javob: a)Zayd ibn Horisa.
Izoh: . Rasululloh o‘rinlariga Zayid ibn Horisani qoldirib, katta qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar.


5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.
To’g’ri javob: a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
Izoh: Bani Mustalaq qabilasi arablar orasida eng kuchli va jangovor qabila hisoblanardi. Ayollarining asir olinib, quldek taqsimlanishi ularga g‘oyat og‘ir botardi. Bu narsani yaxshi bilgan payg‘ambar alayhis-salom juda katta oliyjanoblik va mardlik namunaeini namoyon etdilar, ayollarni ozod etishning musulmonlar rozi bo‘ladigan yo‘lini o‘ylab topdilar. Sarvari olam, Horisning qizi Barrani nikohlariga olib, Juvayriya deb atadilar. Shu bilan musulmonlar asirlarni rasulullohning qudalari hisoblab, ozod qilib yuborishdi.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.
To’g’ri javob: b)Abdulloh ibn Ubay.
Izoh: Umar ibn Xattobning xizmatkori bilan Xazraj qabilasining ittifoqchilaridan bo‘lmish bir odam urushib qolishdi. Umarning xizmatkori uni urib, yarador qildi va ikkalovi o‘z qavmini yordamga chaqirdi. Agar rasululloh kelib qolmaganlarida ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi hech gap emasdi. "Yana johiliyat davridagi tarafkashliginglarni qilmoqchimisizlar? Yo‘qotinglar bunday yaramas odatni!" dedilar rasululloh va jabrdiydaning o‘chini olib berdilar. Shu bilan janjal barham topdi.
Bu voqeani eshitgan Abdulloh ibn Ubay xafa bo‘lib o‘z qabiladoshlariga: "Men hech qachon bugungidek xo‘rlikni ko‘rmagan edim. Ularni yurtimizga kiritib, uyimizning to‘ridan joy bersagu buning evaziga bizni savalashadimi? Itingni semirtirsang o‘zingni qopadi, deganlari shu ekan-da. Xudoga qasamki Madinaga qaytsak albatta aziz u yerdan xorni chiqarib tashlaydi. Aslida-ku bu xo‘rlikni o‘zinglar tilab oldinglar. Ularni uyingizga chaqirib mol-mulkingizni baham ko‘rdingiz. Agar quchoq ochib kutib olmaganingizda boshqa tomonlarga ravona bo‘lishardi. Bunisi ham yetmagandek Muhammad uchun urushib joninglarni qurbon qilyapsizlar, bolalaringiz yetim bo‘lib chirqirab qolishyapti, ular esa ko‘paygandan ko‘payyapti. Bundan keyin ularga yordam bermanglar, kambag‘allashib, Madinadan ketishga majbur bo‘lishsin", dedi.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)”Na’ba”
b)”Al-Haaaqqo.”
c)”Munafiquun”.
To’g’ri javob: c) “Munafiquun”.
Izoh: Oftob tig‘ida yo‘l bosgan odamlar manzilga yetgan zahoti uyquga ketishdi. Ansorlardan bir guruhi Abdulloh ibn Ubayga rasulullohdan kechirim so‘rashni taklif etishdi, biroq u takabburlik bilan bosh tortdi. Shu lahzada Munofiqun surasi nozil bo‘lib, Abdulloh ibn Ubay va uning hamfikrlarining sharmandasi chiqdi. Zayd ibn Arqamning aytganlari rostligi isbotlandi. Abdulloh ibn Ubayning o‘g‘li bu gapdan xabar topgach, otamni birov o‘ldirsa, u kishi bilan o‘rtamizda dushmanlik tug‘ilib qolishi mumkin, yaxshisi bu ishni o‘zim ado etay, deb ijozat so‘raganida rasululloh uni fikridan qaytarib otasini izzat-ikrom qilishga buyurdilar.

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa  r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha  r.anho va  Muhammad ibn Maslama r.anhu.
To’g’ri javob: a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
Izoh: Ikkinchi hodisa , yuqoridan bayon etilgan voqeadan qabihroq va og‘irroq bo‘lib, rasulullohning umr yo‘ldoshlari Oisha bilan Safvon ibn Muattal o‘rtasida xufya munosabat bor, degan tuhmat tarqatiladi. Aslida voqeaning tafsiloti bunday: musulmonlar bani Mustalaq gazotidan qayta turib, Madina yaqinidagi bir qo‘nalg‘aga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom yarim kechasi qo‘shinni yo‘lga otlantirdilar. Bu paytda hazrat Oisha zarurat uchun chekkaroqqa ketgan edi, manzilgohiga kela turib, bo‘ynidagi marjoni tushib qolganini bilib, darrov iziga qaytadi. Bu orada otlanishga buyruq kelib, kajavani ko‘taradigan xizmatchilar uning ichida hazrat Oisha bor degan o‘yda, tuyaga ortishadi.
Hazrati Oisha yosh, ozg‘in yengil bo‘lgani uchun kajavaning ichida bor-yo‘qligi bilinmagan. O’sha davrdagi ayollarning aksariyati ozg‘in, vazni yengil bo‘lardi. Hazrati Oisha munchog‘ini topib kelganlarida qo‘shin yurib ketgan; u kishining yo‘qligidan hech kim xabar topmagani uchun biron kimsa qoldirilmagan edi. Oisha baribir izlab kelishadi, degan o‘yda ilgarigi joyiga o‘tiradi-yu, ko‘zi ilinadi. Qo‘shinning orqasidan qolib ketgan, yo‘qolgan narsalarni yig‘ishtirib yurgan Safvon ibn Muattal ismli sahoba mizg‘ib o‘tirgan hazrat Oishani ko‘rib qoladi. U Oishani mastura bo‘lishindan avval bilgani uchun tanib, baland ovozda: "Inna lillahi va inna ilayhi rojiun" (Biz Ollohning ilkidamiz, yana Ollohning dargohiga- qaytib boramiz.) deydi. Hazrat Oisha uyg‘onib yuzini yopadm. Safvon bir og‘iz so‘z qotmay, tuyani cho‘ktiradi, hazrat Oisha ham churq etmay minadi.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)”Ahzob”,10-20.
b)”Niso”,15-20.
c)”Nur”,11-21.
To’g’ri javob” c)”Nur”,11-21.
Izoh: Olloh taolo Nur surasining 11-21-oyatlarini nozil qilib, hazrat Oishani oqladi: "Orangizdagi bir guruh odam (Oishaga) bo‘hton yog‘dirdi, bu siz uchun yomon emas, aksincha yaxshidir. Tuhmatchilardan qay birining qanchalik gunohi bo‘lsa shunga yarasha jazo beriladi; asosan bo‘htonni tarqatgan odam (Abdulloh ibn Ubay) og‘ir azobga giriftor etiladi, bo‘htonni eshitgan paytda o‘zlarini yaxshi odam deb hisoblovchi mo‘min erkagu ayol nega bu quruq tuhmat, demadi? Ular nega to‘rt nafar guvoh topib kelishmadi? Guvoh topishmagan ekan, ular Ollohning nazarida yolg‘onchi hisoblanadi. Sizlarga dunyo va oxiratda Ollohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, bo‘hton yog‘dirganinglar uchun og‘ir azobga giriftor etilardinglar. Bo‘htonni til bilan tarqatdinglar, bilmaydigan narsalarni og‘zingizga oldinglar, buni yengil (ermak) fahmladinglar. Vaholanki, Ollohning nazarida bu katta gunohdir. Uni. (ya’ni bo‘htonni) eshitgan paytinglarda nega: bunday so‘zlarni gapirmasligimiz kerak, bu katta gunohdir, ey Olloh, sen pokdirsan, demadinglar? Olloh agar mo‘min bo‘lsangiz bunday gaplarni qayta og‘zingizga olmang, deb o‘git beradi. Olloh sizlarga oyatlarini bayon etadi, Olloh hamma narsani bilguvchi, hikmat bilan ish yurituvchi zotdir. Mo‘minlar orasida behayolik tarqalishini istaydigan odamlar dunyo va oxiratda qattiq azobga uchraydi, Olloh bilguvchi, sizlar esa (hech narsani) bilmaysizlar. Agar Ollohning sizlarga fazlu. marhamati bo‘lmasa edi (qattiq jazolardi). Olloh shafqatli va mehribondir. Ey mo‘minlar, shaytonning yetoviga yurmanglar! Kymki shaytonning etoviga yurar ekan, shayton uni behayolikka, yomon ishlarga boshlaydi. Olloh sizlarga fazlu marhamat ko‘rsatmasa, hech qaysingiz to abad pok bo‘lmas edingiz. Olloh istagan bandasini pok qiladi. Olloh hamma narsani eshitib, bilib turguvchidir".

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.
To’g’ri javob: a)80 darra urushga.
Izoh: Bu oyatlar nozil bo‘lgach, payg‘ambar alayhis-salom ochiq chehra bilan hazrat Oishaning pokliga haqida bashorat berdilar. Oishaning onasi qiziga: "O’rningdan tur! Rasulullohga rahmat ayt", dedi. "yYo‘q, men yuzimni yorug‘ qilgan Ollohga rahmat aytaman", deya javob berdi hazrat Oisha. Rasululloh tuhmatchilarning har biriga shariat hukmiga binoan sakson darra urishni buyurdilar. Bo‘hton yog‘dirganlar Jahishning qizi Hamna, Mistah ibn Usosa, Xasson ibn Sobitlar edi.

11.”Handaq” ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.
To’g’ri javob: a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
Izoh: Hijratning beshinchi yili, zulqa;da oyida alamzada bo’lgan Bani NAzir qabilasi, Makkalik mushriklar bilan birgalashib musulmonlarga qarshi urushga otlanishdi.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.
To’g’ri javob: c)Bani Nazir qabilasi.
Izoh: Bani Nazir qabilasi surgun qilinib, yurti musulmonlarga qolgach, ularning fikri zikri qanday bo‘lmasin musulmonlardan o‘ch olish, tug‘ilib o‘sgan joylarni qaytadan qo‘lga kiritish bilan band bo‘ldi. Bir guruh alamzada Makkaga borib, quraysh qabilasini musulmonlarga qarshi qayradi, agar jangovor yurish boshlansa, hamma jihatdan ularga yordam berajaklarini aytib o‘z yo‘rig‘iga solishdi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.
To’g’ri javob: a) 10.000 dan ziyod.
Izoh: G’atafon qabilasi quraysh jangovor yurishga tayyorgarlik ko‘rayotganini eshitib, bajonu dil rozilik bildirishdi. Abu Sufyon boshchiligida to‘rt ming kishilik qo‘shin to‘plandi, Usmon ibn Talxa Abdariy ularga a’lambardor bo‘ldi. Rasululloh mollarini boqish uchun sero‘t yaylovlarni berib, qilgan yaxshiliklariga yomonlik bilan javob qaytargan Uyayna ibn Hisnni ming otliq askar bilan, Horis ibn Afv Murriy boshchiligida bani Murra qabilasidan to‘rt yuz kishi Abu Sufyonga kelib qo‘shildi. Sufyon ibn Abd Shams boshchiligidagi bani Salim qabilasidan yetti yuz kishi, shuningdsk Abu Mas’ud ibn Ruhayla boshchiligida bani Ashja qabilasi hamda Tulayha ibn Xuvaylid Asadiy boshchiligida bani Asad qabilalari yoppasiga mushriklar bayrog‘i ostida saf chekishdi. Musulmonlarga qarshi otlanganlarning soni o‘n mingdan oshib ketdi.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
To’g’ri javob: c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.
Izoh: Bu xabarni eshitgan payg'ambar alayhis-salom o‘z sarkardalarini yigib, shahar darvozalarini tambalab mudofaada turib jang qilish kerakmi yoki dushmanning istiqboliga chiqish lozimmi degan masalada mashvarat o‘tkazdilar. Salmon Forsiy dushmanning yo‘liga xandaq kovlashni taklif etdi. Bu taklif shu paytgacha tajriba qilib ko‘rilmagan yangilik edi. Rasululloh Madinaning Sharq va Shimol tomonlariga xandaq qazishni buyurdilar.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.
To’g’ri javob: b)Salmoni Forsiy r.a.
Izoh: Yuqorida keltirildi.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.
To’g’ri javob: a)3000.
Izoh: Musulmonlar qo‘shini shaharga kiraverishdagi Sal’ tog’i etagiga joylashishdi. Ularning soni uch ming bo‘lib, muhojirlarga Zayd ibn Horisa, ansorlarga Sa’d ibn Uboda bayroqdor bo‘ldi.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.
To’g’ri javob: a)Ka’b ibn Asad.
Izoh: Bani Nazir qabilasining boshlig‘i Huyay ibn Axtab bani Quriyzaning oqsoqoli Ka’b ibn Asadning yoniga kelib shayton misol vasvasga soldi, ularni musulmonlarga qarshi urushishga undab, Muhammadga ergashganlarning kuni bitib qolganini, makkaliklar erta-indin Madinaga bostirib kirishini bashorat qildi. Yahudiylar uning yetoviga yurib dushmanga aylanishdi.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.
To’g’ri javob: a)500
Izoh: Bu shumxabarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom Madinada qolgan ayollar bilan bolalarni asrash uchun Muslima ibn Aslamni ikki yuz odamga, Zayd ibn Horisani uch yuz edamga bosh qilib jo‘natdilar.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.
To’g’ri javob: c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy
Izoh: Dinida sobit odamlarga parvardigori olam juda katta iltifot ko‘rsatdi: quraysh, g‘atafon va yahudiy qabilalarining hamfikr yaqini Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib: "Ey rasululloh, mening musulmon bo‘lganimni hech kim bilmaydi. Senga foydam tegadigan biron ish buyurgin", dedi. "Yolg‘iz odamning qo‘lidan nima ham kelardi, — dedilar rasululloh. — Sen bir amallab dushmanni orqaga qaytarishning chorasini topgin. Urushda hiyla-nayrang ishlatish mumkin".

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)”Ahzob”9-13.
b)”Baqara”55-57.
c)”Moida” 75-77.
To’g’ri javob: a)”Ahzob”9-13.
Izoh: Zulqa’da oyida yuz bergan bu voqea Qur’oni karimdagi Ahzob surasining 9-13-oyatlarida haqli ravishda yaratganning ne’mati deb ataladi: "Ey mo‘minlar, Ollohning sizlarga bergan ne’matini eslanglar! O’shanda ustingizga lashkar bostirib kelgan edi, biz ularga bo‘ron va sizlarga ko‘rinmaydigan qo‘shin (farishtalarni) yubordik. Olloh sizlarning qilgan ishlaringizni ko‘rib turdi. O’shanda ular yuqoridan ham, pastdan ham (bostirib) kelgan, (qo‘rquvdan) ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, o‘pkangiz bo‘g‘zingizga tiqilib qolgan. Olloh haqida har xil xayollarga borgan edinglar, shu joyda mo‘minlar sinalgan va qattiq sarosimaga tushgan edi. Shu lahza munofiq va dillarida qudratlari borlar Olloh va uning payg‘ambari bizga quruq va’dalarni berishgan ekan, deyishardi. Shu asnoda ulardan bir guruhi: "Ey yasribliklar, bu yerda turmay qaytib ketinglar," derdi. Ulardan yana bir guruhi uy-joyimiz ochiq-sochiq (qolgan) deb ruxsat so‘rashdi. Ularniig uy-joyi ochiq-sochiq emas, faqat qochib (qolishnigina) ko‘zlashgan".


Izohlar “Tarixi Muhammadiy” va “Nurul – yaqiyn” kitoblaridan olindi.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

 

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 269
Ko'rilgan: 77991
So'nggi javob 20 Sentyabr 2011, 09:31:46
muallifi braupov
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 4074
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
,Islomiy viktorina" haqida fikr- muloxazalar,takliflar va shikoyatlar...

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 3608
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 13:46:37
muallifi Muslim Islomiddiyn
Islomiy resurslarga linklar

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 81
Ko'rilgan: 44390
So'nggi javob 08 May 2010, 14:21:36
muallifi ziyoda_aliyeva
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 10575
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin