Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236440 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 25 B


Munira xonim  10 Oktyabr 2008, 08:48:46

II BOSQICH
4-tur: Uhud g’azoti qahramonlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh SAV e’tirof etgan shahidlarning eng ulug’i kim?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Hamza ibn Abdulmuttalib
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Hamza ibn Abdulmuttalib
Izoh: Ali raziyallohu anhudan naql etiladiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Shahidlarning eng ulug‘i Hamza ibn Abdulmuttalib raziyallohu anhudir!» — debdilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

2. Rasululloh SAV musulmon qo’shini ikki qanotiga kimlarni boshliq etib sayladilar?
a) Abdulloh ibn Jubayr, Mus’ab ibn Umayr
b) Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
c) Umar ibn Xattob, Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Munzir ibn Amr, Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh  alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. Bir qanotga Zubayr ibn Ovvomni, ikkinchi qanotga Munzir ibn Amrni boshliq qildilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

3. U Uhud g’azotida shahid bo’lgan va o’zidan 9 ta qizni o’g’li qaramog’iga qoldirgan edi. O’g’li esa Rasululloh SAVning  mo’jizalari bilan xurmosiga baraka kirib, otasi qarzlarini ado etadi. Gap kim haqida ketayapti?
a) Abdulloh ibn Harom
b) Abu Said Hudriy
c) Amr ibn Jamuh
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Harom.
Izoh: Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasululloh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

4. U Uhud g’azoti shahidlaridan biri. U musulmon bo‘lishidan oldin Qurayshning eng erkatoy va nozu ne’matga ko‘milgan, yegani oldida yemagani ortida, zaru kimhoblarga burkangan yigitlaridan biri edi. Musulmon bo’lib, Alloh uchun Madinaga hijrat qildi. U o‘zidan hech qanday mol-dunyo qoldirmadi, faqat bitta jundan to‘qilgan choponi bo‘lib, shahid bo’lganida boshiga yopilsa, oyog‘lari, oyog‘lariga yopilsa, boshlari ochilib qoldi"¦ gap qaysi sahoba haqida ketayapti?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

5. Uhud g’azotining eng tahlikali paytida musulmonlarni shijoatlantirgan, "œUhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!" deya jangga kirishib, mislsiz qahramonliklar ko’rsatib, shahid bo’lgan, jasadidagi 70 dan ortiq jarohatlari tufayli tanib bo’lmas darajaga kelgan buyuk sahobiy kim edi?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Anas ibn Nazr
To’g’ri javob: Anas ibn Nazr
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

6. Otasi Uhud g’azotida shahid bo’lgandan so’ng, otasidan qolgan 6 ta qizni tarbiyalashi uchun juvonga uylangan va bu ishini Rasululloh SAV ma’qullagan sahoba kim edi?
a) Abu Said Xudriy
b) Jobir ibn Abdulloh
c) Abdulloh ibn Mas’ud.
To’g’ri javob: Jobir ibn Abdulloh
Izoh: Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib-taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

7. Rasululloh SAVdan oqqan qon va yaralarni kim yuvgan?
a) Hazrati Oyisha r.a.
b) Hazrati Fotima r.a.
c) Hazrati Ali r.a.
To’g’ri javob: Hazrati Fotima r.a.
Izoh:  Saxl ibn Sa’d rivoyat qiladilar. «Ollohga qasamyod qilurmenki, men Janob Rasulullohning yaralarini kim yuvganini, kim suv quyib turganini, nima birlan davo qilinganini yaxshi bilurman Janob Rasulullohning qizlari Fotima yaralarini yuvganlar, Hazrat Ali ersalar, qalqonlarida suv keltirib quyib turganlar Fotima raziyallohu anho qon ko‘p ketayotganini ko‘rib, darhol bir bo‘yrani kuydirganlarda, kulini yaraga bosganlar, qon shu ondaeq to‘xtagan. Ushanda Janob Rasulullohning kurak tishlari sinib, yuzlari yorilgan, boshlaridagi dubulg‘alari majaqlangan erdi». ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

8. Rasululloh SAVni himoya qilib, 2-3 ta kamonni sindirgan, mohir mergan ansoriy kim edi?
a) Usaid ibn Huzayr al-Ansoriy
b) Abu Talha al-Ansoriy
c) Habbob ibn Muzir al-Ansoriy
To’g’ri javob: Abu Talha al-Ansoriy
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat kiladilar «Uhud kuni odamlar Janob Rasululloxni tashlab qochdilar Abu Talha ersalar, Janob Rasululloh oldilaridan ketmay, qo‘llaridagi qalqonlari birlan ul zotning muborak boshlarini o‘qdan himoya qilib turdilar Abu Talha mergan kishi bulib, kamonni qattiq, tortar erdilar. Shu kuni 2 ta yo 3 ta kamon sindirdilar. Ushanda saxobalardan biri kamon o‘qi to‘la sadoq birlan o‘tib ketayotganda Janob Rasululloh unga «Abu Talhaga yordam ber - deb erdilar. Janob Rasululloh jang paytida jangchilardan shaxsan o‘zlari xabar olib turar erdilar. Shunda Abu Talxa «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, yo Rasulalloh Kelmang, tag‘in dushman o‘qidan birortasi sizga tegmasin, sizning tomog‘ingizga tegadirgan o‘q mening tomog‘imga tegaversin'»—derdilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

9. Uhud urushida Payg’ambar SAV bayroqni qaysi sahobiyga beradilar?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Ali ibn Abu Tolib
To’g’ri javob: Mus’ab ibn Umayr
Izoh: Rasululloh alayhissolatu vassalom ikkita sovutda chiqdilar. Bayroqni Mus’ab ibn Umayr roziyallohu anhuga berdilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

10. Musulmon qo'shinida otliq askarlarga kim boshchilik qildi?
a) Abdulloh ibn Jubayr
b) Zubayr ibn Avvom
c) Sa’d ibn Abu Vaqqos
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Rasululloh bularga qarshi askar yasog'ini tuzib, Xolid ibn Validga qarshi Zubayr ibn Avvomni qo'ydilar. Islom askari ichida o'q otar merganlardan ellik kishi bor edi. Alarga Abdulloh ibn Jubayrni boshchi saylab, askar ortini saqlamoq vaifasini unga topshirdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

11. Rasululloh SAV qilichlarini haqini ado etishni qaysi sahobaga topshirdilar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Umar ibn Xattob
c) Abu Dujona Sammon ibn Horis
To’g’ri javob: Abu Dujona Sammon ibn Horis
Izoh: Yana askarga qarab - "Bu qilichni kim olgay, buni haqqini kim ado qilgay?" - dedilar.
Anda askarlardan bir to'p kishi - "Biz olgaymiz, yo Rasululloh", deb qilichga qo'l uzatdilar. Bular ichida Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar, hazrati Ali, Zubayr ibn Avom, shu to'rtovlari bor edilar. Alarga qilichni berishdan to'xtalib, boshqa bir kishini kutgandek bo'lib to'xtab turdilar. Buni ko'rib ansorlardan Abu Dujona degan sahoba yugurib keldi va - Buni haqqi na bo'lg'ay, yo Rasulalloh? Deb so'radi. Anda Rasulalloh aytdilar: - "Egilib ketguncha dushman yuziga chopar bo'lsang, bu qilich haqqi shuldur". Buni onglab Abu Dujona - "Shu shartni men bajo keltirurman", - deb qilichni oldi. Hech kimarsaga bermagan qilichni Rasululloh bu kishiga berdilar. ("Tarixi Muhammadiy")

12. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Talha ibn Ubaydulloh
To’g’ri javob: Sa’d ibn Abu Vaqqos
Izoh: Sa’d ibn Abu Vaqqos (Sa’d ibn Molik) raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhud kuni menga: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar!» — deb aytdilar», — deydilar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

13. Qaysi sahoba butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" (Farishtalar yuvgan kishi) deyilgan va Payg'ambarimiz SAV bu sahoba haqida shunday deganlar: "Na ishdirkim, maloikalar uni bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim"?
a) Mus’ab ibn Umayr
b) Amr ibn Jamuh
c) Hanzala
To’g’ri javob: Hanzala
Izoh: Hazrat Hanzala Abu Sufyonni chopgali turganda, uning soqchilaridan biri Shaddod ibn Asvad chaqqonlik bilan Hanzalaga qilich urib, ani shahid qildi, Rasululloh aytdilar:  "Na ishdurkim, maloikalar Hanzalani bulut ustiga ko'tarib, kumush dos ichida yuvayotganlarini ko'rdim, dedilar. Buning sababi ersa, hazrat Hanzala shul kuni Madina qizlarining biriga yangidan uylangan edi. Ertasi kuni urush boshlanmoqchi bo'ldi. Yangi kelin ustida bir kecha qo'nmoqqa Rasululloh ruxsat berdilar. Shu kecha xotini tush ko'rsa, tushida osmon yorildi. Hanzala yoriqning u yog'iga o'tib g'oyib bo'ldi. Bu ko'rgan tushining ta'biricha, shu urushda uning shahid bo'lishini xotini gumon qildi, uzun tun o'tib bir-birlariga yovuqlashmadilar (yaqinlashmadilar). Erta namozini o'qigandin so'ngra shu ish voqe' bo'ldi. Mana shu chog'da bular g'usul-tahorat olmasdin ilgari borlik askarlar tezdin dushmanga qarshi chiqsin, deb Rasulullohdin buyruq chiqdi. Buyruq kechiktirilmasin, deb g'usul qilmasdin, yugurib chiqib askar safiga qo'shilmish edi. Rasululloh bu xabarni onglagondin so'ngra - "Hanzalani farishtalar yuvganlarining sababi shu ekan", - dedilar. Bu muborak kishini butun Hadis kitoblarida "G'asisul maloika" deb ayturlar, ya'ni, "Farishtalar yuvgan kishi" - demakdur. ("Tarixi Muhammadiy")

14. Rasululloh SAV Uhud jangida kimni kamonchi-merganlarga boshliq qilib quyganlar?
a) Zubayr ibn Avvom
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Umayr ibn Sa'd
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Jubayr
Izoh: Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

15. Qaysi javobda Uhud jangida, Rasuli Akramning yonlaridan jilmagan, hatto dushman tarafidan payg'ambarimizga serpalgan bir qilichni qo'li bilan qaytarib, qattiq jarohat olgan sahobiy nomi to’g'ri kursatilgan?
a) Talha ibn Ubaydulloh
b) Sa’d ibn Abu Vaqqos
c) Abu Ubayda ibn Jarroh
To’g’ri javob: Talha ibn Ubaydulloh
Izoh: Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir qo’li (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi» ("œAl-Jome’ as-sahih", Buxoriy)

16. Rasululloh SAVning yuzlariga botgan dubulg’ani tishlari bilan sug’urib olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Talha ibn Ubaydulloh
c) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Abu Bakr r.a. rivoyat qiladilar: Shu payt Payg‘ambar alayhissalomning yonoqlariga bir narsa kelib tegib, dubulg‘aning halqasini kiritib yubordi. Uni Payg‘ambar alayhissalomdan chiqarib olish uchun borgan edim, Abu Ubayda: «Alloh xayringni bersin, Abu Bakr, menga qo‘yib ber», dedi va og‘zi bilan u kirgan narsani chiqara boshladi. Payg‘ambar alahissalomga ozor bermaslik uchun tishi bilan chiqarishga harakat qildi va chiqarib oldi. Abu Ubaydaning old tishi tushdi. So‘ngra men keyingisini olishga uringan edim, Abu Ubayda yana: «Abu Bakr, Alloh xayringni bersin, menga qo‘yib ber», dedi. Yana tishi bilan chiqarib oldi. Abu Ubaydaning yana bir tishi tushdi." (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

17. O’zaro muhabbatlari tufayli bir qabrga dafn etilgan Uhud shahidlari kimlar?
a) Mus’ab ibn Umayr, Anas ibn Nazr
b) Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh
c) Hamza ibn Abdulmuttalib, Sa’d ibn Robe’.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr, Amr ibn Jamuh.
Izoh: Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom o‘zlari boshida turib ikki-uch kishini bir qabrga qo‘ydilar. Abdulloh ibn Amr ibn Hamro va Amr ibn Jamhlarni o‘zaro muhabbatlari e’tiboridan bir qabrga dafn etdilar. Payg‘ambar alayhissolatu vassalom:
«Bu dunyoda bir-birlarini yaxshi ko‘rgan bu ikki kishini bir qabrga qo‘yinglar», dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

18. Rasuli akram SAVni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qilgan sahobiya ayol kim edi?
a) Ummu Sulaym
b) Oyisha binti Abu Bakr
c) Nasiba binti Ka’b
To’g’ri javob: Nasiba binti Ka’b
Izoh: Shu payt Ummu Ammona Nasiba binti Ka’b al-Mozaniya ismli sahobiya ayol Rasuli akram alayhissolatu vassalomni himoya qilib, dushman bilan qattiq jang qildi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga yaqinlashib qolgan mushrik Umar ibn Qumaaga bir necha marta qilich urdi. Ammo u ikkita sovut kiyib olgan ekan, o‘tmadi va Ummu Ammonaning siynasiga qilich solib, qattiq yarador qildi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

19. Rasululloh SAVning yaralarini so’rib olib, "œTupur!" desalar, tupurmagan, Payg’ambar SAV: «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», degan sahoba kimning otasi edi?
a) Abu Said al-Xudriy
b) Usoma ibn Zayd
c) Jobir ibn Abdulloh
To’g’ri javob: Abu Said al-Xudriy.
Izoh: Bundan avvalroq Abu Said al-Xudriyning otasi Molik Rasulullohning yaralarini so‘rib tozalagan edi. Unga hazrati Payg‘ambar alayhissalom, tupur, devdilar, hech-hech tupurmayman, deb yo‘lida ravona bo‘ldi. Shunda Rasuli akram alayhissolatu vassalom:  «Kim ahli jannat odamni ko‘rmoqchi bo‘lsa, anavinga qarasin», dedilar. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")

20. Uhud urushida quyidagi yosh bolalardan qaysilar ishtirok etganlar?
a) Usoma ibn Zayd, Baro ibn Ozib
b) Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit
c) Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
To’g’ri javob: Samura ibn Jundub, Rofe’ ibn Hudayj.
Izoh: Shu payt yosh bolalar, biz ham urushda qatnashamiz, deb kelib qoldilar. Ulardan Usomatu ibn Zayd, Barro ibn Ozib, Zayd ibn Arqam, Zayd ibn Sobit kabi kichkinalarini, hali urushga yoshlik qilasizlar, deb qaytardilar. Samura ibn Jundab va Rofe’ ibn Xudayj kabi kattaroqlarini qabul qildilar. Ularning yoshi o‘n beshda edi. (Hadis va hayot: "œOlamlarga rahmat payg’ambar")


Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2008, 08:53:51

II-bosqich 5-turning dastlabki natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
2.Murod Karimov  95 ball.
3.Dilmurod Majidov  85 ball.
4.NOZA  80 ball.
5.Rohatoy  80 ball.
6.Muslima Mamajonova  75 ball.
7.Musannif Adham  70 ball.
8.Aziza MAnnopova  65 ball.
9.Shoira Shodmonova  65 ball.
10.Lolo  65 ball.
11.Zubair  60 ball.
12.Farhod Isroilov  40 ball.
13.Robiya  35 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2008, 09:11:04

II-bosqich 5 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  480 ball.
2.NOZA  470 ball.
3.Rohatoy  470 ball.
4.Dilmurod Majidov  460 ball.
5.Musannif Adham  440 ball.
6.Aziza Mannopova  430 ball.
7.Muslima Mamajonova  425 ball.
8.Shoira SHodmonova  405 ball.
9.Lolo  405 ball.
10.Dilnoza Mirsaidova  385 ball.
11.Akbar  385 ball.
12.Rayyona Usmonova  380 ball.
13.Abdulvohid Ahmadaliyev  380 ball.
14.A'zam Rahimov  370 ball.
15.Farhod Isroilov  360 ball.
16.Abdulloh90  330 ball.
17.Jahongir Qurbonov  330 ball.
18.Anisa  285 ball.
19.Robiya  250 ball.
20.Muhammad Sobirov  245 ball.
21.Mars  160 ball.
22.Zubair  115 bal.
23.Guli Iskandarova  100 ball.
24.Ibrohim Adham  70 ball.
25.Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.Iqbol G'afforov   55 ball
27.Nurilla Muhammedov   45 ball
28.Huzayfa_89uz   35 ball
29.Gulmira   25 ball

Qayd etilgan


Munira xonim  10 Oktyabr 2008, 09:12:54

II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi

1. Uhud g’azotida "œMuhammadni (sav) o’ldirdim" deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik

7. Uhud jangi qizib turgan  bir paytda Alloh yaratgan eng muborak  qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim, ularni jannatda menga hamroh qil!" deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «"¦», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga

Ushbu turda Anisa, Aziza Mannopova, A’zam Rahimov, Noza, Dilmurod Majidov, Muslima Mamajonova savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.



Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2008, 09:30:46

II-bosqich 5-turning so'nggi natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball.
2.Murod Karimov  95 ball.
3.Akbar  90 ball.
4.Dilmurod Majidov  85 ball.
5.NOZA  80 ball.
6.Rohatoy  80 ball.
7.Muslima Mamajonova  75 ball.
8.Anisa  75 ball.
9.Musannif Adham  70 ball.
10..Shoira Shodmonova  65 ball.
11.Lolo  65 ball.
12.Aziza Mannopova  65 ball.
13.Zubair  60 ball.
14.Dilnoza Mirsaidova  55 ball.
15.Rayyona Usmonova  55 ball.
16.Jahongir Qurbonov  55 ball.
17.Abdulloh90  45 ball.
18.Farhod Isroilov  40 ball.
19.Robiya  35 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2008, 09:32:38

II BOSQICH
5-tur: Namoz hukmlari (Hanafiy mazhabida). 1-qism
Javoblar va izohlar

1. Namozda nechta farz bor?
a) 6 ta: takbiri tahrima, qiyom, qiroat, ruku, sajda, qa’da.
b) 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
c) 10 ta (5 tasi namoz tashqarisida, 5 tasi namozning ichkarisida)
To’g’ri javob: 12 ta (6 ta shart va 6 ta rukn)
Izoh: Namozga kirishdan oldingi farzlar shartlar, deyilsa, namoz ichidagi farzlar esa ruknlar, deyiladi. Namozning tashqarisidagi shartlari oltitadir. Namozning ruknlari, ya’ni ichidagi farzlari ham oltitadir. ("œHanafiy mazhabida tahorat va namoz hukmlari")

2. Quyidagi amallardan qaysi biri sunnat hisoblanmaydi?
a) fursat keng bo‘lganida bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni o‘qish.
b) fursat keng bo‘lganida asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish.
c) fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
To’g’ri javob: fursat keng bo‘lganida bomdod namozidan so’ng Yosin, xufton namozidan so’ng Mulk surasini o’qish.
Izoh: Namozda Fotiha surasidan so‘ng muayyan surani muayyan namozda o‘qish belgilab qo‘yilmagan. Ammo namozlarda Fotiha surasidan so‘ng sunnatga muvofiq o‘qiladigan suralarning kalta-uzunligi ko‘rsatilgan. Binobarin, fursat keng bo‘lganida, bomdod va peshin namozlarida Buruj surasidan oldingi suralarni, asr va xufton namozlarida Bayyina surasidan oldingi suralarni o‘qish sunnatdir. Fursat oz bo‘lsa, shundan kelib chiqib o‘qiladi («Sharhi viqoya»).

3. Peshin namozi vaqti kirgan, lekin azon atilmagan, 4 rakaat sunnat namozini o’qib olsa bo’ladimi?
a) Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
b) Yo’q, namoz vaqti kirgach, azon aytilgandan so’ng 4 rakaat sunnatni sunnatni o’qisa bo’ladi.
c) Namoz o’qiguvchi agar uyda bo’lsa azon aytilmasa-da, sunnatni o’qiyveradi, agar masjidda bo’lsa, azon aytilgandan so’ng o’qiydi.
To’g’ri javob: Ha, namoz vaqti kirgach, azon aytilmasa-da, 4 rakaat sunnat namozini o’qisa bo’ladi.
Izoh: Azon sunnat namoz uchun emas, farz namoz uchun aytiladi. («Hidoya»)

4. Ayol kishi qadami (oyoq tagi)ni ochgan holda namoz o’qishi mumkinmi?
a) Mumkin emas, ayol kishining qadami nomahram erkak uchun avratdir, namozda ham oyoq tagi yopiq turishi kerak.
b) Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
c) Ayollarning namozni oyoq taglarini berkitmay o’qishlari makruh.
To’g’ri javob: Mumkin, ayollarning qadami namozda yopish lozim bo’lgan avrat emas.
Izoh: Ayollarning qadami namozda yopish lozim bo‘lgan avrat emas. Shuning uchun paypoq kiymay namoz o‘qishlari joiz. Unga nomahram erkaklarning qarashi haromdir («Sirojiya»).

5. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh amal hisoblanmaydi?
a) Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olish
b) Sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish
c) Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
To’g’ri javob: Namoz paytida uzrsiz yo’talish.
Izoh: Sajdaga borishdan avval shim poychasini ko’tarib olishm sajdadan turgandan so’ng yaktak yoki chopon etagini to’g’rilab olish makruhdir. Agar bunday ish bir ruknda uch bora takror qilinsa, namoz buziladi («Radd ul-muxtor»).

6. Payg’ambar SAV me’rojga chiqqanlarida Alloh taolo dastlab kuniga necha vaqt namozni farz qildi?
a) 15 vaqt
b) 30 vaqt
c) 50 vaqt
To’g’ri javob: 50 vaqt
Izoh: Ibn Abbos va Abu Hayya al-Ansoriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday degandilar»,— deyishadi: «Keyin meni shunchalik balandga olib chiqdiki, hatto o‘sha joyda (yozuv-chizuv qilayotgan) qalam sharpalarini eshitdim». Ibn Hazm va Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mana bunday deb aytgan edilar»,— deyishadi: «Olloh taolo ummatimga 50 vaqt namoz farz qildi, men shuni olib qaytdim. Muso alayhissalomning yonlariga kelganimda: «Ummatingizga Olloh taolo nimani farz qildi?» — dedilar. «50 vaqt namozni»,— dedim. «Qayting rabbingiz huzuriga, chunki ummatingiz bunga chidamaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Men qaytdim, rabbim yarmini kechdi. So‘ng, Muso alayhissalomning oldilariga kelib: «Yarmini kechdi»,— dedim. «Qayting rabbingizning oldiga, chunki ummagingiz bunga ham toqat qilmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom. Qaytdim, rabbim yana yarmini kechdi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib kelib, yana yarmini kechganligini aytdim. «Qayting rabbingizning oldiga, ummatingizning bunga ham toqati kelmaydir»,— dedilar Muso alayhissalom, Rabbim oldiga qaytib bordim. Shunda rabbim: «Besh vaqt namoz farz qildim, lekin savobi ellik vaqt namoz savobiga tengdir, endigi so‘zim qat’iydir, boshqa o‘zgartirilmaydir»,— dedi. Muso alayhissalomning yonlariga qaytib keldim. «Qayting rabbingizning oldiga»,— deb edilar, «Rabbimdan uyalaman»,— dedim. Keyin, Hazrat Jabroil meni Sidrat ul-Muntaho degan joygacha olib chiqdilar. Sidrat ul-Muntahoni turli-tuman ranglar shunchalik chulg‘ab olg‘ankim, uning ne ekanlig‘in bilolmadim. Keyin, jannatga kiritildim. Uning so‘qmoqlari durru gavharlar birlan qoplangan, tufrog‘i ersa mushk erkan». ("œAl-jome’ as-sahih", Buxoriy)

7. Bir kunda necha rakaat farz namozi mavjud?
a) 32 rakaat
b) 17 rakaat
c) 20 rakaat
To’g’ri javob: 17 rakaat
Izoh: Peshin, asr va xuftonni farzlari to‘rt va shom uch va bomdod ikki raakatdir. ("œTasxili zaruriy")

8. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto’g’ri?
a) Quyosh botishi oldidan asr namozini o’qib olish mumkin.
b) Namozi bomdoddan so‘ng kun nayza bo‘yi ko‘tarilguncha nafl o’qish makruh.
c) Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
To’g’ri javob: Asr namozidan so’ng qazo namozlarini o’qish joiz emas.
Izoh: Bomdoddan so‘ng yoki asrdan so‘ng qazo namozini o’qish joiz, ammo asrdan keyin bo‘lsa quyosh sarg‘aymasdan namozni tugatadi. ("œTasxili zaruriy")

9. Hadisi sharifga ko’ra ota-onalar farzandlarini necha yoshdan namoz o’qishga buyurishlari ta’kidlanadi?
a) 7 yoshdan
b) 10 yoshdan
c) qiz bolalarga 9, o’g’il bolalarga 12 yoshdan.
To’g’ri javob: 7 yoshdan
Izoh: Yetti yoshga to‘lgan bolalar namoz o‘qishga buyuriladi. O’n yoshga to‘lganida ham namoz o‘qimasa, o‘rgatish maqsadida faqatgina qo‘l bilan uriladi, tayoq bilan urilmaydi.
Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz, sollallohu alayhi va sallam "Farzandlaringiz yetti yoshga to‘lgach, namoz o‘qishga buyuringlar, o‘n yoshga kirganida ham namoz o‘qimasalar (yengil) uringlar va yotoqlarini ajratinglar ", deb marhamat qilganlar. ("œNurul izoh")

10. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha nafl namozi o’qish.
b) Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
c) Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida nafl namozi o’qish.
To’g’ri javob: Quyosh botayotgan paytda o‘qilgan oyatlarning tilovat sajdasini qilish.
Izoh: Nafl va sunnat namoz o‘qish makruh bo‘lgan vaqtlar
1. Ikkinchi fajr (fajri sodiq) kirgach (bomdod namozining sunnatidan tashqari).
2. Bomdod namozining farzidan so‘ng.
3. Asr namozining farzidan so‘ng.
4. Shom namozining farzidan avval.
5. Juma kuni imom xutba o‘qishga chiqishidan boshlab, juma namozi o‘qib bo‘lingunigacha.
6. Bomdod namozining sunnatidan tashqari, qaysi namoz bo‘lmasin, muazzin takbir aytayotganida.
7. (Xoh uyda, xoh masjidda bo‘lsin) hayit namozidani avval, hayit namozidan so‘ng (faqat masjidda).
8. Arafot va Muzdalifada jam’ qilib o‘qilgan ikki namoz orasida.
9. Farz namozining vaqti juda kam qolganida (chunki nafl o‘qiladigan bo‘lsa, farz qazo bo‘lib qolishi mumkin).
10. Kichik yoki katta hojat tang qilib turganida.
11. Nafsga xush kelgan taom dasturxonga tortilganida.
12. Namozdan chalg‘ituvchi narsalarning yonida nafl namoz o‘qish. ("œNurul izoh")

11. Sajda oyatlarini tarjimalarini o’qigan yoki eshitgan mo’min kishi sajda qilishining hukmi nima?
a) Ha, sajda oyatlari tarjimasini ham o’qib yoki eshitganda sajda qilish vojib bo’ladi.
b) Yo’q, sajda oyatining faqatgina arabchasini o’qigan yoki eshitgan kishilar sajda qilishi vojib.
c) Sajda oyati tarjimasini ‘qiganda yoki eshitganda sajda qilish mustahab amaldir.
To’g’ri javob: Ha, sajda qilish vojib bo’ladi.
Izoh: Sajda oyatlarining tarjimalarini ham o‘qigan yo eshitganlarga sajda qilish vojib bo‘ladi («Fatovoi Olamgiriya»)

12. 1) Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holatda namozni buzish va 2) shaxs hayotini qutqazish uchun namozni buzishning hukmi nima?
a) 1) Muboh; 2) Vojib.
b) 1) Mustahab; 2) Sunnat.
c) 1) Harom; 3) Mustahab
To’g’ri javob: 1) Muboh; 2) Vojib.
Izoh: Namozni hech bir uzrsiz buzish haromdir. Molga talofat yetishi mumkin bo‘lgan holda namozni buzish muboh bo‘ladi. Shaxs hayotini qutqazish uchun esa vojibdir. Komil ado etish niyatida namozni buzish mustahab («Raddul muxtor»).

13. Namoz o’qiyotganda og’izda qolib ketgan 1 ta guruch donasini yutib yuborsa namozi buziladimi?
a) Buziladi, chunki namozda yeyish va ichish namozni buzadi.
b) Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
c) Namozxon agar ixtiyorisiz yutib yuborgan bo’lsa, buzilmaydi, ataylab yutsa buziladi. 
To’g’ri javob: Namoz buzilmaydi, lekin bu makruhdir.
Izoh: Agar namozxon tishi orasida qolgan narsa no‘xotdan kichik bo‘lsa, uni yutishi bilan namozi buzilmaydi. Ammo bu makruhdir. Agar yutgan narsasi no‘xotday bo‘lsa, namozi buziladi («Fatovoi olamgiriya»).

14. Quyidagi holatlardan qaysi biri makruh emas?
a) Namozxonning eski ish kiyimi bilan ibodat qilishi
b) Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
c) Qavmga imom bo‘luvchi kishining qavmdan farqli darajada balandda turishi
To’g’ri javob: Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik
Izoh: Namozda makruh bo‘lmagan amallar:
1. Namoz o‘qimayotgan kishining orqasida namoz o‘qimoqlik;
2. Namoz o‘quvchining namozda turgan holda ilon-chayon kabi gazandalarni o‘ldirmoqligi makruh sanalmaydi. ("œDinda savolim bor")

15. Namozxon odamlar o’tishi mumkin bo’lgan joyda namoz o’qishga shoshildi-da, sutraga narsa topolmay, oyoq kiyimini sutra tarzida joylashtirdi. Oyoq kiyimi yoki sumka sutraga muvofiq bo’ladimi?
a) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi bir qarich bo’lsa kifoya
b) yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
c) ha, muvofiq bo’ladi, sutra uchun uning bo’yi ikki qarich bo’lishi kerak, tufli yoki sumkani uzunasiga joylashtirsa bo’ladi.
To’g’ri javob: yo’q, muvofiq bo’lmaydi, sutra uchun uning bo’yi yarim metrdan baland bo’lishi kerak.
Izoh: Sutraning bo‘yi taxminan yarim metr, qalinligi kamida barmoqdek bo‘ladi. Bundan ingichka bo‘lsa, ko‘z ilg‘amasligi, natijada to‘siqdan ko‘zda tutilgan maqsad hosil bo‘lmasligi mumkin. Namozxon sutraga yaqin turadi. Sutra tik qilib qo‘yiladi. Poyabzal kabi sutra shartiga javob bermaydigan narsalar to‘siq bo‘lishga yaramaydi. Sajdaga bosh qo‘yadigan joygacha bo‘lgan oraliqdan o‘tmoqchi bo‘lgan kishi tasbeh ("Subhanalloh" deyish) yoki imo-ishora (ko‘z, bosh, qo‘l va hokazo) bilan to‘xtatiladi. Ammo ham tasbeh aytib, ham imo-ishora bilan to‘xtatish, shuningdek, xoh sutra bilan, xoh sutrasiz odamlar o‘tib-qaytadigan yo‘l ustida namoz o‘qish makruhdir. ("Hidoya")

16. "œQuyosh chiqayotganda, qiyomda turganda va botayotganda namoz o’qish, tilovat sajdasi qilish va janoza namozi o’qish joiz emas" Savol quyidagicha: Agar bir odam bomdod nomoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir rakatini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, shuningdek bir kishi kech qolib asrning  bir rakatini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, mazkur namozlar qazo qilinib o’qiladimi?
a) ikkisida ham buzilmaydi oxiriga yetkazadi.
b) ikkisida ham buziladi namozni mazkur vaqtlardan o’tkazib o’qiydi.
c) bomdodni qazo qilib o’qiydi, asrni oxiriga yetkazadi.
To’g’ri javob: bomdodni qazo qilib o’qiydi, Asrni oxiriga yetkazadi.
Izoh: Illo, o’sha kunni asri bundan mustasno. Uni quyosh botayotganda ham o’qisa bo’ladi. Kechga qoldirishi gunoh, ammo namozi namoz bo’laveradi.Ammo bir odam bomdod namoziga kech qolsa, quyosh chiqmay turib bir raka’atini o’qisa, so’ngra quyosh chiqib qolsa, namozi namoz buziladi. Shuningdek, bir kishi kech qolib asrning bir raka’atini o’qigandan keyin quyosh botib qolsa, namozi botil bo’lmaydi. U o’z namozini davom ettirib o’qiyveradi.Namoz tugal bo’ladi. ("œKifoya")

17. Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish, ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid  solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay o’qishi mumkinmi?
a) qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
b) qiblaga yuzini burib oladi.
c) umuman mumkin emas.
To’g’ri javob: Qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi.
Izoh:Fuqaholar namozning to’g’ri bo’lishi uchun qiblaga yuzlanish shart ekanligiga ittifoq qilganlar. Xavf paytida va ulov ustida nafl namoz o’qish bundan mustasno. Ya’ni dushman, yirtqich hayvon xavfi tahdid solib turganda va ulov ustida ketayotgan shaxs nafl namozi o’qimoqchi bo’lsa, qiblaga qaramay namoz o’qisa bo’ladi. ("œKifoya")

18. Imom Termiziyning  lafzida aytilgan ushbu hadisi  sharifdagi namoz qaysi namoz?
"œKim Bomdodni jamoat bilan o’qisa, so’ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o’tirsa, keyin ikki raka’at namoz o’qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo’lur. To’liq, to’liq, to’liq"

a) Zuho
b) Shukri vuzu’
c) Shuruq.
To’g’ri javob: shuruq namozi.
Izoh: Ushbu rivoyatda vasf qilinayotgan namozni "œsolatush shuruq" — "œshuruq namozi"ham deyiladi. ("œKifoya")

19. Solat so’zining lug’aviy ma’nosi quyidagi qaysi so’zga to’g’ri keladi?
a) Munojot
b) Duo
c) Salom.
To’g’ri javob: Duo.
Izoh: Namoz lug‘atda duo degan ma’noni anglatadi. Shariatda esa boshlanishi iftitoh takbiri, oxiri salom bo‘lgan maxsus harakat va lafzlardan iborat ibodatdir. Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hijratlaridan bir yarim yil avval, Me’roj kechasida farz qilingan. ("œNurul izoh")

20. Namoz chog’ida uyali telefon jiringlab qoldi, namozxon uni o’chirsa namozi buziladimi?
a) Yo’q, namozi buzilmaydi.
b) Ha, namozi buziladi.
c) Bir o’zi o’qiyotganda buzilmaydi, jamoatda esa buziladi.
To’g’ri javob: Yo’q, namozi buzilmaydi.
Izoh: Yon telefonni o‘chirish bir qo‘l bilan bajariladi. Bir qo‘l bilan bajariladigan ishlar namozning bir ruknida takroran qilinmasa, namoz buzilmaydi («Fatovoi Qozixon»).

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2008, 09:34:04

II-bosqich 6-turning dastlabki natijalari.

1.Dilmurod Majidov  95 ball.
2.Aziza Mannopova  95 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball
4.NOZA  90 ball.
5.Rohatoy  90 ball.
6.Musannif Adham  90 ball.
7.Farhod Isroilov  90 ball.
8.Murod Karimov  85 ball.
9.Dilnoza Mirsaidova  85 ball.
10.Rayyona Usmonova  85 ball.
11.Lolo  80 ball.
12.Abdulloh90  75 ball.
13.Zubair  70 ball.
14.Muslima Mamajonova  65 ball.
15.Robiya  50 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2008, 09:43:40

II-bosqich 6 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  565 ball.
2.NOZA  560 ball.
3.Rohatoy  560 ball.
4.Dilmurod Majidov  555 ball.
5.Musannif Adham  530 ball.
6.Aziza Mannopova  525 ball.
7.Dilnoza Mirsaidova  525 ball.
8.Rayyona Usmonova  520 ball.
9.Muslima Mamajonova  490 ball.
10.Lolo  485 ball.
11.Akbar  475 ball.
12.Abdulvohid Ahmadalieyv  475 ball.
13.Farhod Isroilov  450 ball.
14.Abdulloh90  450 ball.
15.Shoira Shodmonova  405 ball.
16.Jahongir Qurbonov  385 ball.
17.A'zam Rahimov  370 ball.
18.Robiya  300 ball.
19.Anisa  285 ball.
20.Muhammad Sobirov  245 ball.
21.Zubair  185 ball.
22.Mars  160 ball.
23.Guli Iskandarova  100 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Oktyabr 2008, 09:47:39

II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari

1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u "¦ bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: "œUshbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: "œ... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir". Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr

6. Rasululloh SAV "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin" deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.

7. Jabroil alayhissalom odam shaklida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa "¦» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa "¦» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar?
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, "¦ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon

19. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a.


Ushbu turda Dilmurod Majidov, AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hamroul-asad, Bani Nazir, Zotur-Riqo’ g’azotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Oktyabr 2008, 09:30:57

II-bosqich 6-turning so'nggi natijalari.

1.Dilmurod Majidov  95 ball.
2.Aziza Mannopova  95 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  95 ball
4.Anisa  95 ball.
5.NOZA  90 ball.
6.Rohatoy  90 ball.
7.Musannif Adham  90 ball.
8.Farhod Isroilov  90 ball.
9.Murod Karimov  85 ball.
10.Dilnoza Mirsaidova  85 ball.
11.Rayyona Usmonova  85 ball.
12.Akbar  85 ball.
13.Lolo  80 ball.
14.Abdulloh90  75 ball.
15Zubair  70 ball.
16.Muslima Mamajonova  65 ball.
17.Robiya  50 ball.
18.Jahongir Qurbonov  - 45 ball.

Qayd etilgan