10-tur javoblari
Mavzu: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)
1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat
To’g’ri javob: Moida surasi, 6-oyat .
Izoh: Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga masx tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar junub bo‘lsalaringiz, cho‘milingiz! Agar bemor yo musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi.
(«Moida» surasi, 6-oyat)2. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning farziga kirmaydi?a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik
To’g’ri javob: Niyat qilish
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
To’g’ri javob: uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
Izoh: G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas
(«Hidoya»).4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
To’g’ri javob: kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
To’g’ri javob: ayollarning farzand ko’rishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:
1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.
2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.
3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)6. Istinshoq nima?a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.
To’g’ri javob: G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.
To’g’ri javob: Ishqalashlik.
Izoh: G’uslning sunnatlari:
1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.
2. G’uslning boshida «Bismillah...»ni aytmoq.
3. G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.
4. Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.
5. G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.
6. Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.
7. Ishqalashlik.
8. Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.
9. Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi
To’g’ri javob: Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
Izoh: G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi? 1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat
To’g’ri javob: 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
Izoh: 1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:
A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;
B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;
V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
2. G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
3. G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:
A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;
B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;
V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish atvsiya etiladi?a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda
To’g’ri javob: 7 kunda
Izoh:Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a'zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma'lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo' tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi.
(«Dinda savolim bor»)