Muallif Mavzu: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?  ( 127558 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #105 : 21 Noyabr 2008, 13:31:10 »
II BOSQICH
10-tur: Namoz hukmlari-2-qism. (Hanafiy mazhabida)
Javoblar va izohlar

1. Namozning birinchi rukni “Harom qiluvchi takbir”( “Takbiri tahrima”) hisoblanadi, bunday deyilishiga sabab nima?
a) Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun
b) Bu takbirni aytmasdan namozni boshlash harom bo’lgani uchun
c) a va b javoblar 
To’g’ri javob: Bu takbirni aytib namozga kirilgandan so’ng, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchun.
Izoh: Harom qiluvchi takbir, deyilishiga sabab uni aytib namozga kirishi bilan kishiga namozdan tashqarida qilib yurgan, namozga taalluqli bo’lmagan amallar harom bo’lgani uchundir. Takbirni “Allohu akbar” lafzi bilan aytish vojibdir. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

2. Agar bir namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa ularning namozi buziladimi?
a) Ha, ikkalasining ham namozi buziladi
b) Erkak kishining namozi buziladi, ayol kishining namozi buzilmaydi
c) Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi
To’g’ri javob: Ayol kishining namozi buziladi, erkak kishining namozi buzilmaydi.
Izoh: Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning namozi buziladi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

3. Qur’oni karim suralarining bir oyatini zam sura qilib o’qisa bo’ladimi?
a) Yo’q, zam sura kamida 3 oyat bo’lishi kerak
b) Yo’q, zam sura 1 yoki 2 oyat emas, kichik sura bo'lsa to’liq o'qish kerak
c) Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa
To’g’ri javob: Ha, agar bu oyat uzun bo’lsa.
Izoh: Zam sura qisqa oyatlardan 3 oyat, uzun oyatlardan bir oyat bo’lishi kerak. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

4. Namozda sahv (xato) sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechtasi sodir bo’lsa, xato sajdasi necha marta qilinadi?
a) xato sajdasi bir marta qilinadi
b) 3 tadan ortiq xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa xato sajdasi ikki marta qilinadi
c) bu holatda xato sajdasi qilinmaydi, chunki namoz buziladi
To’g’ri javob: Xato sajdasi bir marta qilinadi.
Izoh: Sahv sajdasini vojib qiladigan amallardan bir nechasi sodir bo’lsa-da, sajdai sahv bir marta qilinadi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

5. Tilovat sajdasini qilish uchun takbiri tahrima aytiladimi?
a) Ha, aytiladi
b) Yo’q, aytilmaydi
c) Aytilsa ham bo’ladi, aytilmasa ham
To’g’ri javob: Yo’q, aytilmaydi.
Izoh: Tilovat sajdasini qilish uchun ham namozdagidek shartlar lozim bo’ladi. Faqat bunda takbiri tahrima bo’lmaydi. Tilovat sajdasini ikki takbir o’rtasida bir marta sajda qilish sunnatdir. Tik turgan holida takbir bilan sajdaga boradi va “Subhana Robbiyal a’lo” , deb uch marta tasbehlarni aytadi-da, yana qiyomga qaytadi va tik tirgan holida tilovat sajda duosini o’qishlik mustahabdir. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

6. Shariatda “Ahli tartiblar” deb kimlar aytiladi?
a) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar
b) vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilgan kishilar
c) vitrdan tashqari 6 vaqtdan ko’p namozni qazo qilmagan kishilar
To’g’ri javob: Vitrdan tashqari 6 vaqt namozni ketma-ket qazo qilmagan kishilar.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. Agar bomdodning qazosini o’qimay peshinning qazosini o’qisa, peshin buziladi va bomdodning qazosini o’qigach, yana peshinni qaytadan o’qishi vojib bo’ladi.Ahli tartib vitrga ham rioya qiladi. Ya’ni uni o’qimasdan bomdodni o’qishi durust emas. Ammo, qaqchonki qazo namozlarining vaqti vitrdan tashqari olti vaqtga etsa, endi u kishidan tartibga rioya qilish vojibligi soqit bo’ladi. Shunda ham tartib bilan qazolarni o’qisa ma’qul, lekin xohlaganini oldin, xohlaganini keyin o’qishiga ixtiyori bo’ladi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

7. “Ahli tartib” bo’lgan kishilning qazo namozlarining tartibiga rioya qilishi…
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Shariatda ahli tartiblar, degan martabadagi insonlar bo’lib, ular vitrdan tashqari olti vaqt namozni ketme-ket qazo qilmagan bo’lishadi. Shular qazo namozlarini o’qimoqchi bo’lishsa, tartibga rioya qilishlari kerak. Misol uchun ahli tartib kishi bomdod, peshin, asr, shomni uzr bilan qazo qilib qo’ygan bo’lsa, avval bomdodni, keyin peshinni, undan so’ng asrni, keyin esa shomni o’qishi vojib bo’ladi va hokazo. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

8. Ahli tartib bo’lgan kishiga qanday holatda  tartibga amal qilish vojibligi soqit bo’ladi?
a) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
b) Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa
c) Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
To’g’ri javob: Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa va qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa
Izoh: Tartibning vojibliga yana 2 holatda soqit bo’ladi:
1. Vaqt ziq bo’lib qolganda qazoni o’qisa, o’z vaqtida o’qiladigan namoz ham qazo bo’lsa, shunda tartib soqit bo’ladi va qazo bo’lmagan namozni oldin, qazo bo’lganini keyin o’qib qo’yadi.
2. Qazo bo’lgan namozni esidan chiqarib qo’ysa-da, keyingi namozni o’qisa ham tartib soqit bo’ladi. Misol uchun bomdodni qazo qilganligi esidan chiqib, peshinni o’z vaqtida o’qib qo’ysa, peshindan so’ng bomdodni o’qib qo’yadi. Peshinni esa qaytarib o’qimaydi. Ammo bomdodni qazo qilganligi yodida bo’laturib peshinni o’qigan bo’lsa, bu peshinni bomdodni qazosini o’qigandan so’ng qaytarib o’qib qo’yadi. Chunki bunda tartibga amal qilish soqit bo’lmagan hisoblanadi. (“Tahorat va namoz hukmlari”. Abu Hanifa (rah.a) mazhablariga muvofiq. Tarjimon: Abror Abduazimov. Toshkent-2005)

9. Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har raka’tida fotiha surasini o’qish vojibdir. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy).

10. Namozning har qa’dasida tashahhud (attahiyat) ni o’qish...
a) Farz
b) Vojib
c) Sunnat
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozning har ra’katida tashahhud, ya’ni attahiyatni abduhu va rasuluhugacha o’qish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy).

11. Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish...
a) Farz
b) Vojib
c) Bunda namoz buziladi, qaytadan o’qish kerak
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Namozda biror farzni kechuktirsa yoki vojibni esdan chiqarib tark qilsa sajdai sahv (xato sajdasi) qilish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy).

12. Ikki sajda orasida biroz o’tirish...
a) Sunnat
b) Mustahab
c) Vojib
To’g’ri javob: Vojib.
Izoh: Ikki sajda orasida biroz o’tirish vojib. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy).

13. Bir salom bilan namozni tugatish...
a) Mustahab
b) Makruh
c) Harom
To’g’ri javob: Harom.
Izoh: Bir salom bilan namozni tugatish harom. (“Ibodati islomiya”, Ahmad Hodiy Maqsudiy).

14. Janoza namozida...
a) oyoq kiyim bilan namozni o'qisa bo'laveradi.
b) oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
c) oyoq kiyimini yechib, joynamozda o'qish lozim. 
To’g’ri javob: oyoq kiyimni yechib, uning ustida namozni o'qish a'loroq.
Izoh: Janoza namozini ham boshqa namozlar kabi pok joyda ado etish shartdir. Najas ustida turib o‘qilgan namoz durust bo‘lmaydi. Odatda oyoq kiyimlar bilan har xil joyda yurilganidan ularning najasdan xoli bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Shuning uchun janoza namozida imomdan boshqa odamlar joynamozda turmaganliklari uchun oyoq kiyimlarini yechib, uning ustiga oyoqlarini bosib turishlari kerak. Bunda oyoq kiyimi ikki qavat kiyim hukmiga o‘tadi. Qavilmagan ikki qavat kiyimning bir qavati nopok bo‘lsa, ikkinchi pok qavatida namoz o‘qish joizdir («Muxtasar ul-viqoya», «Hadiyyatus su’luk»).

15. Masjidda jamoat namozi o'qib bo'lindi. Ba'zi kechga qolganlar orqadagi safda namozlarini davom ettirayaptilar. Imomning orqaga o'girilib, ularga yuzlanib duo qilishi mumkinmi?
a) Bu hol makruh amaldir.
b) Bu hol harom amaldir.
c) Ha, imom orqaga o'girilib, jamoatga qarab duo qilsa bo'ladi.
To’g’ri javob: Bu hol makruh amaldir.
Izoh: Jamoat namozi tugaganidan so‘ng, garchi kechikib kelganlar hali namoz o‘qiyotgan bo‘lsalar-da, ularga yuzlangan holda duo qilish makruhdir. Namoz o‘qiyotgan kishiga, u qaysi safda bo‘lsa-da, yuzlanib o‘tirish makruh bo‘ladi. («Radd ul-muxtor»).
 
16. 1) hayz va nifosdagi va 2) junub odam azonga javob qaytarsa bo'ladimi?
a) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarmaydi.
b) 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
c) 1) Javob qaytarishi mumkin; 2) Javob qaytarishi mumkin.   
To’g’ri javob: 1) Javob qaytarmaydi; 2) Javob qaytarishi lozim.
Izoh: Hayz va nifosdagi ayol azonga javob qaytarmaydi. Ammo junub kishi azonga javob qaytarishi lozim («Radd ul-muxtor»).

17. Masjidda iqomatni yurib aytsa bo'ladimi?
a) Iqomatni yurib aytsa bo'ladi.
b) Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
c) Iqomatni yurib aytish makruhdir.
To’g’ri javob: Bo'lmaydi. Bu hol sunnatga xilofdir.
Izoh: Iqomat azon kabi bir joyda turib aytiladi. Namozni kutayotgan jamoat esa, iqomatning «Hayya ‘alassolah!» lafzlari aytilgandagina turishlari kerak. («Hidoya»).

18. 1) Junub va 2) Mushrik kishi masjiga kirsa bo'ladimi?
a) 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
b) 1) kirib bo'lmaydi; 2. faqatgina pok holida kirishi mumkin.
c) 1) masjidga kirishi mumkin; 2. kirishi makruh.
To’g’ri javob: 1) masjidga kirishi makruh; 2. kirsa bo'ladi.
Izoh: Junubni masjidga kirishdan qaytarishdan maqsad uni tezroq g‘usl qilib pok bo‘lishga undashdir. Mushrik masjidga kirishdan qaytarilsa, iymondan uzoqlashadi. Shuning uchun mushrik masjidga kirishdan qaytarilmaydi. (Ashboh va Nazoir).

19. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
a) Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
b) Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
c) Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
To’g’ri javob: Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavmning namozi buziladi.
Izoh:To‘rt holatda jamoat imom qilganini bajarmaydi. Bular quyidagilar:
1. Agar imom ikki martadan ortiq sajda qilib qo‘ysa, jamoat buni qilmaydi.
2. Iyd namozlarida imom to‘rt takbirdan ko‘proq takbir aytsa, jamoat bunday qilmaydi.
3. Agar imom janoza namozida to‘rttadan ziyod takbir aytsa, qavm bunday qilmaydi.
4. Agar imom to‘rt rakatdan so‘ng tashahhud o‘qib turib ketsa, qavm turmaydi. Agar beshinchi rakatga sajda qilmay, tashahhudga qaytsa, imom bilan qo‘shilib salom beradi. Agar imom qaytmasa, jamoatning o‘zi salom berib tugatadi.
Agar imom to‘rtinchi rakatdan so‘ng tashahhud o‘qimay, beshinchi rakatga turib ketsa, qavm o‘tirib tashahhud o‘qisa, ammo imom qaytmay, beshinchi rakatga sajda qilsa, hammaning namozi buziladi. ("Dinda savolim bor")

20. Quyidagi hukmlardan qaysi biri noto'g'ri?
Juma namoziga takbir aytilganda yetib borgan kishi...
a) oldingi to‘rt rakat sunnatni o'qimaydi.
b) Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
c) o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qimaydi.
To'g'ri javob: Juma namozining oldingi to‘rt rakat sunnatining ikki rakatini o‘qiganida imom xutbani boshlab qolsa, sunnat namozini ikkinchi rakatida tugatib, xutbaga quloq soladi.
Izoh: Bunday holda oldingi to‘rt rakat sunnat o‘qilmaydi. Imomga iqtido qilinadi. Zero, juma namozining xutbasi va farzi orasida namoz o‘qish makruhdir. U o‘qilmagan oldingi to‘rt rakat sunnat juma namozining farzidan so‘ng ham qazo qilib o‘qilmaydi («Durrul Muxtor»).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #106 : 21 Noyabr 2008, 13:31:58 »
10-turning so'nggi natijalari

1.   Murod Karimov   80 ball
2.   Abduvohid Ahmadaliyev   75 ball
3.   Aziza Mannopova   75 ball
4.   Noza   75 ball
5.   Rohatoy   75 ball
6.   Akbar   70 ball
7.   Anisa   70 ball
8.   Dilnoza Mirsaidova   70 ball
9.   Lolo   65 ball
10.   Rayyona Usmonova   65 ball
11.   Dilmurod Majidov   60 ball
12.   Musannif Adham   60 ball
13.   Abdulloh90   55 ball
14.   Farhod Isroilov   30 ball
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #107 : 21 Noyabr 2008, 13:32:54 »
2-bosqichning yakuniy natijalari

1.   Murod Karimov   940 ball
2.   Noza   930 ball
3.   Rohatoy   930 ball
4.   Akbar   925 ball
5.   Anisa   910 ball
6.   Dilmurod Majidov   905 ball
7.   Aziza Mannopova   890 ball
8.   Dilnoza Mirsaidova   860 ball
9.   Musannif Adham     855 ball
10.     Rayyona Usmonova   850 ball
11.   Abduvohid Ahmadaliyev   845 ball
12.   Lolo   830 ball
13.     Abdulloh90   740 ball
14.   Farhod Isroilov   685 ball
15.   Muslima Mamajonova   585 ball
16.   Robiya   455 ball
17.   Jahongir Qurbonov   430 ball
18.   Shoira Shodmonova   405 ball
19.   Zubayr   400 ball
20.   A'zam Rahimov   370 ball
21.   Muhammad Sobirov   245 ball
22.   Mars   160 ball
23.   Guli Iskandarova   100 ball
24.   Ibrohim Adham Yo'ldoshev   70 ball
25.   Muhammadaziz Mamitov   65 ball
26.   Iqbol G'afforov   55 ball
27.   Nurilla Muhammedov   45 ball
28.   Huzayfa_89uz   35 ball
29.   Gulmira   25 ball

PS. Inshaalloh, yaqin kunlarda sovrindorlar e'lon qilinadi.
« So'nggi tahrir: 23 Noyabr 2008, 08:28:54 muallifi Munira xonim »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #108 : 17 Dekabr 2008, 08:27:49 »
 :bs1:

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

Allohga hamdlar bo'lsinkim, "Biz Islomni bilamizmi?" tanlovimizning ham 2-bosqichi yakunlandi.
Bu bosqichda ishtirok etgan, kuzatib, nimanidir o'rgangan, kitob titkilab o'z bilimlarini oshirgan har bir ishtirokchiga Allohning rizoligini tilaymiz.

II-bosqich ham avvalgisidek, ko'pchilikka manzur bo'lgani bildirilgan mulohazalardan ma'lum bo'ldi. Ishtirokchilarning ham bilim saviyalari oshganligi natijalardan ko'rinib turibdi.

Bu bosqichning hamma turlarida faol ishtirok etgan Murod Karimov, Noza, Rohatoy, Akbar, Anisa, Dilmurod Majidov, Aziza Mannopova, Dilnoza Mirsaidova, Rayyona Usmonova, Lolo, Musannif Adham, Abdulloh90, Farhod Isroilovga alohida minnatdorlik izhor qilamiz. Ilmingiz bundan-da ziyoda bo'lib, Allohning Rahmatiga erishishingizni Allohdan so'raymiz.

Agar avvalroq xabar topib, 1-turda ishtirok etganlarida Abduvohid Ahmadaliyev ham eng yuqori o'rinlarni egallagan bo'lar edilar.

II bosqichning sovrindorlarini e'lon qilaman. Oz bo'lsa-da ko'p o'rnida ko'rasizlar degan umiddaman.

1-o'rinni egallagan Murod Karimovga yangi nashr bo'lgan Imom al-Buxoriyning Sahihul Buxoriy kitobini (2 ta kitob) hamda diplom taqdim etiladi.

2-o'rinni egallagan Nozaga Imom al-Buxoriyning Al-adab al-mufrad hamda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning Hadis va hayot: Jannat bashorat qilinganlar va ahli bayt kitobi va diplom taqdim etiladi.

3-o'rinni egallagan Rohatoyga Imom Navaviyning Riyozus-solihiyn kitobi hamda diplom taqdim etiladi.

G'oliblarni tabriklaymiz!
Ilm yo'lida, Alloh rizoligi yo'lida qilayotgan amallariga xayru baraka tilaymiz!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #109 : 09 Yanvar 2009, 09:30:44 »
 :bs1:

Assalamu alaykum wa rahmatulloh!

1-o'rinni egallagan Murod Karimovni anchadan beri topolmayotgan edik. Alhamdulillah, ularni topib, sovg'alarini topshirdik. Inshaalloh, yaqin kunlarda topshiruv marosimidan suratlarni e'lon qilamiz.

Bir birodarimiz Mahmud As'ad Jo'shonning "Haqiqiy sevgi" va Baxtiyor Muhammadaminning "Sirdoshim qizim, eshit..." kitoblaridan taqdim etgandilar. Tanlovimiz g'oliblariga ushbu kitoblardan ham hadya etildi.

Anisa, Aziza Mannopova, Dilnoza Mirsaidova o'z kitoblarini Nozadan olishlari mumkin.

G'oliblarni yana bir bor tabriklaymiz!
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #110 : 23 Noyabr 2009, 10:44:10 »
Bismillahir rohmanir rohiym.

«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli Imron surasi, 18-oyat).

Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Iymon yalong‘ochdir, uning libosi taqvo, ziynati hayo, mevasi esa ilmdir». (Imom Hokim Abu Dardodan rivoyat qilgan).

BIZ DINIMIZNI BILAMIZMI? - 3 BOSQICH


"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Qurbon hayiti munosabati bilan viktorinaning 3-bosqichini e'lon qildik.

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 3-bosqichi inshaalloh 2009 yil 27 noyabr, juma kunidan boshlanadi.

Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi.

Tartib:
Har juma kuni sizga ma'lum mavzu yuzasidan 20 tadan savol beriladi. Savollarga 3 tadan variant belgilanadi. Savollarga javob berish muddati 7 kun. Siz esa o'z javobingizni lm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga jo'natishingiz mumkin. To'g'ri javoblar savol berilgan kundan 14 kun keyin e'lon qilinadi.

Hisob:
Sizning javoblaringiz hakamlar hay'ati tomidan tekshirilib, tegishli ballar hisoblab boriladi:
     - To'g'ri javob uchun 5 ball qo'shiladi.
     - Agar sizning tuzib yuborgan savolingiz ishtirok etsa, u holda sizga ham 5 ball qo'shiladi.
Ishtirokchilar reytingi 4-5 kunda berib boriladi.

Mulohazalar:
Ushbu tadbir haqida fikr-mulohazalaringizni, tuzgan savollaringizni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Ikkinchi bosqichning 1-tur mavzusi - Bani Qurayza g'azoti

Ushbu xayrli tadbirda barchani faol ishtirok etishga chaqiraman. G'oliblarga sovg'a ulashishda xomiylik qilmoqchi bo'lganlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Allohning Salomi, Rahmati, Barakoti va Mag'firati barchalarimizga bo'lsin!
www.ziyouz.com tahririyati.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #111 : 26 Noyabr 2009, 11:49:29 »
Assalamu alaykum!
Barchangizga Iydi Qurbon muborak bo'lsin!
Alloh taolodan xayrli natija tilab, III bosqichni boshladik.


:bsm:

III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.

10. “Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman”, deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.

18. “Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi” deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Mahdiyah savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #112 : 04 Dekabr 2009, 08:25:49 »
III BOSQICH
2-tur: Bani Lihyon va G'oba g'azotlari

1. Bani Lihyon g’azotiga sabab bo’lgan voqea nima edi?
a) Rasululloh SAV yuborgan 10 sahobaning o’ldirilishi.
b) Bani Qurayza qavmiga yordam bergani uchun.
c) Shomdan kelayotgan musulmonlar karvoniga hujum qilingani uchun.

2. Raji’da xiyonatkorona o’ldirilgan sahoba kim edi?
a) Amr ibn Jamuh
b) Osim ibn Sobit
c) Abu Talha al-Ansoriy

3. Payg'ambar SAV Bani Lihyon g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Abdulloh ibn Huzofa.

4. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan sahobalar soni qancha edi?
a) 200
b) 300
c) 400

5. Bani Lihyon g’azotiga chiqqan askar orasida otliqlar soni qancha edi?
a) 20
b) 30
c) 40

6. Bani Lihyonda necha kun muhoraba bo’ldi.
a) 2 kun.
b) jami 14 kun.
c) muhoraba bo’lmadi.

7. Rasululloh SAV jangchi-sahobalarni Makka shahri yaqinida Asfon degan joyga nima uchun yubordilar?
a) Bani Lihyonliklarni toppish va qirib tashlash uchun.
b) Makka mushriklarini cho’chitish uchun.
c) Bani Lihyonning chorvasini qo’lga kiritish uchun.

8. Bani Lihyon yurishi jami necha kun davom etdi?
a) 10 kun.
b) 2 kun.
c) 14 kun.

9. G'oba g'azoti hijratning nechanchi yili bo'ldi?
a) 5-yili
b) 4-yili
c) 6-yili

10. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini kim boqar edi?
a) Abu Zarr;
b) Muhammad ibn Maslama;
c) Ukkosha ibn Mihson.

11. G’oba manzilidagi Rasululloh SAVning tuyalarini olib qochgan qaroqchilar boshlig’i kim edi?
a) Uyayna ibn Hisn
b) Kalb ibn Kilob
c) Fihr ibn Amr.

12. G’oba g’azotiga Rasululloh SAV nechata askar bilan chiqdilar?
a) 300
b) 400
c) 500

13. G’oba g’azotiga Rasululloh SAVdan vazifa olgan sahoba Salama ibn Akva’ning qanday harbiy mahorati bor edi?
a) Otda yaxshi chopardi.
b) Piyoda juda tez yugurardi.
c) Qilichda yaxshi jang qilardi.

14. G’oba qaroqchilari bilan olishuvda musulmonlardan necha kishi shahid bo’ldi?
a) 1 kishi
b) 3 kishi
c) 5 kishi.

15. G’oba g'azotdan oldin Abu Zarrga r.a. tegishli qanday mo'jiza bo'lgan?
a) Bo'ladigan ishlarni Abu Zarr r.a. tushida ko'rgan.
b) Rasululloh SAV tushlarida ko'rganlar.
c) Bu ishlardan Abu Zarrni r.a. Rasululloh SAV ogohlantirganlar.

16. Dushman qo'liga bu g'azotdan oldin kim asir tushadi?
a) Abu Zarr r.a.
b) Abu Zarr r.a.ning o'g'li.
c) Abu Zarr r.a.ning xotini.

17. Bu asirni dushman qo'lidan qutulishiga kim sababchi bo'ladi?
a) Askarlar qutqarishadi.
b) Umar r.a.
c) Rasululloh SAVni Azbo ismli tuyalari.

18. Zulqassaga yuborilgan musulmonlarning 10 kishilik guruhi rahbari kim edi?
a) Zayd ibh Horisa
b) Zubayr ibn Avvom
c) Muhammad ibn Maslama

19. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvonining sardori kim edi?
a) Abu Sufyon
b) Xolid ibn Valid
c) Abul Os.

20. Zayd ibn Horisa sariyasi qo’lga kiritgan quraysh karvoni mollari nimaga sarf etildi?
a) 4 dan 2 qismi musulmon askariga qurol-yaroq olish uchun, 2 hissasi esa sariyyaga qatnashganlar orasida taqsimj etildi.
b) 4 dan ikki qismi sariyya qatnashchilariga taqsim etilgan, qolgan ikki qismi miskinlarga tarqatildi.
c) mollar egasiga qaytarildi.


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim va Nodir Shomirzayev savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

1-turga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 10-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi tur mavzusi: Hudaybiya g'azoti va sulhi
Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #113 : 04 Dekabr 2009, 08:35:53 »
1-turning dastlabki natijalari

1.   Salmon Forsiy   100
2.   Lolo   100
3.   Muhammad Amin   100
4.   Mutaallimah   100
5.   Bahriddin Botirov   100
6.   Zulayho Xon   100
7.   Muallim   100
8.   Anisa   100
9.   Aziza Mannopova   100
10.   Fatima Aliyeva   95
11.   Mahdiyah   95
12.   Murod Mamasoliyev   95
13.   Dilmurod Majidov   95
14.   Abdulhafiz   90
15.   Robiya   90
16.   Olmos Isakov   90
17.   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18.   Anvarbek Mahmudov   90
19.   Otabek Karimjonov   90
20.   Nurilla Muhamedov   90
21.   Nodir Shomirzayev   90
22.   Shoir   85
23.   Muslima20   85
24.   Xayrullo Ibragimov   80
25.   Musannif Adham   80
26.   Farrux Boltaboyev   65
27.   Farhodjon Isroilov   55
28.   Burhon To'raqulov   35
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #114 : 11 Dekabr 2009, 08:50:16 »
III-bosqich 1-turning yakuniy natijalari:

1   Anisa   100
2   Aziza Mannopova   100
3   Bahriddin Botirov   100
4   Lolo   100
5   Muallim   100
6   Muhammad Amin   100
7   Mutaallimah   100
8   Salmon Forsiy   100
9   Sunnatilla Ochilov   100
10   Zulayho Xon   100
11   Dilmurod Majidov   95
12   Fatima Aliyeva   95
13   Mahdiyah   95
14   Murod Mamasoliyev   95
15   Abdulhafiz   90
16   Abdulloh   90
17   Abduvohid Ahmadaliyev   90
18   Nodir Shomirzayev   90
19   Nurillabek   90
20   Olmos Isakov   90
21   Oybek Karimjonov   90
22   Robiya   90
23   Sa'dulla   90
24   UmmatiY_MuhammadiY   90
25   Muslima20   85
26   Nodir Mamatqulov   85
27   Shoir   85
28   Musannif Adham   80
29   Xayrullo Ibragimov   80
30   Farrux Boltaboyev   65
31   Farhodjon Isroilov   55
32   Burhon To'raqulov   35
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #115 : 11 Dekabr 2009, 08:51:06 »
III BOSQICH
1-tur: Bani Qurayza g’azoti
Javoblar va izohlar

1. Bani Qurayza g’azoti qachon bo’lib o’tdi?
a) 5-hijriy yilning safar oyida
b) 6-hijriy yilning muharram oyida
c) 5-hijriy yilning zulqa’da oyida
To’g’ri javob: 5-hijriy yilning zulqa’da oyida.
Izoh: Ushbu g‘azot beshinchi hijriyning Zul-qa’da oyida bo‘lib o‘tdi, qamal yigirma besh kun davom etdi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

2. Payg'ambar SAV Bani Qurayza g'azotiga ketayotib, Madinaga kimni vaqtincha xalifa etib ketdilar?
a) Abdulloh ibn Ummu Maktum;
b) Usmon ibn Affon;
c) Said ibn Zayd.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Ummu Maktum.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. (“Nur-ul yaqin”)

3. Bani Qurayza g'azotida kim bayroqdor bo'ldi?
a) Umar ibn Xattob;
b) Talha ibn Ubaydulloh;
c) Ali ibn Abu Tolib.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal boshlab ketdi. (“Nur-ul yaqin”)

4. Bani Qurayza ustiga yurish qilgan askarlar peshinni Madinada o'qib chiqdilar. Rasululloh SAV ularga asrni Bani Qurayzaga borganda o'qishlarini aytdilar." Askarlar asr namozini qayerda o'qidilar?
a) Bani Qurayzada o'qidilar.
b) Yo'lda o'qidilar.
c) Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
To’g’ri javob: Ba'zilari yo'lda, ba'zilari esa manzilga yetib o'qidilar.
Izoh Peshin namozi Madinada o‘qilgan edi. Rasululloh: «Asr namozini Bani Qurayzada o‘qinglar», deb buyurdilar.  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askariga asr namozini Qurayzaga borib o‘qinglar deganlari uchun ba’zi askar namoz qazo bo‘lsa ham, manzilga yetib o‘qidi. Qolg‘onlari esa, namozni qazo qilmay yo‘lda o‘qidilar. Rasululloh buni anglagan so‘ngida, hech qaysisini xato demadilar, chunki bu ikki firqaning birisi Rasululloh so‘zlarining asliga tushundi, ikkinchisi zohiriga amal qildi. Har ikkovining ham niyati to‘g‘ri edi.  (“Tarixi Muhammadiy”).

5. Bani Qurayzada musulmonlardan necha kishi ishtirok etdi?
a) 2000;
b) 3000;
c) 4000.
To’g’ri javob: 3000.
Izoh: Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. (“Nur-ul yaqin”)

6. Bani Qurayzada musulmon qo’shinining otliqlari soni qancha edi?
a) 30 ta;
b) 40 ta;
c) 50 ta.
To’g’ri javob: 30.
Izoh: Qo‘shin uch ming kishini tashkil qildi, ichlarida o‘ttiz nafar otliq bor edi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

7. Bani Qurayza musoharasi necha kun davom etdi?
a) 30 kun;
b) 25 kun;
c) 15 kun.
To’g’ri javob: 25 kun.
Izoh: Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. (“Nur-ul yaqin”)

8. Yahudiy raislaridan biri:"Bu baloni o'zinglar sotib oldinglar....Endi Muhammadga jizya to'lab yashanglar, lekin u buni qabul qilarmikin?" deganda yahudlar buni qabul qilmagandan keyin, u kishi yahudlar orasidan chiqib ketdi. Bu kishi kim edi?
a) Amr ibn Sa'diy.
b) Hay ibn Axtab.
c) Ka'b ibn Usayd.
To’g’ri javob: Amr ibn Sa'diy.
Izoh: Yana raislaridan biri Amr ibn Sa’diy:
- Muhammadga bergan ahdlaringni buzib, baloni o‘zinglar chiqardinglar. Endi unga iymon keltirmas bo‘lsanglar, o‘z dininglarda turib, Muhammadga jizya to‘langlar, lekin buni qabul qilurmi, yo‘qmi, bilmasman, — dedi. Anda yahudlar aytdi:
— Arabga jizya berib, xiroj to‘lab yurishlik, biz uchun katta nomusdir. Buni ko‘targandan o‘lganimiz yaxshiroqdir.
Anda ul aytdi:
— Ilgari-keyin qilgan xiyonatlaringga men qo‘shilgan emas erdim. Sizlarni bu ishinglardan endi ham bezordurman, — deb shul kechasi qo‘rg‘ondan chiqdi.
Payg‘ambarimizning qorovul boshlig‘i Muhammad ibn Maslamaga yo‘liqib edi, uni to‘smasdan o‘z yo‘liga qo‘ya berdi. Aning ikkinchi xabari chiqmadi. (“Tarixi Muhammadiy”).

9. Musohara qattiq qiynagach, Bani Qurayza raisi qavmiga qaysi ishlarni taklif etdi?
a) Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish;
b) Faqat mol-mulkni olib yurtdan chiqib ketishga musulmonlarni ko’ndirish yoki musulmonlar jum’a kuni ibodatdalik vaqtlarida ularga qo’qqisdan zarba berish.
c) Musulmonlardan omonlik so’rab, mol-dunyolarini qoldirib, hech narsa olmay qal’adan chiqib ketish.
To’g’ri javob: Islomni qabul qilish, ayol va bolalarini o’ldirib, to o’lguncha musulmonlar bilan urushish, shanba kuni musulmonlar ustiga qattiq hujum qilish.
Izoh: Qamal qattiq qiynab qo‘ygach, raislari Ka’b ibn Asad ularga uchta ishdan birini tanlashni taklif qildi:
1) Islomni qabul qilib, Muhammad sollallohu alayhi va sallamning dinlariga kirish va shu bilan jonlarini, mollarini va bola-chaqalarini asrab qolish. «Uning Alloh tomonidan yuborilgan payg‘ambar va kitoblaringizda aytilgan o‘sha nabiy ekani sizlarga allaqachon ayon bo‘ldi», dedi u.
2) Ayollarini va bolalarini o‘z qo‘llari bilan o‘ldirib, musulmonlar qarshisiga qilich yalang‘ochlab chiqib borish va to g‘alaba qozonguncha yoki bitta ham qolmay qirilib ketguncha jang qilish.
3) Musulmonlarni g‘aflatda qoldirib, shanba kuni birdan ustilariga hujum qilish. Chunki, ular yahudlar shanba kuni jang olib bormaydi, degan ishonchda beparvo bo‘lishadi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

10. “Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman”, deb hayqirib, Bani Qurayzani yana-da qo’rquvga solib qo’ygan bahodir kim edi?
a) Zubayr ibn Avvom;
b) Ali ibn Abu Tolib;
c) Umar ibn Hattob.
To’g’ri javob: Ali ibn Abu Tolib.
Izoh: Banu Qurayza g‘azoti asablar jangi edi. Alloh taolo ularning dillariga qo‘rquv solib qo‘ydi, ularning ruhiy holatlari yemirilib bordi, Aliy ibn Abi Tolib bilan Zubayr ibn Avvom ikkovlari olg‘a tashlanib, Aliy: «Ey iymon jamoasi! Allohga qasamki, men yo Hamza erishganidek shahidlika erishaman yo ularning qal’asini zabt etaman», deb hayqirganida esa asablari butkul dosh berolmay qoldi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

11. Yahudiylar kengashish maqsadida kimni yuborishni taklif qilishdi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Abu Luboba;
c) Ka’b ibn Molik.
To’g’ri javob: Abu Luboba.
Izoh: Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. (“Nur-ul yaqin”)

12. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarori kimga yuklatildi?
a) Sa'd ibn Ma'oz;
b) Sa'd ibn Luboba;
c) Sa'd ibn Molik.
To’g’ri javob: Sa'd ibn Ma'oz.
Izoh: Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn Maozga munosib ko‘rishdi. (“Nur-ul yaqin”)

13. Bani Qurayza yahudiylariga hukm chiqarish qarorini bergan Avs qabilasi rahbari qaysi g’azotda qattiq yaralangan edi?
a) Ahzob;
b) Bani Mustalaq;
c) Bani Nazir.
To’g’ri javob: Ahzob.
Izoh: Shundan so‘ng Sa’d ibn Muozni olib kelishga odam yubordilar. U Ahzob g‘azotida bilakdagi jon tomiridan olgan jarohati tufayli bu jangga chiqolmay Madinada qolgan edi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

14. Bani Qurayza yahudiylariga qanday hukm belgilandi?
a) faqat mol-mulkini olib yurtidan chiqib ketish;
b) hech narsasini olmay, choponini yelkasiga tashlab chiqib ketish;
c) erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
To’g’ri javob: erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olish.
Izoh: Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi. (“Nur-ul yaqin”)

15. Bani Qurayzaliklar taslim bo'lganidan keyin xotin-bolalarni bir joyga yig'ib, ularning oldiga kimni qorovul qilib tayinlandi?
a) Abdulloh ibn Salom.
b) Zubayr ibn Avvom. r.a.
c) Abu Luboba. r.a.
To’g’ri javob: Abdulloh ibn Salom.
Izoh: Shu chog‘da Hazrati Ali qichqirib aytdikim:
— Ey mo‘minlar, olg‘a yuringlar. Alloh haqqi, Uhud urushida Hamza ichgan shahodat sharbatini ichgayman yoki bu kun shu qal’ani olg‘ayman.
Bu so‘zni anglashib, yahudlarga bir vahima qo‘rqinch tushdi. Nima qilishlarini bilmasdan, nochor shartsiz Rasulullohning hukmiga taslim bo‘ldilar. Qurol ko‘tarishga yarashlik kishilarning soni bularning ichida olti yuzga yaqin bor edi. Bulardan xotun-bolalarni ajratib, boshqa joyga chiqarib, bularning ustiga Abdulloh ibn Salomni qorovul qo‘ydilar. Bu kishi ersa, yahudlar ichida eng buyuk olimlardan hisoblanar edi. Bu kishining qandoq iymon keltirganliklari yuqorida yozilib o‘tilgandir. (“Tarixi Muhammadiy”).

16. Bani Qurayzalik bir ayolni nega o’ldirildi?
a) zaharli ovqat pishirib, musulmonlardan birini zaharlagani uchun;
b) tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun;
c) Xandaq g’azotida xiyonat qilgan Huyay ibn Axtobni yashirgani uchun.
To’g’ri javob: tepadan tegirmon toshini tashlab, musulmonlardan birini o’ldirgani uchun.
Izoh: Banu Qurayza ayollaridan faqat bitta xotinni qatl etildi. Sababi – u Xallod ibn Suvayd ustiga tegirmon toshini tashlab, uni o‘ldirgan edi. Uni shuning uchun o‘ldirildi. (“Ar-rahiq al-maxtum”)

17. Yahudiylar bilan kengashishga borib, musulmonlarga xiyonat qilgan elchiga qanday jazo berildi?
a) ustunga bog'lab o'ldirildi;
b) Madinadan surgun qilindi;
c) uning tavbasini Alloh qabul qildi.
To’g’ri javob: Uning tavbasini Alloh qabul qildi.
Izoh: Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. (“Nur-ul yaqin”)

18. “Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi” deya hidoyat topgan sahobiy kim edi?
a) Majzad ibn Savr Sadusiy
b) Sumoma ibn Molik
c) Nuaym ibn Mas’ud
To’g’ri javob: Sumoma ibn Molik.
Izoh: Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi». (“Sahihi Buxoriy”)

19. Qur'ondagi qaysi sura Zaydning otasi ismi bilan chaqirilishiga sabab bo'ldi?
a) Furqon surasi, 54-oyat
b) Ahzob surasi, 40-oyat
c) Mo'minun surasi, 101-oyat
To’g’ri javob: b) Ahzob surasi, 40-oyat.
Izoh: Parvardigori Olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e'tiborga olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyatida bekor qildi: "Muhammad sizlardan biron kishining otasi emasdir, balki u Allohning payg ambari va payg ambarlarning so nggisidir. Alloh barcha narsani bilguvchi bo lgan zotdir" deb marhamat qildi. Shu daqiqadan e'tiboran asrandi o'g'il Muhammadning og'li Zayd deb emas, Horisaning o'g'li Zayd deb atala boshlandi. (“Nurul Yaqin”)

20. Islom haq din va Rasululloh SAVni haq rasul ekanliklarini bila turib iymon keltirmagan, yahudlar raisi bo'lgan Ka'b ibn Usaydni qatl etish qaysi sahobiylarga topshirildi?
a) Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
b) Ali r.a. va Talha ibn Ubaydulloh r.a.
c) Ali r.a. va Umar r.a.
To’g’ri javob: Zubayr ibn Avvom r.a. va Ali r.a.
Izoh: Hukm yurgizish ustida Rasululloh o‘zlari turdilar. Ularning raisi Ka’b ibn Usaydni o‘limga keltirildi. Anda Rasululloh unga qarab:
— Ey Ka’b, sizlarning eng ulug‘ oliminglar bo‘lgan Ibn Haroshning qilgan nasihati sizlarga nechuk ta’sir qilmadi? Ul meni ko‘rmay turib, iymon keltirmish edi. Meni haq payg‘ambar deb tanimish erdi, o‘lar vaqtida aytgan uning salomini menga yetkazgan edinglar. Nega uning so‘zini qabul qilmadinglar? — dedilar. Anda Ka’b:
— Ey Abul Qosim, bu aytgan so‘zlaring barisi to‘g‘ridur. Qilichdan qo‘rqib iymon keltirdi, degan ta’na so‘zdan saqlanurman. Yo‘q esa hozir iymon keltirur edim. Men uchun or, nordan (olovdan) qattiqroqdir. Ordin qochib nor bo‘lsa ham, yahud dinida o‘lishni yaxshiroq ko‘rdim, — dedi.
Bu hukmni bajarish xizmati esa Hazrati Ali bilan Zubayr ibn Avvomga topshirilgan edi.  (“Tarixi Muhammadiy”).
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #116 : 11 Dekabr 2009, 08:54:06 »
III BOSQICH
3-tur: Hudaybiya qissasi. 1-qism

1. Rasulloh SAVni umra safariga undagan tush qanday edi?
a) sahobalar bilan Makka ustidan g’alaba qilib, Baytullohni tavof qilganlarini ko’rdilar.
b) hammalari sochlarini oldirgan holda, aminlikda, qo‘rqinchsiz Masjidul Haromga kirib borayotganlarini ko‘rdilar.
c) makkaliklarning musulmon bo’lishini va sahobalar bilan birgalikda umra qilganliklarini ko’rdilar.

2. Hudaybiya safariga chiqqan askarlar soni nechta edi?
a) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1400, boshqa rivoyatda 1500 nafar.
b) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 2800, boshqa rivoyatda 3000 nafar.
c) Ba’zi rivoyatlarga ko’ra 1000, boshqa rivoyatda 1500 nafar.

3. Bu safarda Rasululloh SAVga qaysi zavjalari hamrohlik qildi?
a) Oyisha r.a.
b) Zaynab r.a.
c) Ummu Salama r.a.

4. Rasululloh SAV Makkaga safarga chiqishlarida, o’z o’rinlariga Madinada kimni qoldirdilar?
a) Abdulloh ibn ummu Maktum r.a.
b) Usmon ibn Affon.r.a.
c) Zayd ibn Horisa r.a.

5. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam umrlari davomida necha marta umra qilganlar?
a) 4 marta
b) 6 marta
c) 3 marta

6. Hudaybiya safari qaysi oyda bo'lib o'tdi?
a) safar oyida
b) zulhijja oyida
c) zulqa'da oyida

7. Hudaybiya safari qaysi kundan boshlandi?
a) juma
b) chorshanba
c) dushanba

8. Hudaybiya safariga kimlar chiqdilar?
a) muhojirlar va ansorlar
b) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar
c) muhojirlar, ansorlar, Madina atrofidagi a’robiy qabilalar, Makka bilan Madina orasidagi musulmonlikni qabul qilgan qabilalardan vakillar.

9. Hudaybiya safariga Rasululloh SAV qaysi tuyalarida chiqdilar?
a) Qasvo
b) Jad’o
c) Azboa

10. Hudaybiya g’azotiga sahobalar o’zlari bilan qaysi urush qurollarini oldilar?
a) Sahobalarning ba’zilari har ehtimolga qarshi deya qilich va nayzalarini oldilar.
b) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun hech narsa olmadilar.
c) Umra ziyoratini niyat qilganliklari uchun faqat qilichlarini oldilar.

11. Rasululloh SAV va ashoblari Umrani niyat qilib qayerda ehrom bog’ladilar?
a) Madinai munavvarada.
b) Zul Xulayfada.
c) Hudaybiyada.

12. Rasululloh SAV MAkkaga borganlarida qurbonlik qilish uchun o’zlari bilan nechta tuyani olib ketdilar?
a) 10 ta.
b) 20 ta.
c) 70 ta.

13. Musulmonlarni Makkaga yaqinlashtirmaslik uchun mushriklar askar yig’ib urushga tayorgarlik ko’rdilar. Mushrik askarlariga kim boshchilik qildi?
a) Abu Sufyon.
b) Abu Lahab.
c) Xolid ibn Valid

14. Mushrik askarlari necha kishidan iborat edi?
a) 200 ta
b) 300 ta.
c) 400 ta.

15. Usfon manziliga yetganlarida Rasululloh SAV sahobalarga endi nima qilish kerakligi haqida maslahat soldilar. Shunda Abu Bakr Siddiq qanday maslahat berdilar?
a) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Ular bilan sulh tuzib, umra qilib qaytamiz.
b) Biz faqat umra uchun keldik, urushish uchun kelmadik. Lekin kim bizni Baytullohdan to’ssa, u bilan urush qilamiz.
c) Allohning uyidan kimki bizni qaytarsa, so’nggi tomchi qonimiz qolguncha u bilan jang qilamiz.

16. Yo’l o’zgarib, sahobalar avval toshli yo’ldan yurib, so’ng tekis keng vodiyga chiqdilar. Shunda Rasululloh SAV: «Bu Bani Isroilga arz qilingan «hutti» edi, ammo, aytmadilar» deb, sahobalarga qaysi duoni aytishni buyurdilar?
a) «Fasabbih bihamdi rabbika vastag‘firhu»
b) «Subhonakallohumma, rabbano va bihamdika, Ollohummag‘firli»
c) «Nastag‘firullohi va natubi ilayh»

17. Musulmonlar Makkaga boshqa yo’ldan yaqinlashib kelgacha, Muror degan joyda to’xtab qoldilar. Buning sababi nima edi?
a) Allohdan shunday vahiy kelgani uchun.
b) Rasululloh SAVni tuyalari shu joyga kelganda cho’kib olgani uchun.
c) Yo’llari mushriklar to’sib qo’ygani uchun.

18. Musulmonlar Hudaybiya degan joyga joylashganlaridan keyin Makkadan ularning oldiga kim vakil bo’lib keldi?
a) Budayl ibn Varqo
b) Ka’b ibn Luay.
c) Xulays ibn Alqama.

19. Qurayshdan kelgan ikkinchi vakil, Rasululloh SAV: «Bu aldamchi odam» deb ta’riflagan kimsa kim edi?
a) Xulays ibn Alqama
b) Maqriz ibn Hafs
c) Urva ibn Ma’sud

20. Makka mushriklari tarafidan vakil qilib yuborilgan Xulays ibn Alqama qaysi qabiladan edi?
a) Xuzo’a
b) Ahobish
c) Juzom


Ushbu turda AbdulAziz, Munira xonim, Oybek Karimjonov, Nodir Shomirzayev, Nodir Mamatqulov, Mahdiyah va Robiyaning savollaridan foydalanildi.

Javoblarni ilm_tolibi@yahoo.com elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

2-turga javob berolmagan ishtirokchilar javoblarni 17-dekabrgacha yo’llashlari mumkin.

Keyingi turning taxminiy mavzulari:
4-tur: Hudaybiya qissasi. 2-qism (bay’at jarayoni)
5-tur: Hudaybiya qissasi. 3-qism (sulh jarayoni)
6-tur: Ro’za hukmlari. 1-qism (Hanafiy mazhabida)
7-tur: Rasululloh SAVning podshoh va amirlarga elchi jo’natganlari
8-tur: Haybar g’azoti
9-tur: Mu’ta g’azoti
10-tur: Ro’za hukmlari. 2-qism (Hanafiy mazhabida)

Shu mavzudagi savollaringiz bo'lsa bizga yuborishingiz mumkin. Savollar javobi, manbasi va izohi bilan birgalikda qabul qilinadi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #117 : 11 Dekabr 2009, 09:19:40 »
III bosqich 2-turning dastlabki natijalari

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Bahriddin Botirov      100
4   Dilmurod Majidov      100
5   Mahdiyah      100
6   Muallim      100
7   Musannif Adham      100
8   Mutaallimah      100
9   Salmon Forsiy      100
10   Xayrullo Ibragimov      100
11   Lolo      95
12   Muhammad Amin      95
13   Olmos Isakov      95
14   UmmatiY_MuhammadiY      95
15   Nodir Mamatqulov      90
16   Oybek Karimjonov      90
17   Shoir      90
18   Nodir Shomirzayev      85
19   Nurillabek      85
20   Farhodjon Isroilov      80
21   Robiya      70
22   Burhon To'raqulov      45
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #118 : 11 Dekabr 2009, 09:22:54 »
III bosqichning umumiy natijalari:

1   Bahriddin Botirov         200
2   Muallim         200
3   Mutaallimah         200
4   Salmon Forsiy         200
5   Dilmurod Majidov         195
6   Lolo         195
7   Mahdiyah         195
8   Muhammad Amin         195
9   Abdulhafiz         190
10   Abdulloh         190
11   Olmos Isakov         185
12   UmmatiY_MuhammadiY         185
13   Musannif Adham         180
14   Oybek Karimjonov         180
15   Xayrullo Ibragimov         180
16   Nodir Mamatqulov         175
17   Nodir Shomirzayev         175
18   Nurillabek         175
19   Shoir         175
20   Robiya         160
21   Farhodjon Isroilov         135
22   Anisa         100
23   Aziza Mannopova         100
24   Sunnatilla Ochilov         100
25   Zulayho Xon         100
26   Fatima Aliyeva         95
27   Murod Mamasoliyev         95
28   Abduvohid Ahmadaliyev         90
29   Sa'dulla         90
30   Muslima20         85
31   Burhon To'raqulov         80
32   Farrux Boltaboyev         65
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12022
  • Xabarlar: 20367
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Islomiy viktorina: Biz Islomni bilamizmi?
« Javob #119 : 18 Dekabr 2009, 08:16:22 »
III-bosqich 2-turning yakuniy natijalari:

1   Abdulhafiz      100
2   Abdulloh      100
3   Abduvohid Ahmadaliyev      100
4   Anisa      100
5   Aziza Mannopova      100
6   Bahriddin Botirov      100
7   Dilmurod Majidov      100
8   Mahdiyah      100
9   Muallim      100
10   Murod Mamasoliyev      100
11   Musannif Adham      100
12   Mutaallimah      100
13   Sa'dulla      100
14   Salmon Forsiy      100
15   Sunnatilla Ochilov      100
16   Xayrullo Ibragimov      100
17   Zulayho Xon      100
18   Dilnura Hakimova      95
19   Lolo      95
20   Muhammad Amin      95
21   Olmos Isakov      95
22   UmmatiY_MuhammadiY      95
23   Ð–АМШИДЖОН      95
24   Nodir Mamatqulov      90
25   Oybek Karimjonov      90
26   Shoir      90
27   Nodir Shomirzayev      85
28   Nurillabek      85
29   Farhodjon Isroilov      80
30   Robiya      70
31   Burhon To'raqulov      45
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

"Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi bo'yicha mulohazalar

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 269
Ko'rilgan: 66089
So'nggi javob 20 Sentyabr 2011, 09:31:46
muallifi braupov
,,Islomiy viktorina" savollar.

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 2786
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 08:26:03
muallifi Muslim Islomiddiyn
,Islomiy viktorina" haqida fikr- muloxazalar,takliflar va shikoyatlar...

Muallif Muslim IslomiddiynBo'lim Intellekt

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2872
So'nggi javob 23 Sentyabr 2013, 13:46:37
muallifi Muslim Islomiddiyn
Islomiy resurslarga linklar

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 81
Ko'rilgan: 36847
So'nggi javob 08 May 2010, 14:21:36
muallifi ziyoda_aliyeva
Islomiy kitoblar haqida

Muallif Abu MuslimBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7611
So'nggi javob 28 Sentyabr 2007, 19:12:49
muallifi Muhammad Amin