Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236331 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 25 B


Munira xonim  25 Sentyabr 2008, 21:21:53

II-bosqich 3-turning dastlabki natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   100 ball
2.   Murod Karimov   100 ball
3.   Dilmurod Majidov   100 ball
4.   Noza   100 ball
5.   Rohatoy   100 ball
6.   Rayyona Usmonova   100 ball
7.   Musannif Adham   100 ball
8.   Anisa   100 ball
9.   Aziza Mannopova   100 ball
10.   Shoira Shodmonova   95 ball
11.   Abdulloh90   95 ball
12.   Muhammad Sobirov   95 ball
13.   Farhod Isroilov   95 ball
14.   A'zam Rahimov   90 ball
15.   Abduvohid Ahmadaliyev   90 ball
16.   Muslima Mamajonova   90 ball
17.   Lolo   80 ball
18.   Robiya   65 ball
19.   Guli Iskandarova   25 ball

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Sentyabr 2008, 21:34:38

II-bosqich 3 turning umumiy natijalari.

1.   Dilnoza Mirsaidova   295 ball
2.   Noza   295 ball
3.   Rohatoy   295 ball
4.   Rayyona Usmonova   290 ball
5.   Murod Karimov   285 ball
6.   Anisa   285 ball
7.   Dilmurod Majidov   280 ball
8.   Musannif Adham   280 ball
9.   A'zam Rahimov   275 ball
10.   Aziza Mannopova   270 ball
11.   Shoira Shodmonova   265 ball
12.   Abdulloh90   255 ball
13.   Muslima Mamajonova   250 ball
14.   Lolo   250 ball
15.   Muhammad Sobirov   245 ball
16.   Farhod Isroilov   240 ball
17.   Abduvohid Ahmadaliyev   190 ball
18.   Akbar   190 ball
19.   Jahongir Qurbonov   165 ball
20.   Robiya   130 ball
21.   Guli Iskandarova   100 ball
22.   Mars   70 ball
23.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
24.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
25.   Iqbol G'afforov   55 ball
26.   Nurilla Muhammedov   45 ball
27.   Huzayfa_89uz   35 ball
28.   Gulmira   25 ball

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Sentyabr 2008, 00:12:00

II BOSQICH
4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari

1. Rasululloh SAV e’tirof etgan shahidlarning eng ulug’i kim?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Anas ibn Nazr

2. Rasululloh SAV musulmon qo’shini ikki qanotiga kimlarni boshliq etib sayladilar?
a) Abdulloh ibn Jubayr, Mus’ab ibn Umayr
b) Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
c) Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Abu Vaqqos

3. U Uhud g’azotida shahid bo’lgan va o’zidan 9 ta qizni o’g’li qaramog’iga qoldirgan edi. O’g’li esa Rasululloh SAVning  mo’jizalari bilan xurmosiga baraka kirib, otasi qarzlarini ado etadi. Gap kim haqida ketayapti?
a) Abdulloh ibn Harom
b) Abu Said Hudriy
c) Amr ibn Jamuh

4. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr

5. Uhud g’azotining eng tahlikali paytida musulmonlarni shijoatlantirgan, "œUhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!" deya jangga kirishib, mislsiz qahramonliklar ko’rsatib, shahid bo’lgan, jasadidagi 70 dan ortiq jarohatlari tufayli tanib bo’lmas darajaga kelgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr

6. Otasi Uhud g’azotida shahid bo’lgandan so’ng, otasidan qolgan 6 ta qizni tarbiyalashi uchun juvonga uylangan va bu ishini Rasululloh SAV ma’qullagan sahoba kim edi?
a) Abu Said Xudriy
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Abdulloh ibn Mas’ud.

7. Rasululloh SAVdan oqqan qon va yaralarni kim yuvgan?
a) Hazrati Oyisha r.a.
b) Hazrati Fotima r.a.
c) Hazrati Ali r.a.

8. Rasululloh SAVni himoya qilib, 2-3 ta kamonni sindirgan, mohir mergan ansoriy kim edi?
a) Usaid ibn Huzayr al-Ansoriy
b) Abu Talha al-Ansoriy
c) Habbob ibn Muzir al-Ansoriy

9. Uhud urushida Payg’ambar SAV bayroqni qaysi sahobiyga beradilar?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Ali ibn Abu Tolib

10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos

11. Rasululloh SAV qilichlarini haqini ado etishni qaysi sahobaga topshirdilar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Umar ibn Xattob
c) Abu Dujona Sammon ibn Horis

12. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Talha ibn Ubaydulloh

13. Qaysi sahoba butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" (Farishtalar yuvgan kishi) deyilgan va Payg'ambarimiz SAV bu sahoba haqida shunday deganlar: "Na ishdirkim, maloikalar uni bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim"?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Hanzala

14. Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib quyganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Umayr ibn Sa'd

15. Qaysi javobda Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg'ambarimizga serpalgan bir qilichni qo'li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan sahobiy nomi to’g'ri kursatilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Abu Ubayda ibn Jarroh

16. Rasululloh SAVning yuzlariga botgan dubulg’ani tishlari bilan sug’urib olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Talha ibn Ubaydulloh
c) Abu Ubayda ibn al-Jarroh

17. O’zaro muhabbatlari tufayli bir qabrga dafn etilgan Uhud shahidlari kimlar?
a) Mus’ab ibn Umayr, Anas ibn Nazr
b) Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh
c) Hamza ibn Abdulmuttalib, Sa’d ibn Robe’.

18. Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
a) Ummu Sulaym
b) Oyisha binti Abu Bakr
c) Nasiba binti Ka’b

19. Rasululloh SAVning yaralarini so’rib olib, "œTupur!" desalar, tupurmagan, Payg’ambar SAV: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», degan sahoba kimning otasi edi?
a) Abu Said al-Xudriy
b) Usoma ibn Zayd
c) Jobir ibn Abdulloh

20. Uhud urushida quyidagi yosh bolalardan qaysilar ishtirok etganlar?
a) Usoma ibn Zayd, Baro ibn Ozib
b) Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit
c) Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.

Ushbu turda Anisa, Robiya, A'zam Rahimov, Aziza Mannopova, Muslima Mamajonova, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida)
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2008, 11:32:34

II BOSQICH
2-tur: Badr g’azotidan so’ng.
Javoblar va izohlar

1. Badr g’azotida Rasululloh SAV tomonidan o‘ldirilmasligi amr qilingan ikki qurayshlik kim?
a) Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
b) Hakim ibn Hazom, Sumoma ibn Molik
c) Abbos ibn Abdulmuttalib, Hakim ibn Hazom.
To’g’ri javob: Abbos ibn Abdulmuttalib, Abul Baxtariy
Izoh: Rasululloh (s.a.v.) ashobga qarata:
— Ma’lumki, hoshimiylardan ba’zilari va yana boshqa bir necha kishi bu jangga o‘z istaklari bilan kelishmagan. Shu sababli, hoshimiy o‘g‘illaridan biriga, Abul Baxtariyga, Abbosga duch kelganlar, ularni o‘ldirmasin, — dedilar. ("œSaodat asri qissalari")

2. Badr jangidan so'ng yeg'ilgan o'ljalardan o’z haqini so’raganda: "Bu qilich na sening va na meningdur" - deb Rasululloh s.a.v. dan javob olgan va keyinchalik shu qilichni shaxsan Rasululloh s.a.v. hadya qilib olgan sahobiy (r.a) kim edi?
a) Sa'd inb Abu Vaqqos
b) Ali inb Abu Tolib
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Sa'd inb Abu Vaqqos.
Izoh: —   Yo Rasululloh, sizdan bir iltimosim bor, — deb qoldi Sa’d ibn Abu Vaqqos.
— Nima ekan u istaging?
— Mana shu qilichni menga bersangiz...
U o‘ljalar orasida qaragan ko‘zlarni o‘ynatib turgan bir qilichni ko‘rsatayotgan edi. Ammo Janobi Rasululloh bu taklifni o‘rinli ko‘rmadilar.
— Bu qilich na seningdir va na menimdir, ey Sa’d. O’lja taqsimida chekingga tushsa, olarsan, — dedilar. ("œSaodat asri qissalari")

3. Badr g’azotida jami bo’lib nechta sahobiy shahid bo’lganlar?
a) 9
b) 13
c) 19
To’g’ri javob: 13
Izoh: Musulmonlar shahidlarini bitta-bittadan topdilar. Jami o‘n uch shahid bergan edilar. ("œSaodat asri qissalari")

4. Badr shahidlari qayerga dafn etilgan?
a) Badrga
b) Baqi’ qabristoniga
c) Usayl vodiysiga.
To’g’ri javob: Badrga
Izoh: Shahidlar Janobi Rasulullohning (s.a.v.) amrlariga muvofiq Badrga dafn etildi. ("œSaodat asri qissalari")

5. Badr g’azotida mushriklardan necha kishi o’ldirilgan?
a) 50 kishi
b) 70 kishi
c) 100 kishi.
To’g’ri javob: 70 kishi.
Izoh: Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Hazrati Umar roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirganlar: «To‘qnashuv bo‘lgan kuni Alloh mushriklarni mag‘lub etdi. Ulardan yetmish kishi o‘ldirildi va yetmishtasi asir olindi. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

6. Badr g’azoti asirlari haqida Rasululloh SAV sahobalardan maslahat olib, kimning fikrini ma’qulladilar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon.
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq.
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr, Umar va Ali roziyallohu anhularga asirlar to‘g‘risida maslahat qildilar.
Abu Bakr:
«Ey, Allohning Rasuli, ular amakivachcha, qabiladosh va yoki birodar odamlar, menimcha, ulardan to‘lov olsangiz, yaxshi bo‘lardi. Ulardan olingan mablag‘ biz uchun kofirlarga qarshi quvvat bo‘ladi. Ajab emaski, Alloh ularni ham hidoyatga solib, bizga yelkadosh bo‘lsalar», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sen nima maslahat berasan, Ey, Ibn Xattob?» dedilar.
«Allohga qasamki, men bu Abu Bakrning gaplariga qo‘shilmayman. Fikrim shuki, menga agar izn bersangiz, falonchining (Umarning qarindoshlaridan biri) bo‘ynini uzsam, Aliga izn bersangiz, akasini bo‘ynini uzsa, toki Allohga qalbimizda mushriklarga nisbatan yumshoqlik yo‘qligini ko‘rsataylik. Bular mushriklarning boshliqlari va yo‘lboshchilaridir», dedim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrni aytganlariga moyil bo‘ldilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

7. Badr urushi asirlari ichida to’lov berishga imkoni yo’qlari uchun Rasululloh SAV qanday imkoniyat berdilar?
a) "œLa ilaha illalloh" deya iymon keltirsa ozod qilindi.
b) Musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo’lsa ozod qilindi.
c) Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
To’g’ri javob: Musulmonlarning bolalaridan 10 kishining savodini chiqarsa ozod qilindi.
Izoh: Badr urishida musulmonlar qo‘lga asir tushgan mushriklardan to‘lov berishga imkoni yo‘qlari ham bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular uchun ham ozodlikka chiqish yo‘lini ochib berilar. Bu yo‘l dunyo tarixi mislini ko‘rmagan yo‘l edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mazkur asirlar musulmonlarning bolalaridan o‘n kishiga o‘qish yozishni o‘rgatib qo‘ysa ozod bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

8. Madinaga ilk bor Badr g'azoti g'alabasining xushxabarini qaysi sahobiy (r.a.) olib kelgan?
a) Zayd
b) Huzayfa
c) Abu Luboba
To’g’ri javob: Zayd.
Izoh: Zayd: —   Ollohu akbar! Ollohu akbar! — deya hayqirdi.
Odamlar bu hayqiriq nimani anglatishini dabdurustdan bilolmadilar. Zayd endi ochiqroq so‘yladi:
- Abu Jahl o‘ldirildi! Utba ibn Robia o‘ldirildi!.. Buyuk bir zafar qozondik. Ollohu akbar!.. Ollohu akbar!.. ("œSaodat asri qissalari")

9. Rasululloh SAV Badr asirlari kengashidan so’ng Abu Bakr r.a.ni ko’ngilchanliklari uchun Ibrohim a.s.ga o’xshatganlar. Umar r.a. ni qaysi payg’ambarga o’xshatganlar?
a) Muso a.s.
b) Nuh a.s.
c) Yunus a.s.
To’g’ri javob: Nuh a.s.
Izoh: Rasululloh dedilar: Parvardigor ba’zi birovlarning ko‘nglini sutdan ham oq, paxtadan ham yumshoq, ba’zilarnikini esa toshdan ham qattiq qiladi. Ey Abu Bakr, sen yumshoq ko‘ngil Ibrohimga o‘xshaysan. U o‘z fazlini namoyon etib bunday degan edi: "Kimki menga ergashar ekan, u mening dinimdadir, kimki menga osiylik qilar ekan, sen shubhasiz (unga) mag‘firat qilishga va marhamat ko‘rsatishga qodirsan". (Ibrohim surasining 36-oyati). Ey Umar, sen xuddi Nuhga o‘xshaysan, u kofirni duoibad qilib: "Parvardigorim, yer yuzida bironta kofir zotini qo‘ymagin", degan edi. (Nuh surasining 96-oyati) ("œNurul-yaqin")

10. Abu Sufyon o’g’lini asirlikdan qutqarib olish uchun qanday hiyla ishlatgan?
a) Qurayshlik bahodir yigitlardan to’rttasini Madinaga yuborib, asirlar saqlanadigan joydan o’g’lini ozod qildirdi.
b) Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
c) O’g’liga maktub yo’llab, yolg’ondan musulmon bo’lganini aytishini ma’lum qildi.
To’g’ri javob: Ka’ba ziyoratiga borgan bir ansoriyni tutib, qamab qo’ydi va o’g’liga almashtirdi.
Izoh: Abu Sufyonga tovon to‘lab o‘g‘lini qutqarib ketish taklif etilganda u qat’iyan rad etib: "Men hech qachon haq to‘lab o‘g‘limni qutqarmayman. Uning ixtiyori Muhammadda, nima qilsa o‘zi biladi", dedi. Shundan keyin bu yovuz kimsa Ka’ba ziyoratiga borgan Sa’d ibn Nu’mon Ansoriyni tutib olib, qamab qo‘ydi. Rasululloh Abu Sufyonning o‘g‘lini Sa’d bilan almashtirishga majbur bo‘ldilar. ("œNurul-yaqin")

11. Payg’ambar SAVning kuyovlari, Zaynab r.a.ning erlari, Rasululloh rostgo’yligini maqtagan kishi kim?
a) Abul Os ibn Robe’
b) Usmon ibn Affon
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Abul Os ibn Robe’
Izoh: Ibn Shihob raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: "¦Keyin, ul zot Banu Abdi Shams qabilasidan bo‘lmish kuyovlari haqida gapira turib, uning o‘zlariga yaxshi kuyovlik qilganini aytib maqtadilar. So‘ng: «(Men johiliyat davrida katta qizim Zaynabni Abu al-Os ibn Rabi’aga nikohlab bergan erdim), u (qizim ustiga uylanmaslikka) menga va’da berib, so‘zining ustidan chiqdi. (So‘ng, bizga asir tushganida qizimni mening huzurimga qaytarib yubormoqqa ham) va’da berib erdi, va’dasiga vafo qildi. ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

12. Badr urushida mushriklarning alambardori (bayroqdori) kim bo’lgan edi?
a) Abul Hakam ibn Hishom
b) Os ibn Voil
c) Soib ibn Yazid.
To’g’ri javob: Soib ibn Yazid.
Izoh: Badr urushida mushriklarning a’lamdori bo‘lgan Soib ibn Yazid islom olamining mo‘tabar imomlaridan Shofeiy Muhammad ibn Idrisning bobokalonidir. ("œNurul-yaqin")

13. Badr asirligidan Makkaga qaytib kelib musulmon bo’lganini tan olgan, "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob bergan sahoba kim edi?
a) Valid ibn Valid.
b) Suhayl ibn Amr.
c) Abul Os ibn Robe’.
To’g’ri javob: Valid ibn Valid.
Izoh: Valid ibn Validni Xolid bilan Hishom qutqarib olishdi. Valid Makkaga qaytib kelgach, musulmon bo‘ldi. Unga: "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb atay shunday qildim", deya javob berdi. Uning islom diniga kirganidan g‘azablangan qarindoshlari Madinaga ketishiga yo‘l qo‘yishmadi, Rasululloh Ka’ba ziyoratiga kelganlarida Valid payt poylab u kishiing yoniga qochib ketdi. ("œNurul-yaqin")

14. Qaysi g'azotda ikki iyd namozini o'qish Alloh tomonidan buyurildi?
a) Banu Qaynuqo’ g’azoti
b) Saviq g’azoti
c) Banu Qurayza g’azoti
To’g’ri javob: Saviq g'azotida
Izoh: Ko'rdilarkim, olishga ham ulugurmay tashlab qochgan narsalarining ko'prog'i arpa-bug'doyning talqoni ekan, shuning uchun bu g'azotga "Saviq" nomi berildi va ham shu yili Alloh taolo musulmonlarga ikki "iyd" namozini o'qimoqqa buyurdi. Bu ikki "iyd" namozini butun shahar va qishloq xalqlari bir joyda yig'ilishib o'qimoq sunnat bo'ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

15. Banu Qaynuqo’ g’azotini keltirib chiqargan sabab nima edi?
a) Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
b) Badr g’azotida Banu Qaynuqo’ yahudiylari ochiqdan ochiq musulmonlarga xiyonat qilib, Qurayshga yordam beradilar.
c) Musulmonlardan biri qarzini to’lolmaganligi uchun yahudiy bozorida o’ldiriladi. Xun haqi to’lashga rozi bo’lmagan yahudiylarga urush ochiladi.
To’g’ri javob: Musulmon ayolni kalaka qilgani uchun bir yahudiyni musulmon o’ldiradi, yahudiylar ham musulmonni o’ldirib, ahdni buzadilar.
Izoh: Bir arab ayol o‘zining sotadigan narsasini olib keldi. Uni Qayniqo’ bozorida sotmoqchi bo‘ldi. U yerdagi bir zargarning oldiga o‘tirdi. Ular ayolning yuzini ochishga harakat qila boshladilar. Ayol bunga yo‘l bermadi. Zargar bildirmasdan ayolning kiyimining bir tomonini qayirib orqasiga bog‘lab qo‘ydi. Ayol ishini bitirib o‘rnidan turganda avrati ochilib ketdi. Ular kuldilar. Ayol dod soldi. Musulmonlardan bir kishi o‘rnidan sapchib turib zargarni o‘ldirdi. Zargar yahudiy edi. Yahudiylar haligi musulmonga hujum qilib uni o‘ldirdilar. Qatl etilgan musulmonning qarindoshlari musulmonlardan yahudiylarga qarshi yordam so‘radilar.
Bu yahudiylar tomonidan Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan tuzilgan shartnomaning birinchi bor buzulishi edi. Orada qarama-qarshilik vujudga keldi. O’shanda ikkinchi hijriy sananing Shavvol oyi yarimi edi. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

16. Banu Qaynaqo' g'azotida yahudiylarning arab yerlaridan ko'chib ketishida kim vakil qilindi?
a) Ubay ibn Ka’b
b) Uboda ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Ubay
To’g’ri javob: Uboda ibn Somit
Izoh: Ilohiy tomondan bularning ko'ngullariga qattiq qo'rinch tushganligidan hech qandoq qarshilik ko'rsata olmadilar. Oxir Rasulullohdin o'zlari so'radilarkim, yolg'iz yo'l ozug'i va bola chaqalarini olib arab tuprog'idan chiqib ketgaylar. Qolgan mol-mulk, turar joylarini qoldirgaylar. Mana shu so'zga to'xtash bo'lganidan so'ngra, ko'chib ketmakka uch kun muhlat berildi. Bu ishga Uboda ibn Somit vakil bo'ldi. ("œTarixi Muhammadiy")

17. Banu Qaynuqo’ g’azotida musulmonlar qanday harbiy usul qo’llashdi?
a) Avval yakkama-yakka olishuv, so’ng umumiy jang.
b) Qamal qilindi.
c) Manjaniqlar orqali qal’a ichkarisiga hujum qilindi.
To’g’ri javob: qamal qilindi.
Izoh: Payg‘ambar alayhissalom ularni bir muddat qamal qilib turdilar. O’n besh kun o‘tgandan keyin yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hukmlariga rozi bo‘lishlarini e’lon qildilar. ("œHadis va hayot: Olamlarga rahmat payg’ambar").

18. Saviq g’azoti nima uchun shunday nomlandi?
a) Bu g’azotda sahobalarning yagona yeguliklari saviq bo’lganligi bois shunday nomlanadi.
b) Mushriklarning katta karvoni Madina atrofidan Makkaga yo’l olayotgani xabari keladi. Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib, yuk yengil bo’lsin deb, ba’zi don to’la qoplarni tashlab qochishadi.
c) Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
To’g’ri javob: Mushriklar musulmonlar ta’qibidan qochib talqon solingan qoplarni tashlab ketishadi. Bu qoplar musulmonlarga o’lja bo’ladi.
Izoh: Bundan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom zulhijja oyning beshinchi kuni ikki yuz sahoba bilan Abu Sufyonga qarshi otlandilar. Biroq dushman allaqachon qochib qolgan, ularni quvib yetish mahol edi. Mushriklar yukini yengillatish uchun tashlab qochgan talqon solingan qoplar musulmonlarga o‘lja bo‘ldi. Shu bois bu yurish saviq (talqon) g‘azoti deb ataladi. ("œNurul-yaqin")

19. Ka'b ibn Ashrafni o'ldirishda hiyla ishlatgan sahobiy kim?
a) Muhammad ibn Maslama
b) Zubayr ibn Avvom
c) Abu Dujona
To’g’ri javob: Muhammad ibn Maslama
Izoh: Bir kuni Rasululloh:
- Ka'b ibn Ashrafga tatiydigan kishi bormu? Uning ozoridan xudo payg'ambarini kim qutqaza olur? - dedilar. Anda Muhammad ibn Maslama:
- Yo Rasululloh, men qutqazurman, lekin dushmanni qo'lga tushirguncha yolg'on so'zlashga, hiyla qilishga ruxsat qilursiz, - dedi. ("Tarixi Muhammadiy")

20. G’atafon g’azotida Payg’ambar SAVga hujum qilib, "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi?" deya hayqirgan va Rasulullohning shijoatlarini ko’rib musulmon bo’lgan qavm rahbari kim edi?
a) Du’sur
b) Ibn Afk
c) Tufayl ibn Amr.
To’g’ri javob: Du’sur
Izoh: Payt poylab turgan Du’sur tog‘dan tushib, asta-sekin payg‘ambar alayhis-salomning tepasiga qilichini yalang‘ochlab keldi va: "Ey Muhammad, endi seni mendan kim qutqara oladi" dedi. "Xudoning o‘zi qutqaradi", dedilar rasululloh o‘ta xotirjamlik bilan. U kishining xotirjamligi va ishonch bilan gapirishi Du’surni esankiratib qo‘ydi, rangi bo‘zdek oqargancha qo‘lidan qilich tushib ketdi.
Payg‘ambar alayhis-salom uning qilichini olib: "Xo‘sh, endi kim sening joningga oro kiradi?" deb so‘radilar. "Hech kim", dedi Du’sur bo‘shashgancha. Sarvari olam muruvvat ko‘rsatib uni kechirdilar. Du’sur shu zahoti musulmon bo‘lib, qavmini islomga da’vat etdi. Payg‘ambar alayhis-salomii yomon ko‘rib, hammani u kishiga qarshi turishga undab yuradigan yovuz bir kimsa Ollohning iltifoti tufayli u kishini yaxshi ko‘radigan va odamlarni islom diniga da’vat etadigan zotga aylandi. Bu rasulullohning xushmuomalaligi, muloyimligi, rahmdilligining sharofatidir. ("œNurul-yaqin")

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Oktyabr 2008, 06:33:58

Assalamu alaykum!

Inshaalloh, keyingi tur mavzulari quyidagicha bo'ladi:

5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
8-tur: Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari
9-tur: Bani Mustalaq, Xandaq g'azotlari
10-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 2-qism

Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Oktyabr 2008, 06:35:23

II BOSQICH
3-tur: Uhud g’azoti qissasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azoti avvalida Rasululloh SAV majlis o’tkazganlarida u zot qanday taklifni aytgandilar?
a) Madina tashqarisida pistirmada turib, Qurayshga hujum qilish.
b) Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
c) Ular Uhudga yetganlarida u yerdagi qulay joydan tog’ va vodiydan hujum qilish.
To’g’ri javob: Madinadan chiqmasdan to’siqlar hosil qilib, dushman bostirib kelsa, tor ko’chalarda urush qilish.
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissolatu vassalom sahobalar bilan, dushmanga qarshi chiqish kerakmi yoki Madinadan chiqmay turish yaxshimi, masalasida maslahat qildilar. U zotning o‘zlarining fikrlaricha, Madinadan chiqmasdan, to‘siqlar hosil qilib turish, agar dushman bostirib kirsa, tor ko‘chalarga kiraverishda urush qilish, ayollar esa, uylarning ustidan yordam berishlari kerak edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

2. Rasululloh SAV Uhud jangidan avval tush ko’rdilar. Tushlarida qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Ul zot qilichlaridagi kemtikni nimaga yo’ydilar?
a) Ahli baytlaridan birovining o‘limiga
b) Sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishiga
c) Kelgusidagi urushda musulmonlarning mag’lubiyatiga.
To’g’ri javob: ahli baytlaridan birovining o‘limiga.
Izoh: Bungacha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tush ko‘rgan edilar. Tushlarida, qilichlarining labida bir oz kemtik paydo bo‘libdi. Bir sigir so‘yilayotgan emish va qo‘llarini bir mustahkam qalqonga tiqayotgan emishlar. Qilichlaridagi kemtikni ahli baytlaridan birovining o‘limi, deb yo‘ydilar. Sigirni esa, sahobalaridan bir nechalarining o‘ldirilishi, deb bildilar. Qalqonni Madinai Munavvaraga yo‘ydilar. U zoti bobarakotga bo‘ladigan ishlarning ishorasi yetgan edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

3. Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay askarlarning  qancha qismini ortga qaytardi?
a) Beshdan birini
b) To’rtdan birini
c) Uchdan birini
To’g’ri javob: Uchdan birini.
Izoh: Madinadan chiqib, Uhudga qarab ketayotganlarida, munofiqlarning boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay: «Mening gapimni qo‘yib, yosh bolalarning gapini qilyapti», deb askarlarning uchdan birini olib qaytib ketdi. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalari Abdulloh ibn Harom roziyallohu anhu ularning ortidan borib, qaytarishga urindilar: «Kelinglar, Allohning yo‘lida urush qilinglar!» deb qistadilar. Ular bo‘lsa: «Sizlar urush qilishingizni bilganimizda, qaytmas edik», deyishdi. Abdulloh ibn Harom ularni so‘kib orqasiga qaytdi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

4. Musulmonlar qo’shinida nechta otliq va kamonchi bor edi?
a) 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
b) 30 ta otliq, 60 ta kamonchi
c) 40 ta otliq, 40 ta kamonchi
To’g’ri javob: 50 ta otliq, 50 ta kamonchi
Izoh: Shanba kuni ertalabdan Payg‘ambar alayhissalom yetti yuz kishini urushga tayyorlay boshladilar. Ellikta otliq, ellikta kamonchi bor edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

5. Uhud g’azotida Quraysh qo’shini soni qancha edi?
a) 2000 ta
b) 3000 ta
c) 4000 ta
To’g’ri javob: 3000 ta
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

6. Quraysh qo’shinining ikki qanot qo’mondonlari kim edi?
a) Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
b) Safvon ibn Umayya, Abu Sufyon ibn Xoris
c) Utba ibn Abi Vaqqos, Ubay ibn Ka’b.   
To’g’ri javob: Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl
Izoh: Qurayshliklar ham urushga tayyorlanisha boshlashdi. Ularning soni uch mingta bo‘lib, otliqlari ikki yuzta edi. Ular o‘ng qanotga Xolid ibn Validni va chap qanotga Ikrima ibn Abi Jahlni qo‘ydilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

7. Uhud urushida eng yosh jangchilar necha yoshda bo’lgan?
a) 10 yosh
b) 15 yosh
c) 17 yosh
To’g’ri javob: 15 yoshda.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

8. Payg’ambar SAV Uhud urushi vaqtida Madinada qolganlarga jamoat namozini o’qib berib turishni qaysi sahobiyga topshiradilar?
a) Usmon ibn Affon
b) Bilol ibn Raboh
c) Abdulloh ibn Ummu Maktub
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktub
Izoh: Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ming nafar sahoba bilan chiqdilar. Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhuga Madinada qolganlarga jamoat namozini o‘qib berib turishni buyurdilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

9. Quraysh qabilasida odamlarni jangga shijoatlantirgan, Uhud urushi tashkilotchisi qaysi javobda ko’rsatilgan?
a) Abu Sufyon ibn Harb
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Abu Sufyon ibn Harb
Izoh: Badr urushida rahbarlaridan ajrab qolgan Quraysh qabilasiga Abu Sufyon ibn Harb boshliq bo‘lib qoldi. U odamlarini musulmonlardan o‘ch olishga chaqira boshladi. Bu orada Qurayshning butun boshli bir karvoni musulmonlar qo‘liga tushish arafasida bazo‘r qutilib qoldi. Shunda mushriklar o‘sha karvondagi hamma molu mulklarini musulmonlarga qarshi urushga sarflashga ahd qilishdi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")
 
10. O'z xo'jasidan: "Agar bu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan" degan va'dani olgan qulning ismi?
a) Vahshiy
b) Kilob
c) Sulaym
To’g’ri javob: Vahshiy
Izoh: Quraysh raislaridan Jubayr ibn Mut'amning "Vahshiy" nomlik habashiy qora quli bor edi. Nayza otmoq mashqini yaxshi olgan edi. Besh-o'n qadam yerdan nayza otur bo'lsa, ko'zlagan joyini urib, hech xato qilmas edi. Xo'jasi Jubayr uni chaqirib aytdikim, "agar ushbu urushda Muhammadning amakisi Hamzani o'ldirur bo'lsang, sen ozodsan", dedi. Chunki o'tgan Badr urushida uning amakisi Tuaymani hazrati Hamza o'ldirgan edi. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Uhud g'azotida quraysh qo'shini qochmasligi uchun askar boshliqlari qanday chora qo'llaganlar?
a) Ortga qochganlar o’ldirilishga mahkum qilindi.
b) Xotinlarini birga olib ketganganlar.
c) Urushga ketgan qurayshiylarning mol-dunyo va bola-chaqalari garovga qo’yildi.
To’g’ri javob: Xotinlarini birga olib ketganganlar.
Izoh: Shuning bilan quraysh qo'shini qurollanib, Madinaga yurish qildilar. Qochmaslikka to'sqin bo'lsin, deb askar boshliqlari xotunlarni birga oldilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Uhud g'azotida qurayshlar qo'shini piyoda askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Safvon ibn Umayya
b) Xolid ibn Valid
c) Ikrima ibn Abu Jahl
To’g’ri javob: Safvon ibn Umayya
Izoh: Ammo, quraysh kofirlari bo'lsa, bu tog' qarshisidagi keng soyga kelib qo'ndilar. So'ngra har ikki tomon o'z askarining yasog'iga kirishdi. Dushman askarining o'ng tomonida Xolid ibn Valid turdi. Jovong'ar (so'l qo'lida) Ikrima ibn Abu Jahl turdi. Abu Sufyon ham tug' bayrog'i bilan so'lda turgandi. Piyoda askarlarga Safvon ibn Umayya boshliq bo'lib belgilandi. ("Tarixi Muhammadiy")

13. Rasululloh SAV umr bo'yi qilgan g'azotlarida birgina kishini o'ldirganlar. U kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Uqba ibn Abu Muoyt
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Ubay ibn Xalaf
Izoh: Yana shunday qizg'in urush bo'lib turgan chog'da, quraysh raislaridan Ubay ibn Xalaf degan kishi "endi Muhammad qayon qochib qutila oladi" deb Rasululloh ustiga ot qo'ydi. "Agar shul kuni Muhammad mandin qutulur bo'lsa, man dunyoda tirik tura olmagayman", - deb qilich ko'tarib hujum qilmoqchi bo'ldi. Buni ko'rgan sahobalardin bir nechalari uning oldini to'sib, qarshi chiqdilar. Anda Rasululloh: - "Hoy, uni to'smanglar, yaqinroq kelsin", - dedilar. U ham og'ziga aytganini aytib, qilichini ko'tarib chopgali kelmoqda edi. Rasululloh, yetishiga bir-ikki nayza bo'yi qolgan chog'da, yonlarida turgan Horis ibn Samma degan sahoba tutib turgan qisqa nayzani aning qo'lidan olib, yomon niyatda kelayotgan dushmanni yetguncha qo'ymay, ul sari otdilar. Nayza yetib, uning bo'ynini biroz yaraladi. Ammo qon oqizguvdek yarasi yo'q edi. Lekin uning og'rig'iga chiday olmay orqaga qaytdi. Shuni bilan Quraysh askari Uhud urushidan qaytishlarida Makka Madina oralig'i - Sarar degan joyga kelguncha bu kishi jon talashib, bo'kirib keldi. Shu yerga kelganda jon berdi. Rasululloh umr bo'yi qilgan g'azotlari ichida, ilgari-keyin bo'lib, shu bir kishini o'ldirdilar. O'z qo'llari bilan o'ldirganlari yolg'iz shu kishi edi. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Tosh otib Rasululloh SAVning tishlarining birini sindirgan kofir kim?
a) Ubay ibn Xalaf
b) Utba ibn Abi Vaqqos
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Utba ibn Abi Vaqqos
Izoh: Rasululloh bu urushda ikki qavat temir sovut kiygan edilar. Payg'ambarimiz kiyim og'irligidan, payqamasdan shu chuqurlarning biriga tushib ketdilar. Qattiq yiqilganlikdan, tizza ko'zlari yaralanib, bir oz xushlari ketgandek bo'ldi. Yonlarida qo'riqlab turgan hazrat Ali qo'llaridan tortib, Talha ibn Abdulloh oyoqlaridan ko'tarib chuqurdan chiqardilar. Shu chog'da kofirlar tomonidan Utba ibn Abi Vaqqos kelib Rasulullohga bir tosh otdi. Otilgan tosh ostingi ikki tishlarining birini sindirib ketdi. ("Tarixi Muhammadiy")

15. Uhud g'azoti qissasi asosan Qur’oni karimning qaysi surasida keltirilgan?
a) Baqara surasida
b) Oli Imron surasida
c) Fath surasida
To’g’ri javob: Oli-Imron surasida
Izoh: Qur'oni karimda "Oli Imron" surasida oltmish oyat bilan Uhud g'azoti bayon qilindi. ("Tarixi Muhammadiy")

16. Uhud g'azotida musulmonlardan necha kishi shahid bo'lgan?
a) 50
b) 70
c) 80
To’g’ri javob: 70
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

17. Uhud kuni Rasululloh SAVni himoya qilib necha kishi shahid bo’ldi?
a) Yetti kishi
b) To’qqiz kishi
c) O’n bir kishi
To’g’ri javob: Yetti kishi
Izoh: O’sha kuni Rasululloh alayhissolatu vassalomni himoya qilib, yetti kishi shahid bo‘ldi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

18. Uhud shahidlari qayerga dafn etildilar?
a) Madinadagi Baqi’ qabristoniga
b) Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga
c) Hamroul Asad vodiysiga
To’g’ri javob: Uhudning o’zida, jon taslim qilgan joylariga.
Izoh: Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Uhudda shahid bo‘lganlarni jon taslim etgan yerlarida dafn etishga amr qildilar: «Maqbaralarga olib borilmasinlar», dedilar.
Jarchilar bu amrni hamma yerga yetkazdilar. Maqbaralarga olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib keldilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

19. Uhud kuni musulmonlar adashib qaysi sahobaning otasini o’ldirib qo’yadilar?
a) Huzayfa ibn Yamon.
b) Talha ibn Ubaydulloh.
c) Abu Talha al-Ansoriy
To’g’ri javob: Huzayfa ibn Yamon.
Izoh: Oisha raziyallohu anhodan nakl kilinadiki, Uhud kuni mushriklar jang maidonini tashlab qochibdi Shunda shayton la’natullohi alayhi «Ey Ollohning bandalari, ortingizdagilardan ehtiyot bo‘lingizlar » — deb nido qilib musulmonlarni chalg‘itibdi. Natijada oldingi safdagilar ortlariga o‘girilib, keyingi safdagi (o‘z birodarlari birlan) jang boshlashibdi. Shu payt Huzayfa otasi al-Yamonni ko‘rib «Ey Ollohning bandalari, bu mening otam, bu mening otam » — deb baqiribdi, ammo jangchilar o‘zlarini to‘xtatib qololmay, Huzaifaning otasini o‘ldirib qo‘yishibdi. Lekin, Huzayfa otasining qotillariga «Olloh taolo gunohlaringizni kechirsin'»—deb yomonlik qilmabdi, hattoki umrining oxirigacha ularga yaxshilik qilaveribdi. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

20. Jang tugagandan so’ng Rasululloh SAV Qurayshiylarni kuzatib xabar yuborish uchun kimni jo’natdilar?
a) Zubayr ibn Avvomni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Talha ibn Ubaydullohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Jang tugagandan keyin mushriklar qaytib borib to‘plana boshladilar. Musulmonlar, ular Madinaga borib ayol-qizlarni asir olib, molu mulkni talashsa kerak, deb o‘ylab xafa bo‘ldilar. Payg‘ambar alayhisslom hazrati Ali ibn Abi Tolibga:
«Ularning izidan bor. Nima qilishayotganiga nazar sol. Nima qilmoqchi ekanlarini bil. Agar otlarni chetga qo‘yib, tuyalarni minsalar, Makkaga ketishadi. Agar otni minib, tuyalarni haydab olsalar, Madinaga yurishadi. Mening nafsim qo‘lida bo‘lgan zot bilan qasamki, agar Madinaga borishsa, men ham borib ularni o‘sha yerda yo‘q qilaman!» dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Oktyabr 2008, 06:36:19

II BOSQICH
5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism

1. Namozda nechta farz bor?
a) 6 ta: takbiri tahrima, qiyom, qiroat, ruku, sajda, qa’da.
b) 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
c) 10 ta (5 tasi namoz tashqarisida, 5 tasi namozning ichkarisida)

2. Quyidagi amallardan qaysi biri sunnat hisoblanmaydi?
a) fursat keng bo‘lganida bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni o‘qish.
b) fursat keng bo‘lganida asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish.
c) fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.

3. Peshin namozi vaqti kirgan, lekin azon atilmagan, 4 rakaat sunnat namozini o’qib olsa bo’ladimi?
a) Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
b) Yo’q, namoz vaqti kirgach, azon aytilgandan so’ng 4 rakaat sunnatni sunnatni o’qisa bo’ladi.
c) Namoz o’qiguvchi agar uyda bo’lsa azon aytilmasa-da, sunnatni o’qiyveradi, agar masjidda bo’lsa, azon aytilgandan so’ng o’qiydi.

4. Ayol kishi qadami (oyoq tagi)ni ochgan holda namoz o’qishi mumkinmi?
a) Mumkin emas, ayol kishining qadami nomahram erkak uchun avratdir, namozda ham oyoq tagi yopiq turishi kerak.
b) Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
c) Ayollarning namozni oyoq taglarini berkitmay o’qishlari makruh.

5. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh amal hisoblanmaydi?
a) Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olish
b) Sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish
c) Namoz paytida uzrsiz yo’talish.

6. Payg’ambar SAV me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo dastlab kuniga necha vaqt namozni farz qildi?
a) 15 vaqt
b) 30 vaqt
c) 50 vaqt

7. Bir kunda necha rakaat farz namozi mavjud?
a) 32 rakaat
b) 17 rakaat
c) 20 rakaat

8. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Quyosh botishi oldidan asr namozini o’qib olish mumkin.
b) Namozi bomdoddan so‘ng kun nayza bo‘yi ko‘tarilguncha nafl o’qish makruh.
c) Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.

9. Hadisi sharifga ko’ra ota-onalar farzandlarini necha yoshdan namoz o’qishga buyurishlari ta’kidlanadi?
a) 7 yoshdan
b) 10 yoshdan
c) qiz bolalarga 9, o’g’il bolalarga 12 yoshdan.

10. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha nafl namozi o’qish.
b) Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
c) Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida nafl namozi o’qish.

11. Sajda oyatlarini tarjimalarini o’qigan yoki eshitgan mo’min kishi sajda qilishining hukmi nima?
a) Ha, sajda oyatlari tarjimasini ham o’qib yoki eshitganda sajda qilish vojib bo’ladi.
b) Yo’q, sajda oyatining faqatgina arabchasini o’qigan yoki eshitgan kishilar sajda qilishi vojib.
c) Sajda oyati tarjimasini ‘qiganda yoki eshitganda sajda qilish mustahab amaldir.

12. 1) Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holatda namozni buzish va 2) shaxs hayotini qutqazish uchun namozni buzishning hukmi nima?
a) 1) Muboh; 2) Vojib.
b) 1) Mustahab; 2) Sunnat.
c) 1) Harom; 3) Mustahab

13. Namoz o’qiyotganda og’izda qolib ketgan 1 ta guruch donasini yutib yuborsa namozi buziladimi?
a) Buziladi, chunki namozda yeyish va ichish namozni buzadi.
b) Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
c) Namozxon agar ixtiyorisiz yutib yuborgan bo’lsa, buzilmaydi, ataylab yutsa buziladi. 

14. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi
b) Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
c) Qavmga imom bo‘luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi

15. Namozxon odamlar o’tishi mumkin bo’lgan joyda namoz o’qishga shoshildi-da, sutraga narsa topolmay, oyoq kiyimini sutra tarzida joylashtirdi. Oyoq kiyimi yoki sumka sutraga muvofiq bo’ladimi?
a) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi bir qarich bo’lsa kifoya
b) yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
c) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi ikki qarich bo’lishi kerak, tufli yoki sumkani uzunasiga joylashtirsa bo’ladi.

16. "œQuyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o’qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o’qish joiz emas" Savol quyidagicha: Agar bir odam bomdod nomoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, shuningdek bir kishi kech qolib asrning  bir rakatini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, mazkur namozlar qazo qilinib o’qiladimi?
a) ikkisida ham buzilmaydi oxiriga yetkazadi.
b) ikkisida ham buziladi namozni mazkur vaqtlardan o’tkazib o’qiydi.
c) bomdodni qazo qilib o’qiydi, asrni oxiriga yetkazadi.

17. Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish, ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid  solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay o’qishi mumkinmi?
a) qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
b) qiblaga yuzini burib oladi.
c) umuman mumkin emas.

18. Imom Termiziyning  lafzida aytilgan ushbu hadisi  sharifdagi namoz qaysi namoz?
"œKim Bomdodni jamoat bilan o’qisa, so’ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o’tirsa, keyin ikki raka’at namoz o’qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo’lur. To’liq, to’liq, to’liq"
a) Zuho
b) Avvobin
c) Shuruq

19. Solat so’zining lug’aviy ma’nosi quyidagi qaysi so’zga to’g’ri keladi?
a) Munojot
b) Duo
c) Salom.

20. Namoz chog’ida uyali telefon jiringlab qoldi, namozxon uni o’chirsa namozi buziladimi?
a) Yo’q, namozi buzilmaydi.
b) Ha, namozi buziladi.
c) Bir o’zi o’qiyotganda buzilmaydi, jamoatda esa buziladi.


Ushbu turda Dilmurod Majidov, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2008, 08:04:07

II-bosqich 3-turning so'nggi natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Dilmurod Majidov  100 ball.
3.Noza  100 ball.
4.Rohatoy  100 ball.
5.Rayyona Usmonova  100 ball.
6.Dilnoza Mirsaidova  100 ball.
7.Musannif Adham  100 ball.
8.Anisa  100 ball.
9.Aziza Mannopova  100 ball.
10.Akbar  100 ball.
11.Shoira Shodmonova  95 ball.
12.Abdulloh90  95 ball.
13.Farhod Isroilov  95 ball.
14.Muhammad Sobirov  95 ball.
15.A'zam Rahimov  90 ball.
16.Muslima Mamajonova  90 ball.
17.Abdulvohid Ahmadaliyev  90 ball.
18.Jahongir Qurbonov  85 ball.
19.Lolo  80 ball.
20.Robiya  65 ball.
21.Mars  60 ball.
22.Guli Iskandarova  25 ball.

PS:3-turning natijalarini avval e'lon qilganimizda ayrim hatoliklarga yo'l qo'ygan ekanmiz. Ishtirokchilarimizni javob yo'llagan vaqtlariga qaramasdan o'rin berib joylagan ekanmiz. Bu gal shu xatoni to'g'riladik. Va ishtirokchilarimizdan buning uchun uzr so'raymiz. Bu xatoni boshqa qaytarmaslikka harakat qilamiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Oktyabr 2008, 08:06:38

II-bosqich 4-turning dastlabki natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Muslima Mamajonova  100 ball.
3.Noza  95 ball.
4.Rohatoy  95 ball.
5.Dilmurod Majidov  95 ball.
6.A'zam Rahimov  95 ball.
7.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
8.Dilnoza Mirsaidova  90 ball.
9.Rayyona Usmonova  90 ball.
10.Musannif Adham  90 ball.
11.Robiya  85 ball.
12.Farhod Isroilov  80 ball.
13.Abdulloh90  75 ball.
14.Shoira Shodmonova  75 ball.
15.Zubair  55 ball.
16.Mars  30 ball.


Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2008, 08:47:36

II-bosqich 4-turning so'nggi natijalari.

1.Murod Karimov  100 ball.
2.Muslima Mamajonova  100 ball.
3.Noza  95 ball.
4.Rohatoy  95 ball.
5.Dilmurod Majidov  95 ball.
6.A'zam Rahimov  95 ball.
7.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
8.Aziza Mannopova  95 ball.
9.Akbar  95 ball.
10.Anisa  95 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova  90 ball.
12.Rayyona Usmonova  90 ball.
13.Musannif Adham  90 ball.
14.Lolo  90 ball.
15.Robiya  85 ball.
16.Farhod Isroilov  80 ball.
17.Jahongir Qurbonov  80 ball.
18.Abdulloh90  75 ball.
19.Shoira Shodmonova  75 ball.
20.Jahongir Qurbonov  75 ball.
21.Zubair  55 ball.
22.Mars  30 ball.

Qayd etilgan