Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 236436 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 25 B


Munira xonim  24 Oktyabr 2008, 09:32:49

II BOSQICH
6-tur: Uhud g’azotidan so’ng. Roji’ hodisasi
Javoblar va izohlar

1. Uhud g’azotida "œMuhammadni (sav) o’ldirdim" deb yolg’on xabar tarqatgan mushrik kim edi?
a) Abdulloh ibn Shihob
b) Axnas ibn Shurayq
c) Ibn Qam’a
To’g’ri javob: Ibn Qam’a
Izoh: — Ey Umar, Xudo haqqi, rostini aytgilkim, Ibn Qam’a Muhammadni o‘ldirdim debdur, uning so‘zi chin bo‘lgaymu? — dedi.
Hazrati Umar:
— Bu so‘z yolg‘ondur, Rasululloh salomatdurlar, sening bu so‘zlaringni onglab o‘ltirurlar — dedi.
Anda Abu Sufyon:
— Mening oldimda, ey Umar, ibn Qam’a so‘zidan sening so‘zingga ishonish ortiqroqdur — dedi. Bu so‘rashning sababi esa, Ibn Qam’a Islom tug‘ini ko‘tarib turgan Mus’ab Ibn Umayrni o‘ldirib, Muhammadni o‘ldirdim, deb gumon qilib, askar ichida jar chaqirtirgan edi. ("œTarixi Muhammadiy")

2. Badr jangida asirlikka olingan va tavonsiz, musulmonlar bilan qayta urushmaslik ahdnomasiga rozi bo'lib ozod qilingan, lekin bu ahdni buzgan hamda bor so'zamollik san'atini ishga solib hammani musulmonlarga qarshi kurashga(Uhudga) chorlagan kofir kim edi?
a) Abu Azza
b) Suhayl
c) Safvon ibn Umayya
To’g’ri javob: Abu Azza
Izoh: Rasululloh asirlar ichidagi kambag'allardan fidya mol olmayin, alarni ozod qildilar. Shular ichida Quraysh shoirlaridan Abu Izza degan bir kishi bor edi. Bu bo'lsa, hijratdin ilgari Makkada Rasulullohga ko'p ozorlar yetkuzgan edi. Badr urushida bandi bo'lib, bu ham qo'lga tushdi. Rasulullohni oldilariga kelib: «Ey Muhammad, yaxshi bilursan, bola-chaqalarim ko'p, faqir kishidurman, mendin mol olmay, ozod qilishingni so'rayman», dedi. Anda Rasulullohning unga rahmlari keldi, qilgan gunohlaridan o'tib, uni bir pul chiqimsiz ozod qildilarda: «Lekin shu shart bilankim, bizni yomonlab xalq ichida she'rlar aytmagaysan, bizlarga qarshi so'kish uchun chiqqan qo'shinga qo'shilib kelmagaysan», dedilar. Ul ham bu shartlarni til uchida qabul qilgan bo'lib, boshini qutqazib ketdi. Makkaga borganida «Muhammaddin qandoq qutilib kelding?» deb so'raguvchi kishilarga, u: «Uni tilim bilan sehrlab, aldab keldim», deb maqtanur edi. Hatto qilgan ahdini buzib, musulmonlar haqida burungidan ham buzuqroq she'rlar aytgani turdi. Shu bilan ham to'xtamay, Uhud urushida qatnashgan Quraysh askarlariga qo'shilib, yana keldi. Lekin bu kelishida uni ajal haydab kelgan edi. Qo'lga tushgandin so'ngra o'ziga loyiq jazosini berdilar. ("œTarixi Muhammadiy")

3. Kim Rasululoh s.a.v. ga maktub yo'llab Qurash mushriklari jangga otlangani haqida xabar berdi?
a) Badr jangidan so'ng Makkaga ziyoratga borgan ansorlar r.a
b) Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
c) Shom safariga ketayotib, musulmonlarga asir tushgan qurayshlik savdogar Amr.
To’g’ri javob: Payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos
Izoh: Quraysh mushriklari jangga otlangani haqida payg'ambar alayhis-salomning amakilari Abbos maktub yo'llab xabar yetkazdi. ("œNurul yaqiyn")

4. Uhud kuni barcha shahidlarning ayrim a'zolarini mushrika ayollar kesib olishdi. Faqat Hanzalagagina tegishmadi. Nima asababdan?
a) Hanzala musulmon bo’lmasidan avval Qurayshda hurmatli kishilardan edi, unga rahm qilishdi
b) Farishtalar uni g'usl qildirib o'z himoyalariga olishdi
c) Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
To’g’ri javob: Otasi uni yoniga hech kimni yo'latmadi
Izoh: Hanzala shahidlar orasida burni va quloqlari kesilmagan birdan-bir shahid edi. Quraysh xotinlari unga rahm qilgani uchun emas, balki mushrik va kofir otasi Abu Amir Rohib uning yoniga hech kimni yo‘latmagani uchun shunday bo‘lgan edi. ("œSaodat asri qissalari")

5. Uhudga ketishdan oldin "Allohim meni shahid et, bu yerga qaytib kelishimga yo'l qo'yma" deya duo qilgan va shahidlik nasib qilgan sahoba?
a) Abdulloh ibn Jahsh
b) Amr ibn Jamuh
c) Abdulloh ibn Amr
To’g’ri javob: Amr ibn Jamuh
Izoh: Bu orada Amr ibn Jamuhning o‘g‘illari ham otalarini tuyaga ortishdi. Lekin tuya tuyoqlari yerga mixlangandek turib olib, bir qadam ham oldinga jilmadi. O’ngga yoki chapga boshlaganlarida bemalol yurar, boshini Madina tomonga burishgan zahoti esa, taqqa to‘xtab qolar edi. Bunda bir hikmat bo‘lsa kerak, deb Rasulullohning (s.a.v.) huzurlariga borib, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh (s.a.v.) 6u holni ilohiy ishoradan deb qabul qildilar va olib ketilgan shahidlarni ham qaytarib, Uhudda ko‘mishga buyurdilar. Amrlari ijro etildi. Shu tariqa Amr ibn Jamuhning: "Ollohim, menga shahidlikni nasib et. Bu yerlarga yana qaytib kelishimga yo‘l qo‘yma", deb qilgan duosi tamomila ijobat bo‘lgan edi. ("œSaodat asri qissalari")

6. Uhudda endigina islomni qabul qilib, hali 1 rakat ham namoz o'qishga ulgurmagan va shu bilan shahid bo'lgan sahoba kim edi?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Amr ibn Uqaysh
c) Ka'b ibn Molik
To’g’ri javob: Amr ibn Uqaysh
Izoh: Erta tongda Madinaga kirib kelgan asli madinalik Amr ibn Uqaysh shaharda g‘arib bir holatni sezdi. Hamma tomonda xotinxalaj, erkaklardan esa asar ham yo‘q. Hayron bo‘lib, bir ayoldan so‘radi:
— Nimalar bo‘lyapti o‘zi bu yerda?
Ayol unga qurayshliklar bostirib kelishganini, hamma ularning hujumini qaytarish uchun Uhudga ketganini aytdi. Amr darxol qurolini qo‘lga olib, yo‘lga tushdi. Jang boshlanmay turib Uhudga yetdi va Rasulullohning (s.a.v.) yonlariga kelib:
— Bu yerga Qurayshga qarshi jang qilish uchun keldim.  Istasangiz, avval musulmon bo‘lib, keyin jangga kiray.  Istasangiz,  avval jang qilib,  keyin Islomni qabul qilay, — dedi.
— Avval musulmon bo‘l, keyin jang qil!
Amr Rasuli akram (s.a.v.) xuzurlarida kalimai shahodat keltirib, Islom dinini qabul etdi, keyin jangchilar safiga qo‘shildi. Oradan bir necha soat o‘taro‘tmas, Amr xali bir vaqt namozini o‘qishga ham ulgurmay, Islom dini buyurgan ibodatlarning hech birini bajarishga fursat topmay, ammo eng martabalisini ado etib, shahidlik sharbatini ichajak va o‘zini jannatning eshigi oldida ko‘rajak. ("œSaodat asri qissalari")

7. Uhud jangi qizib turgan  bir paytda Alloh yaratgan eng muborak  qo’llar samoga ochilib, Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim, ularni jannatda menga hamroh qil!" deb duo qilganlarida Rosululloh kimlarni aytdilar?
a) Hazrati Umar ukasi Zayd ibn Hattob, Ali ibn abi Tolib.
b) Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
c) Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon, Mus’ab ibn Umayr.
To’g’ri javob: Nasiba eri Zayd ibn Osim va ikki o’g’li.
Izoh: O’shanda ummu Ummora janob payg’ambarimizga o’z orzuyini bunday bayon etgan edi: - ey Allohning Rosuli,jannatda sizga qo’shni bo’lishimni so’rab Allohga iltijo qiling. Jang qizib turgan bir paytda Alloh yaratgan eng muborak qo’llar samoga ochilib,Anbiyolar sultonining tilidan: "œAllohim,ularning jannatda menga hamroh qil!" degan niyozi robbul olaminga izhor etildi. ("œSaodat asri qissalari")

8. "Allohning yo’lbarsi" deya nom olgan sahobiy kim?
a) Hazrati Ali
b) Hazrati Hamza
c) Xolid ibn Valid
To’g’ri javob: Hazrati Hamza
Izoh: Ittifoqo Hamza Vahshiyning ro’parasiga kelib qoldi. Abdulazzo o’g’li Sabahni bir qilich zarbasi bilan yerga qulatdi, Vaxshiy bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermadi. Nayzasini otdi qahramonlarning qahramoni Hamzani shahid etdi. "Allohning yo’lbarsi" Hamzaning shahid bo’lishi islom qo’shinini sarosimaga soldi. (Hazrati Payg'ambarimiz va Islom dini)

9. Uhud shahidlaridan bo’lmish farishtalar qanotlari ila soya qilgan sahobiy?
a) Abdulloh ibn Amr
b) Abdulloh ibn Jubayr
c) Usayrim ibn Abdulashhal
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Amr
Izoh: U mashhur sahoba Jobir ibn Abdullohning otasi. Uhud kuni shahid bo’lgach farishtalar qanotlari bilan soya qilib turdilar. ("œal-Anvar fiy siyratin-nabiy al-muxtor")

10. Uhud g'azotida Muhammad (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqaladi, shunda musulmonlarga qarata "Ey qavm, Muhammad (sav) o'ldirilgan bo'lsalar ham, u zotning Robbisi tirikdir! Turinglar, Rasululloh (sav) jang qilgan narsa uchun sizlar ham jang qilinglar, deb qilichini ko'targancha o'zini jang maydoniga urgan va shahid bo'lgan sahoba kim?
a) Mus'ab ibn Omir
b) Anas ibn Nazr
c) Anas ibn Muoz
To'g'ri javob: Anas ibn Nazr.
Izoh: Rasululloh (sav) o'ldirilibdilar degan yolg'on xabar tarqalgach, ba'zi musulmonlar "Abdulloh ibn Ubayga elchi yuborganimizda edi, u bizlarga Abu Sufyondan omonlik olib berardi. Ey qavm Muhammad o'ldirildi, endi dushman kelib sizlarni o'ldirmasidan orqaga qaytinglar, deb jang maydonidan qocha boshlaydilar. Shunda Anas ibn Nazr ularga qarata yuqoridagi gaplarni aytib, jangga kiradi va shahid bo'ladi. ("Jami'ul bayan fi ta'vilil-Qur'an", Tabariy).

11. Oli Imron surasining 154-oyati Uhud jangida mag'lubiyatga uchragan musulmonlardan bu g'am-alamni aritish maqsadida, ulardan ba'zilari mudrash holatiga solib qo'yilgani haqida nozil bo'lgan. Bu haqda bir sahobiy "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni yerdan ko'tarib olganimni eslayman", deb guvohlik berganlar. O'sha sahobiyning nomini ko'rsating.
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ali ibn Abu Tolib
c) Abu Talha
To'g'ri javob: Abu Talha.
Izoh: Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisi sharifda sahobiylardan Abu Talha guvohlik berib aytadilar: "Men jangchilar safida turgan holimda uyqu bosib, bir necha marta qo'limdan qilichim erga tushib ketganida uni erdan ko'tarib olganimni eslayman". ("Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri", Abdulaziz Mansur).

12. Rasululloh (sav) o'xshaydigan, Uhud jangida 2 qo'lidan ajrab shahid bo'lgan sahobiy kim?
a) Hamza ibn Abdulmuttalib
b) Sa'd ibn Rabi'
c) Mus'ab ibn Umayr
To'g'ri javob: Mus'ab ibn Umayr
Izoh: Muhojirlar bayrog'ini ko'targan Mus'ab ibn Umayrning 2 qo'lini kesib tashladilar, lekin faqatgina o'lim uni bayroqni tashlashga majbur qildi. O'ldirgan Abdulloh ibn Qim'a Rasulullohni (sav) o'ldirdim deb o'yladi, chunki u payg'ambar (sav) ga o'xshardi. ("Siyratu-n-Nabaviy",  Al-Muborakfuriy).

13. Uhud g’azotidan so’ng Rasululloh SAV xiyonatkor Uzal va Qora urug’lariga Islomni o’rgatish uchun necha kishini yubordilar?
a) 30 kishini
b) 15 kishini
c) 6 kishini
To’g’ri javob: 6 kishini
Izoh: Uhud urushidan keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga Uzal va al-Qora urug‘laridan ba’zi kishilar kelib: «Ey, Allohning Rasuli, bizning ichimizga o‘z sahobalaringizdan ba’zi kishilarni yuboring, bizga dinni o‘rgatishsin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan o‘z sahobalaridan olti kishini yubordilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

14. Uhud g’azotida ikki og’lini o’ldirgani uchun qurayshlik bir ayol o’sha sahobaning bosh chanog’ida xamr ichishga qasam ichgan edi. Roji’ hodisasida shahid bo’lgan ushbu sahobaning boshini o’sha ayol so’rab keladi. Uning boshini esa Allohning O’zi himoya qiladi. Gap qaysi sahoba haqida ketmoqda?
a) Marsad ibn Abu Marsad
b) Osim ibn Sobit
c) Xolid ibn Bukayr
To’g’ri javob: Osim ibn Sobit
Izoh: Ushbu uch shahidning biri Osim ibn Sobit roziyallohu anhu Uhud urushida qurayshlik bir ayolning ikki o‘g‘lini qatl qilgan edi. O’sha ayol agar imkonini topsa Osim ibn Sobitning bosh chag‘anog‘ida xamr ichishni nazr qilgan edi. Osim roziyallohu anhu qatl qilinganda o‘sha ayol uning boshini berishlarini so‘rab keldi. Odamlar Abu Sufyonga, o‘z amakivachchangning boshini bundoq qilinishiga yo‘l qo‘yma, deb iltimos qildilar. Ammo Abu Sufyon haligi xotinga Osimning boshini kesib berishga amr qildi. Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

15. Alloh taolo mushrika ayoldan yuqorida ta’rifi o’tgan shahid bo’lgan sahobaning boshini qanday himoya qiladi?
a) arilar o’rab oladi.
b) chumolilar o’rab oladi.
c) qattiq sel olib ketadi.
To’g’ri javob: arilar o’rab oladi.
Izoh: Alloh taolo esa Osim roziyallohu anhuning boshini O’zi himoya qildi. Boshni kesib olmoqchi bo‘lganlarida arilar bu ishni qilishga yo‘l qo‘ymadilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

16. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir olinib, o’limga hukm qilinib, qatl oldidan «Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», degan buyuk sahobiy kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Osim ibn Sobit
c) Abdulloh ibn Toriq
To’g’ri javob: Xubayb ibn Adiy
Izoh: Shunda Xubayb roziyallohu anhu ularga: «Agar ma’qul ko‘rsangiz, menga ikki rak’at namoz o‘qib olishga ijozat beringlar», dedi. Ular: «Mayli, o‘qib ol», deyishdi.
U kishi yaxshilab ikki raka’t namoz o‘qidilar va jallodlarga qarab kulimsirab turib:
«Allohga qasamki, agar o‘limdan qo‘rqayapti deyishlaringni mulohaza qilmaganimda ko‘proq namoz o‘qigan bo‘lar edim», dedilar. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

17. O’limi oldidan Abu Sufyonning: «Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» degan savoliga: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», deya javob bergan buyuk sahoba kim edi?
a) Xubayb ibn Adiy
b) Zayd ibn ad-Dasana
c) Osim ibn Sobit
To’g’ri javob: Zayd ibn ad-Dasana
Izoh: Xuddi o‘sha kuni Xubayb roziyallohu anhuning sheriklari Zayd ibn ad-Dasana roziyallohu anhuni ham boshqa bir mushriklar guruhi Umayyaya ibni Xalafning o‘chini olish uchun osib o‘ldirdilar. Dor tagiga mushriklar tomonidan tamosha uchun bir qancha odam to‘plangan edi. Zayd roziyallohu anhu sabrli, xotirjam va xushvaqt edi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon u kishiga qarab:
«Ey, Zayd, Xudo haqqi rostini ayt! Hozir Muhammad bizning qo‘limizda bo‘lib, sen o‘z ahling bilan bo‘lishni xohlarimding?» dedi.
Zayd roziyallohu anhu bunga javoban: «Allohga qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hozirgi joylarida tikon kirishini ham o‘zimning ahlim ichida o‘tirishimga almashtirmayman», dedilar.
Shunda Abu Sufyon: «Men birovning ashoblari Muhammadning ashoblari Muhammadni sevganlaricha sevganini ko‘rmaganman», dedi. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

18. Roji’dagi xiyonatdan so’ng asir tushgan Abdulloh ibn Toriq r.a. ni mushriklar qanday o’ldirdilar?
a) Toshbo’ron qilib
b) Dorga osib
c) Qilich bilan chopib
To’g’ri javob: Toshbo’ron qilib
Izoh: Makka yaqinidagi Zahron degan joyga yetganlarida Abdulloh ibn Toriq roziyallohu anhu qo‘lini bo‘shatib qilichini olishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo mushriklar bilib qolib u kishini toshbo‘ron qilib o‘ldirishdi. ("œHadis va hayot": Nubuvvat va risolat)

19. Janob Rasululloh SAV qachondan boshlab, uxlasalar-da, qalblari ko'radigan bo'ldi?
a) birinchi shaqqi sadrdan so'ng
b) vahiy tushishi boshlangandan so'ng.
c) isro kechasidan so'ng.
To'g'ri javob: isro kechasidan so'ng.
Izoh: Shariyk ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ka’ba masjididan (Bayt ul-Maqdisga) sayohat qildirilish kecha (Isro’ kschasi) xususida bunday dedilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uch nafar (farishta) keldi. Shunda Janob Rasululloh Masjid ul-Haromda (bir qancha odamlar orasida) uxlab yotgan erdilar. Oldindagi farishta: «Ulardan qaysi biri (Muhammad sallallohu alayhi va sallam)?» — dedi. O’rtadagisi: «Ularning yaxshisi», — dedi: Keyingisi: «O’shal yaxshisini olingizlar!» — dedi. Shu kecha bundan bo‘lak hech gap bo‘lmadi, Janob Rasululloh ularni (farishtalarni) mutlaqo ko‘rmadilar. Ul zot (farishtalarni), ular yana huzurlariga kelgan kelgusi tundagina, qalblari ko‘radirgan bo‘lgandagina ko‘rdilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko‘zlari uyquda bo‘lsa-da, qalblari uyg‘oq erdi. Payg‘ambarlar ana shunday bo‘ladilar, ko‘zlari uxlaydi-yu, ammo qalblari uxlamaydi. So‘ng, Hazrat Jabroil Janob Rasulullohni osmonga olib chiqib ketdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «"¦», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Dinga
b) Ilmga
c) Johiliyatdagi kibrga
To’g’ri javob: Dinga
Izoh: Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men uxlab yotgan erdim, (tushimda) ko‘ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon qilindi. Ba’zi ko‘ylaklar (etagi) ko‘krakka qadar tushib turibdi, boshqalari ersa (kaltaligidan) ko‘krakka ham yetmaydi. So‘ng, menga Umar ibn al-Xattob namoyon qilindi, u (uzun) kuylak kiyib olgan bo‘lib, (etagini) sudrab borar erdi», — dedilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasulalloh, buni nimaga yo‘ydingiz?» — deyishdi. Ul zot: «Dinga», — dedilar». (Ya’ni, bu yerda ko‘ylak dinga tashbih qilingan bo‘lib, u odam avratini yopib, sharmandaliqdan asragani kabi, din ham odamni parvardigor oldida sharmisor bo‘lmoqdan hamda jahannam o‘tidan saqlagaydur). ("Al-jome' as--sahih", Imom al-Buxoriy)

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Oktyabr 2008, 09:38:57

II-bosqich 7- turning dastlabki natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Murod Karimov  - 95 ball.
4.Akbar  - 95 ball.
5.Musannif Adham  - 90 ball.
6.Lolo  - 85 ball.
7.Zubair  - 55 ball.
8.Farhod Isroilov  - 45 ball.
9.Abdulloh90 - 40 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  24 Oktyabr 2008, 09:50:29

II-bosqich:
8-tur: Hamroul - Asad,Bani Nazir,Zotir Riqo' g'azotlari.

1.Hamroul Asad g’azoti hijratning nechanchi yi’li bo’lib o’tdi?
a)Ikkinchi.
b)Uchinchi.
c)To’rtinchi.

2.Bu g’azot musulmonlar qaysi urushdan qaytishlari bilan bo’lib o’tgan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)G’atfon.

3.Rasululloh SAV bu g’azotda Islom bayrog’ini kimga topshirganlar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ali ibn Abu Tolib.
c)Muhammad ibn Maslama.

4.Rasululloh SAV bu g’azotga faqat Uhud g’azotida qatnashganlarni borishga buyuradilar. Uhudda qatnashmagan faqat bir kishiga Hamroul Asad g’azotida qatnashishga,uning iltimosiga ko’ra rozi bo’ladilar.Bu sahobiy kim?
a)Usmon ibn Affon.
b)Ka’b ibn Molik.
c) Jobir ibn Abdulloh.

5.Hamroul Asad g’azotidan qaytayotgan musulmonlar, o’zlariga va Rasululloh SAVga tili bilan juda ko’p aziyat bergan,Islomni qoralab she’rlari bilan tashviqot qilgan bir mushrikni tutib oladilar. Va Rasululloh SAV  buyruqlariga binoan uni qatl qiladilar.  Bu mushrik kim?
a)Abu Azza.
b)Safvon ibn Umayya.
c)Muoviya ibn Mug’iyra.

6.Shu g’azot bo’lgan yilda Rasulullohning SAV qaysi nabiralari dunyoga kelgan?
a)Imom Hasan.
b)Imom Husayn.
c)Hazrati Ummu Kulsum.

7.Yana shu yili  arablarning eng yaxshi ko’rgan ishlaridan birini Alloh taolo aniq oyatlari bilan harom qiladi. Bu qaysi odat?
a)Zino.
b)Aroq ichish.
c)Ribo. (sudxo’rlik)

8.RAsululloh SAV Hamroul Asad g’azotiga ketganlarida  Madinaga kimni voliy qilib qoldirdilar?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

9.Bani  Nazir g’azoti hijratning nechnchi yili bo’lgan?
a)Uchinchi.
b)Tortinchi.
c)Beshinchi.

10.Bani Nazir qavmi bilan bu g’azotning boshlanishiga asosiy sabab nima edi?
a)Musulmonlarga hujum qilishlari.
b)Mushriklar bilan til biriktirishgani.
c)Rasulullohga SAV suiqasd qilib, sulhni buzishlari.

11.RAsululloh SAV bu g’azotni boshlaridan oldin Bani Nazir qavmiga qanday jazo qo’lladilar?
a)Madinadan chiqib ketishlarini.
b)Tovon to’lashlarini.
c)Mushriklar bilan har qanday aloqani uzishlarini.

12.Bani Nazir qavmiga:"HAr qanday hlatda ham biz siz bialnmiz" degan munofiqlar haqida, Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatlarida ibrat qilib nozil qilgan?
a)"Moida" 90-91.
b)"Baqara", 129.
c)"Hashr",11-12.

13.Bu g’azotda musulmonlar tug’ini kim ko’tardi?
a)Ali ibn Abu Tolib.
b)Umar ibn Hattob.
c)Muhammad ibn Maslama.

14.Bu g’azotda g’animat olingan mollarni Rasululloh sav ashoblariga bo’lib bermadilar. Ularni o’zlariga, ahli baytlariga, yetim va miskinlarga ulashdilar.Buning sababi nima?
a)Jang qilmasdan qo’lga kiritilgani uchun.
b)Faqirlarni ko’payib ketgani uchun.
c)Ashoblar shu qarorga kelganliklari uchun.

15.Rasululloh SAV bu g;animat mollarning ustidan qilgan hukmlarini,Alloh taolo Qur’oni Karimning qaysi oyatida tasdiqladi?
a)"Hashr",7.
b)"Niso",32.
c)"Moida",100.

16.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi arab qabilalariga qarshi bo’lgan?
a)Bani Muhorib, Bani Sa’la.ba.
b)Bani Nazir, Bani Muhorib.
c)Bani Sa’laba, Bani Nazir.

17.Zotir Riqo’ g’azoti qaysi oyda bo’lgan?
a)Rabbiul avval.
b)Rabbiul oxir.
c)Muharram.

18.Bu g’azotga Rasululloh SAV necha kishilik askar tayorlaydilar?
a)500.
b)600.
c)700.

19.Rasululloh SAV bu g’azotga ketganlarida Madinaga kim voliy bo’lib qoladi?
a)Usmon ibn Affon.
b)Abdulloh Ummu Maktum.
c)Talha ibn Ubaydulloh.

20.Bu g’azotdan qaytishlarida Rasululloh SAV ashoblari bilan asr namozi vaqti kirganida "œsalotuhavf’namozini o’qidilar. Bu qanday namoz?
a)Safarda bo’lganda o’qiladigan namoz.
b)Dushman hujum qilishidan havfsiraganlarida galma galdan o’qiladigan namoz.
c)G’azotga chiqilganda o'qqiladigan namoz.

Ushbu turda Munira xonim  savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2008, 08:29:25

II-bosqich 7-turning so'nggi natijalari.

1.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 100 ball.
2.Dilmurod Majidov  - 100 ball.
3.Noza  - 100 ball.
4.Rohatoy  - 100 ball.
5.Murod Karimov  - 95 ball.
6.Akbar  - 95 ball.
7.Aziza Mannopova  - 95 ball.
8.Anisa  - 95 ball.
9.Musannif Adham  - 90 ball.
10.Lolo  - 85 ball.
11.Dilnoza Mirsaidova  - 75 ball.
12.Rayyona  - 75 ball.
13.Zubair  - 55 ball.
14.Farhod Isroilov  - 45 ball.
15.Abdulloh90 - 40 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2008, 08:30:50

II BOSQICH
7-tur: Rasululloh SAV sahobalarining manoqib va fazilatlari
Javoblar va izohlar

1. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar) bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u "¦ bo‘lur», — dedilar».
Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Abu Bakr r.a.
b) Umar r.a.
c) Usmon r.a.
To’g’ri javob: Umar r.a.
Izoh: Abu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan ilgari o‘tgan Banu Isroilga mansub kishilar orasida, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmay turib, gapiruvchi kishilar bo‘lgandur. Agar mening ummatimdan shunday kishi chiqadirgan bo‘lsa, u Umar bo‘lur», — dedilar». (Ya’ni, bunday kishilar, o‘zlari payg‘ambar bo‘lmasalar-da, farishtalar tomonidan ilhomlantirilib, biror haqiqatni karomat qilurlar).  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

2. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘sha quduqni kim qazigan?
a) Umar r.a.
b) Usmon r.a.
c) Talha r.a.
To’g’ri javob: Usmon r.a.
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki «Ruma» qudug‘ini qazisa (sotib olsa), unga jannat nasib bo‘lgusidur» — deb aytganlarida o‘shal quduqni Hazrat Usmon qaziganlar (sotib olganlar). Shuningdek, Janob Rasululloh: «Kimki Usra (g‘azotiga) qo‘shin tayyorlasa, unga jannat nasib bo‘lg‘usidir» — deb aytganlarida ham (o‘shal g‘azotga) Hazrat Usmon qo‘shin tayyorlaganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

3. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysi sahobiyga «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Ali ibn Abu Tolibga
b) Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
c) Hazrat Hasan ibn Aliga
To’g’ri javob: Hazrat Ja’far ibn Abu Tolibga
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ja’far ibn Abu Tolibga: «Sening (qiyofang va xulqing) mening qiyofam va xulqimga o’xshaydi» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

4. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimni «jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar?
a) Hazrat Hadicha r.a.ni
b) Hazrat Oisha r.a.ni
c) Hazrat Fotima r.a.ni
To’g’ri javob: Hazrat Fotima r.a.ni
Izoh: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima jannat ahli ayollarining sayyidasidur» — deb marhamat qilganlar. ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

5. Hazrat Ali ibn Abu Tolib (r.a) ular haqida shunday degan edilar: "œUshbu ikki qulog’im bilan Rosululloh (s.a.v) aytayotganlarini eshitganman: "œ... va ... jannatdagi ikki qo’shnidir". Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
a) Hamza ibn Abdilmuttalib, Umar ibn Hattob.
b) Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
c) Amr ibn Jamuh, Hallod ibn Amr
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh, Zubayr ibn Avvom.
Izoh: So’ngra o’zining musaffo, g’amgin, mehribon qarindoshlari bilan qabrini o’rab aytdi: Ushbu ikki qulog’im Rosululloh (sav) aytyotganlarini eshitgan: Tolha va Zubayr jannatdagi ikki qo’shnidir. (Rijalun havlar rosul).

6. Rasululloh SAV "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan (vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa, u ... ga qarasin" deb qaysi sahobiyga ishora qilgan edilar?
a) Tolha ibn Ubaydulloh
b) Ali ibn Abi Tolib
c) Abu Bakr Siddiq.
To’g’ri javob: Tolha ibn Ubaydulloh.
Izoh: "œMo’minlardan Allohga qilgan ahdlariga sodiq bo’lgan kishilar bor. Ulardan ba’zisi o’z ulushini oldi. Va ulardan ba’zisi kutib turmoqda. Va ular(ahdlarini) buzmadilar". Payg’ambar s.a.v. bu oyati karimani tilovat qilib so’ngra ashoblarining yuzlariga boqdilar. Va Tolhaga ishora qilib dedilar: "œKimki hanuz yer ustida yurib o’z ulushini olgan(vazifasini bajargan) kishiga qarashlik xursand qilsa demak u Tolhaga qarasin!" (Rijalun havlar rosul).

7. Jabroil alayhissalom odam shalida qaysi sahoba qiyofasida kelar edilar?
a) Salama ibn Qays
b) Dihyatul Kalbiy
c) Baro ibn Ozib
To'g'ri javob: Dihyatul Kalbiy
izoh: Usoma ibn Zayd raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Darhaqiqat, Jabroil alayhissalom (bir notanish odam qiyofasida) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga keldilar, shunda ul yerda Ummu Salama ham bor erdilar. O’shal (notanish) odam Janob Rasululloh birlan so‘zlashib bo‘lgach, o‘rinlaridan turib chiqib ketdilar. So‘ng, ul zot Ummu Salamaga: «Haligi odam kim erdi?» — dedilar (yoki shunga o‘xshash gap aytdilar). Ummu Salama: «U Dihya (ibn Xulayfa al-Kalbiy) erdi», — dedilar, (chunki Jabroil alayhissalom ko‘pincha shu kishining qiyofasida kelar erdilar)».  ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

8. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa "¦» — deb kimni ta’kidlaganlar?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Zayd ibn Horisa
c) Zubayr ibn Avvom
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom
Izoh: Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir payg‘ambarning o‘z havoriysi (yordamchisi) bo‘lgan, mening havoriyim ersa Zubayr ibn al-Avvomdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

9. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kimga «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qilganlar?
a) Zayd ibn Horisa
b) Bilol ibn Raboh
c) Salmoni Forsiy
To’g’ri javob: Zayd ibn Horisa
Izoh: Baro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zayd ibn Horisaga: «Sen bizning birodarimiz va mavlomizsan!» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

10. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa "¦» - deb qaysi sahobani ta’kidlaganlar?
a) Abu Ubayda ibn al-Jarroh
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Abu Bakr Siddiq
To’g’ri javob: Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Izoh: Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Har bir ummatning (o‘z) ishonchli kishisi bor, bizning ishonchli kishimiz ersa, ey ummat(im), Abu Ubayda ibn al-Jarrohdur» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

11. Rasululloh SAV umarlari davomida ikki marta ikki sahobaga iqtido qilganlar. Bu sahobalar kimlar?
a) Abu Bakr Siddiq, Umar ibn Hattob
b) Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
c) Abu Bakr Siddiq, Abdulloh ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq, Abdurahmon ibn Avf
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ikki marta: Abu Bakr va Abdurrahmon ibn Avf (raziyallohu anhumo)larning orqasida iqtido qilib namoz o‘qidilar (Imom Ahmad «Musnad» 3/ 18182).

12. Rasululloh SAVning Makkai mukarramadagi muazzinlari kim edi?
a) Bilol ibn Raboh
b) Sa’d al-Quraz
c) Abu Mahzura
To’g’ri javob: Abu Mahzura
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muazzinlari to‘rtta bo‘lib: Bilol ibn Raboh va Abdulloh ibn Ummu Maktum Madinada, Sa’d al-Quraz Quboda, Abu Mahzura Makkada edilar («Zodul-ma’od» 1/ 124).

13. Rasululloh SAV vafot etganlaridan so’ng, u kishini yuvishda ishtirok etgan Abbosning og’illari kim?
a) Qusam, Fazl
b) Abdulloh, Amr
c) Zayd, S’ad
To’g’ri javob: Qusam, Fazl
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlaridan so‘ng muborak badanlarini Abbos ibn Abdulmuttalib, Aliy ibn Abu Tolib, Fazl ibn Abbos, Qusam ibn Abbos, Usoma ibn Zayd va Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning g‘ulomi - Shuqron (raziyallohu anhum)lar yuvdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni yuvganlarida kiyimlari yechilmagan edi (Ibn Hishom, «as-Siyra», 4/ 287)

14. Rasululloh SAV qaysi sahobiyni Abu Turob deb ataganlar?
a) Usoma ibn Zaydni
b) Ali ibn Abu Tolibni
c) Bilol ibn Rabohni
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolibni
Izoh: Abu Hozim raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi Sahl ibn Sa’dning qoshiga kelib: «Falonchi minbar oldida turib Alini «Ey Abu Turob!» deb chaqirdi» — deya kuldi. Sahl: «Olloh taolo haqi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamgina Alini shunday deb ataganlar. Ali uchun bundan mahbubroq ism bo‘lmagan», — dedilar. Keyin, men shul xususdagi hadisni aytib bermoqni Sahldan iltimos qildim. Sahl: «(Bir kuni) Ali Fotimaning huzurlariga kirdilar. (Ikkalalari aytishib qolgach), Ali masjidga chiqib, ul yerda cho‘zilib yetib oldilar. Janob Rasululloh (Fotimadan): «Amakingning o‘g‘li (ya’ni, ering) qaerda?» — deb so‘radilar. Fotima: «Masjiddalar», — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh Alining oldilariga borib qarasalar, ul kishining choponlari yelkalaridan tushib, orqalari tufroq bo‘lib yetibdi. Shunda Janob Rasululloh Alining orqalariga tekkan tufroqni qoqa turib: «O’ltiraver, ey Abu Turob!» (ya’ni, «Hamma yog‘i tufroq, tufroqli»)— deb ikki bor aytdilar», — dedi».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

15. Rasululloh SAVning uzuklarini olib yurgan va bu uzuk bilan maktublarni muhrlagan sahoba kim edi?
a) Salmon Forsiy
b) Abu Zarr G’iforiy
c) Muayqib Davsiy
To’g’ri javob: Muayqib Davsiy
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uzugini Mu’ayqib ibn Abu Fotima Davsiy (raziyallohu anhu) olib yurar va Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu uzuk bilan maktublarni muhrlar edilar («Zodul-ma’od» 1/ 128)

16. Quyidagi sahobalardan qaysi birlari Rasululloh SAVga qo’riqchilik qilganlar?
a) Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
b) Abdulloh ibn Ravoha, Omir ibn Akva’
c) Ubay ibn Ka’b, Hanzala ibn Rabi’
To’g’ri javob: Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama
Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning qo‘riqchilari Sa’d ibn Muoz, Muhammad ibn Maslama, Zubayr ibn Avvom, Ubbod ibn Bishr va boshqalar (raziyallohu anhum) edilar. Alloh taoloning: «Alloh Sizni odamlardan himoya qiladi» (Moida: 67) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘riqchilariga buning xabarini berib, ularni tarqatdilar (Zodul-ma’od» 1/ 127)

17. Rasululloh SAV: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, "¦ni do‘st tutgan bo‘lur erdim» deb qaysi sahobiyning nomini aytgan edilar?
a) Abdulloh ibn Salom
b) Abu Bakr Siddiq
c) Umar ibn Hattob
To’g’ri javob: Abu Bakr Siddiq
Izoh: Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ummatimdan birortasini o‘zimga do‘st tutadirgan bo‘lsam, Abu Bakrni do‘st tutgan bo‘lur erdim, ammo ul kishi (Islom buyicha) birodarim va sahobamdurlar» — deb marhamat qildilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

18. Rasululloh SAV tushlarida bir muhtasham qasrni ko’radilar. Farishtadan bu qasr kimnikiligini so’raydilar. So’ng, qasrni tomosha qilmoqchi bo’lib, ichkariga kirmoqchi bo’ladilar-u, lekin uning rashkchi ekanligini bilab, kirmaydilar. Jannatdagi bu muhtasham qasr kimga tegishli edi?
a) Abu Bakr Siddiq
b) Umar ibn Hattob
c) Usmon ibn Affon
To’g’ri javob: Umar ibn Hattob
Izoh: Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men tushimda jannatga kirganimni ko‘rdim. Qarasam, qarshimda Abu Talhaning xotini Rumayso’ («Rumayso’» o‘shal xotinning laqabi bo‘lib, uning mijjalarida doimo yiringga o‘xshash modda to‘planib turgan) turibdi. Shu asnoda ohista qadam tovushi qulog‘imga chalindi. «Kim bu?» — dedim. (Farishta): «Bu Biloldur», — dedi. (Balki, Hazrat Bilolning o‘zlari: «Bu men, Bilolman»— deb aytgan bo‘lishlari ham mumkin). Keyin, men (jannatda) bir (muhtasham) qasrni ko‘rdim, uning hovlisida bir yosh qiz turgan erdi. «Bu (qasr) kimniki?» — dedim. (Farishta): «Umarniki», — dedi. Keyin, men qasrga kirib, uni tamosho qilmoqchi bo‘ldim-u, ammo sening (ya’ni, Umarning) rashkchi erkanligingni eslab, (kirmadim)», — dedilar. Shunda Hazrat Umar: «Yo Rasulalloh, ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, sizdan rashk qilamanmi?!» — dedilar» ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

19. "œIkki qanotli" nomini olgan sahoba kim edi?
a) Sa’d ibn Abu Vaqqos
b) Ja’far ibn Abu Tolib
c) Tufayl ibn Amr
To’g’ri javob: Ja’far ibn Abu Tolib
Izoh: Sha’biy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ibn Umar raziyallohu anhu, agar Ja’farning o‘g‘illariga salom bersalar: «As-Salomu alayka, ey Ikki qanotlining o‘g‘li!» — der erdilar». ("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

20. Rasululloh SAV «Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» deb kimni marhamat qilgan edilar?
a) Hadicha r.a.
b) Fotima r.a.
c) Hasan ibn Ali r.a.
To’g’ri javob: Fotima r.a.
Izoh: Misvar ibn Maxrama raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotima mening bir bo‘lagimdur. Kim uni darg‘azab qilsa, meni darg‘azab qilgan bo‘lur» — deb marhamat qildilar».("Al-jome' as-sahih", Imom al-Buxoriy)

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2008, 08:35:57

II-bosqich 8-turning dastlabki natijalari.

1.Murod Karimov  - 100 ball.
2.Akbar  - 100 ball.
3.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 95 ball.
4.Aziza Mannopova  - 95 ball.
5.NOZA  - 95 ball.
6.Rohatoy  - 95 ball.
7.Lolo  - 95 ball.
8.Muslima Mamajonova  - 95 ball.
9.Dilnoza Mirsaidova  - 95 ball.
10.Rayyona  - 95 ball.
11.Abdulloh90  - 95 ball.
12.Musannif Adham  - 90 ball.
13.Dilmurod Majidov  - 90 ball.
14.Robiya  - 85 ball.
15.Zubair  - 80 ball.
16.Farhod Isroilov  - 70 ball.
 

Assalamu alaykum. Meni uquvsizligim sabab Dilmurod MAjidov ismli ishtirokchimizning 8-turga bergan javoblari qolib ketgan ekan. Shuni tahrir qilib joylab qo'ydim.Va buing uchun bu ishtirokchiumizdan uzr so'rayman. Biz ham ojiz bandamzi xato qilishimiz aniq. Bunday xatoga boshqa yo'l qo'ymaslikka harakat qilaman. 

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2008, 08:45:42

II-bosqich 8 turning umumiy natijalari.

1.Murod Karimov  - 760 ball.
2.NOZA  - 755 ball.
3.Rohatoy  - 755 ball.
4.Akbar  - 755 ball.
5.Dilmurod Majidov  - 745 ball.
6.Aziza Mannopova  - 715 ball.
7.Musannif Adham  - 710 ball.
8.Dilnoza Mirsaidova  - 695 ball.
9.Rayyona  - 690 ball.
10.Abdulvohid Ahmadaliyev  - 670 ball.
11.Lolo  - 665 ball.
12.Anisa  - 645 ball.
13.Muslima Mamajonova  - 585 ball.
14.Abdulloh90  - 585 ball.
15.Farhod Isroilov  - 565 ball.
16.Jahongir Qurbonov  - 430 ball.
17.Shoira Shodmonova  - 405 ball.
18.Robiya  - 385 ball.
19.A'zam Rahimov  - 370 ball.
20.Zubair  - 320 ball.
21.Muhammad Sobirov  - 245 ball.
22.Mars  - 160 ball.
23.Guli Iskandarova  - 100 ball.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Oktyabr 2008, 09:38:07

II-bosqich.
9-tur:Bani Mustalaq va Handaq g'azotlari.

1.Bani Mustalaq g’azoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a) To’rtinchi yil,sha’bon oyida.
b)Beshinchi yil,sha’bon oyida.
c)Oltinchi yil,zulqa’da oyida.

2.Bani Mustalaq qabilasi musulmonlarga qarshi bo’lgan qaysi urushda mushriklarga yordam bergan?
a)Uhud.
b)Badr.
c)Handaq.

3.Bu urushda Rasulullohga SAV onalarimizdan kimlar hamrohlik qilishgan?
a)Oysha va Zaynab r.a.
b)Oysha va Ummu Salama r.a.
c)Oysha va Hafsa r.a.

4.Bani Mustalaq g’azotiga chiqqanlarida Rasululloh SAV Madinada kimni o’z o’rinlariga qoldirganlar?
a)Zayd ibn Horisa.
b)Usmon ibn Affon.
c)Abdulloh Ummu Maktum.

5.Bu urushda asirga tushganlarni o’z ashoblariga taqsimlab bergan Rasululloh SAV,Bani Mustalaq qavmini hidoyatiga sabab bo’lgan qanday rejani amalga oshirdilar?
a)Qavm boshlig’ining qiziga uylandilar.
b)Barcha asirlarni shundoq ozod qildilar.
c)Asirlarni to’lov hisobiga ozod qildilar.

6.Bu g’azot jarayonida Rasulullohning SAV ko’ngillariga og’ir botadigan gapni qilib, o’zining munofiqligini oshkor qilib qo’ygan kishi kim?
a)Horis ibn Ziror.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Usmon ibn Talxa.

7.Rasulullohni SAV qattiq ranjitgani uchun, ashoblar unga u zotdan uzr so’rashlikni maslahat berishganida takabburlik qilgan paytda,Qur’oni Karimning qaysi surasi nozil bo’lagan?
a)"Na’ba"
b)"Al-Haaaqqo."
c)"Munafiquun".

8.Bu g’azotdan qaytishlarida munofiqlar onalarimizdan birining sha’niga eng og’ir tuhmatni qilishadi.Bu tuhmat onalarimizning sha’niga qilingan va Rasulullohni SAV ko’p mahzun qilgan tuhmatdir. Bu tuhmat qaysi onamiz va qaysi sahobiy sha’niga qilingan edi?
a) Oysha r.anho va Safvon ibn Muattal r.anhu.
b)Hafsa  r.anho va Muhammad ibn Maslama r.anhu.
c)Oysha  r.anho va  Muhammad ibn Maslama r.anhu.

9.Bu tuhmatli mish-mishlar butun musulmonlar orasida tarqalgan bir paytda, hatto bunga Rasululloh SAV ham ishona boshlagan bir paytda, Alloh taolo mo’minlar onasining sh’anini poklab qaysi suraning qaysi oyatlarini nozil qilgan?
a)"Ahzob",10-20.
b)"Niso",15-20.
c)"Nur",11-21.

10.Mo’minlar onasi Alloh taolo tomonidan oqlanganidan keyin,Rasululloh SAV bu tuhmat gaplarni tarqatgan kishilarni, shariat bo’yicha qanday jazolashga hukm etdilar?
a)80 darra urushga.
b)Madinadan chiqarib yuborishga.
c)Toshbor’on qilishga.

11."Handaq" ga’zoti hijratning nechanchi yili va qaysi oyida bo’lgan?
a)Beshinchi yil,zulqa’da oyida.
b)Oltinchi yil, sh’abon oyida.
c)Yettinchi yil, Rabiul oxir oyida.

12.Bu urushni boshlashga Makkaliklarni qaysi qabila undagan?
a)G’atafon qabilasi.
b)Bani Murra qabilasi.
c)Bani Nazir qabilasi.

13.Mushriklar bu urushga necha kishilik askar to’plaganlar?
a) 10.000 dan ziyod.
b) 8.000 kishilik.
c) 5.000 kishilik.

14.Bu g’azotga chiqishlarida bir sahobiy tomonidan hali hech qaysi urush jarayonida umuman qo’llanilmagan bir taklif aytiladi. Bu qanday taklif bo’lgan?
a) Dushmandan avval yo’lgan chiqib, ular kutmagan joydan hujum qilish.
b)Shahar darvozalarini yopib, shahar ichida qolib jang qilish.
c)Shahar atrofiga chuqur qazib chiqish.

15.Bu taklifni qaysi sahobiy aytgan?
a)Usmon ibn Affon.r.a.
b)Salmoni Forsiy.r.a.
c)Umar ibn Xattob r.a.

16.Bu g’azotda musulmonlarning soni qancha edi?
a) 3000.
b) 4000.
c) 5000.

17.Niyatlariga erishishlariga ko’zlari yetmagan mushriklar, munofiqlar va yahudlarga elchi yuborib ularni avray boshlashadi. Chopar yahud qavmining boshiliqlaridan kimning oldiga kelib shayton kabi vasvasa qiladi?
a)Ka’b ibn Asad.
b)Abdulloh ibn Ubay.
c)Abu Mas’ud ibn Ruhayla.

18.Bu holdan xabar topgan Rasululloh SAV Madinada qolgan ayollar va bolalarni asrash uchun qancha askarni orqaga qaytaradilar?
a)500.
b)400.
c)300.

19.Alloh taolo Islom lashkariga kutmagan tomonlaridan yordam yuboradi. Mushriklar orasidan bir kishi kelib, hufyona musulmon bo’lganini aytib, Rasululloh SAV maslahatlariga ko’ra dushman ichida nizo chiqarib musulmonlarga katta yordam beradi. Bu kishi kim?
a)Sufyon ibn Abd Shams.
b)Tulayha ibn Huvaylid.
c)Nuaym ibn Mas’ud Ashjaiy.

20.Bu kishini musulmonlarga yordamchi qilib yuborgan va shu tufayli Islom lashkariga ga’labani nasib qilgan Alloh taolo bu haqda qaysi oyatlarni nozil qiladi?
a)"Ahzob"9-13.
b)"Baqara"55-57.
c)"Moida" 75-77.

Usgbu turda Munira xonim savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.


Keyingi tur "Namoz hukmlari-2"(Hanafiy mazhabida).Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, izohi va manbaasi bilan qabul qilinadi.


Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Noyabr 2008, 01:20:01

II BOSQICH
10-tur: Namoz hukmlari-2-qism. (Hanafiy mazhabida)

1. Namozning birinchi rukni "œHarom qiluvchi takbir"( "œTakbiri tahrima") hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar 

2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi

3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo'lsa to’liq o'qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa

4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi

5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham

6. Shariatda "œAhli tartiblar" deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar

7. "œAhli tartib" bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi"¦
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda  tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa

9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat

11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish...
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak

12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish...
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib

13. Bir salom bilan namozni tugatish...
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom

14. Janoza namozida...
a) oyoq kiyim bilan namozni o'qisa bo'laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o'qish lozim. 

15. Masjidda jamoat namozi o'qib bo'lindi. Ba'zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o'girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkin.
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o'girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo'ladi.

16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo'ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.   

17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo'ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo'ladi.
b) Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.

18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo'ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
b) 1) kirib bo'lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.

19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.

20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi...
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o'qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.


Ushbu turda Aziza Mannopova va AbdulAziz savollaridan foydalanildi.

Javoblarni Munira xonimga PM orqali yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Mana, Allohga shukrlar bo’lsin, II-bosqichning so’nggi savollari e’lon qilinmoqda. Inshaalloh, yaqin kunlarda g’oliblar nomini ham e’lon qilamiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Noyabr 2008, 23:11:59

8-turning so'nggi natijasi

1.   Akbar   100 ball
2.   Anisa   100 ball
3.   Murod Karimov   100 ball
4.   Abdulloh90   95 ball
5.   Abduvohid Ahmadaliyev   95 ball
6.   Aziza Mannopova   95 ball
7.   Dilnoza Mirsaidova   95 ball
8.   Lolo   95 ball
9.   Muslima Mamajonova   95 ball
10.   Noza   95 ball
11.   Rayyona Usmonova   95 ball
12.   Rohatoy   95 ball
13.   Dilmurod Majidov   90 ball
14.   Musannif Adham   90 ball
15.   Robiya   85 ball
16.   Zubayr   80 ball
17.   Farhod Isroilov   70 ball

Qayd etilgan