Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236483 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 25 B


AbdulAziz  27 Iyun 2008, 10:25:33

10-tur javoblari

Mavzu: G’usl, tayammum va poklik hukmlari (Hanafiy mazhabida)

1. Qur’oni karimning qaysi oyatida tahorat, g’usl va tayammum haqida hukmlar kelgan?
a) Moida surasi, 6-oyat .
b) Niso surasi, 43-oyat.
c) Voqea surasi, 79-oyat
To’g’ri javob: Moida surasi, 6-oyat .
Izoh: Ey mo‘minlar, namozga turganingizda yuzlaringizni hamda qo‘llaringizni chig‘anoqlarigacha yuvingiz, boshlaringizga masx tortingiz (ya’ni nam qo‘llaringiz bilan silangiz) va oyoqlaringizni oshiqlarigacha yuvingiz! Agar junub bo‘lsalaringiz, cho‘milingiz! Agar bemor yo musofir bo‘lsangiz yoki sizlardan birov hojatxonadan chiqqan bo‘lsa yoxud xotinlaringizga qo‘shilgan bo‘lsalaringiz va (mazkur holatlarda) suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni yuzingiz va qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz). Alloh sizlarga mashaqqat qilmoqni istamaydi, balki sizlarni poklashni va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga O’z ne’matini komil qilib berishni istaydi. («Moida» surasi, 6-oyat)

2. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning farziga kirmaydi?
a) Niyat qilish
b) Og‘izga suv olib chayqamoqlik
c) Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik
d) Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik
To’g’ri javob: Niyat qilish
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. Badanning hamma yeriga bir marta suv yetkazmoqlik vojibdir. Agar badanning ozgina joyiga suv yetmay qolsa ham, g‘usl durust bo‘lmaydi. Yana jasaddagi chuqurchalarga, ya’ni kindik va shunga o‘xshash a’zolarga ham suv yetishi shart. Va yana g‘usl qilishdan oldin badandagi har qanday suvni to‘suvchi xamir, yog‘, ko‘z atrofiga yig‘ilib qoladigan kir, burunning kiri, ba’zi ayollar tirnoqlariga qo‘yadigan lakka o‘xshash narsalarni ketkazish lozimdir. Agar qimirlatmasa, ostiga suv yetmaydigan uzuk, bilaguzukka o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni ham aylantirib suv yetkazish kerak. Ayollarga o‘rilgan sochlarini yechib, hammasini ho‘l qilish shart bo‘lmaydi. Balki sochning asli chiqqan joyini ho‘l qilishlari kifoya bo‘ladi. Ammo erkaklarning sochlari o‘rilgan bo‘lsa ham yechib, hammasini ho‘l qilishlari farz bo‘ladi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

3. G’uslning 3-farzi butun badanni qoldirmay yuvishdir. Ayollar o’rilgan sochlarini g’uslda to’la yuvishlari shartmi?
a) uni to‘la, soch taglari va o‘rimlarini ham birga ho’llab qo’yish kifoya qiladi.
b) sochlarini bir marta suvga pishib, tarab, ichlariga suv kiritish kerak bo’ladi.
c) uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
To’g’ri javob: uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas.
Izoh: G‘usl komil bo‘lishi uchun uning farz va sunnatlarini bilish muhimdir. G‘uslning uch farzi bor: 1) og‘izni g‘arg‘ara qilib yuvish; 2) burunni dimoqqacha (dimoq achishgulik darajada) chayish va 3) butun badanni qoldirmay yuvish. Ayollarning sochi o‘rilgan bo‘lsa, uni to‘la yuvishga hojat yo‘q, soch taglari ho‘llansa kifoya qiladi. Soch o‘rimlarini ho‘llash ham lozim emas («Hidoya»).

4. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’lmaydi?
a) uyquda ehtilom kelishi
b) kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
c) kishining vafot etishi
To’g’ri javob: kofirning junub bo’lmagan holatda musulmon bo’lishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

5. Quyidagi qaysi holatda g’usl vojib bo’ladi?
a) kishining shahid holida vafot etishi
b) maziyning chiqishi
c) ayollarning farzand ko’rishi
To’g’ri javob:  ayollarning farzand ko’rishi
Izoh: Ayollardan hayz yoki nifos qonining chiqishi, qon chiqmasa-da, farzand ko‘rishi va musulmon kishining o‘limi g‘uslni vojib qiladi. Shahid esa bundan mustasno. Kishi shahid bo‘lib o‘lsa, uni g‘usl qilishning hojati yo‘qdir. Kofir junub paytida musulmon bo‘lsa, bunga ham g‘usl vojib bo‘ladi, ammo u musulmon bo‘lganida junub holida bo‘lmasa, uning g‘usl qilib olishi vojib emas, balki mustahabdir. Zero, kufr ma’naviy najosatdir, Islom kelishi bilan bu najosat poklanadi. Lekin junublik hukmiy najosat bo‘lib, faqat suv bilan, suv yo‘q bo‘lsa, tayammum orqali niyat bilan poklanadi.
G’uslni vojib qilmaydigan narsalar:
1. Maziyning chiqishi bilan g‘usl vojib bo‘lmaydi. Maziy - suyuq, oq suv hisoblanadi, shahvat vaqtida shiddatsiz chiqadi. Maniy esa shiddat bilan otilib chiqadi. Maziy erkaklardan ko‘ra ayollarda ko‘proq uchraydi. Goho uning chiqib qolganligi ham sezilmaydi. Demak, maziy tahoratni buzsa-da, g‘uslni vojib etmaydi.
2. Vadiyning chiqishi bilan ham g‘usl vojib bo‘lmaydi. Vadiy - oq, xiralangan, yopishqoq, hidsiz suyuqlikdir. U bavlning orqasidan keladi.
3. Bir shaxs xoh ayol bo‘lsin, xoh erkak bo‘lsin, uyqusidami yoki xayolidami ehtilom bo‘lib lazzatni sezdi-yu, lekin namlikni ko‘rmadi, shu holatda ham g‘usl vojib bo‘lmaydi.
(«Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

6. Istinshoq nima?
a) G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
b) G’uslning farzlaridan bo’lib, og‘izga suv olib chayqamoqlikdir.
c) G’uslning ruknlaridan biri bo’lib, g’usldan avval tahorat qilmoqdir.
To’g’ri javob: G’uslning farzlaridan bo’lib, burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlikdir
Izoh: G’uslning farzlari uchtadir:
1. Og‘izga suv olib chayqamoqlik - mazmaza.
2. Burunga achishgunga qadar suv tortib qoqmoqlik - istinshoq.
3. Badanning hamma yeriga suv yetkazmoqlik. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

7. Quyidagilardan qaysi biri g’uslning sunnatlariga kiradi?
a) Niyatni til bilan qilmoq.
b) Ayollarning o’rilgan sochlarini yechib yuvishlari
c) Ishqalashlik.
To’g’ri javob: Ishqalashlik.
Izoh: G’uslning sunnatlari:
1. Niyat bilan boshlamoq. Niyat esa qalb bilan qilinadi. Ulamolar qalbning niyatini til bilan nutq qilish orqali tasdiqlashni chiroyli sanashdi. Shuning uchun ham agar avratlari berk bo‘lsa, junublikdan poklanish uchun g‘usl qilmoqlikni niyat qildim, deb aytadi. Albatta til bilan zikr qilish sunnat emas. Balki yuqorida aytganimizdek, ulamolar chiroyli sanashgan amaldir.
2. G’uslning boshida «Bismillah...»ni aytmoq.
3. G’uslni ikki qo‘lni bilagigacha yuvmoqlikdan boshlamoq.
4. Qo‘lni yuvib olgach, farjini yuvmoqlik va g‘uslni boshlashdan oldin badandagi najosatlarni ketkazmoq.
5. G’uslni namozdagidek tahorat olish bilan boshlamoq.
6. Badandan oldin boshni uch marta yuvmoq. Aslida birinchisi farz, ikkinchi va uchinchisi sunnat bo‘ladi.
7. Ishqalashlik.
8. Avval badanni o‘ng tomonidan yuvib, so‘ng chap tomonni yuvmoqlik.
9. Har ikki tomonni ham uch martadan yuvmoq. Va yana tahoratdagi sunnatlarning hammasi g‘uslda ham sunnatdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

8. Quyidagi qaysi holatlarda g’usl qilishlik sunnat hisoblanadi?
a) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
b) Arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilish
c) Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishining g'usl qilishi
To’g’ri javob: Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usl
Izoh: G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

9. Quyidagi holatlarda g’usl qilish qanday amal hisoblanadi?
1. Juma va ikki iyd namozlari uchun qilingan g'usl
2. Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
3. Mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilishi
a) 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
b) 1-sunnat, 2-farz, 3-mandub
c) 1-mustahab, 2-farz, 3-sunnat
To’g’ri javob: 1-sunnat, 2-farz, 3-mustahab
Izoh: 1. G’usl qilishlik farz bo‘lgan holatlar:
A) Janobatdan poklanish uchun qilingan g‘usl;
B) Hayz va nifos qoni to‘xtagandan so‘ng qilingan g‘usl;
V) Musulmon mayyitning g‘usl qildirilishi.
2. G’usl qilishlik sunnat bo‘lgan holatlar:
A) Juma va ikki iyd namozlari uchun (kunlari uchun emas, balki juma va iyd namozlari uchun g‘usl qilgan kishi) tahorati sinmay turib, shu g‘usl bilan namozni o‘qishi sunnatdir;
B) Haj yoki umra uchun ehrom bog‘lashdan oldingi g‘usl;
V) Zavoldan so‘ng Arofat tog‘ida turishlik uchun qilingan g‘usllar sunnat hisoblanadi.
3. G’usl qilib olishlik mustahab bo‘lgan holatlar:
A) Jinni sog‘ bo‘lsa, hushidan ketgan o‘ziga kelsa, mast kishining mastligi ketsa, g‘usl qilib olish mustahabdir;
B) Sha’bon oyidagi badr kechasida, arafa kechasida, qadr kechasida g‘usl qilib olish ham mandub amaldir;
V) Yana qurbonlik kunining subhida Muzdalifa tog‘ida turgan kishiga, shaytonga tosh otish uchun qurbonlik kunida Mino tog‘iga chiqadigan kishiga, Ka’bai Muazzamani ziyorat qiladigan kishiga, oy yoki quyosh tutilganda va yomg‘ir talab qilinganda o‘qiladigan namozni o‘quvchi kishiga, Madinai Munavvaraga kiradigan kishiga ham g‘usl qilishlik odob hisoblanadi. Yana odamlar jamoasiga kiruvchiga, yangi libosni kiygan kishiga, mayyitni yuvgan g‘assolga, gunohidan tavba qilgan insonga, safardan qaytganga, istihoza qoni to‘xtagan ayolga, musulmon bo‘lganlarga ham g‘usl qilib olish odobdir. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

10. Rasululloh (s.a.v.) ta’kidlariga ko’ra, Allohning har bir mo‘mindagi haqqi sifatida necha kunda g’usl qilish atvsiya etiladi?
a) 3 kunda
b) 5 kunda
c) 7 kunda
To’g’ri javob: 7 kunda
Izoh:Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «Allohning har bir mo‘mindagi haqqi yetti kunda bir marta butun a'zosini yuvib, g‘usl qilishligidir». Payg‘ambar alayhissalom mo‘minlarga juma kuni g‘usl qilishni buyurganlar. Amaliy va tibbiy tajribalardan ma'lumki, g‘usl kishilarni turli nopokliklardan tozalabgina qolmay, jimo' tufayli yo‘qotilgan kuch-quvvatni tiklash va tanani tetiklashtirish uchun ham xizmat qiladi. («Dinda savolim bor»)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyun 2008, 10:26:09

11. Junub holida quyidagilardan qaysi biri makruh hisoblanadi?
a) Tirnoq olish, tuklarni qirish
b) Ovqatlanish, saxarlik qilish
c) Qur’on o’qish, ta’lim berish
To’g’ri javob: Tirnoq olish, tuklarni qirish
Izoh: Junublikda (ya'ni, jinsiy aloqadan so‘ng yoki uyquda bulg‘anib qolganda) kindik osti tuklarini tozalash, tirnoq olish makruhdir, bu ishlarni g‘usldan so‘ng bajarish kerak. Junub kishi tirnoq olishi, tuklarni qirishi, qon oldirishi, kindik osti va qo‘ltig‘ini tozalashi, vujudidan har qanday parchani uzib olishi mumkin emas. Chunki barcha a'zolar qiyomatda tirilganida yuvilmay qolgan yoki shu holatda olib tashlangan har bir narsa junub holda bo‘ladi.
Junub holdagi kishilar avval qo‘llarini, keyin og‘izlarini yuvib ovqatlanishlari, namoz vaqtini o‘tkazmaslikka ko‘zi yetsa, uxlashlari mumkin. Emizikli ayolning bolasi yig‘lasa, g‘uslga fursati bo‘lmasa, ko‘kragini yuvib emizsa bo‘ladi.
Junub bo‘lgan odamning uxlashdan oldin tahorat olishini ba'zilar mustahab, deyishgan («Ayollar fiqhi»).

12. Rasululloh SAV tavsiyalariga ko’ra, g’usl uchun ishlatilishi kerak bo’lgan suv miqdori qancha?
a) 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
b) 3 mud (taxminan 3 litr)
c) 2 so’ (taxminan 10 litr)
To’g’ri javob: 1 so’ (taxminan 4,5 litr)
Izoh: Abu Ja’far aytadilar: «Jobir huzurida bir jamoa kishilar bor edi, ulardan biri g‘usl to‘g‘risida so‘radi. «Senga bir so’ suv kifoya qiladi»,— dedi Jobir. «Menga kifoya qilmaydi»,— dedi u. Shunda Jobir: «Sendan ko‘ra sochi ko‘proq, o‘zi yaxshiroq kishiga (Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga, demoqchi) ham kifoya qilgan edi»,— dedi. Keyin yupun kiyingan holda imomatga o‘tdi». («Sahihul Buxoriy»)

13. Ayollarning soch, tirnoq va lab bo’yoqlari g’uslga monelik qiladimi?
a) soch bo’yoqlari g’uslga monelik qilmaydi, tirnoq va lab bo’yoqlarini g’usldan avval tozalash kerak.
b) xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
c) agar soch, tirnoq va lab bo’yoqlaridan foydalanishdan avval ayol g’usl qilgan bo’lsa, joiz.
To’g’ri javob: xinadan boshqa soch bo’yoqlari sochda qatlam hosil qilganligi uchun g’uslga monelik qiladi, ayollar tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi.
Izoh: Agar bo‘yoq soch tolalari ustida qatlamni tashkil qilsa, g‘uslga mone' bo‘ladi. Dorishunoslar esa xinadan boshqa barcha bo‘yoqlar qatlam hosil qilishini tasdiqlashgan. Shuning uchun xinadan boshqa sun'iy bo‘yoqlarni soch bo‘yashda ishlatish joiz emas.
Shuningdek, tirnoq ustiga surilgan bo‘yoq ham g‘uslga mone' hisoblanadi. Ayollar g‘usl qilayotganida tirnog‘idagi, lablaridagi bo‘yoqlarni ketkazishlari kerak, aks holda g‘usllari g‘usl hisob qilinmaydi. («Dinda savolim bor»)

14. Musofir odam oyoq kiyimiga mahs tortib qancha yurishi mumkin?
a) 1 kecha-kunduz
b) 2 kecha-kunduz
c) 3 kecha-kunduz
To’g’ri javob: 3 kecha-kunduz
Izoh: Ali ibn Abu Tolibdan (r.a.) qilingan rivoyatda Rasululloh (s.a.v.): «Musofir (oyoq kiyimiga) uch kecha-kunduz mash tortadi, muqim esa bir kecha-kunduz», deb aytdilar.
Mo‘‘min kishi sovuq paytda bir kecha-kunduz miqdorida oyog‘iga kiygan etik, maxsini yechmasdan, tahorat olganda mash tortishi ham durust. Ammo musofir bo‘lsa uch kecha-kunduz maxsisini yechmay, mash tortishi mumkin. Zarurat va xavf-xatar tug‘ilgan paytlarda uch kecha-kunduzdan ko‘proq vaqt o‘tsa ham mash tortish joiz. Xavf-xatar tugashi bilan maxsisini yechib, yangidan tahorat olib, oyoqlarini yuvadi. Oyoq-yalang bo‘lganda oyoq yuviladi, masx tortish mumkin emas. («Sof islomiy aqida»)

15. Mash tortishning farzi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
a) Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
b) Oyoq kiyimning kamida to’rtdan biriga nam tegmoqligi.
c) Mash tortish sunnat amal, uning farzlari yo’q.
To’g’ri javob: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silash.
Izoh: Qo‘lning kichik barmoqlaridan uchtasi miqdoricha ikki qadamning ustiga nam qo‘l bilan silamoqlik mashning farzidir. Oyoqning ostiga yoki yonlariga mash tortish durust emas.
(Mash tortishlik sunnat amal hisoblansa ham, uning ichida xuddi sunnat namozlarining ichida farzlar bo‘lganga o‘xshagan farzi bor... - tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

16. Muqim odam peshinda tahorat qildi va mahsi kiydi. Tahorati asrda sindi va qayta tahorat qilib, mahsisiga mahs tortdi. Endi u qachongacha mahs tortishi mumkin?
a) ertasi kungi bomdodgacha
b) ertasi kungi peshingacha
c) ertasi kungi asrgacha.
To’g’ri javob: ertasi kungi asrgacha.
Izoh: Muqim uchun mash tortib yurish muddati bir kecha-kunduz, ya’ni yigirma to‘rt soat bo‘lsa, musofir uchun uch-kecha kunduz, ya’ni yetmish ikki soat hisoblanadi. Bu vaqt tahorat singandan boshlab e’tiborga olinadi. Misol uchun bir kishi subhda tahorat oldi-da, mahsini kiydi va shu tahorati peshinda sindi. Demak, bunda u yangi tahorat qiladi, oyog‘iga mash tortadi va keyingi kunning peshin namozigacha oyog‘iga mash torta oladi, agar musofir bo‘lsa, uchinchi kunning peshinigacha mash tortishi mumkin. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

17. Quyidagi qaysi holatlarda tayammum lozim bo’lmaydi?
a) Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi; suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa
b) Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa; agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
c) Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
To’g’ri javob: Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha juma qazo bo‘lsa.
Izoh: Tayammum qilish lozim bo‘lgan sabablar:
1. Yarim soatlik yoki undan ko‘proq yo‘l orasida suvning yo‘qligi. Bu taxminan ikki chaqirimni tashkil etadi, bir chaqirim to‘qqiz yuz metrdir.
2. Kasallikdan yoki uning ziyoda bo‘lishidan va yo davoning sekinlashidan tashvish bo‘lsa.
3. Suv o‘ta sovuq bo‘lib, isitadigan sharoit bo‘lmasa va shu suv insonga aziyat yetkazib qo‘yadigan darajada bo‘lsa.
4. Agar suvda tahorat qilsa-yu, o‘zi yoki sherigi va hatto hayvoni chanqab, halokatga uchrashi xavfi bo‘lsa.
5. Hamma sharoitlar bor-u, lekin tahorat qilib kelguncha iyd yoki janoza namozlari o‘qib qo‘yilishi ehtimoli bo‘lsa ham, tayammum qilinadi. Chunki bu namozlar qazo bo‘lsa, o‘rniga o‘qiladigan namoz yo‘q. Ammo juma namoziga yeta olmasligini bilsa ham, tahorat qiladi, chunki agar juma qazo bo‘lsa, uning o‘rniga peshin o‘qilishi mumkin. Agar namoz qazo bo‘lishi ehtimoli yuzaga chiqsa, vaqtni ehtirom qilish yuzasidan tayammum bilan o‘qishi joiz. Lekin baribir tahorati yo‘q bo‘lsa, tahorat olib yoki junublik yetgan bo‘lsa, g‘usl qilib qaytadan o‘qiydi. Chunki tayammum qilishga sabab mavjud emas.
(Quduqda suv bor-u, lekin uni chiqarib olishga asbob yo‘q, bu o‘rinda ham tayammum qilinadi. Ammo suvni chiqarishga asbob bo‘lsa, tayammum qilinmaydi, agar jamoat ko‘p bo‘lib, har birlari tahorat olgunlaricha namoz vaqti chiqib ketsa ham. Chunki buholatda ham tayammum qilishga sabab topilmayapti. Suv bor yerda dushman yoki yirtqich hayvonning xavfi bo‘lsa ham, tayammum qilinadi... -tarj.) («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

18. Quyidagilardan qaysi biri tayammumning sunnatlariga kirmaydi?
a) Niyat qilmoq
b) "œBismillah"ni aytmoq
c) Mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq
To’g’ri javob: Niyat qilmoq
Izoh: «Bismillah...»ni aytmoq, zarbni kaftning ichi bilan qilmoq, qo‘ldagi changlarni silkitib tashlamoq, tartib bilan qilmoq, ya’ni avval yuzga mash tortib, keyin qo‘lga mash tortmoq, ketma-ket qilmoq, ya’ni niyat qilib tayammumni boshlagach, to tugaguncha boshqa amalni qo‘shmaslik, soqol va barmoqlar orasiga xilol qilmoqlik, keng uzuk bo‘lsa, uni qimirlatib ostiga mash yetkazmoq, ammo uzuk tor bo‘lsa yoki soatga o‘xshash narsalar bo‘lsa, ularni tayammumdan oldin yechib qo‘yish kerak, chunki ularning ostiga mash yetmaydi, mashni o‘ng qo‘ldan boshlamoq, bularning hammasi sunnat hisoblanadi. («Hanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari»)

19. Quyidagilardan qaysi biriga tayammum qilish mumkin emas?
a) pokiza tuproq, qum
b) pokiza ohak, bo’r, tosh
c) pokiza yog’och, yaproq
d) b va c javoblar to’g’ri
To’g’ri javob: pokiza yog’och, yaproq
Izoh: Yer jinsidan bo‘lgan hamma narsa - toza tuproq, qum, bo‘r, ohak, tosh kabi narsalar bilan tayammum qilish mumkin. Bularning hammasidagi asosiy shart - ular pokiza bo‘lishi kerak. Bular - Imom A'zam va Imom Muhammadning nazdlarida. («Dinda savolim bor»)

20. Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namozini qanday ado etadi?
a) to pok bo’lmaguncha namozlarini o’qimaydi.
b) namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
c) namozni o’tkazib yubormaslik uchun niyat qilib, imo-ishora bilan o’qiyveradi. Poklangandan keyin esa boshqatdan o’qib oladi.
To’g’ri javob: namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi.
Izoh: Suv ham, tayammum uchun pok narsa ham topolmagan kishi namoz payti kirganida joynamoz ustida huddi namozga o‘tirgandek o‘tiradi. So‘ng suv yoki tayammum uchun pok narsa topilsa, qazo niyati bilan namozini o‘qiydi. («Radd ul-muxtor»)

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyun 2008, 10:26:56

10-turning so'nggi natijalari

1.   Muslima         90 ball
2.   NOZA         90 ball
3.   Anisa         90 ball
4.   Abdulloh90         85 ball
5.   Dilmurod Majidov      80 ball
6.   Lolo         80 ball
7.   Isroilov Farhod      80 ball
8.   Musannif Adham      80 ball
9.   Muhammad Ibrohim      75 ball
10.   Akbar         70 ball
11.   Shoir         70 ball
12.   Dilnoza Mirsaidova      70 ball
13.   Huzayfa_89         70 ball
14.   Ulugbek-Uz         50 ball
15.   Guli Iskandarova      40 ball
16.   Nurulla Mukhamedov      25 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyun 2008, 10:27:15

"Biz Islomni bilamizmi?" tanlovi yakuniy natijalari

1.   Muslima         955 ball
2.   NOZA         950 ball
3.   Dilmurod Majidov      915 ball
4.   Akbar         905 ball
5.   Shoir         905 ball
6.   Lolo         855 ball
7.   Anisa         845 ball
8.   Muhammad Ibrohim      830 ball
9.   Abdulloh90         810 ball
10.   Isroilov Farhod      805 ball
11.   Dilnoza Mirsaidova      770 ball
12.   Robiya         630 ball
13.   Musannif Adham      615 ball
14.   Huzayfa_89         535 ball
15.   Muxsina         530 ball
16.   Mastura Islom      490 ball
17.   Sita         485 ball
18.   Sarah Mann         480 ball
19.   KWL         435 ball
20.   Abdulatif         410 ball
21.   Olimxon         375 ball
22.   Alisher Abdullayev      350 ball
23.   Dilshod ibn Hamid      335 ball
24.   Sakina         305 ball
25.   Abdurrahmon      290 ball
26.   Yurist         275 ball
27.   Guli Iskandarova      260 ball
28.   Ilhom Ahmadjonov       260 ball
29.   Kamronbek         260 ball
30.   Asadulloh         250 ball
31.   Nurulla Mukhamedov      245 ball
32.   Muzayyana         230 ball
33.   Fazilat         220 ball
34.   Maryam Isaboyeva      215 ball
35.   Abduxoliq         165 ball
36.   Oysha         160 ball
37.   Mubashsher         160 ball
38.   Ummatiy Muhammadiy      155 ball
39.   Nozima G'aniyeva      135 ball
40.   Muhammad Murod      120 ball
41.   Habibullayev Ulug'bek      105 ball
42.   Naimjon         105 ball
43.   Ulugbek-Uz         100 ball
44.   Baxtiyor Xonkeldiyev      85 ball
45.   Mars         85 ball
46.   Umid Xalilov         75 ball
47.   Salmoni Forsiy      55 ball
48.   Halim         50 ball
49.   Munira Rozikova      50 ball
50.   Azimjon Madrahimov      45 ball
51.   Mis_Shoira         35 ball
52.   Sherzodjon         35 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyun 2008, 10:27:54

Assalomu alaykum!
Mana, Allohning karami va inoyati ila, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning 1-bosqichi ham o'z nihoyasiga yetdi.

Bu tanlovimiz, 77 kun davom etib, unda 200 ta savol berildi. Tanlovda 52 kishi bevosita ishtirok etdi, yana yuzlab muxlislar savol va javoblarni kuzatib, ilm hosil qilganliklari haqida yozishdi.

"Biz islomni bilamizmi?" viktorinasi ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Turdan turga ishtirokchilarning bilim saviyasi oshib borganini kuzatish mumkin edi.

Hakamlar hay'zati a'zolari - Diydor opa va Munira opa bilan birgalikda savollarni saralash, javoblarni hisoblash va boshqa tashkiliy ishlarni bajardik. O'z navbatida ularga ham muxlislarning tashakkurlarini izhor etmoqchiman.

Viktorinaning har bir turida faol ishtirok etgan Muslima, Noza, Dilmurod Majidov, Akbar, Shoir, Lolo, Muhammad Ibrohim, Abdulloh90, Farhod Isroilov, Dilnoza Mirsaidova, Huzayfa89 ga o'z minnatdorligimizni izhor etamiz. Birinchi turda ishtirok etolmagan bo'lsa-da, Anisa ham javoblari va savollari bilan viktorinada faol ishtirok etdi.

Negadir 5-6 turda judayam faol bo'lgan, uzerlarimiz keyingi turlarda kamnamo bo'lib qoldilar. ularga keyingi bo'ladigan bosqichlarda faollik va yuksak ilm martabasini tilaymiz.

Bizga o'z savollari bilan katta yordam bergan Munira xonim, Diydor, Muslima, Noza, Maryam Isabayeva, KWL, Farhod Isroilov, Dilmurod Majidov, Muhammad Ibrohim, Anisa, Asadulloh, Abdulloh90, Lolo, Sarah Mann, Olimxon, Muxsina, Alisher Abdullayev, Robiyaga ham alohida minnatdorlik bildiramiz.

Hozircha quyidagi ishtirokchilarga sovg'alarni taqdim etmoqchimiz. Inshaalloh, yana imkon bo'lganda boshqa qatnashchilarni ham taqdirlaymiz.

1-o'rinni egallagan Muslimaga diplom (esdaliknoma), Mushaf va kassetalar to'plami (al-Qahtoniy) va Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.

2-o'rinni egallagan Nozaga diplom (esdaliknoma), Qur'oni karim tajvidi kassetasi va Hadis va hayot: Nubuvvat xonadoni xonimlari kitobi taqdim etiladi.

3-o'rinni egallagan Dilmurod Majidovga diplom (esdaliknoma), Qur'oni karim tafsiri (Alouddin Mansur) va Saodat asri qissalari (4 ta kitob) taqdim etiladi.

4-o'rinni egallagan Akbarga diplom (esdaliknoma), Saodat asri qissalari va Hadis va hayot: Nubuvvat va risolat kitobi taqdim etiladi.

5-o'rinni egallagan Shoirga diplom (esdaliknoma),  Hadis va hayot: Payg'ambarlar qissasi kitobi taqdim etiladi.

Sovg'alarimiz hozircha shulardan iborat. Kam bo'lsa-da ko'p o'rnida qabul qilasizlar.

Inshaalloh, keyingi bosqich sentabr oyida boshlanadi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  03 Iyul 2008, 19:25:17

Assalomu alaykum!

Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi? tanlovining 10 turi ham bo'lib o'tdi. G'oliblar ham e'lon qilindi. Ularga maxsus esdalik sovg'alar ham topshirilmoqda.

Siz mana bu manzil orqali 10 ta turda o'ynalgan barcha 200 ta savol-javoblarni Word(.doc) va PDF formatida ko'chirib olishingiz mumkin.

Islomiy viktorina - 10 ta tur savol-javoblari
Format - MS WORD
Hajmi - 324 kb

Islomiy viktorina - 10 ta tur savol-javoblari
Format - PDF
Hajmi - 243 kb

Qayd etilgan



AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:39:37

1-bosqichda foydalanilmagan savollar:

(javob yo'llash shart emas)

1. Farz amali nechaga bo’linadi?
a) bitta.
b) ikkiga.
c) Uchga.

2. Suvlar necha qismga bo’linadi?
a) uch qismga;
b) to’rt qismga;
c) bech qismga;

3. Najosat necha qismga bo’linadi?
a) bir qsimga.
b) ikki qismga.
c) uch qsimga.

4. Hojatxonga kirishda kishi qaysi oyog’i bilan kirishi kerak?
a) o’ng oyog’i.
b) chap oyog’i.
c) Farqi yo’q.

5. Namozning har bir rakaatida o'qiladigan sura?
a) Fotiha surasi
b) Ixlos surasi
c) Kavsar surasi

6. Sutrani Hanafiy mazhabi nima deyishadi?
a) makruh
b) mandub
c) mustahab

7. Sutra nima?
a) namoz payti yopilishi lozim bo’lgan inson a’zolari
b) qibla sifatida foydalaniladigan joyning ichkariga kirgan qismi
c) namozxonning oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siq.

8. Islomning moliyaviy ibodati  dinning qaysi rukni?
a) Haj
b) Zakot
c) Savdo

9. Alloh Taolo  Qur'oni Karimning  Qaysi sura- oyatida  namozdan oldin  tahorat olishni shart qildi?
a) Moida, 6-oyat
b) Niso, 43-oyat
c) A’rof, 48-oyat

10. G’uslning farzlari nechta?
a) 3 ta
b) 4 ta
c) 5 ta

11. Tayyammum qilish haqida  Qur'oni Karimning qaysi oyat surasida keladi?
a) Niso, 43-oyat
b) Moida, 6-oyat
c) A’rof, 48-oyat

12. Hadislarda qaysi namozni qazo qilinsa: "œbola-chaqasiyu mol-dunyosidan ajragan kishi yanglig'dir" deyilgan?
a) Bomdod
b) Asr
c) Xufton

13. Mo'minning me'roji ?
a) Namoz
b) Safar
c) Zikr

14. Dinning ustuni?
a) Iymon
b) Adolat
c) Namoz

15. Peshin namozining necha rakaati farz?
a) 4
b) 6
c) 2

16. Vitrda qaysi duo oqiladi?
a) Qunut
b) Istixora
c) Tamjid

17. Sajdaı sahv nima degani?
a) xatoni o'nglaydigan sajda.
b) Qur’ondagi sajda oyati kelganda qilinadigan sajda.
c) ixtiyoriy sajda.

18. Tayammumning farzlari nechta?
a) 2
b) 3
c) 4

19. Namozning farzlari nechta?
a) 11
b) 12
c) 10

20. Namozning nechta rukni bor
a) 5
b) 6
c) 7

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2008, 07:36:47

21. Namozning beshinchi rukni nima?
a) Ruku
b) Sajda
c) Jalsa

22. Namoz farz bo'lgan kechaning nomi?
a) Isro
b) Laylatul qadr
c) Baroat

23. Hanafiy mazhabi asoschisi, kuniyalari Abu Hanifa bo'lgan imomning ismlari?
a) No’mon ibn Bishr
b) No'mon Ibn Sobit
c) No’mon ibn Hanifa

24. Hanafiy mazhabida erkaklar namozni boshlayotganlarida barmoqlarini quloqlarining yumshoq joyiga tekkazishlari nima deb ataladi?
a) Takbiri avval
b) Takbiri tahrima
c) Takbiri tasdiq

25. Qaysi namoz o'zbekchada "o'rta namoz", arabchada esa "as-solatul vusto" deb nomlanadi?
a) Asr
b) Shom
c) Jum’a

26. Jum'a namozida ikki marta azon aytish qaysi halifa davrida joriy etilgan?
a) Umar ibn Xattob
b) Usmon Ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib

27. Namoz arabchada nima deb ataladi?
a) Siyam
b) Vuzu’
c) Solat

28. Bomdod namozi arab tilida nima deb ataladi?
a) Fajr
b) Zuhr
c) Mag’rib

29. Choshgoh paytida o'qiladigan nafl namozi?
a) Zuho
b) Jum’a
c) Ishroq

30. Quyosh chiqqandan keyin o'qiladigan nafl namozi?
a) Ishroq
b) Zuho
c) Istixora

31. Imom Shofe'iy Imom Abu Hanifaning qabrlarini ziyorat qilgani kelganlarida qaysi mazhabda namoz o'qidilar?
a) Shofe’iy
b) Hanbaliy
c) Hanafiy

32. Inson biror ishni qilish yoki qilmasligini bilmay qolgan paytida o'qiladigan nafl namozi?
a) Ishroq
b) Istixora
c) Istisqo

33. Masjiddagi namozxonlarni safga turishga chorlash uchun aytiladigan maxsus takbir?
a) Iqomat
b) Azon
c) Talbiya

34. Masjidga kirganda o'qiladigan 2 rakat nafl namozi?
a) Kusuf
b) Tahiyot
c) Shukr

35. Namozda Fotiha surasidan oldin o'qiladigan duo?
a) Sano
b) Tashahhud
c) Salovot

36. Namozdagi holat, unda "Subhana Robbiyal 'Aala (yani: hammadan ustun robbim har nuqsondan pokdir)" kalimasi 3 marta aytiladi?
a) Sajda
b) Ruku’
c) Jalsa

37. Namozdagi holat, unda "Subhana Robbiyal 'Aziym (yani: ulug' robbim har nuqsondan pokdir)" kalimasi 3 marta aytiladi?
a) Sajda
b) Ruku’
c) Jalsa

38. Namozdagi holat, unda sano duosi, Fotiha surasi va zam sura ketma-ket o'qiladi?
a) Qiyom
b) Sajda
c) Jalsa

39. Namozning ichida nechta farz bor?
a) 5 ta
b) 6 ta
c) 7 ta

40. Namozdan tashqarida nechta farz bor?
a) 5 ta
b) 6 ta
c) 7 ta

41. Odatda tunning ikkinchi yarmida o'qiladigan nafl namozi?
a) Vitr
b) Istixora
c) Tahajjud

42. Quyidagi kalimaning nomini ayting: All'ohumma inn'i a'uzu bika min an ushrika bika shay'an va an'a a'lam. Va astag'firuka lima l'a a'lam. Innaka anta 'all'amul g'uy'ub.
a) Kalimai Raddi Kufr
b) Kalimai Shahodat
c) Kalimai Istig'for

43. Quyidagi kalimalarning qaysi birining nomi Kalimai Toyyiba deb ataladi?
a) L'a il'aha illall'ohu vahdah'u l'a shar'ika lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhy'i va yum'it(u) va huva hayyul l'a yam'ut(u), biyadihil xoyr(u) va huva 'al'a kulli shay'in qod'ir.
b) L'a il'aha illall'ohu Muhammadur ros'ulull'oh. (yani: Allohdan o'zga sig'iniladigan (iloh) yo'qdir! Muhammad Allohning rasulidir!).
c) Subh'anall'oh val hamdu lill'ah va l'a il'aha illall'ohu vallohu akbar. L'a havla va l'a quvvata ill'a bill'ahil 'aliyyil 'az'im. M'a sh'aall'ohu k'ana va m'a lam yasha'lam yakun.

44. Bir marotaba qilgan tahorat bilan qancha namoz o'qisa bo'ladi?
a) 5 mahal
b) 2 mahal
c) juda ham ko'p marotaba
 
45. Ovoz chiqarib namozda kulmoqlik tahoratni buzadimi?
a) buzmaydi
b) buzadi
c) bazi hollarda
 
46. Yomg'ir suvi bilan tahorat qilsa bo'ladimi?
a) Bo'ladi
b) Bo'lmaydi
c) Bazi hollarda

47. Namozda ikki sajda o.rtasida bir muddat o.tirish nima deyiladi
a) Qa’da
b) Jalsa
c) Qovma
 
48. Tahorat lug’atda poklik, tozalik, ozodalik ma’nolarini bildiradi. Poklik va poklanuvchilar Qur.oni karimning nechta oyatida vasf qilingan?
a) 26 oyatda
b) 114 oyatda
c) 20 oyatda

49. Quyidagi javoblardan faqat tahoratning odoblari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni belgilang.
a) Tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish;  qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomondagisidan boshlash; misvok ishlatish; bo‘yinga mash tortish
b) Tahorat paytida qiblaga yuzlanish;  og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olish, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqish; tahoratdan so‘ng ikki rakat namoz o‘qish
c) Qo‘l va oyoqlarni o‘ng tomondagisidan boshlash;  og‘izga o‘ng qo‘l bilan suv olish, burunga ham o‘ng qo‘l bilan suv olib, chap qo‘l bilan qoqish; bo‘yinga mash tortish

50. Najosat necha xil bo‘ladi?
a) 2 xil: haqiqiy najosat (xabas), hukmiy najosat (hadas)
b) 3 xil: og‘ir najosat, yengil najosat, haqiqiy najosat (xubus)
c) Faqat hukmiy najosat

51. Abu Tolib vafotlaridan keyin Rasululloh sallallohu alayhi vassallamga nisbatan qarshiliklar kuchaydi. U zot sallallohu alayhi vassallam Ka’batulloh yonida namoz o’qiyotgan vaqtlarida boshlariga tuyaning qornini tshlagan mushrik kim?
a) Abu Jahl.
b) Uqba ibn Mu’ayt.
c) Umayya ibn Xalaf.

52. Huzun yili Makka davrining nechanchi yiliga to'g'ri keladi?
a) 10 yili
b) 9 yili
c) 11 yili
 
53. Payg'ambarimiz (s.a.v) Aqoba tepaligida Madinaliklar bilan necha marta uchrashdilar?
a) 3 marta
b) 2 marta
c) 4 marotaba
 
54. Payg’ambar SAV ning Toifga hijratlaridan maqsad nima edi?
a) Qarindoshlarini ziyorat qilish va musulmonlar holidan habar olish
b) Islomni da’vat qilish va musulmon bo’lsalar himoyalariga kirish
c) Toif musulmonlariga dalda bo’lish, dushmanga qarshi birgalikda kurash

55. Payg’ambar SAV Toif halqini qancha vaqt da’vat qiladilar
a) 40 kun
b) 1 oy
с) 10 kun

56. Jinlar qaysi joyda payg’ambar SAV  ga iymon keltirib musulmon bo’ladilar.
a) Nahla vodiysida
b) Hiro g’orida
c) Kabada

57. Me’roj kechasida Payg’ambarimiz SAVga Baqaro surasining qaysi oyatlari nozil bo’lgan
a) 1-2-oytalar
b) 285-286-oyatlar
c) 255-oyat

58. Payg’ambarimiz SAV Me’rojga chiqqanlarida necha yoshda edilar
a) 43
b) 42
c) 45

59. Toif ahlining Payg’ambar (s.a.v) da’vatlariga munosabati qanday bo’ldi?
a) 80 % Toif ahli imon keltirdi
b) Hammalari imon keltirmasada da’vatni davom ettirishga e’tiroz bildirmadilar
c) Keskin munosabatda bo’lib, Toifdan quvdilar

60. Payg'ambarimiz s.a.v.ning Hadicha onamizdan tug'ilgan farzandlarining ismlari to'g'ri berilgan qatorni ko'rsating.
a) Qosim, Tohir, Tayyib, Ibrohim. Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.
b) Qosim, Tohir, Tayyib. Ruqiya, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.
c) Qosim, Tohir, Maysara, Ibrohim, Zaynab, Ummu Gulsum va Fotima.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2008, 07:41:41

61. Payg'ambarimiz s.a.v ning Moriya ismli cho'rilaridan ko'rgan farzandlarining nomi qaysi qatorda berilgan?
a) Ruqiya
b) Tayyib
c) Ibrohim

62. Dinimizga "Islom" nomini kim qo'ygan?
a) Ibrahim AS
b) Muhammad SAV
c) Alloh subhonahu va taolo

63. Islomning ilk davrda Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning uch yillik mujodalalaridan so’ng necha kishi islomni qabul qilgan edi?
a) 40 kishi     
b) 30 kishi     
c) 70 kishi

64. Rasulullohga SAV ko‘p aziyat yetkazuvchi bir guruh bo‘lib, ochiqdan-ochiq haqoratlab ozor bergani uchun ular masxara qilguvchilar, deyilardi. Bu kimsalarning boshlig‘i  Abu Jahl Amr ibn Hishom ibn Mug‘ira qaysi jamoadan edi?
a) Zuhra   
b) Mahzum   
c) Salmiy

65. Payg'ambarimiz SAV Qurayshni jamlab, "Ey banu Abdu Shams, ey banu Abdu Manof... deb yaqin qarindoshlarini jahannam azobidan ogoh qilayotgan vaqtlarida o'z farzandlaridan kimning nomini ataganlar?
a) Ummu Gulsum
b) Qosim
c) Fotima

66. Quyidagi suhbat qaysi podshoh bilan qurayshiylar orasida bo'lib o'tagan?
"Muhammad payg'ambarlik da'vosini qilishdan oldin yolg'onchiligi uchun hech malomatga uchraganmidi?" deb so'raganda u: "Yo'q", deb javob qaytargan. "Muhammad odamlarga yolg’on so'zlamagan ekan, demak Xudoga yolg'onchilik qilishi mumkin emas".
a) Najoshiy bilan Abu Sufyon
b) Kisrav bilan Amr ibn Os
c) Kisro bilan Abu Sufyon

67. Alloh bandalaridan tavbani qaysi vaqtgacha qabul qiladi?
a) kechani uchinchi qismigacha
b) qabrga kirgunlaricha
c) g'arg'ara kelgunicha

68. Abu Bakr (r.a) haqiqiy ismlari nima?
a) Abdulloh
b) Usmon
c) Kuhofa

69. Ikkinchi Habash hijratiga kim boshchilik qildi?
a) Jafar (r.a)
b) Ali (r.a)
c) Umar (r.a)

70. Uchinchi Aqoba muloqotida Rasululloh (s.a.v.) bilan birga bo’lib, u zot himoyasi uchun so’zga chiqqan kim edi?
a) Abu Bakr
b) Abbos
c) Hamza

71. Hijratdan aval Rasuli Akramni (s.a.v) o'ldirish fikri kimdan chiqdi?
a) Abu Jahl
b) Abu Lahab
c) Umayya ibn Halaf

72. Rasululloh s.a.v.ning qaysi amakilari "Siqoya" , ya'ni hojilarga suv tarqatuvchilik lavozimini egallagan edi?
a) Abbos
b) Hamza r.a.
c) Abu Lahab

73. "Dorunnadva" deb ataladigan, xalqning muhim masalalari hal etiladigan joy kim tomonidan qurilgan edi?
a) Rasululloh s.a.v. ning bobolari Abdulmuttalib
b) Barcha Makka zodagonlari tomonidan
c) Rasululloh s.a.v ning katta bobolari Qusay

74. Madinaga hijratning boshlanishi Makka davrining nechanchi yiliga to'g'ri keladi?
a) 11 yilliga
b) 12 yilliga
c) 13 yilliga

75. Rasululloh SAV va Abu Bakr r.a. do'st g'orda ekanliklarida kim ularga tuyalarini olib kelishi kerak edi?
a. Abdulloh ibn Urayqit
b. Abdulloh ibn Abu Bakr
c. Amr ibn Fuxayro

76. Makkadan kelgan muhojirlar qaysi qishloqda joylashdilar?
a) Avoil
b) Aqoba
c) Savr

77. Qurayshlik kofirlar tomonidan Payg.ambar s.a.v va Abu Bakr Siddiqni tutib keltirgan kishiga va.da qilingan mukofot qancha edi?
a) Besh yuz tuya
b) Yuz tuya
c) Ikki yuz tuya

78. Islom bayrog.ini ko.targan birinchi baxtli inson kim?
a) Burayda
b) Umar r.a
c) Hamza r.a

79. "œHijrat" so’zining ma’nosi nima?
a) O’z yurtini tashlab chiqib ketish
b) Shirk yurtidan islom yurtiga ko’chib o’tish
c) Dushmanlarni tashlab do’stlar tomon ketish

80. Madinaga yetib qolganlarida "Omiym" degan joyda kimlar Rasululloh s.a.v bilan uchrashib Islomni qabul qilishadi
a) Burayda ibn Husayn va uning odamlari
b) Abu Ma'bad va uning oilasi
c) Kulsum ibn Hidm va uning oilasi

81. Hijratning birinchi yilida Masjid an Nabiyga Ahl As-Suffah deya nomlangan odamlar guruhi kelgan ular kimlar bo'lgan?
a) Bevosita Payg’ambar alayhissalomdan ilm olish uchun kelgan musofir talabalar
b) Na boshpanasi na puli bo'lgan bechora odamlar guruhi
c) Jihodda oldi safda bo’ladigan bahodir askarlar guruhi

82. An-Nisa surasining 100 oyati qaysi insonning o'limi tufayli nozil bo'lgan?
a) As’ad ibn Zurora
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Damrah Bin Jundub

83. Ansorlar diniy birodarlarini qarindosh urug’laridan ko’ra a’loroq ko’rishar edi.Parvardigor hashr  surasini nechanchi oyatida bu haqida ta’rifladi?
a) 9- oyati.
b) 1-2 oyati.
c) 20-oyat.

84. Tavrotni o’qigan otasi: "Chiqadigan bu payg’ambar Horun avlodidan bo’lsa, unga iymon keltiraman va uni qo’llab quvvatlayman, aks holda inkor etaman" - degan qaysi sahobiyning otasi edi?
a) Anas ibn Molik.
b) Abdulloh ibn Salom.
c) Muoz ibn Afro.

85. Bir kecha uyqu —uyg’oq oralig’ida bir kishi ko’rinib "œmo’minlarni namozga chaqirur bo’lsang mana shu so’zlarni aytib qichqirgil" deb  azon kalimalarini ikki martadan qaytarib ta’lim qilingan qaysi sahobiy edi.
a) Bilol ibn Raboh.
b) Umar ibn Hattob
c) Abdulloh ibn Zayd.

86. Rosululloh(s.a.v)ni  siyratlari va sifatlarini eshitib va  shularni tekshirib ko’rmoqchi bo’lgan sahoba kim edi?
a) Abulloh ibn Salom.
b) Salmon Forsiy.
c) Sobit ibn Qays.

87. Duo qunutni paydo bo’lishiga nima ko’proq sabab edi?
a) Rosululloh eson omon Madinaga yetib olganliklari uchun va ansorlarni haqqiga qilgan duolari.
b) Payg’ambar alayhissalom hijrat qilolmay qolganlarni  mushkullarini oson qilish uchun duoni o’qir edilar.
c) Tinchlik hotirjamlik tilab o’qir edilar.

88. Tayammum g'usl va tahorat o'rniga o'tadimi?
a) Tahorat o'rniga o'tadi.
b) Tahorat va g'usl o'rniga
c) G'us’l o'rniga

89. Qanday hollarda tayammum qilsa bo'ladi?
a) Suv 1 mil uzoqlikda bo'lganda, kasalik va havo sovuq bo'lishi.
b) Dushmandan havf bo'lganda.
c) Hamma javoblar to'g'ri.

90. Tayammum qilgan holda qancha vaqt namoz o'qisa bo'ladi?
a) Hohlagan miqdorda
b) faqat bir mahal
c) faqat 5 mahal

91. Qanday amallar tayammumni sindiradi?
a) tahoratni sindiradigan barcha amallar
b) tanadan yiring oqishi.
c) tanadan qon oqishi.
 
92. G'uslning farzi nechta?
a) 3 ta
b) 2 ta
c) 4 ta
 
93. Qanday kunlarda g'usl qilmoq sunnat?
a) Juma kuni, arafa kuni
b) 2 iyd kuni
c) Ehrom bo'g'lagan kun
d) Ularning hammasi to'g'ri
 
94. G’uslni vojib qiluvchi narsalar nechta?
a) 9 ta
b) 8 ta
c) 7 ta

95. G’uslda makruh bo’lgan amallar nechta?
a) 6 ta
b) 7 ta
c) 8 ta
Manba kifoya (sharhi Muxtasar viqoya)

96. Qaysi o’rinda Tahorat va g’usl qilib bo’lmaydigan suvlar to’g’ri ko’rsatilgan?
a) O’simlik va mevalardan siqib olingan suvlarda, qurbat uchun ishlatilgan suvlarda, betahoratlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvlarda.
b) O’simlik va mevalardan siqib olingan suvlarda, yomg’ir suvida, betahoratlikni ketkazish uchun ishlatilgan suvlarda.
c) Nomi suv borki hammasini ishlatsa bo’ladi.

97. Agar quduqdagi  suvga tovuqga o’xshagan narsa tushib o’lib qolsa qancha suv olib tashlanadi?
a) suvni hammasi olib tashlanadi.
b) 40 -60 paqirgacha suv olib tashlanadi.
c) Tahmin qilinadi.

Munira xonim, Diydor, Muslima, Noza, Maryam Isabayeva, KWL, Farhod Isroilov, Dilmurod Majidov, Muhammad Ibrohim, Anisa, Asadulloh, Abdulloh90, Lolo, Sarah Mann,Olimxon, Muxsina, Alisher Abdullayev, Robiya savollaridan foydalanildi.

Qayd etilgan